Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiya qilingan inshootlarning sohaviy nazorati



Download 22,36 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi22,36 Kb.
#452252
Bog'liq
9-Ma'ruza (1)


Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiya qilingan inshootlarning sohaviy nazorati.
Reja:

  1. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiya qilingan inshootlarning sohaviy nazorati

  2. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini tahlili asosiy bo‘limlari

Tayanch iboralar: xavfsizlik deklaratsiyasi, deklarant, konstruksiya, kapital ta’mirlash.
«Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida» gi Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarori bilan «Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi Qoidalar» tasdiqlangan bo‘lib, unda gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini mazmuni, uni tuzish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi. Qoidaga ko‘ra, xavfsizlik deklaratsiyasi gidrotexnika inshootlari xavfsizligini asoslovchi, ularning loyihadagi xavfsizlik mezonlariga amaldagi texnik me’yorlar va qoidalarga mos kelishini hamda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari xarakteri va miqyosini hamda xavfsiz ekspluatatsiyani ta’minlash chora-tadbirlarini belgilab beruvchi asosiy hujjat sifatida qaraladi. Xavfsizlik deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan o‘tkazish deklarant tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligi, gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning etarliligi va bu chora-tadbirlarning me’yor va qoidalarga mos kelishi, gidrotexnika inshootlari ishlashining xavfsizlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
«Davsuvxo‘jnazorat Qoidalari» ga ko‘ra O‘zbekenergoDAK, O‘zbekiston Respublikasi Transport, Tabiiy resurslar, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari o‘z nazoratida bo‘lgan ob’ektlardagi gidrotexnika inshootlarini xavfsizligi deklaratsiyasini tuzishni tashkil etadilar. Xavfsizlik deklaratsiyasi kapitalligi bo‘yicha I, II, va III sinf bo‘lgan hamda avariya sodir bo‘lganda TFV keltirib chiqaruvchi va katta zarar keltiradigan IV sinf gidrotexnika inshootlari uchun tuzilishi lozim. Ushbu qoidaga ko‘ra, gidrotexnika inshootlari xavfsizligi bo‘yicha nazorat organi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro mudafaasi ishlari, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish vazirligi (FVV) bilan hamkorlikda, xavfsizlik deklaratsiyasi mazmun-mohiyatiga qo‘yiladigan talablarni va inshoot vazifasi, sinfi, konstruksiyasi, ekspluatatsiya qilish sharoitlari va xavfsizlikka qo‘yilgan maxsus talablarga bog‘liq holda uni tuzish uslubini belgilab beradi.
Xavfsizlik deklaratsiyasini taqdim etish inshootni ekspluatatsiya qilish uchun ishga tushirish, gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish, ularni qayta qurish, kapital ta’mirlash, tiklash, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va tugatish uchun ruxsat olishning hamda gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha faoliyat olib borish uchun litsenziya olishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Mazkur Qonunni va “Davsuvxo‘jnazorat Qoidalar” ning ijro etilishini ta’minlash uchun «O‘zbekiston Respublikasi Davsuvxo‘jnazorat nazoratida bo‘lgan korxona (tashkilot) lardagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasi mazmun-mohiyatiga qo‘shimcha talablar va uni ishlab chiqish tartibi» qoidasi tasdiqlash uchun tayyorlandi.
Ushbu hujjatga ko‘ra xavfsizlik deklaratsiyasi tarkibiga quyidagi bo‘limlarni kiritish zarurligi ko‘zda tutilgan: gidrotexnika inshootlarining ekspluatatsion ishonchliligi va xavfsizligi bo‘yicha umumiy xulosa va natijalarga asoslangan xavfsizlik tahlili; xavfning paydo bo‘lish shart-sharoitlari tahlili; xavfni va ro‘y berishi mumkin bo‘lgan TFV ni baholash; xavf va boshqa avariyalar, shu jumladan ifloslangan oqimlarning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ro‘yxatini tuzish.
I, II, va III sinf (xavflik bo‘yicha) gidrotexnika inshootlari uchun tuzilgan xavfsizlik deklaratsiyasi ekspertiza xulosasi bilan birga «Davsuvxo‘jnazorat» markaziy apparatida, IV sinf gidrotexnika inshootlari uchun esa, uning hududiy organlarida tasdiqlanadi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksi va qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufida mulk egalari yoki ekspluatatsiya tashkilotida bo‘lgan gidrotexnika inshootlarini deklaratsiya qilish Qoidalari» ham tayyorlangan.
Mazkur Qoidalar mulk egalari va ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot tasarrufida bo‘lgan gidrotexnika inshootlari xavfsizlik deklaratsiyasi mazmun-mohiyatiga qo‘shimcha talablarni belgilab beradi. Ushbu Qoidalar O‘zbekenergo DAK va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligining davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha xavfsizlik deklaratsiyasini ko‘rib chiqish va tasdiklash tartibini aniqlashtiradi. YOqilg‘i-energetika kompleksi, Qishloq va suv xo‘jaligi tizimida davlat nazoratini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Davsuvxo‘jnazorat va uning mintaqaviy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan.
Qoidalarga ko‘ra, gidrotexnika inshootlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariya natijasida etkaziladigan zarar ehtimoli baholanadi. Baholash xavfsizlik deklaratsiyasida keltirilgan ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan avariyalar ssenariysiga asosan olib boriladi. Gidrotexnika inshootlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariyalar natijasida etkaziladigan zararni baholash natijalari mulk egalari yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy ta’minoti miqdorini belgilash uchun Davsuvxo‘jnazoratga yuboriladi. Deklarant ilova tariqasida O‘zbekiston Respublikasi FVM xududiy organlarining ob’ektni TFV larni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etishga tayyorligi va aholi hamda hududni himoya qilish chora-tadbirlari etarlicha ekanligi haqidagi xulosasini taqdim etishi zarur.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini tahlili quyidagi asosiy bo‘limlardan tashkil topgan:
-gidrotexnika inshootlari xavfsizligini belgilovchi omillar, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariyalar ssenariylari, avariya oqibatlarini tahlili;
-TFV vujudga kelish shart-sharoitlari tahlili, ya’ni ob’ektda avariyalar sodir bo‘lishiga bog‘liq sabablarning tahlili va avariyalar sodir bo‘lishi ssenariysini tuzish;
-o‘xshash ob’ektlarda ro‘y bergan avariyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili;
-avariyalar sodir bo‘lishining turli ssenariylari xavf-xatarini baholash va ekspert yoki ehtimollik usullari bilan gidrotexnika inshootlari xavfsizligini umumiy baholash.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha xuddi shu kabi ishlar O‘zbekiston Respublikasi tabiiy resurslari vazirligi (TRV)da ham amalga oshiriladi. TRV nazoratida bo‘lgan ob’ektlarning o‘ziga xos xususityalarini inobatga olgan holda “O‘zbekiston Respublikasi TRV nazoratidagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasi mazmun-mohiyati va shakliga qo‘shimcha talablar» tasdiqlangan. Ushbu talablarga ko‘ra, gidrotexnika inshootlari xavfsizligi tahlil etilganda: gidrotexnika inshootlarida ro‘y beradigan avariyalarning ma’lum bir ssenariylari uchun suv bosishi ehtimoli bo‘lgan hududlar chegarasi (sanoat chiqindilarini yig‘uvchilar uchun qo‘shimcha-atrof muhitga zararli ta’sir etish hududi chegarasi); ikkilamchi zarar etkazuvchi omillar, agar bundaylar bo‘ladigan bo‘lsa, ta’sir doirasi chegarasi aniqlanishi kerak.
TFV vujudga kelganda xavf-xatarga uchraydigan va zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan aholining soni baholanishi lozim. Xavfli buzilishlar va avariyali holatlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish uchun avariya natijasida etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni baholash va uni qoplanishini ta’minlash, shu jumladan mulk egalari va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mablag‘lari hisobidan, hamda fuqaro ma’suliyati xavf-xatari sug‘urtasi shartnomasidagi belgilangan mablag‘lar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi TRV nazoratidagi gidrotexnika inshootlari xavfsizligining davlat nazorati to‘g‘risidagi Qoidalari»da gidrotexnika inshoootlari xavfsizligini nazorat qilishning asosiy vazifalari orasidan quyidagilar:
-ijroiya hokimiyati organlari bilan hamkorlikda nazoratdagi ob’ektlar gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va uni bajarilishini tashkil etish;
-gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish uchun berilgan litsenziyada belgilangan, ular xavfsizligi me’yor va Qoidalariga mulk egalari va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning rioya etishlarini nazorat qilish;
-gidrotexngika inshootlari xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish va ularning xavfsizlik mezonlarini tasdiqlash;
-gidrotexnika inshootlari holati, ularning ishonchlilik darajasini baholash maqsadida nazoratdagi inshootlar xavfsizligini nazorat qilishni tashkil qilish va amalga oshirish, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariyalar va halokatlarni bashorat qilish, berilgan ruxsatnomaga ko‘ra ularning ishlash rejimi yoki bundan keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha qaror qabul qilish;
-gidrotexnika inshootlarida avariyalar va TFV lar sodir bo‘lish xavf-xatarini maksimal darajada kamaytirish kompleks chora-tadbirlarini oldinroq o‘tkazilishini tekshirish;
-gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasining ishlab chiqilishininazorat qilish;
-xavfsizlik deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkiletish;
-inshootlarni qurish, ishga tushirish yoki ekspluatatsiya qilinishini to‘xtatish, qayta qurish, kapital ta’mirlash, tiklash va tugatish bo‘yicha ruxsatnomalarni tayyorlash va berish;
-gidrotexnika inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha faoliyat olib borish uchun berilganli senziyada ko‘rsatilgan shartlarni bajarilishini nazorat qilish, litsenziyani to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma tayyorlash;
-gidrotexnika inshootlari holatini nazorat qilishga imkon beradigan texnika vositalar bilan jihozlanishni nazorat qilish;
-gidrotexnika inshootlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini talab darajasida bo‘lishini ta’minlanishini nazorat qilish;
-gidrotexnika inshootlarida TFV to‘g‘risida xabardor qiluvchi lokaltizimlarning doimiy tayyorligini tekshirish;
-ekspert komissiyasi tarkibiga kiritiladigan mutaxassislar uchun malakaviy talablar ishlab chiqish, ularni o‘qitish va ish tajribalarini o‘zaro almashish va boshqalarni tashkil qilish kabi masalalar ajralib turadi.
XULOSA
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan o‘tkazish deklarant tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligi, gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning etarliligi va bu chora-tadbirlarning me’yor va qoidalarga mos kelishi, gidrotexnika inshootlari ishlashining xavfsizlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Download 22,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish