Tayyor bo`lgan yostiqning ichiga sentifon solamiz va ochiq qoldirilgan joyni tikib qo`yamiz. O`rtasiga kattaroq shakldagi tugmani olib ustki qismini mato qoldig`i bilan berkitib tikib chiqamiz va yostig`imizning o`rta qismiga bezak sifatiga tikib qo`yamiz. Mana mato qoldiqlaridan tayyorlangan yostig`imiz ham tayyor. Siz ham mato qoldiqlarini tashlab yuborishga shoshilmang ulardan uy ro`zg`orda kerakli bo`ladigan ajoyib buyumlar kolleksiyasini yaratishingiz mumkin.