Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh



Download 77,26 Kb.
bet25/46
Sana22.06.2021
Hajmi77,26 Kb.
#73414
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA

VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh

37-modda. Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari

Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi:



Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;

2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, agar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa.

(37-modda birinchi qismi “a” bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.

Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilaydilar;

(37-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)

b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;

v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;

Oldingi tahrirga qarang.

g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat:

2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;

2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda.



(37-modda birinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

d) I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;



Oldingi tahrirga qarang.

e) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish;



(37-moddaning birinchi qismi “e” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)

Oldingi tahrirga qarang.

j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 3 yil;



(37-modda birinchi qismining “j” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)

z) ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;



Oldingi tahrirga qarang.

i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.



(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuniga asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(37-modda birinchi qismining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.



(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.



(37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi.

Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.

Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, ushbu Qonunning 27-moddasi “g” bandida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.




Download 77,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish