Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili



Download 186,5 Kb.
bet14/17
Sana14.07.2022
Hajmi186,5 Kb.
#794375
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

Qaratqich aniqlovchi 1. Gapda biror shaxs yoki predmening boshqa bir shaxs yoki predmetga qarashliligini, xosligini bildirgan aniqlovchi turiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. 2. Qaratqich aniqlovchi kimning? nimaning? shuningdek, qayerning? qaysisining? qanaqasining? nechtasining? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3. Qaratqich aniqlovchi qaratqich deb, qaratqich bog’lanib kelgan so’z esa qaralmish deb nomlanadi. 4. Qaratqich aniqlovchi o’z qaralmishiga moslashuv yo’li bilan birikadi. 5. Qaratqich va qaralmish munosabati qaratqichli birikma (moslashuvli birikma) sanaladi. 6. Qaratqich aniqlovchi tarkibida qaratqich kelishigi, qaralmish tarkibida esa egalik qo’shimchasi (ko’pincha III shaxs birlik sondagi –i, -si qo’shimchalari) bo’ladi.
Demak, qaratqich aniqlovchili so’z birikmalarining asosiy belgisi hokim so’znin, ya’ni qaralmishning egalik qo’shimchalari bilan kelishini talab qilishidadir.
7. Qaratqich aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi, ya’ni:
a) qaratqich ham, qaralmish ham belgili qo’llanishi mumkin M: daraxtning bargi, ukamning orzusi b) qaratqich belgisiz, qaralmish belgili qo’llanishi mumkin M: direktor xonasi, daraxt bargi d) qaratqich belgili, qaralmish belgisiz keladi M: bizning qishloq, sizning mahalla e) ba’zan qaratqich ham, qaralmish ham belgisiz qo’llanishi mumkin M: o’rik danak, yong’oq mag’iz, bozor ko’cha, daftar varaq 8. Qaratqich aniqlovchi tarkibida qaratqich kelishigi qisqargan ko’rinishda ham ishlatilishi mumkin M: Har oila o’chog’in o’z qutlug’ tarixi bor. 9. Qaratqich aniqlovchi qaratqich kelishigi asosida yuzaga keladi. Oliy ta’limda ko’rsatilishicha, ba’zan qaratqich kelishigi o’rnida unga sinonim bo’lgan chiqish kelishigi ishlatilishi mumkin. Bunda qaratqich kelishigi orqali butundan qism, chiqish kelishigi orqali bo’lakdan qism ma’nolari ifodalanadi. M: talabalarning uchtasi talabalardan uchtasi 10. Qaratqich kelishigi qaratqich aniqlovchini yuzaga keltirar ekan, quyidagi holatdan ehtiyot bo’lish kerak: a) qaratqich kelishigidan keyin ko’makchilar kelgan bo’lsa, ya’ni ko’makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shilgan bo’lsa, u asosan, to’ldiruvchi yoki hol tarkibida bo’ladi. M: Sening bilan olam munavvar. Zaynab uch-to’rt oyning ichida o’zgarib qolgan edi.
b) eski o’zbek adabiy tilida, ba’zan she’riyatda qaratqich kelishigi qarashlilik shakli bilan sinonim bo’lib ot kesim tarkibida uchrashi mumkin. M: Bu matla’ aningdurkim. Jozibalar barchasi sening. 11. Qaratqich aniqlovchi bilan qaralmish shaxs va sonda moslashadi. Bunda: a) shaxsda moslik zaruriy bo’lib, u hamma vaqt saqlanadi; b) sonda moslik I, II shaxs uchun zaruriy bo’lib, faqat III shaxsda saqlanmasligi mumkin. M: qushlarning sayrashi, bolalarning orzusi, adashganlarning armoni 12. Qaratqich aniqlovchi ham, qaralmish ham, asosan, ismlar bila, ya’ni ot, otlashgan, ot xarakteridagi so’zlar bilan ifodalanadi, chunki qaratqich kelishigini qabul qilish ismlarga xos, qaratqich kelishigi otni otga bog’lash uchun xizmat qiladi; shuningdek, qaratqich va egalik qo’shimchasini olib turlanish ismlarga xos. M: Dutor torlarining jarangi Zumradning tovushiga qo’shilib ketdi. 13. Qaratqich aniqlovchi belgili yoki belgisiz qo’llanishi mumkin. Bunda: - agar qaratqich bilan qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llanmasa, belgisiz qo’llanishi mumkin M: daraxt yaprog’I, direktor xonasi, Mirzacho’l shamoli - agar qaratqich aniqlovchi atoqli otlar, olmosh, otlashgan so’zlar bilan ifodalansa yoki qaratqich bilan qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llanilmasa, belgili ishlatiladi M: daraxtning yam-yashil yaprog’I, Mirzacho’lning sovuq shamoli (bunda istisno holatlar ham bo’lishi mumkin - qaratqich kelishigi ba’zan atoqli otlar tarkibida ham belgisiz kelishi mumkin M: A.Temur o’gitlari, A.Oripov she’rlari - qaratqich kelishigi o’zlik olmoshi tarkibida belgisiz qo’llanishi mumkin M: o’z uyim, o’z yurting) 14. Qaratqich aniqlovchi ham boshqa gap bo’laklari singari tuzilishiga ko’ra murakkab bo’lishi, ya’ni birikmalar yoki turg’un bog’lanmalar bilan ifodalanishi mumkin. M: Og’zi bo’shning gapiga ishonma. Men Jahon tilari institutining talabasiman.
15. Qaratqich aniqlovchi ba’zan sifatlovchi aniqlovchi bilan sinonim bo’lishi mumkin. M: bahorning sarin yellari – bahordagi sarin yellar Bunda sinonimlik grammatik vositalarni almashtirish orqali yuzga keladi.

Download 186,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish