Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati


Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish



Download 32,87 Kb.
bet3/4
Sana14.01.2022
Hajmi32,87 Kb.
#362562
1   2   3   4
Bog'liq
fuqarolar fuqarolik subyekti sifatida

Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish
Fuqaroni o‘z yashash joyida uzoq muddat bo‘lmasligi, agarda uni qayerdaligi noma’lum bo‘lsa, u bilan huquqiy munosabatlarda bo‘lgan tashkilotlar va fuqarolar uchun o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, agarda fuqaro qarzdor bo‘lsa, uning kreditorlari qarzni qaytarilishini talab qila olmaydilar. Fuqaroni qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar ta’minotidan maxrum bo‘ladilar, biroq ular formal jihatdan boquvchisi bo‘lgani sababli nafaqa so‘rab murojaat qilishga hali haqli emaslar. Fuqaroni uzoq muddat yo‘qligi uni yashash joyidagi mol-mulkini qarovsiz qolishiga, shikastlanishiga olib keladi. Fuqaro uzoq muddat bo‘lmasligi sababli ro‘y bergan yuridik (huquqiy) noaniqlikni bartaraf etish, uning mol-mulki uchun salbiy oqibatlarni oldini olish uchun qonun bunday fuqaro uchun alohida yuridik holat, ya’ni, uni bedarak yo‘qolgan deb tan olish tartibini joriy etgan. Bedarak yo‘qolganlik – qayerdaligini aniqlashni imkoni bo‘lmagan fuqaroni uning yashash joyida uzoq muddat bo‘lmaganlik faktini sud tartibida guvohlantirish hisoblanadi.

FKning 33-moddasi 1-qismiga binoan, agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Shunday qilib, bunday tartibda, sudga da’vo bilan emas, balki ariza bilan murojaat qilinadi. Qonunda manfaatdor haxslar doirasi belgilab qo‘yilmagan. Agar qonunning umumiy mohiyatidan kelib chiqsak, u holda manfaatdor shaxs doirasiga bedarak yo‘qolgan shaxsning eri (yoki xotini), qaramog‘idagi shaxslar kiradi. Bundan boshqa sabablarga ko‘ra ham har qanday shaxslar “manfaatdor shaxs” sifatida qaralishi mumkin, agarda shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish uni qonuniy manfaatlarini himoya qilish zarur bo‘lsa. Bundan tashqari, prokuror, davlat boshqaruv organlari, shuningdek, qonunga ko‘ra o‘zgalarni huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilishga haqli bo‘lgan organlar va fuqarolar ham bunday ariza bilan murojaat qilishga haqlidirlar. Masalan, N. Abdulova (ismlari oʻzgartirilgan) turmush oʻrtogʻi A. Abdulovni bedarak yoʻqolgan deb topish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi. Arizada turmush oʻrtogʻi A. Abdulov bilan 1979 yilda qonuniy nikohdan oʻtib turmush qurganligini, birgalikdagi turmushidan 1 nafar farzandi borligini, qaynona va qaynotasi vafot etishganligini, turmush oʻrtogʻi 2008 yilning oktyabr oyida ishlagani Qashqadaryo viloyatiga ketayapman deb, uydan chiqib ketganligini hamda boshqa qaytib kelmaganligini, hozirgi kunga qadar undan hech qanday xat-xabar yoʻqligini, bu haqda Toshkent shahar Uchtepa tuman IIBga murojaat qilganligini bayo etadi. Sud guvohlarning ko’rsatuvlari, mahalla dalolatnomasi, tumani IIB, IIB FRB va XKCh boʻlimi, FHDYo boʻlimi, Sudtibbiy ekspertiza byurosi va Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Axborot markazining ma’lumotnomalariga tayanib, arizani qanoatlantirish haqida qaror qabul qiladi. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish uchun uning yashash joyida eng kamida bir yil davomida uning qayerdaligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot bo‘lmasligi lozim. Fuqaro to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar sanasini belgilab olish muhimdir. Ushbu sana u yuborgan oxirgi xat-xabar, guvoh ko‘rsatuvlari asosida belgilanadi. Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash imkoni bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida olingan oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa –keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.

Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish uning haqiqatdaqayerdaligini aniqlash mumkin bo‘lmagandagina amalga oshiriladi. Agar fuqaro biror amlakatda yashab yuribdi degan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa yoxud jinoyat sodir etib, qochib yurgan bo‘lsa, uni bedarak yo‘qolgan deb topish uchun asos bo‘lmaydi.


Download 32,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish