G’aznachilik” fanidan Kurs ishi Mavzu: O’zbekiston Respublikasi byudjetini tuzish va ijro etishda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish. Bajardi: dbg’I-60 guruh talabasi Navruzova g ilmiy rahbar: Sholdarov d mundarija


Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati



Download 217,48 Kb.
bet2/8
Sana06.06.2022
Hajmi217,48 Kb.
#640405
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5271916646095652426

1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan bo’lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi. Hozirgi sharoitda Davlat budjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir. O’zining mohiyatiga ko’ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo’lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo’lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, Davlat budjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xis-lati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Davlat budjeti moliya tizimining markaziy bo’g’ini, qayta taqsimlash munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Budjet orqali milliy daromad qayta taqsimlanadi. Budjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bo’g’inlariga nisbatan katta miqdorni tashkil etadi. Budjet orqali qayta taqsimlash davlat moliyasi tarkibida markaziy o’rinda. Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli o’laroq, ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan YaIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir. Huquqiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Moddiy ma’noda budjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy xokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo’yilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni budjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda budjetning aynan ana shu moddiy ma’nosi ko’zda tutiladi. Davlat budjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Budjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- YaIMni qayta taqsimlash;
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish;
- budjet sohasidagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
- nazorat.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “...barchamiz so‘zsiz
tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga
bog’likdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy
qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki
amalga oshirishni ta’minlashi zarur.” 2
Mamlakatimiz davlat byudjeti ham bir qancha tamoyillarga asoslangan bo’lib, ular quyidagilar:

  • Budjet tizimining yagonaligi prinsipi. Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo’lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.

  • Budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi. Budjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozim.

  • Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak.

  • Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablag’lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.

  • Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi. Budjet tizimi budjetlarini tuzishda budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.

  • Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi. Budjet tizimi budjetlarining mablag’lari muayan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.

  • Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlari mustaqildir.

  • Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.

  • Kassaning yagonaligi prinsipi. Budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.

  • Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi budjet jarayonining har bir ishtirokchisi budjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.

  • Ochiqlik prinsipi. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini; tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini); Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.

O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlar qismi asosan soliqlar tushumidan bo’lganligi sababli davlat byudjet siyosati soliq va byudjet siyosati deb ham yuritiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari:

  • iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini, inflyatsiya darajasining belgilangan eng yuqori darajadan oshmasligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rish;

  • iqtisodiyotning xalqaro sifat standartlariga mos keladigan hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya jihatidan qayta jihozlash orqali iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni va uning diversifikatsiya qilinishini davom ettirish;

  • sa’y-harakatlarini qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, bandlikni ta’minlashga, qishloq aholisining turmushi sifatini oshirishga, fermer xo’jaligi rivojlantirilishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratish;

  • iqtisodiyot zimmasidagi soliq yukini kamaytirish va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirish;

  • budjet mablag’laridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishiga barham berish ustidan qat’iy nazorat o’rnatilishini ta’minlash;

  • ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini inflyatsiya sur’atlariga nisbatan ildam oshirib borish orqali aholining farovonligini izchil yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini bundan buyon ham davom ettirish;

  • vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlari (budjet tashkilotlarini rivojlantirish fondlari ham shunga kiradi) mablag’lariga Davlat budjetining g’azna ijrosi mexanizmini tatbiq etsin, shuningdek Davlat bojxona qo’mitasi bo’yicha tushumlarni g’azna hisobvaraqlariga o’tkazish;

  • Davlat budjeti taqchilligini respublika budjetining zaruriy aylanma kassa mablag’idan ortiq bo’lgan bo’sh qoldiqlari hamda boshqa noinflyatsiyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirilishini nazarda tutish.

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlarining tasdiqlangan ko’rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, mintaqalarning soliq solinadigan bazasini kengaytirish va moliyaviy salohiyatini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, budjet mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish.

Ma’lumki, Davlat budjeti iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda hal
qiluvchi omildir, boshqacha qilib aytganda, budjet - islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri vazifasini o’taydi, chunki kirimga qarab chiqim qilish iqtisodiyotning oltin qoidasi hisoblanadi. Davlat budjeti orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda, respublikamizda qabul qilingan ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini aniq tarzda qo’llab-quvvatlash, sog’lom avlodni tarbiyalash asosida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta’sirchanligi va aniq tarzda moliyaviy qo’llab-quvatlashni kuchaytirishda mahalliy budjetlarni samarali ijrosining ahamiyati katta. Bu munosabatlar umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan markazlashgan pul mablag’lari fondining shakllanishi va ishlatilishi bilan bog’liq.
Budjet munosabatlari juda xilma-xildir, chunki ular ko’p pog’onali va
kengqamrovli taqsimlash jarayonining turli yo’nalishlarida (iqtisodiyot sektorlari,
ijtimoiy faoliyat sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida) sodir bo’ladi. Bu
munosabatlar ob’ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ixtiyorida:
 kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun;
 mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun;
 mudofaa vazifalarini xal etish uchun;
davlat boshqaruvining umumiy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo’lgan milliy
daromadning bir qismi to’planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning o’z
funktsiyalarini bajarishi uchun ma’lum darajada moddiy va moliyaviy bazaning
zarurligi budjet munosabatlarining ob’yektiv zarur va mavjud bo’lishini taqozo
etadi. Budjet munosabatlari davlat ixtiyoridagi yirik markazlashgan pul fondi
ko’rinishida moddiy-buyum shaklini oladi.
Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini
aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq:
 iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;
 davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;
 korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga;
 jamiyat tomonidan hal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning
xarakteriga,
 iqtisodiyotda va ijtimoiy soha-tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy
o’zgarishlarning ko’lamiga va boshq.
“Sodda shaklda budjet bu hujjat yoki hujjatlar yig`indisi, ya’ni tashkilotning
(oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalari, ya’ni
daromadlar, xarajatlar va maqsad hamda natijalar to`g`risidagi ma’lumotlarni
o`z ichiga oluvchi rejalar sifatida qaraladi. Tarixan, budjet so`zi charm karmon,
hamyon, sumka va hamyonchadir. Asosan, inglizchada bu termin hukumat
ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko`tarib boradigan
charm sumka sifatida tasvirlangan.”3 Davlat budjeti davlat moliyasining markaziy bo’g’ini bo’lishi bilan bir qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etadi. Davlat budjetining iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funktsiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni qo’yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda budjet mablag’lari xizmat qiladi.
Davlat budjeti yaxlit hukumatga xizmat qilishi bilan bir qatorda, moliyaviy
resurslarni tarmoqlararo qayta taqsimlashda, hududlararo, mulk shakllariaro
qayta taqsimlashda ham bevosita ishtirok etadi. Masalan, tarmoqlararo qayta taqsimlashda har qanday iqtisodiy tizimda ham ayrim tarmoqlar uchraydiki, ularning daromadlari o’z xarajatlarini qoplay olmasada, lekin ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko’rsatayotgan xizmatlar va bajarayotgan ishlar umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlar bilan bog’liqdir. Bunday tarmoqlar tarkibiga: energetika, transport va boshqalar kirishi mumkin. Ushbu tarmoqlarga budjet orqali yuqori rentabelli tarmoqlarning moliyaviy resurslari qayta taqsimlab beriladi. Davlat o’z funktsiyalarini bajarishi uchun, shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichi strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyat ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Lekin mablag’larni davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash ko’lami ko’p jihatdan
mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va rivojlanish darajasiga, davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashish ko’lamiga, ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari ko’lamiga, aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturlarining
qamrovliligiga bog’liq.


Download 217,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish