Gidrotexnik inshootlar


-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydalanuvchi tashkilotning majburiyatlari



Download 27,8 Kb.
bet7/11
Sana31.12.2021
Hajmi27,8 Kb.
#207777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gidrotexnik inshootlar

9-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydalanuvchi tashkilotning majburiyatlari

Gidrotexnika inshootidan foydalanuvchi tashkilot quyidagilarga majburdir:

gidrotexnika inshootlarini qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash, foydalanishdan chiqarish va tugatishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga;

gidrotexnika inshootining holati, unga tabiiy va texnogen ta’sirlar ustidan nazoratni (monitoringni) ta’minlashga, gidrotexnika inshooti kaskadda ishlashini, xo‘jalik va boshqa faoliyat natijasida unga bo‘ladigan zararli ta’sirlarni, obyektlar daryo o‘zanida hamda gidrotexnika inshootidan quyidagi va yuqoridagi unga tutash hududlarda joylashtirilganligini hisobga olgan holda gidrotexnika inshootining xavfsizligini baholashga;

gidrotexnika inshootining xavfsizligi mezonlarini ishlab chiqishni va o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashga;

gidrotexnika inshootining holatini nazorat qilish tizimini rivojlantirishga;

gidrotexnika inshooti xavfsizligining pasayishi sabablarini muntazam tahlil qilib borish va gidrotexnika inshootining texnik jihatdan soz holatda bo‘lishini va uning xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek gidrotexnika inshooti avariyasining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va bajarishni o‘z vaqtida amalga oshirishga;

gidrotexnika inshootining muntazam tekshirib turilishini ta’minlashga;

gidrotexnika inshootining avariyasini tugatish uchun mo‘ljallangan moddiy zaxiralarni yaratishga;

gidrotexnika inshootidan foydalanishni tashkil etish va xodimlarning malakasi normalarga va qoidalarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashga;

gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida xabar berish mahalliy tizimlarini doimiy shay holatda saqlashga;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholini gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi masalalari to‘g‘risida xabardor qilishga;

gidrotexnika inshooti avariyalarining oldini olish masalalari bo‘yicha favqulodda vaziyatlar organi bilan hamkorlik qilishga;

gidrotexnika inshootining avariyasi xavfi borligi haqida maxsus vakolatli organni, boshqa manfaatdor davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va suvning (to‘g‘onning) tiyib turish bosimi yorib o‘tishining bevosita xavfi bo‘lgan taqdirda suv ostida qolish ehtimoli bo‘lgan zonadagi aholini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni darhol xabardor qilishga;

maxsus vakolatli organga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga;

gidrotexnika inshootidan foydalanish, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni, shuningdek gidrotexnika inshooti avariyalarining oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish ishlarini moliyalashga.




Download 27,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish