G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


  III BO‘LIM. OILADA BOLALARNI



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
 


37 
III BO‘LIM. OILADA BOLALARNI
XALQ OG‘ZAKI IJODI NA’MUNALARI
ASOSIDA TARBIYALASH MEXANIZMLARI 
3. 1. Farzand tarbiyasida xalq
pedagogikasining aks etishi (ona allasi)
 
Dunyoda shunday baxt borki, uni biror so‘z bilan ta’rif keltirish 
qiyin. U baxtning eng cho‘qqisi bo‘lmish ota-onalik baxtidir. Bolasini 
yelkasida ko‘targan ota, bolasini bag‘rida erkalayotgan onadan 
baxtliroq odamni uchratmasak kerak. Ota - ona uchun boladan azizroq 
ne’mat yo‘q. Lekin, xalqimizda "Bola aziz - odobi undan aziz" - degan 
naql bor. Negaki, farzand o‘z odobi, tarbiyasi, xulqi bilan ota - 
onasiga olqishlar, rahmatlar yetkazishi yoki aksincha o‘z odobi bilan 
ota-onasining yo‘zini yerga qaratishi mumkin. Har bir ota-ona borki, 
o‘z farzandining yaxshi tarbiya topishini, yaxshi kamol topib el yurt 
ardoqlaydigan hurmat qiladigan farzand bo‘lib voyaga yetishini 
istaydi. Bu esa o‘z -o‘zidan emas yaxshi tarbiyaning mahsuli sifatida 
nomoyon bo‘ladi.
Yaxshi tarbiya esa avvalo ota-onaning o‘zidan boshlanishi kerak. 
Abdurauf Fitrat aytganidek: "Uylanishning birinchi maqsadi 
farzanddir. Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki 
biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina 
bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo‘ladi. Kimki, badaxloq 
bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik 
qilgan bo‘ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo‘ladi. Xush va 
yaxshi axloqqa ega bo‘lgan farzand, imon sohibi bo‘lgan ota-onadan 
bo‘ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo‘lsalar, ularning tarbiyalari 
soyasida o‘sgan farzand ham badaxloq bo‘ladi”. 
4
Tarbiya qilishda kichik narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Bola tarbiyasi 
ona qornidayoq boshlanishi kerak degan donishmandlarimiz. Bu esa 
hozirgi zamon tarbiyasida ham o‘z ifodasini topmoqda. Buni bugun 
tibbiyot xodimlari, psixologlarimiz ham jonli misollar bilan ko‘rsatib 
bermoqda. Tashqi har qanday ta’sirlar bolaning jismoniy va ruhiy 
holatiga ta’sir ko‘rsatishi va o‘z izini qoldirishi aytilmoqda.
4
O.Musurmonova “Oila ma’naviyati milliy g’ururi” -T.: “O‘zbekiston” 2000 y 


38 
Avvalo bola kutayotgan ona go‘zallikka oshno bo‘lishi, o‘ylasa 
o‘yini go‘zal qilishi, yursa yo‘liga, ushlasa qo‘liga e’tibor 
bermoqligini, umuman farzandi qanday bo‘lmoqni istasa o‘zida ham 
shu xususiyatlarni mujassam etishi kerakligini esdan chiqarmasligi 
lozim. Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom 
ma’naviy muhit, xushmuomalalik, xursandchilik, bolaning bexavotir, 
sog‘lom tug‘ilishiga garov bo‘ladi. Ba’zan oilada uchraydigan er-
xotin, qaynona-kelin, va boshqalar o‘rtasida uchraydigan hurmatsizlik, 
o‘zaro nizo, urush janjallar, homilador ayolni avaylab asrash o‘rniga 
og‘ir mehnatga majburlash, xo‘rlash hatto unga qo‘l ko‘tarish 
bolaning kasalmand, nogiron, jizzaki bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi. 
Ota-onadagi eng yaxshi xususiyatlar ham yomon xususiyatlarga 
qo‘shilib, irsiy yo‘l bilan bolaga o‘tishi tabiiydir.
Bolaning sog‘lom dunyoga kelishi bo‘lajak ota-ona oldiga 
muhim vazifalarni qo‘yadi. Bola dunyo yo‘zini ko‘rar ekan, tarbiya 
o‘chog‘i bo‘lmish oilada ulg‘aya boradi. Bola hali yosh nihol, ota-ona 
esa uning bog‘bonlari sanaladi. Mevasini olaman degan bog‘bon 
niholning o‘sib ulg‘aygunicha uni parvarishlaydi, to tomir otib 
baquvvat daraxt bo‘lib mevaga kirgunicha o‘z vaqtini, mehnatini 
ayamaydi. Bog‘bon uni to‘g‘ri o‘shini ta’minlab shakl beradi, keraksiz 
shoxlarini qirqib, keraklilarini qoldiradi. Mevaga kirganda esa bitta 
bog‘bonning oilasini emas, ko‘plab oilalarni mevalari bilan 
ta’minlaydi. Bundan bog‘bonga faqat rahmatlar yog‘iladi. Ana bu 
bog‘bonning haqiqiy baxtidir. Ota-ona ham farzandini parvarishlab, 
chiroyli xulqli zehnli etib tarbiyalab o‘z mehnati va vaqtini 
ayamasagina, uning "ota onagga rahmat" kabi shirin mevalaridan 
baxramand bo‘lishi mumkin. Bu ham ota onaning haqiqiy baxtidir. 
Bolaning asosiy vaqti oilada kechadi. Uning ongiga tarbiya 
tushunchalari oilada singdirib boriladi.
Bola esa asosiy tarbiyani oilada olar ekan, demakki har bir ota-
ona o‘z yo‘zini yorug‘ qiladigan farzandlarning tarbiyasiga befarq 
qaramasliklari lozim. Bugungi kunda bolani qanday qilib ertangi 
kunda o‘z yo‘zini yerga qaratmaydigan, o‘z o‘rnini topib keta 
oladigan, el-u yurtga munosib farzand qilib tarbiyalash muhimligi, har 
bir ota-ona istagi deyishimiz mumkin. Bola asosiy tarbiyani o‘z 
ongiga oilada singdirib borishini ta’kidladik. Bolani tarbiya qiladigan 
ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli bo‘lishi, namuna va ibrat ko‘rsata olishi 
zarur. Chunki otaning axloqi, odobi, onaning fazilatlari bolaga o‘tishi 


39 
isbot talab qilmas haqiqatdir. Insonning shakllanishida hayotda o‘z 
o‘rnini topishida, el-yurt ichida hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak 
odob axloq qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni 
egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini 
ta’minlovchi shaxs shakllanadi.
Bo‘lajak ota-ona farzandining tarbiyali komil shaxs bo‘lib 
voyaga yetishi uchun, barcha zarur imkoniyatlardan foydalanib, 
tarbiyaviy fazilatlarni o‘zida to‘laqonli shakllantirib olgan bo‘lishi 
zarur. Axloq va tarbiya haqida gapira turib, o‘zlari amal qilmasa, 
farzand tarbiyasida katta kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Ota-ona 
ko‘rsatmalari, ibrat namunalari asosida, kattalar pand nasixati o‘gitlari 
bilan tarbiya shakllanib borar ekan, farzand tarbiyasida ajdodlarimiz 
qoldirgan tarbiyaviy buyuk merosimiz, xalq og‘zaki ijodining ajoyib 
namunalari ishtirokida o‘z tarbiyalarini olib borsalar, orzularidagi 
barkamol farzandni tarbiyalashga zamin yaratgan bo‘lardi.
Farzandning barkamol voyaga yetishida ajdodlarimiz qoldirgan 
muhim merosimizdan foydalanib tarbiyalasak, bugungi talab 
qilinayotgan yuksak ma’naviyatli yoshlarni voyaga yetkazishda o‘z 
hissamizni munosib ravishda qo‘shgan bo‘lamiz. Yaqin o‘tmishda alla 
bilmaydigan kelinlarni, doston eshitmagan yigitlarni, ertaklar olamida 
yashamagan bolalarni, umuman xalq og‘zaki ijodi namunalaridan 
baxramand bo‘lmasdan ulg‘aygan biror kishini topish mushkul 
bo‘lgan.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida, xalqimizning 
boy tajribalari, farzand kamolotidagi o‘ziga xos tarbiya usullari, yo‘l 
yo‘riqlari, aql zakovatlari bilan yaratilgan. Xalq doimo bolalarni 
to‘g‘ri xulq atvorli qilib tarbiyalashni, bunga erishish uchun o‘ziga xos 
usullarni o‘ylab topgan. Vaxolanki, xalq og‘zaki ijodining namunalari 
bolaning aqliy, axloqiy jismoniy kamolot, hunarga muhabbat, 
insonparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, mardlik kabi tarbiyaning 
hamma tarkibiy qismlarini mujassam etgan.
Abdulla Avloniy
 
o‘zining "Turkiy guliston yoxud axloq" 
asarida bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq 
kerakligini, tanini pok tutmoq, yosh vaqtidan maslakini tuzatmoq, 
yaxshi xulqlarni o‘rgatmog‘-u, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoq 
lozimligini ta’kidlab o‘tgan. 
5
5
Abdulla Avloniy “ Turkiy guliston yoxud axloq asari
- “O'qituvchi” nashriyoti 1992 yil 


40 
O‘zbek xalqining o‘ziga xos ma’naviy qarashlarini farzand 
ulg‘ayib kamol topishidagi o‘zbekona milliy ruhdagi tarbiyalash 
mezonlarini, orzu umidlarini ifoda etgan, ajoyib xalq og‘zaki ijodi 
durdonalari borki, ular bizning bebaho milliy boyligimiz sanaladi.
Hozir shu durdona xazinalardan biri ona allasi haqida to‘xtalib 
o‘tmoqchimiz. Ona bolasini suyib erkalab beshigini tebratar ekan alla 
xirgoya qiladi. Bolani oq yuvib oq tarab o‘z allalarida orzu-umid 
istaklarini aytib, jonimga jon bo‘ladi, el-u yurtim suyanchi bo‘ladi 
deya, beshigini tebratadi. Alla bolani uxlatishda, tarbiyaviy estetik 
ta’sir qilishda muhim ahamiyat kasb etgan. Bu bolaning emotsional 
ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo‘lib, bolani kuy 
og‘ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini 
anglashiga yo‘l ochish, shu zaylda estetik didini shakllantirish 
maqsadiga qaratilgandir.
Abu Ali Ibn Sino allaning xususiyatlari haqida to‘xtalib, 
"Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq 
kerak. Biri-bolani sekin asta tebratish, ikkinchisi - uni uxlatish uchun 
aytish odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul 
qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi 
bilan musiqa bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi " -deya ta’kidlaydi. 
6
Allalar bolaning beshik qo‘shig‘i sifatida xarakterlanadi. Allalar 
onalarning minglab avlodidan bir -biriga o‘tib, sayqal topib kelayapti. 
O‘zbek folklorshunosligida qachon paydo bo‘lganligi hozircha 
aniqlangan emas. Ammo uning qanday ma’naviy extiyoj tufayli paydo 
bo‘lganligini A. Vetuxov
 
shunday izohlaydi: "Ona o‘zining tug‘ma 
sezgirligi bilan bola uchun faqat qo‘shiq kerakligini, tinchlantiruvchi 
yorqin va monoton qo‘shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alla shakli 
yuzaga keldi. O‘sha onalik sezgilari allalarning qanday mazmunga ega 
bo‘lishini aytib turdilar: unda ona qalbida qanday ko‘tarinkilik bo‘lsa 
hammasi bor". 
7
Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish 
mumkin emas. Biroq alla ohanggi onaning ijro paytidagi holati va 
kayfiyati bilan chuqur bog‘liq. Ona kayfiyati ko‘tarinki bo‘lsa 
ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik sezilib turadi. Iztirob 
chekayotganida mayus tortuvchi xazinlikka moyil ohang bo‘ladi. Ona 
har doim bolasiga yaxshi kayfiyat va ochiq chehra bilan qarashga 
6
O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent O‘qituvchi 1990 yil 
7
M.Mutalipova Xalq pedagogikasi –o‘quv qo‘llanma- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti Toshkent - 2011 


41 
harakat qilgan. Hattoki ko‘nglidagi dardlar o‘zini emas, balki 
bolasining taqdirini o‘ylash qiynoqlari ostida kechgan. Birinchi 
holatda bolaning serzavq bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlansa, ikkinchi 
holatda uning ruhan mayuslashuviga asos solinadiki, bu bola 
ulg‘ayganda harakterida o‘z asoratini, albatta qoldiradi.
Allalar davr va zamon bilan muhit va sharoit bilan o‘zgarib 
sayqal topib shakllanib borgan. Bolaning uyqusini tilab aytgan 
allalarda ham, orzu istak, dilda bor hislarini qo‘shib aytayotgan 
onaning alla so‘zlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Bola uchun allaning 
so‘zi emas, kuyi yoqimli va muhimdir. Chunki u hali so‘zni 
anglamaydi.
Alladagi so‘zlar ona uchun muhim: ular ona qalbining nidolari. 
Bu kuy bola ma’naviy extiyoji qondirilishining dastlabki ta’minlovchi 
kuchi sifatida nomoyon bo‘ladi. Chunki allalar har qanday holatda, 
ham jismoniy harakat, ham psixik faoliyat bilan uzviy bog‘liqlikda 
ijro 
etiladi. 
Jismoniy 
harakat 
bolaning 
muttasil 
o‘sishini, 
organizmning chiniqishiga imkon beruvchi muhim vosita bo‘lsa, 
allalarning ohangi shu jismoniy rivojlanishni ma’naviy ulg‘ayishga 
undaydigan vosita bo‘lib, bola psixik faoliyatini harakatga solishga va 
aktivlashtirishga xizmat qiladi.
Allalarning kompozitsion butunligini, so‘z, ohang va harakat 
birligi, ularning mantiqiy aloqadorligi nuqtayi nazaridan tekshirish 
kerak. Bolalarning harakterlarini ochishda doimo tiniqlik va quvnoqlik 
bilan bog‘liq tuyg‘ularini teran ko‘rsatishga xizmat qiluvchi 
epitetlarga murojaat qilinadi. Shu niyatda qo‘zichoq, qo‘chqor olqor, 
toychoq, saman, toyloq, bo‘toloq, kiyik, serka, bulbul, qizil gul 
obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos fazilatlarni umumlashtirib 
e’zozlaydilar. Allalardan namunalar:
*** 
Sen bog‘imning bahori,
Sen umrimning nahori.
Sen qalbimning oxori,
Onajoning shunqori, alla-yo, alla.


42 
*** 
Baxmal po‘stin kiyasan, alla-yo, alla,
Zo‘r pahlavon bo‘lasan alla-yo, alla.
Tezroq voyaga yetgin alla-yo alla,
Mehriboning boqasan, alla-yo alla.
Shirin erkam, oppog‘im alla,
Jon dilim ko‘z qarog‘im alla.
Oy ham botdi chirog‘im alla,
Qo‘zichog‘im, alla.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish