G. Selening stress va distress haqidagi taʼlimoti



Download 16,83 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi16,83 Kb.
#931111
Bog'liq
G.Selen stress must ish 7

G.Selening stress va distress haqidagi taʼlimoti.


DTPI 10B-20-guruh talabasi Sobirjonova Niginaning Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan mustaqil isi
Reja:
1.Stress haqida umumiy maʼlumot.
2. Distress haqidagi ta’limot.
Stress (inglizcha: stress — „bosim“, „kuchlanish“, „tanglik“) — odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati. Stress — bu gomeostazni buzish bilan tahdid qiluvchi turli ekstremal omillar taʼsirida yuzaga keladigan tananing oʻziga xos boʻlmagan reaktsiyasi va asab va endokrin tizimlar faoliyatida stereotipik oʻzgarishlar bilan tavsiflanadi. Organizmda har xil taʼsirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. „stress“ terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim stress holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar taʼsirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, his-tuygʻu koʻpincha stressor vazifasini oʻtaydi va u fizik stressor taʼsiriga zamin tugʻdiradi. Odamda bir xil kuchdagi stress ham xavfli, ham ijobiy boʻlishi mumkin. Shuning uchun maʼlum bir darajadagi Stresslarsiz faol hayot kechirib boʻlmaydi, chunki stresslar boʻlmasligi bu oʻlim bilan barobar degan edi, Hans Selye. Demak, stresslar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham boʻlishi mumkin (eustress), bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy taʼsirotlarga chidamliligini oshiradi (masalan, infeksiyalar, qon yoʻqotish va boshqalar), maʼlum bir somatik kasalliklar (masalan, yara kasalligi, allergiya, yurak kasalliklari va boshqalar) kechishini yengillashtiradi yoki bemorning ulardan form boʻlishiga yordam beradi. Zararli stresslar (distress) organizm rezistentligini pasaytiradi, koʻpgina kasalliklarning kechishini ogʻirlashtiradi. Stress taʼsirida kasalliklar paydo boʻlishida organizmning dastlabki holati katta ahamiyatga ega. Masalan, gipertoniya kasalligi bilan ogʻrigan bemorda stress ogʻirroq, yaʼni gipertonik krizlar bilan kechadi.
Hans Selye, stress natijasida rivojlanadigan kasalliklar yo stressorning kuchli taʼsir etishi, yoki gormonal tizimning „notoʻgʻri“ reaksiya berishiga bogʻliq deb hisoblagan. Chunki ayrim hollarda distress uncha kuchli boʻlmagan stressor taʼsirida yuzaga keladi. Stressning organizmga ijobiy yoki salbiy taʼsir etishi organizmning ushbu stressorga nisbatan reaksiyasiga bogʻliq. Stress xrlatini faol oʻzgartirishga qaratilgan choralar organizm chidamliligini oshiradi va natijada kasallik rivojlanmaydi yoki, aksincha, faol kurashish boʻlmasa, moslashish sindromi susayib, ogʻir holatlarda organizmni nobud boʻlishigacha olib kelishi ham mumkin. Organizmdagi hamma oʻzgarishlarni nazorat qilishda miyadagi katexolaminlar miqdori katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, nerv sistemasi organizmning stressga reaksiya berish holatini belgilaydi (qarang Neyrogumoral regulyasiya).

Hozirgi „stress“ termini juda keng maʼnoda tushuniladi, masalan, nerv sistemasi boʻlmagan quyi hayvonlar, hatto oʻsimliklarda ham suv miqdori yoki harorat keskin oʻzgarsa, ularda kechayotgan fiziologik jarayonlar buziladi.Stress (ing. Stress — taranglik).


Stress — qiyin va xavfli vaziyatlarga tayyor turishingizga yordam beradigan tabiiy reaksiya. Stress holatida paydo bo‘ladigan reaksiya miyangizda boshlanadi. Ijobiy stress tez harakat qilishingizga yoki javob qaytarishingizga imkon beradi. Ma’lum darajadagi stress maqsadingizga erishishga yoki biror ishni yaxshiroq bajarishga, misol uchun, imtihon topshirish, ishga kirish uchun suhbatdan o‘tish yoki sport musobaqalarida qatnashishda muvaffaqiyat qozonishingizga hissa qo‘shadi.
Lekin davomiy, kuchli yoki surunkali stress sizga zarar keltiradi. Organizmingiz qayta-qayta yoki doimiy ravishda yuqori tayyorlik holatida bo‘lsa, siz jismonan, hissan azob chekishingiz va aqliy qobiliyatlaringiz pasayishi mumkin. Xulq-atvoringiz, jumladan, boshqalarga bo‘lgan muomalangiz ham o‘zgarishi hech gap emas. Surunkali stress tufayli inson ichkilikka ruju qo‘yishi, giyohvand moddalarni qabul qilishi, dorilarni suiiste’mol qilishi, me’yoridan ortiq ovqat yeyishi, tamaki chekishi va boshqa yomon odatlarga berilishi mumkin. Bu hatto odam depressiyaga tushishiga, sillasi qurishiga yoki joniga qasd qilish haqida fikrlar kelishiga sabab bo‘ladi.
Garchi stress hammaga bir xil ta’sir qilmasa-da, u ko‘pgina kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Stress inson tanasining deyarli barcha a’zolariga ta’sir qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qurbonov Sh., Qurbonov A. «Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari». T., «O
AJBNT» markazi, 2003.
2. Nazarenko L.D. «Fiziologiya fizicheskogo vospitaniya i sporta». Ul’yanovsk, 2000.
3. Azimov N.G
., Sobitov Sh.S. «Sport fiziologiyasi»., T., «O
ZDJTI» nashriyot bo
limi, 1993.
4. Azimov N.G
., Sobitov Sh.S. «Fiziologiya» Jismoniy tarbiya institutlari uchun o
quv qo
llanma.T., «O
ZDJTI» nashriyot bo
limi, 1996.
5. Fiziologiya cheloveka. Uchebnoe posobiya dlya institutov fizicheskoy kul’turo
. Pod red. prof.Azimova I.G., T., «Meditsina», 1991.
6. Azimov N.G
., Hamroqulov A.K. Sobitov Sh.S. Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashg
ulotlar. T., «O`qituvchi» 1992.
Download 16,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish