Fuqarolik jamiyati qurish


Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi



Download 26,03 Kb.
bet3/4
Sana15.01.2022
Hajmi26,03 Kb.
#367770
1   2   3   4
Bog'liq
Farrux strategia

Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi.

Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi.


Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi. Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasi Evropa-O‘rta er dengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko‘rinishlari – Uyg‘onish davridagi italyan shahar-davlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida harakterlanadi.
Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqiy tus beradi, bu ta’limot keyinchalik juda ko‘p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g‘oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi.
4 . O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi.
Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va interpretatsiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi jarayonida muhim rol o‘ynagan Uyg‘onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) bo‘lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab chiqqan. Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan.
Huquqiy davlatni fuqarolik jamiyati rivojlanishining natijasi va uning o‘zini o‘zi yanada takomillashtirishi omili deb hisoblash mumkin. Huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni, hech shubhasiz, ancha uzoq vaqt davom etadi. U fuqarolik jamiyati shakllanishi bilan birga takomillashib boradi. Har bir davlatda bo‘lganidek, huquqiy davlat hokimiyatining suverenligi ham mamlakat ichida uning barcha fuqarolarga va ular tashkil etuvchi nodavlat tashkilotlariga nisbatan ustunligida va undan tashqarida davlatning tashqi siyosatni yuritish, boshqa davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishda va mustaqilligida namoyon bo‘ladi. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. SHunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi.
5 . Fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.
Fuqarolik jamiyati fanining ob’yekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining nazariy metodologik asoslari, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir.
Yurtimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda echilgani yo‘q”3.
Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, islohotlar va jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topish borasidagi harakatlar strategiyasini o‘rganish “Fuqarolik jamiyati” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi. Fanni o‘qitishda asosiy e’tibor talabalarning erkin fikrlashi, ularning jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil o‘z munosabatlarini shakllantirishga qaratildi. Fanning yana bir asosiy maqsadlaridan biri - bu yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning mamlakatga sadoqatini oshirish, yangi jamiyat qurishga befarq bo‘lmaydigan inson sifatida tarbiyalash vazifalarni amalga oshirishdir.

6 . “Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni hamda turli xil yondoshuvlar.

Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiya­si O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning dav­lat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar stra­tegiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat xisoblanadi.
Mazkur vazifa doirasida inson xukuk va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi xamda samaradorligini oshirish, iktisodiyotning rivojlanish xolati, zamo-naviy talablardan, xalkaro standartlardan kelib chikkan xolda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan xolda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual konunchilikni takomillashtirish buyicha 2018-2021 yillarga muljallangan Konsepsiya» loyixasini ishlab chikish rejalashtirilgan.

Moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish va bu buyicha Uzbekiston Respublikasi Prezidentining kdrori loyixdeida kuyidagilarning aks etishi reja-lashtirilgan:


mustaxkam moliyaviy institutlar (banklar, sugurta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlikjamiyatlari)ga kimmatli kogozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshkalar) chikarishga ruxsat berish;
kimmatli kogozlar bozorini muvofikdashtirish buyicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy kilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki kimmatli kogozlar bozori ishtirokchilarining xukuk va konuniy manfaatlarini ximoya kiluvchi organ sifatidagi faoliyati samaradorligini oshirish;
7. Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.

Strategiya - ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy isloxotlarni amalga oshirishning bosh yunalishi, barcha sa’y-xdrakatlar-ning poydevori, davlat va jamiyat xayotidagi tub burilish dav-ri uchun xos bo‘lgan boshkaruv san’ati mazmunini ifoda etadi. Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi xrzir-gi murakkab davrda Uzbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar xayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir in-sonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.


Jadal tarakkiyot - jadal tarakkiyotga turt omil uy-gunligi asosida erishiladi. Buning uchun eng avva-lo tez rivojlanish sur’atlariga erishishni ta’minlay-digan etarli investitsiyalarga ega bo‘lish; ikkinchidan, puxta rejalashtirilgan tarakkiyot modeli va bu modelni uzluk-siz amalga oshirishga karatilgan mexanizm va "yo‘l haritala-ri" zarurligi, uchinchidan esa, ana shu yuksak sur’atlarni ta’-minlaitga kodir bo‘lgan inson kapitali, saloxiyatli kadrlar, mutaxassislarning bo‘lishi, turtinchidan esa, jadal rivoj­lanish modediniruyobgachikarishga kodir iroda, liderningja-miyatni etaklovchi kuchi va katiy azmu karori takrzo etiladi. Mamlakatimizda ana shu omillarning barchasi bor.
I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning asosiy tamoyillari mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda kuchli ijtimoiy himoya tamoyillariga asoslangan erkin bozor munosabatlarini barpo etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Ushbu model islohotlarning barqarorligi va xavfsizligini kafolatli ta’minlashning etakchi ustuni bo‘lib kelmoqda.

Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” g‘oyasiga ko‘ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. YA’ni “islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun”, degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. SHu munosabat bilan qurilayotgan yangi mustaqil davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi ham mana shu yurtning erkin xalqi degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining markazida turuvchi omildir.


8.
Download 26,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish