Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 15,36 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,36 Kb.
#262975
Bog'liq
Gender tengligi


Gender tengsizligi

Reja:


Kirish

1.Gender tengligi nima?

2.

3.

4.



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida sobitqadam bo‘lish, aniq natijaga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqish hamda qonunda belgilangan tamoyillar asosida muhim natijalarga erishishga zamin yaratdi.

32 ta moddadan iborat ushbu qonunda “gender”, “gender statistikasi”, “gender-huquqiy ekspertiza”, “jinsiy kamsitish” tushunchalari va turlari; mazkur yo‘nalishda vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari; davlat boshqaruvida ishtirok etishda, ishga qabul qilish yoki yollashda, kreditlar olishda va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha normalar; gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda javobgarlik masalalari aks ettirilgan.

Qonunda erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlashning asosiy prinsiplari belgilangan.

Qonunda alohida modda bilan jinsi bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydigan holatlar ham batafsil ochib berilgan.

E’tiborli jihati, qonunda normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasini o‘tkazishga oid alohida norma belgilangan. Bu esa, bugungi kunda qonun hujjatlari va ularning loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazib kelinayotgani kabi gender tenglik nuqtai nazaridan ham huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.

Qonunning yana bir muhim jihati, unda gender statistikasini shakllantirish mexanizmi ochib berilgan. Davlat statistika organlari mazkur statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish, ularni doimiy yangilab borish uchun vakolatli organ etib belgilangan.


Qonunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi Vazirlar Mahkamasi va Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiyasining, shuningdek, davlat organlarining vakolatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtiroki belgilangan.

Qonunda xotin-qizlar va erkaklarni ishga qabul qilishga oid normalar belgilangan bo‘lib, ularga ko‘ra davlat xizmatidagi bo‘sh lavozimlarni, shu jumladan, rahbar lavozimlarini egallash uchun tanlov e’lon qilinadi. Buning uchun davlat organlarida maxsus komissiyasi tuzilib, nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha ish beruvchining majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgani ham qonunning muhim jihatlaridan biridir.

Qonun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha konvensiyasi talablariga mos keladi.

Milliy qonunchiligimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni kafolatlashga qaratilgan yaxlit qonunning mavjud emasligi uzoq yillardan beri xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT tegishli tuzilmalarining keskin muhokamalariga, ta’bir joiz bo‘lsa, e’tirozlariga sabab bo‘lib kelgan.

Shu bois ham qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoida va tamoyillariga sodiqligini yana bir karra namoyon etib, dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.



Bir so‘z bilan aytganda, ushbu qonun erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlashni tartibga solishda muhim qadam bo‘ldi.
Download 15,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish