Gigiyena ekologiya haqida tushuncha gigiyena taraqqiyoti tarixi atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari


ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI



Download 30,38 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi30,38 Kb.
#244228
1   2   3   4
Bog'liq
GIGIYENA

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH TADBIRLARI

Atrof-muhitni muhofaza qilish umumxalq va davlat ahamiyatiga molik vazifa bo‘lib, uning muvaffaqiyatli hal etilishi nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar farovonligini belgilab beradi. Kelajakda havodagi zararli moddalardan saqlanish uchun yana qator tadbirlar, jumladan, aholi yashaydigan joylar bilan sanoat korxonalari o‘rtasida ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar tashkil etish ishlari rejalashtirildi. Korxona chiqindilarini tashqariga chiqarmay tutib qolish va ularni qayta ishlashga e’tiborni kuchaytirish salomatlik yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Sanoat korxonalarining binolari shamol esib turadigan, iflos chiqindilarni o‘ziga tortib to‘plamaydigan joylarga qurilishi lozim. Sanoat korxonalarini qurish sanitariya me’yorlariga ko‘ra korxona bilan aholi yashaydigan joylar orasida ma’lum masofa bo‘lishi zarur. Masalan, chiqindilarning zararli ta’siriga ko‘ra I klass korxonalari uchun mazkur masofa 1000 metr, II klass korxonalari uchun 500 metr, III klass korxonalari uchun 300 metr, IV klass uchun 100 va V klass korxonalari uchun 50metr qilib belgilangan. Bunda o‘simliklarning chang va shovqinni ushlab qolishi, havoni kislorod bilan boyitishini nazarda tutib, sanitariya himoya hududlari ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lishi lozim. Atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan zaharli gaz va bug‘ni zararsizlantirish, ularni har xil moslamalar yordamida ushlab qolish va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish ishlari keng yo‘lga qo‘yilishi hamda tegishli organlar nazoratida bo‘lishi kerak. Shaharlar havosini toza saqlash maqsadida katta ko‘chalar va aholi yashaydigan binolar orasida daraxtlar uch-to‘rt qator, butalarni ikki qator qilib ekish olimlar tomonidan tavsiya qilingan. Shundagina yoz oylarida atmosfera havosini 40— 60 foiz tozalash mumkin bo‘ladi. Katta shaharlarda qurilgan halqa yo‘llar, yer osti tunnellari va ravon yo‘llar atmosfera havosini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, elektr bilan yuradigan transport vositalari (tramvay, trolleybus, metro va boshqa elektr motorli dvigatellar) atmosfera havosini ifloslamasligi, kam shovqinliligi bilan qulay. Shu tufayli shahar ichida tezyurar tramvaylardan, trolleybuslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozir rivojlangan davlatlarda avtomobillarga tetroetil qo‘rg‘oshin qo‘shilgan benzin ishlatishga chek qo‘yilib, gazdan foydalanishga o‘tilmoqda. Yuqorida aytib o‘tilganidek, shaharlarda havoni ifloslovchi eng asosiy manbalar qozonxonalar, uylarni isitish tizimlari, sanoat korxonalari chiqindilari, avtotransportdan chiqadigan gazlar, qishloq xo‘jaligida esa zaharli ximikatlar, mineral o‘g‘itlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan „Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun“ ni buzishda aybdor shaxslar ma’muriy tartibda jarima to‘laydilar. O‘ta xavfli hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Ifloslanishning oldini olish yoki uning miqdorini mumkin qadar kamaytirish maqsadida chiqindisiz yoki kam chiqindili, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘la foydalanishni ta’minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish hamda qo‘llashni o‘z ichiga oladigan texnologik tadbirlarga ustuvorlik beriladi.Qishloq xo‘jaligida esa o‘simliklarni himoya qilish borasida biologik vositalarni qo‘llash bilan bog‘liq gigiyenik tadqiqotlar hajmi ancha kengaydi. Suv ta’minoti va suv manbalarini sanitariya nuqtayi nazaridan saqlashga doir masalalar yuzasidan qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Download 30,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish