Geologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi REJA: - Geologiya fani tarixi
- Geologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
- Geologiya faniga hissa qo’shgan olimlar
Yerning moddiy tarkibini mineralogiya (minerallar haqidagi fan) va kristallografiya (kristallar haqidagi fan), petrografiya (tog’ jinslari haqidagi fan), geokimyo (Yer kimyosini o’rganuvchi fan), paleontologiya (qadimgi organizmlarning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), foydali qazilmalar geologiyasi (mineral xom ashyolarni o’rganuvchi fan), gidrogeologiya (yerosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar o’rganadi. Yer yuzasining shakllari, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi va taraqqiyotini geomorfologiya fani o’rganadi. Yerning yoshi va qatlamlar orasidagi munosabatlarni stratigrafiya, tektonik harakatlarni geotektonika va strukturalarni strukturaviy geologiya o’rganadi. - Yerning moddiy tarkibini mineralogiya (minerallar haqidagi fan) va kristallografiya (kristallar haqidagi fan), petrografiya (tog’ jinslari haqidagi fan), geokimyo (Yer kimyosini o’rganuvchi fan), paleontologiya (qadimgi organizmlarning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), foydali qazilmalar geologiyasi (mineral xom ashyolarni o’rganuvchi fan), gidrogeologiya (yerosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar o’rganadi. Yer yuzasining shakllari, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi va taraqqiyotini geomorfologiya fani o’rganadi. Yerning yoshi va qatlamlar orasidagi munosabatlarni stratigrafiya, tektonik harakatlarni geotektonika va strukturalarni strukturaviy geologiya o’rganadi.
Geologik bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti uzoq o’tmishga borib taqaladi. Geologiya fan tariqasida ikki asrdan ko’proq vaqt oldin shakllangan. O’tmishda uni huddi geografiya singari falsafaning bir qismi deb qarashgan. Faqat XVIII - asrda N.Steno (Italiya), M.V.Lomonosov (Rossiya), A.Verner (Germaniya), J.Byuffon, J.Kyuve, A.Bronyar (Fransiya), D.Xatton (Shotlandiya), U.Smit (Angliya) va boshqalarning umumlashtirilgan va fundamental ishlari tufayli geologiya mustaqil fan tarmog’i sifatida shakllandi. Qazilma boyliklarni qazib olish haqidagi birinchi geologik tushunchalar qadim zamonlardan beri mavjud. Odamlar keyinroq mis, qo’rg’oshin, qalay, kumush, oltin, undan keyin esa temir ma’dani bilan tanishganlar. Ular asta – sekin qimmatbaho mineral va tog’ jinslaridan foydalanganlar: ohanrabo, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlari yasay boshlaganlar. - Geologik bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti uzoq o’tmishga borib taqaladi. Geologiya fan tariqasida ikki asrdan ko’proq vaqt oldin shakllangan. O’tmishda uni huddi geografiya singari falsafaning bir qismi deb qarashgan. Faqat XVIII - asrda N.Steno (Italiya), M.V.Lomonosov (Rossiya), A.Verner (Germaniya), J.Byuffon, J.Kyuve, A.Bronyar (Fransiya), D.Xatton (Shotlandiya), U.Smit (Angliya) va boshqalarning umumlashtirilgan va fundamental ishlari tufayli geologiya mustaqil fan tarmog’i sifatida shakllandi. Qazilma boyliklarni qazib olish haqidagi birinchi geologik tushunchalar qadim zamonlardan beri mavjud. Odamlar keyinroq mis, qo’rg’oshin, qalay, kumush, oltin, undan keyin esa temir ma’dani bilan tanishganlar. Ular asta – sekin qimmatbaho mineral va tog’ jinslaridan foydalanganlar: ohanrabo, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlari yasay boshlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |