Fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi navbatda



Download 15,71 Kb.
Sana05.09.2021
Hajmi15,71 Kb.
#164825
Bog'liq
1. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanishi Siyosiy part

 


Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.

- siyosiy partiyalarning turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi

- partiya faoliyatidagi cheklovlar: konstitusiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi

- siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etishi va saylovchilarning xohish-irodasini shakllantirishda ko’maklashad

fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi navbatda, vakillik demokratiyasining muhim bo’g’ini bo’lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- saylovlarda fuqarolarning ongli va faol ishtirokini ta’minlash;

- turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida vositachilik qilish;

- o’z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va ilguri surish.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishlari uchun partiyalarga qonunchilikda quyidagi huquqlar belgilangan:

- o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;

- saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;

- qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;

- partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;

- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;

- O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish

Partiya o’z nizomi asosidagi faoliyatida ushbu huquqlardan foydalanish jarayonida quyidagi ijtimoiy-siyosiy vazifalarni ham bajaradi:

- fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ularda mas’uliyatli fuqarolik axloqini shakllantirishga ko’maklashadi;

- partiya o’zining tadbirlari, ijtimoiy loyihalari orqali (xususan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda), shuningdek, yuqori bilim va saviyaga ega bo’lgan fuqarolarni partiya ishiga jalb qilish orqali fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishiga ko’maklashadi;



- partiya doimiy elektoratini o’ylantirayotgan dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni aniqlash, ularni samarali hal qilishga yo’naltirilgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqish hamda saylab qo’yiladigan hokimiyat organlarida o’zining vakilligi orqali ularni ilgari suradi.
Har bir mamlakat demokratik institutlarni, xususan parlamentarizm va ko’ppartiyaviylikni shakllantirishda o’z yo’liga ega. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. O’zbekiston tanlab olgan yo’lning o’ziga xosligi sobiq sovet totalitar, yakkapartiyaviylik tizimining uzoq vaqt hukmronlik qilganligi bilan izohlanadi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq yakkapartiyaviy diktatga barham berildi va ko’ppartiyaviy siyosiy tizimni shakllantirish maqsad qilib olindi. Yakka partiya hukmronligi bartaraf etilgandan so’ng jamiyatimizda siyosiy plyuralizmning vujudga kelishi, siyosiy partiyalarning shakllanishi bilan bog’liq jarayonlar shiddat bilan boshlanib ketdi. Biroq bu yo’l birdaniga yoki dabdurustdan, biror-bir xorijiy mamlakat andozasini qabul qilish evaziga emas, balki asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.

Partiyalar o’rtasidagi saylovoldi kurashi parlamentning kundalik faoliyatida ham davom etishi, g’oya va dasturlar bellashuvining doimiy tus olishi partiyalar o’z oldiga qo’ygan maqsad-muddaolariga erishishini taminlashga xizmat qiladi. Shuning bilan birga siyosiy partiyalar mamlakatda amalga oshirilayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar jarayonining talablari bilan uzviy bog’liq bo’lgan, uzoq istiqbolga mo’ljallangan o’z dasturiga ega bo’lishi, ayni paytda, uni zamon bilan hamnafas takomillashtirib borishi talab etiladi.
Download 15,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish