Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi va ularning turlari



Download 33,71 Kb.
Sana26.11.2022
Hajmi33,71 Kb.
#872893
Bog'liq
Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar




Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar
tushunchasi va ularning turlari

Fuqarolik protsessida shunday shaxslar ham borki, ular boshqa shaxslar tomonidan boshlangan jarayonga kirib keladilar va fuqarolik-huquqiy nizolaming hal etilishidan taraflar kabi manfaat- dor bo'ladilar. Da’vogar va javobgarga nisbatan ushbu shaxslar (hisob bo‘yicha) uchinchi shaxslar deb e’tirof etiladi va shuning uchun ham ushbu shaxslar fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar deb nomlanadi1.


FPKning 33-moddasiga muvofiq, uchinchi shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibiga kiradi. Uchinchi shaxslar fuqarolik protsessida taraflarga tenglashtiriladi.
Fuqarolik protsessida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslar ishning hal etilishidan qanday mazmunda manfaatdor ekanliklari hamda ish yuzasidan chiqariladigan hal qiluv qarori bilan qanday oqibat- lar yuzaga kelishiga qarab, quyidagi ikki turga ajratiladi:

  1. mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar;

  2. mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar.

Uchinchi shaxslar boshqa shaxslar tomonidan boshlangan protsessga kirishib, ish yuzasidan chiqarilgan sud hal qiluv qarori ma'lum darajada ularning fuqarolik moddiy huquqlariga ta’sir etib, ishning sudda hal etilishi natijasida ularga nisbatan muayyan huquq va majburiyatlar vujudga keladigan shaxslar hisoblanadi.
Mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
FPKning 44-moddasiga asosan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud hal qiluv qarorini chiqarguniga qadar ishga kirishishlari mumkin. Ular da’vogaming hamma huquqlaridan foydalanadilar va uning hamma majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar. Xususan, uchinchi shaxs- lar o‘z arzida bayon qilingan talablaming asosini yoki predmetini o'zgartirishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoki kamaytirishga, ulardan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli.
Undan tashqari, protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqlidirlar. Mazkur shaxs- larning da’vogarlardan birgina farqi mavjud bo'lib, u ham bo‘lsa, protsessga kirishish vaqtida namoyon bo‘ladi.
Uchinchi shaxsning nizo predmetiga o'zining mustaqil haqqi borligini bildirishi uning mustaqil da’vo bilan protsessda ishtirok qilishi uchun asos bo‘ladi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslaming protsessda ishtiroki quyidagi hollarda yuz beradi:

  1. agar da’vogar protsessda o‘zining boshqa shaxs bilan almash- tirilishiga rozi bo'lmasa, bu shaxs nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishishga haqli bo‘ladi (FPKning 42-moddasi, ikkinchi qismi);

  2. sud hal qiluv qarorini chiqarguniga qadar nizoning predme­tiga nisbatan o‘zlarining mustaqil talablari bilan arz qilib kirib keladilar (FPKning 44-moddasi).

Yuqoridagi ikki holatda ham uchinchi shaxslar da’vo taqdim etishning barcha talablariga rioya qilishi lozim bo‘ladi. Uchinchi shaxsning ishga kirishishi umumiy asoslarga (FPKning 148— 150-moddalariga) binoan, sudga ariza berish bilan qo‘zg‘atiladi. Ushbu shaxslar o‘z arizasiga tegishli hujjatlarni ilova qilishi, arizani taraflaming soniga mutanosib miqdorda nusxalari bilan berishi, agar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, tegishli bojni to‘lashi lozim bo‘ladi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluv­chi uchinchi shaxslaming ishga kirib kelishlari protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga nisbatan ham huquqiy oqibat keltirib chiqaradi. Mazkur shaxslar da’vogarlar bilan bir xilda huquqiy maqomga ega bo‘lganliklari sababli ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi talab etiladi. Masalan, agar uchinchi shaxs sud majlisi boshlanganidan keyin protsessga kirishadigan bo‘lsa, ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud hal qiluv qarorini chiqarguniga qadar, yanada aniqlashtiriladigan ho‘Isa, sud hal qiluv qarori chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar ishga kirishishlari mumkin.
Ishga uchinchi shaxsning kirishishi haqidagi masalani hal qilar ekan, sudya bu haqda ajrim qabul qiladi. FPKning 346-moddasi mazmunidan kelib chiqib, protsessda uchinchi shaxsning ishtirok etishiga yo‘l qo'yilishi to‘g‘risida sudyaning chiqargan ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to'sqiniik qilmasligi uchun uning ustidan shikoyat berilmaydi. Uchinchi shaxsning ishda ishtirok etishi to‘g‘ri- sidagi iltimosini rad qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan esa shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan
uchinchi shaxslar
Uchinchi shaxslarning navbatdagi turiga oid normalar FPK ning 45-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha chiqariladigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan bo'lgan huquq va majburiyatlariga ta’sir etadigan bo‘lsa, sud hal qiluv qarori chiqarguniga qadar da’vogar yoki javobgar tomonida ishga kirishishlari mumkin. Shuningdek, ular taraflaming, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi bo'yicha yoki sudning tashabbusi bilan ishda ishtirok etishga jalb qilinishlari mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, uchinchi shaxslarning mazkur turi, birinchidan, shartli ravishda taraflaming biri (da’vogar yoki javob­gar) tomonida turib ishtirok etadi. Ikkinchidan, ular o'rtasidagi huquqiy munosabat sud muhokamasining predmeti bo‘lmaydi. Uchinchidan, ish bo’yicha chiqariladigan hal qiluv qarori uchinchi shaxslarning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquq va majbu­riyatlariga ta’sir etadi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni protsessga jalb qilish (kiri- shish)ning yuridik asoslaridan biri regress huquqining ro‘y berishi hisoblanadi. Undan tashqari, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni protsessga jalb qilish har doim ham uning regress huquqi bilan bog'liq bo‘laver- maydi. Masalan, agar bolalar ta’minoti uchun aliment undirish haqida da’vo taqdim etilgan bo'lib, javobgar boshqa nikohdan tug'il- gan farzandlariga aliment to'layotganligi aniqlansa, u holda foydasiga aliment undirilayotgan manfaatdor shaxslar javobgar tomonida turib ishda ishtirok etuvchi uchinchi shaxs sifatida jalb etilishi lozim. Mazkur holatda uchinchi shaxsning regress huquqi yuzaga kel- masa-da, biroq agar da’vo talabi qanoatiantirilgudek bo'lsa, bu hoi boshqa nikohda bo'lgan farzandlarga to‘lanayotgan aliment miqdoriga, ya’ni uchinchi shaxsning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraf- larning protsessual huquqlaridan foydalanadilar va ularning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar. Biroq arz qilin- gan talablaming asosini yoki predmetini o’zgartirish, miqdorini ko'paytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish kabi huquq- lardan foydalana olmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar FPKning 34 moddasida ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanadilar. Nizo predmetiga mustaqil da’vo qilmaydigan uchinchi shaxslar nizoli moddiy huquqiy munosahatlar subyekti bo'lmaganligi sababli ularga qarshi da’vo qilinmaydi hamda ular ham qarshi da’vo taqdim eta olmaydi.
Agar mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi oqibatida da’vogarning huquqlari buzilganligi to‘g‘risida arz qilingan talablarni tan olsa, sud majbu- riyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida ha) qiluv qarori chiqarishga haqli. Aynan shunday hollarda, da’vogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi (FPKning 45-moddasi, uchinchi qismi).
Mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslaming
sherik da’vogarlardan farqi
Sherik da’vogarlar sudga birgalikda da’vo taqdim etishlari yoki boshqa da’vogar tomonidan boshlangan protsessga kirishishi mumkin. Uchinchi shaxs esa faqat boshlangan protsessga kirishadi. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxsning sherik da’vogarlardan muhim farqlanuvchi jihatlaridan bin ular manfaatining o'zaro qarama-qarshiligidadir.
Zero, uchinchi shaxsning ham, da’vogaming ham da’vo pred- meti bir xilda bo‘ladi va sud ularning yoki javobgarning manfaat- larini himoya qiluvchi hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxsning da’vosi bo‘yicha dastlabki da’vogar va javobgar ishda javobgarning holatini egallaydi.
Ishga tikiash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha uchinchi
shaxslarning sudda ishtirok etish xususiyatlari
Ish beruvchilarning hamda xodimlarning mehnatga oid huquq- larini, shuningdek, jamoatchilik manfaatini himoya qilish uchun sud boshqa shaxslarning iltimosisiz, o‘z tashabbusi bilan ishda ishtirok etish uchun korxonaning mansabdor shaxsini jalb qilish va uning zimmasiga xodimga majburiy bekor yurgan vaqti uchun ish haqi to'lashi munosabati bilan ish beruvchiga yetkazilgan zarami qoplash majburiyatini yuklashi mumkin. FPKning 259-moddasida mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki noqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodimlami awalgi ishiga tikiash to‘g‘risidagi ishlar bo’yicha sud o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoki boshqa ishga o'tkazishga farmoyish bergan mansabdor shaxsni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etish uchun javobgar tomonidan jalb qilishi shartligi o‘z ifodasini topgan.
IJshbu qoidaning kiritilishidan ko'zlangan maqsad mehnat shartnomasining bekor qilinishi yoki boshqa ishga o‘tkazish ochiqdan ochiq qonunga xilof bo‘lganligini aniqlagan sud shu protsessning o'zidayoq, mansabdor shaxs zimmasiga majburiy progul yoki kam haq to’lanadigan ish berilgan vaqt uchun xodimga ish haqi to'lash natijasida ish beruvchiga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash majburiyatini yuklashdan iboratdir.
Mansabdor shaxs ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zarar uchun mehnat qonunchiligida belgilangan 0‘zining uch oylik ish haqi miqdorida javobgar bo‘ladi (MKning 274-moddasi). Shu o‘rinda nima uchun mansabdor shaxsning moddiy javobgarligi qonunda chegaralab qo’yilgan savoli tug'iladi. Adabiyotlarda mansabdor shaxs­larning ish beruvchi oldidagi moddiy javobgarligining chegarasi ushbu javobgarlikning maqsadidan kelib chiqishi va mansabdor shaxslarning moddiy javobgarligi ko'proq tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lishi ta’kidlanadi.
6.1. Prokurorning fuqarolik protsessida
ishtirok etish asoslari
Fuqarolik ishlarining ko‘rilishida prokuror o‘z vakolatini quyi- dagi to‘rt usulda amalga oshiradi:

  1. boshqa shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlana digan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish;

  2. boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan ishni ko'rishda boshidan ishtirok etish;

  3. o‘zi ishtirok etgan va etmagan fuqarolik ishlari yuzasidan chiqarilgan sud hal qiluv qarori ustidan apeilatsiya, kassatsiya protestlarini keltirish va ishlaming apeilatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

  4. qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ustidan nazorat protesti keltirish va ishning nazorat tartibida qayta ko’rilishida ishtirok etish1.

Fuqarolik protsessual qonunchilik prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishining quyidagi uch asosini belgilaydi:

  1. qonunda nazarda tutilgan hollarda;

  2. sud ishda prokurorning qatnashishini zarur deb topgan hollarda;

  3. prokurorning arizasi bilan qo'zg'atilgan ishlarda (FPKning 46-moddasi, ikkinchi qismi).

Undan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 11-maydagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko'riiishida prokuror ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish to‘g‘risida»gi 22-sonli buyrug'ida ham prokurorning fuqarolik ishlarida ishtirok etishi shart bo‘lgan holatlar bayon etilgan.
Mamlakatimizning ko‘plab qonunlarida prokurorning fuqaro- larning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib, sudga murojaat qilish huquqi mustahkamlab qo’yilganligini ko'rishimiz mumkin. Masalan, Mehnat kodeksining 9-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat to'g'risidagi qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish 0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysu- nuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Mazkur kodeksning «Mehnat nizosini ko'rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqi» deb nomlangan 268-moddasiga ko‘ra, prokuror xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, mehnatning huquq bo'yicha inspektori hamda ish beruvchi bilan bir qatorda, mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Oila kodeksining 51-moddasiga ko'ra esa, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas, deb topishni nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ota- onasi yoki homiysi, shuningdek, vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.
Shuningdek, prokuror nikohni haqiqiy emas, deb topishni talab qilib sudga murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Prokuror muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas, deb topish to‘g4risidagi ishni sud vasiylik va homiylik organi hamda prokurorning ishtirokida ko‘rib chiqadi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to'g'risidagi ishlar proku- roming da’vosiga binoan ham ko'riladi. Shuningdek, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror ishtirokida ko'rib chiqiladi. Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlami ko'rishda ota-ona (ulardan birijning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniqlasa, bu haqda prokurorga xabar berishi shartligi oila qonunchiligida o‘z ifodasini topgan1.
Prokurorning ishda ishtirok etish asoslari boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tash- kilotlar va ayrim fuqarolardan ajralib turadi. Masalan, yuqorida qayd etilgan davlat boshqaruv organlari boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib, faqatgina qonunda ko'rsatilgan hollardagina sudda da’vo qo'zg'ata oladilar. Prokuror esa boshqa shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega bo‘ladi (FPKning 46-moddasi).
Undan tashqari, davlat boshqaruv organlari protsessga qonunda ko‘rsatilgan hollarda o'z vakolatlari doirasida ish yuzasidan xulosa berish maqsadida jalb qilinishlari yoki sud tashabbusi bilan kirib kelishlari mumkin. Prokuror esa boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo'zg'atilgan ishni ko‘rishda ishning mohiyati bo‘yicha o‘z fikrini bayon etish maqsadida boshidan ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Fuqarolik protsessida prokuror suddagi vakildan ham ajralib turadi. Prokuror kimningdir «shaxsiy» manfaatlarini himoya qiluvchi vakil bo'lib emas, balki qonunlaming aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi 0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vakolatlarini ta’minlab, boshqa shaxslaming huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib ishtirok etadi. Boshqa shaxs- larning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib ish qo'zg'atar ekan, prokurorga boshqa shaxslar tomonidan vakolatlar bcrilishi talab etilmaydi, u da’voni o‘z nomidan taqdim etib, o'z harakat- larini faqat qonunga asoslangan holda olib boradi.
Prokurorning fuqarolik protsessida
ishtirok etish shakllari
Prokuror birinchi instansiya sudlarida quyidagi ikki shaklda ishtirok etadi:

  • boshqa shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo'riqlana­digan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish;

  • boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo'zg'atilgan ishni ko'rishda boshidan ishtirok etish (FPKning 46-moddasi, birinchi qismi).

Prokurorning boshqa shaxslaming huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etishi hamda boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo'zg'a­tilgan ishni ko'rishda boshidan ishtirok etishi uning birinchi instan­siya sudida ishtirok etish shakli sifatida e’tirof etiladi. Prokuror boshqa shaxslaming huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaat- Jarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat qilgan taq- dirda, da’vo arizasi uchun davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi, da’vogaming roziligi bilan o‘zi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko’paytirish yoxud kamaytirish, o‘z arizasidan voz kechish kabi huquqqa ega bo'ladi.
Prokuror fuqarolik protsessining ikkinchi shaklida, ya’ni boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rishda fikr berish maqsadida boshidan ishtirok etgan taqdirda esa, da’vodan voz kechish, da’vo talablarining asosi yoki predmetini o'zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko’paytirish yoxud kamaytirish kabi huquqlardan foydalana olmaydi.
Prokurorlar qaysi shaklda ishtirok etishidan qat’i nazar, FPKning 34-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan, ya’ni ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, nusxalar ko'chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odi! sudlovni amalga oshirishga ko’maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og’zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko'rish davomida tug'iladigan hamma masalalar bo’yicha o’zlarining vaj- larini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug'i ustidan shikoyat qilish, sud chiqargan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyruqning majburiy ijrosini talab qilish, sud ijrochisining harakatlari vaqtida hozirbo’lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.
6.3. Prokurorning fuqarolik protsessidagi
huquq va majburiyatlari
Prokuror FPKning 5-moddasiga muvofiq, o‘z tashabbusi bilan ishga kirishishidan tashqari, sud tashabbusi (qarori) bo'yicha ham. shuningdek, qonunning maxsus, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko'rsatmasiga binoan ham ishga jalb qilinishi mumkin. Fuqarolik jarayonida qonunchilikka rioya qilinishi yuzasidan va odil sudlovni amalga oshirishda sudga ko‘maklashish maqsadida prokuror qator protses­sual huquqlardan foydalanadi. Uning bu huquqlari FPKning 34, 46, 47 va boshqa moddalarida belgilangan.
Download 33,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish