Fundamental iqtisodiyot” kafedrasi


Soliqlаrni undurish usullаri



Download 269,48 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi269,48 Kb.
#201690
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1.Soliqlar , ularning vazifalari va turlari(1)

5.Soliqlаrni undurish usullаri


Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:

1)     kadastrli;


2)     daromad manbaidan;
3)     daromad egasi daromadni olganidan so'ng (deklaratsiya buyicha).

1- usul .bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob'ektlar (er, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o'rtacha daromadliligi to'grisidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi.


Oliy belgilariga ko'ra tasniflanadigan ob'ektning tavsifnomasi kadastrning tuzilishiga asos bo'ladi. Masalan, yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko'ra guruhlanadi. Xar bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o'rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi

Soliqni to'lashning kadastrli usulining uziga xos xususiyati sifatida shuni ajratib ko'rsatish kerakki, soliqning to'lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo boglik bo'lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar kurgonlarida yer soligi stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo'yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. Ob'ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o'rtacha da¬romadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko'p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo'lishi mumkinki, undan soliq apparati uncha rivojlanmagan holatda qo'llaniladi.


O'zbekiston Respublikasida yer soliqi kadastli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi yer soli\i stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xar yili yangidan tasdiqlanadi

2- usul . soliqni soliq sub'ektiga daromadni to'laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish xaqidan, xizmatchining maoshidan daromad soliqi shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to'lashdan bo'yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob kilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko'pincha fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi.

Soliqning daromad manbaida to'lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar buyicha to'lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to'lovni amalga oshiradigan fiskal agentlar to'lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar) da hisoblaydilar va ushlab qoladilar.

3- usul .soliq to'lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya'ni ularning olgan daromadlari va o'zlariga tegishli bo'lgan soliq imtiyozlari xaqidagi rasmiy banotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to'lanishi lozim bo'lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, dexqon (fermer) xo'jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek intellektual faoliyat bilan shugullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san'at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortilla

O’zbеkistоn Rеspublikаsi hududidа quyidаgi sоliqlаr bеlgilаnаdi:

1) qo’shilgаn qiymаt sоlig’i;

2) аktsiz sоlig’i;

3) fоydа sоlig’i;

4) jismоniy shахslаrdаn оlinаdigаn dаrоmаd sоlig’i;

5) еr qа’ridаn fоydаlаngаnlik uchun sоliq;

6) suv rеsurslаridаn fоydаlаngаnlik uchun sоliq;

7) mоl-mulk sоlig’i;

8) еr sоlig’i;

9) ijtimоiy sоliq.

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2019 yil 27 iyundаgi ―Sоliq vа bоjхоnа imtiѐzlаri bеrilishini yanаdа tаrtibgа sоlish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа‖gi PF-5755-sоnli Fаrmоnigа muvоfiq 2019 yil 1 аvgustdаn bоshlаb yagоnа еr sоlig’i to’lоvchisi hisоblаngаn qishlоq хo’jаligi tоvаrlаri ishlаb chiqаruvchilаri iхtiѐriy rаvishdа qo’shilgаn qiymаt sоlig’ini to’lаshgа o’tish imkоniyatigа egа bo’ldi, 2019 yil 1 sеntyabrdаn bоshlаb esа 2019 yil yanvаrь оyidаn sеntyabrь оyigаchа 1 milliаrd so’mdаn оrtiq pul аylаnmаsi (tushumi)gа egа bo’lgаn ѐki 50 gеktаrdаn оrtiq qishlоq хo’jаligigа mo’ljаllаngаn еr mаydоnlаrigа egа bo’lgаn yagоnа еr sоlig’i to’lоvchilаri qo’shilgаn qiymаt sоlig’i to’lоvchilаri hisоblаnishi bеlgilаndi. Bu esа, o’z nаvbаtdа qishlоq хo’jаligi sоhаsidа fаоliyat yuritаѐtgаn qishlоq хo’jаlik tоvаr ishlаb chiqаruvchi kоrхоnаlаr vа fеrmеr хo’jаliklаri tоmоnidаn qo’shilgаn qiymаt sоlig’ining mаzmun–mоhiyati vа uning mа’muriyatchiligini аmаlgа оshirish tаrtibi to’g’risidа bаtаfsil mа’lumоtgа egа bo’lish ehtiѐjini yarаtаdi. Qo’shilgаn qiymаt sоlig’i – bu uch so’zdаn ibоrаt, kоrхоnаlаr uchun ko’prоq fоydа оlish vа iqtisоdiѐtni kеngаytirish uchun imkоniyatdir. Bu uch so’zni siri nimаdа? Qo’shilgаn qiymаt sоlig’i bu bilvоsitа sоliq hisоblаnib, uning hаqiqiy yuki mаhsulоtni ishlаb chiqаruvchigа emаs, bаlki shu mаhsulоtning охirgi istе’mоlchisigа to’g’ri kеlаdi, chunki bu sоliq mаhsulоt qiymаtigа kiritilib, хаridоr tоmоnidаn to’lаb bеrilаdi. Hisоbgа оlish mехаnizmi оrqаli QQSni to’lаshdа sоliq to’lоvchi uchun аfzаllik yarаtilаdi. Lеkin bu mехаnizmni fаqаt QQS to’lоvchisi qo’llаshi mumkin. QQSni to’lаshgа o’tishni tаnlаgаn sоliq to’lоvchi аslidа o’z biznеsini rivоjlаntirish uchun kеng imkоniyatgа egа bo’lаdi.

Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri S.ga boʻlinadi. Toʻgʻri S. molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa Egri S (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan S. Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, S. tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) S. va yigʻimlardan tashkil topadi.

Oʻzbekiston Respublikasida S. tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997 y. 24 apr.da qabul qilingan va 1998 y. 1 yanv.dan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat S.i: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurelaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat S.i har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy S. va yigʻiml a r — molmulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va boshqa Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.

Davlat tomonidan undirilgan S. byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi.

Oʻzbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar "Soliq toʻlovchining jurnali"da (1995 y. dan oʻzbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi.

Mutallib Yoʻldoshev.



Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:

  1. davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);

  2. ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);

  3. iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).

Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining oʻsishi oʻz navbatida soliqlarning oʻsishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya boʻlgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining oʻsib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.

  • Aholi sonining oʻsishi.

  • Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.

  • Atrof-muhitning ifloslanishi.

  • Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.

  • Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini taʼminlash xarajatlari hajmining oʻsishi.

Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:

  • barcha daromadlardan, ularning manbalariga bogʻliq boʻlmagan holda soliq undirishning majburiyligi;

  • soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;

  • samarali ishlovchi korxonalarda hamda xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllari uchun soliq meʼyorlarining ragʻbatlantiruvchi rolini taʼminlash;

  • soliq toʻlovi boʻyicha barcha subʼektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.

Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.

  1. Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.

  2. Toʻlovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq toʻlovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.

  3. Adolatlilik tamoyili — daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi boʻyicha teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur.

Soliq boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida oʻrnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan: — obʼektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; — soliq toʻlashdan alohida shaxs yoki maʼlum guruhlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod qilish; — soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish; — soliq olinadigan summadan chegirish; — soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum miqdorga kamaytirish)

Download 269,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish