Gavda va buyin muskullari Gavda muskullari



Download 33,83 Kb.
bet5/6
Sana23.11.2022
Hajmi33,83 Kb.
#871006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza matn

Chaynash muskullari


Ch a k k a m u s k u l i (m. ternporalis) yelpig‘ich shaklda bo‘lib, bosh­ning yon tomonida joylashgan. U chakka chuqurligidan boshlanib, yonoq yoyi tagidan o‘tadi va pastki jag‘ning o‘tkir o‘simtasiga birikadi.
X u s u s i y ch a y n a sh m u s k u l i (m. masseter) to‘rtburchak shaklda bo‘lib, yonoq yoyidan boshlanadi va pastki jag‘ suyagining burchagiga tashqi tomondan birikadi.
T a sh q i q a n o t s i m o n m u s k u l (m. pterygoideus lateralis) asosiy suyakning qanotsimon tanglay o‘simtasidan boshlanib, pastki jag‘ning bo‘g‘im o‘simtasiga birika­di. Bu muskullar qisqarganda, pastki jag‘ni bir oz oldinga chiqarib, yuqoriga ko‘taradi.
I ch k i q a n o t s i m o n m u s ­k u l (m. pterygoideus medialis) aso­siy suyakning qanotsimon o‘simtasi­dan boshlanib, pastki jag‘ suyagi­ning burchagiga ichki tomondan birikadi. U qisqarganda pastki jag‘ni bir oz orqaga tortib, yuqoriga ko‘taradi. Bu muskullar bir tomonlama qisqarsa, pastki jag‘ni bir tomonga qiyshaytiradi.

Mimika muskullari. Mimika muskullari odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, suyakdan boshlanib teriga birikadi. Ular qisqarganda terini bir tomonga tortib, kishini turli ruhiy holatlarda aks ettiradi. Mi­mika muskullari asosan yuzda joylashadi. Ular og‘iz, ko‘z teshiklari atrofini o‘rab oladi. Bu muskul­lar so‘zlash, chaynash, nafas olishda ham ishtirok etadi. Mimika mus­kullariga: peshana, qoshni chimiruvchi, mag‘rurlik, ko‘z atrofining halqasimon, burun, yonoq, yuqorigi labning kvadrat va it chuqurchasini to‘ldiruvchi, og‘izning halqasimon, pastki labning kvadrat, pastki labning uchburchak, iyak, lunj, kulgi muskullari va boshqalar kiradi.


Ko‘zning doiraviy mus­kuli ko‘z kosasi va qovoqlar atrofida joylashadi. Ular qisqarganda yuqorigi qovoq pastga tushadi.
Qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul qoshni chimiradi, ya’ni qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. U bir uchi bilan peshana suyagining burun kismiga, ikkinchi uchi bilan qoshlar terisiga birikadi.
Og‘izning doiraviy muskuli og‘iz atrofida, lablar ichida joylashgan. U qisqarganda og‘izni bekitadi va lablar bir oz oldinga chiqadi. Bu muskul odamsimon maymunlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Yonoq muskuli og‘iz burchagini yuqoriga va orqaga tortadi. Lunj muskuli yuqori-pastki jag‘lardan boshlanib, og‘iz burchagiga birikadi, u qisqarganda og‘iz burchagini opqara tortadi, lunjni tishlarga yopishtiradi. So‘rish, chaynashga yordam beradi.
Yuqorigi labning kvad­rat muskuli uch tutamdan: yonoq boshi, ko‘z kosasi osti va ichki burchak boshidan iborat bo‘lib, bular pastda og‘iz burchagiga birikadi.
Pastki labning kvad­rat muskuli kvadrat shaklda bo‘lib, qisqarganda pastki labni pastga tushiradi.
Burun muskuli burun qanotlarida joylashgai. U qisqarganda burun kataklarini toraytiradi.
Pastki labning uchburchak muskuli uchburchak shaklda bo‘lib, pastki lab burchagini pastga tortadi.
Kulgi muskulliog‘iz burchagi bilan quloq oldi fassiyasiga tutashgan bo‘lib, qisqarganda og‘iz burchagini chetga tortadi,
Yelka kamari muskullari .Bu muskullar yelka kamari, yelka bo‘g‘imi, tirsak bo‘g‘imi, ayniqsa, qo‘l panjasi harakatlarida aktiv ishtirok etadi. Yuqorigi kamar muskullari yelka kamari, yelka oldi, panja muskullariga bo‘linadi.

Yelka kamari muskullari yelka kamari suyaklari yuzasida bo‘lib, asosan, yelka bo‘g‘imidagi harakatlarda ishtirok etadi.
Deltasimon muskul (m. deltoideus) eng kuchli muskul bo‘lib, o‘mrov suyagining akromial uchidan, kurakning akromial o‘simtasi va qirrasidan boshlanib, yelka suyagining tashqi yuzasidagi deltasimon g‘adir-budurlikka birikadi. Uning 3 gruppasi bo‘lib, birinchi gruppasi qisqarsa, bir oz bukish, orqa gruppasi qisqarsa, yozish, umuman, qisqarsa, tanadan uzoqlashish harakatlari bajariladi.
Kurak osti muskuli (m. subscapularis) kurak osti chuqurchasiga joylashib, yelka suyagining kichik do‘ngchasiga birikadi. U qisqarganda uzoqlashgan qo‘lni tanaga yaqinlashtiradi va yelkani ichki tomonga buradi.
o‘siq usti muskuli (m. supraspinatus) kurak suyagining orqa o‘simtasi ustida joylashgan bo‘­lib, yelka suyagining katta do‘ngchasi­ga va bo‘g‘im kapsulasiga birikadi, u qisqarganda yelkani tanadan uzoqlashtiradi.
o‘siq osti muskuli (m. infraspinatus) kurak suyagining orqa o‘simtasi tagida joylashgan bo‘­lib, yelka suyagining katta dungcha­siga hamda bo‘g‘im kapsulasiga birikadi. Uning tagida kichik yumaloq muskul (m. teres minor) joy­lashgan. Bu muskul kurakning tashqi burchagidan boshlanib, yelka suya­gining katta dungchasiga birikadi. Bu muskullar qisqarganda yelkani tashqi tomonga buradi.
Katta yumaloq muskul (m. teres major) kurak suyagining pastki burchagidan boshlanib, yelka suyagi kichik do‘ngchasining g‘adir-budurligiga birikadi. U qisqargan­da yelkani ichkari tomonga buradi va tanaga yaqinlashtiradi.

Download 33,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish