Gigiyena fanida o’quv uslubiy majmua


Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi



Download 3,18 Mb.
bet76/200
Sana11.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#653934
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   200
Bog'liq
Gigiyena

16.3 Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi
Aholini zaruriy dori vositalari bilan yetarli darajada ta’minlashdagi muxim vazifalardan biri kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida keng qo’llanadigan antibiotiklarni ishlab chiqarishni yanada kengaytirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib tibbiy korxrnalarda 40 dan ortiq turdagi antibiotiklar va 100 ortiq dori shakllari ishlab chiqarilmoqda.
Ularning umumiy solishtirma og’irligi tibbiyotga doir sanoat- mahsulotlari ichida 18-20% tashkil etadi.
Antibiotiklar - mikroorganizmlar, yuqori bosqichdagi o’simlik va xayvonlarning hayot faoliyati jarayonida ishlab chiqiladigan va bakteritsid yoki bakteriostatik ta’sir xususiyatiga ega bo’lgan moddalardir. Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida turli xildagi kimyoviy birikmalar sinfiga taalluqli bo’lgan 500 ga yaqin antibiotiklar ishlab chiqarilmoqda. Antibiotiklarning antibakterial xususiyatlari tibbiyotda, xususan yuqumli kasalliklar va yallig’lanish jarayonlari terapiyasi va ularni oldini olish amaliyotida keng qo’lamda qo’llanishi uchun asos bo’ldi.
Antibiotiklar tibbiy amaliyotda qo’llanishidan tashqari, oziq-ovqat va sut-go’sht sanoatida xam keng qo’llanadi. Ularni hayvonlar va qushlarning vaznini tezrok oshirIsh maqsadida ovqatlariga qo’shib beriladi va x-k.
Antibiotiklarni olishdagi texnologik jarayon shunga muvofiq jixozlarda ketma-ket bajariladigan bir nechta bosqichlardan iborat: a) ekish materialini o’stirish va antibiotiklarni biosintezlash (fermentatsiyalash); b) kultural suyuqliklarni birlamchi ishlovdan o’tkazish; v) filtrlash; g) ajratish va kimyoviy usulda tozalash (ekstraksiya, ion almashinish usuli, cho’ktirish usuli); d) tayyor dori shakllarini tayyorlash; e)qadoqlash va idishlarga joylash. Birlamchi texnologik jarayonlar ekish materialini kolbalar va fermenterlarda ustirishga asoslangan (produtsent). O’stirilgan ishlab chiqarish produtsent shtammi, yanada boyitish maqsadida maxsus apparatlar-inokulyatorlarga o’tkaziladi. Inokulyatorlarda mog’orlar, bakteriyalarni o’stirish jarayoni qattiq belgilangan sharoitlarda amalga oshirilib, ular isitish va sovutish tizimlari, havo berish, o’stirilayotgan va boyitilayotgan massani aralashtirish uchun maxsus jixozlar bilan ta’minlanadi. Shundan so’ng produtsent fermentatsiya jarayoniga o’tkaziladi. Fermentatsiya deb - produtsentni kultivatsiya qilish va maksimal darajada antibiotikni xosil qilinishiga aytiladi. Antibiotiklar mikrorganizmlar tanasida sintezlanadi yoki kultural suyuqlikda biosintez jarayonida ajraladi. Fermentatsiya jarayoni uchun asosiy jixoz bo’lib fermenterlar hisoblanadi. Ularning xajmlari turlicha, hatto 100 000 litrgacha bo’lishi mumkin. Fermenterlar isitish va sovutish sistemalari, sterillangan havo aralashmasini berish, aralashtirgich, hamda ovqatli muxit va kultural suyuqlikni kiritish va chiqarish mexanizmlari bilan jixozlangan. Texnologik jarayonning mazkur bosqichi qo’llanadigan jixozlarning germetikligi bilan ta’riflanadi. Bunda havo muxitining antibiotiklarni biosintezlash uchun qo’llanadigan moddalar, hamda fermentatsiya jarayonining yakuniy bosqichi bo’yicha hosil bo’ladigan biomassa bilan ifloslanish mumkinligi amalda bartaraf qilingan. Konsentratsiyani oshirish uchun, hamda undagi aralashmalarni to’liq cho’kishini ta’minlash maqsadida, suyuqlikning pN 1,5-2,0 bo’lguncha ptovul va xlorid kislotasi bilan nordonlashtiriladi. Ishlov berilgan kultural suyuqlikni mitseliyalar va chuqtirilgan ballast moddalardan xoli qilish uchun «nativ eritma» deb ataluvchi tiniq filtrat olinguncha suziladi (filtrlanadi). Bu jarayon ochiq turkumdagi romli filtr- presslarda amalga oshiriladi, natijada nativ eritmaning sochilishi yuzaga keladi. Filtr-presslarga maxsulotni qo’lda solishda shiprislar, tarkibida antibiotiklari bo’lgan kultural suyuqlik bilanpersonal aloqada bo’lishi mumkin. Antibiotiklarni olishning keyingi bosqichi ajratish va kimyoviy tozalash hisoblanadi. Mazkur bosqichda antybiotikli eritmani konsentrlash va tozalash shunday xolgacha olib boriladiki, toki undan tayyor dori preparatini olish imkoni bo’lguncha. Nativ eritmada antibiotiklarning miqdori juda kam, shuning uchun uni toza holda ajratib olish, tozalash va tayyor dori shakliga keltirish - juda murakkab va ko’p mehnat qiladigan jarayondir. Masalan, 1 kg antibiotik olish uchun 600 litrga yaqin kultural suyuqlikni qayta ishlash kerak bo’ladi. Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o’tkazishda quyidagi usullardan birini qo’llash mumkin: 1) turli eritmalardan foydalanish bilan ekstraksiya qilish usuli; 2)cho’ktirish usuli; 3)ion almashtirish usuli. Antibiotiklarni biosintezlashda ekstraksion va ion almashtirish usuli keng qo’llanishga egadir. Oxirgi yillarda antibiotiklarni ajratish va tozalashdagi ion almashtirish usulidan boshqa turdagi dori preparatlarini olishda xam foydalanilmoqda. Bu usulning asosiy ustunligi shundan iboratki, bunda zaxarli va portlashga xavfli eritmalardan foydalanishga umuman xojat qolmaydi: Usul iqtisod tomonidan xam foydali, chunki uning texnologiyasi oddiy va qimmat baho jixozlar va xom-ashyolarni talab qilmaydi. Natijada eritmadan antibiotiklarni ekstraksiya qilish ekstraktor- separatorlarda amalga oshirilib, uning asosiy kamchiligi shundaki ekstraktorlarga mahsulotni qo’lda solinadi, natijada mazkur sex havosi eritmalar bilan ifloslanishi mumkin. Masalan, tetratsiklin va oksitetratsiklikni ishlab chiqarishda izooktanol moddasi bilan havo muxiti ifloslanishi mumkin. Antibiotiklarni ajratish va kimyoviy tozalash jarayonida qo’llanayotgan jixozlarning yaxshi takomillashtirilmaganligi tufayli havo muxitiga eritmalardan tashqari olein kislotasi, natriy ishqori, shovul kislotasi, butil va etil spirtilari, butilatsetat va b.q tushishi mumkin. Ionli sorbsiyalash usuli shundan iboratki, natiy eritma sulfokationit SBS-3 solingan ion almashtiruvchi kolonnalarga markazdan ko’chuvchi nasoslar yordamida uzatiladi. Ion almashinishi natijasida antibiotik ionitlarga sorbsiyalanadi, so’ngra uni ammak-boratli bufer eritmada desorbsiya qilinadi.
Bu usul cho’ktirish va ekstraksiya qilish usuliga qaraganda bir qator ustunliklarga ega. Cho’kmalar bilan ishlashda qo’l mehnatini talab qilmaydi, bu esa ishchilarni konsentratlangan eritmalar, cho’kmalar va antibiotik qoldiqlari bilan bo’ladigan aloqaga chek qo’yadi. Bundan tashqari bu usulda zaxarli organik eritmalardan foydalanilmaydi.
Kimyoviy tozalash jarayonida olingan pastasimon mahsulot, keyinchalik quritiladi va elashdan o’tkaziladi. Antibiotiklarni ishlab chiqarishdagi quritish jarayoni juda muxim ro’l o’ynaydi, chunki uni to’g’ri tashqil qilish ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini belgilaydi. Kristal xolida olinadigan va ma’lum namlikka ega bo’ladigan termostabil antibiotiklar odatda vakuumli quritish shkaflarda quritiladi. Kimyoviy tozalashdan keyin suvli konsentratlar ko’rinishida olinadigan antibiotiklar bug’lantiruvchi-quritish agregatlar va vakuum-sublimatsiyali quritgichlarda quritishga duchor qilinadi. Quritish bo’limida maxsulotlarni shkaflarga solish va chiqarishda qo’l mehnatining ishlatilishi, bu bo’limdagi texnologik jarayonning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Bu operatsiyalarni bajarish, hamda kukunsimon dori massasini aralashtirish va quritish agregatlarining ish tartibini nazorat qilish, ishchilarni antibiotik changlari bilan aloqada bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. Quritish shkaflarining yetarlicha germetik yopilmasligi ishlab chiqarish xonalari havosiga ayrim zaxarli moddalarning chiqarilishiga yordam beradi va bu moddalarning qoldiq konsentratsiyalari antibiotiklar tarkibida xam bo’lishi mumkin. Masalan, tayyor holdagi xlortetratsiklin tarkibida metanol qoldig’i, tetrotsiklinda - izooktil spirti, xlorgidratli tetratsiklin va oksitetratsiklinda- p- butanol va xlorid kislota qoldig’ini uchratish mumkin. Steril holda quritilgan antibiotiklarni sterillangan shisha idishlariga (flakon) qadoqdanadi. Flakonlarlardagi quruq antibiotiklarni dozalash, tikinlab berkitish, berkitish va pishitish avtomatlarda bajariladi. Ayrim xollarda bu maqsadda «Texnolog» yarim avtomatdan qo’llanishi mumkin. Bunda faqat flakonlarni antibiotiklar bilan to’ldirishgina avtomatlashtirilgan.- qolgan- barcha operatsiyalar qo’lda bajariladi, shuning uchun bunday sharoitda ishlab chiqarish xonalarining havosi antibiotiklar changi bilan ifloslanishi mumkin. Bir vaqtning o’zida bir necha turdagi antibiotiklarni qadoqlash vaziya'tida ishchilar bu maxsulotlarning kombinatsiyalashgan ta’siriga uchrashi mumkin.Ichish maqsadlari uchun antibiotiklarni tabletka yoki draje shaklida chiqariladi, Antibiotiklarni tabletkalash jarayoni quyidagilardan iborat: antibiotik tarkibiga kiruvchi xamma komponentlar – to’ldiruvchilar (shakar tolqoni, kalsiy stearat, talk) aralashtirgichga solinadi, aralashtiriladi va shakarli qiyom, jelatina, xlorid kislota va etil spirti aralashmasi bilan namlantiriladi. So’ngra hosil bo’lgan massa granula holiga o’tkaziladi va quritishga yo’naltiriladi. Quritish odatda kaloriferli quritgichlarda amalga oshiriladi. Granulalar quritilgandan so’ng, sochiluvchanlik xossasini oshirish uchun talk, kalsiy stearat va kraxmal aralashmasi talqoni bilan ishlovdan o’tkazladi, keyin rotatsion tabletkalash mashinalarida jipslashtiriladi va konvalyutalarga joylanadi. Sanoat gigiyenasi nuqtai-nazaridan tabletkalash jarayoni bo’linib tutuvchanligi, germetiklikning etarlicha emasligi va qo’lda bajariladigan operatsiyalarning ko’pligi bilan ta’riflanadi. Shu sabablar bilan antibiotik changlari amalda tabletkalash operatsiyasining barcha bosqichlarida ishchi zona havosiga tushishi mumkin:
Antibiotik ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining mehnat sharoitlari va salomatlik holatlariga gigiyenik ta’rif
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoiti havo muxitiga yuqori dispersili antibiotik changlari, texnologik jarayonda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning bug’, gazlarlar va ortiqcha xaroratning chiqarilishi bilan ta’riflanadi. Fermentatitsiyalash bosqichida ishchilar xonalar va jixozlarni sterilizatsiya qilishda o’llanadigan fenol va formaldegid, hamda produtsent changlari ta’siriga duchor bo’lishlari mumkin.
Maxsulotlarga birlamchi ishlov berish va filtrlash bosqichlarida ishchilar shovqin va sirka kislotasi bug’lari bilan aloqada bo’ladilar, qo’lda bajariladigan operatsiyalar ko’pincha badan terisi va maxsus kiyimlarni kultural suyuqlik va antibiotiklarning - natiy eritmalari bilan ifloslanishiga olib keladi.
Antibiotiklarni ekstraksiyalash va cho’ktirish usullari yordamida ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o’tkazish jarayonlarida ishchilar organizmi bu bosqichda qo’llanadigan butil, izopropil va metil spirtlari, butilatsetat, shovul, sirka, sulfat va xlorid kislotalari ta’siriga uchrashi mumkin. Bu moddalarning ishchi havosidagi konsentratsiyasi ayrim xollarda ruxsat etiladigan qiymatlardan ortib ketishi mumkin. Zararli moddalar bilan ishchi zonasi havosining ifloslanishiga sababchi bo’ladigan jarayonlar appratlarni nogermetikligi, qo’l operatsiyalarining mavjudligi, shamollatish past samarada ishlashi xisoblanadi.
Tekshirishlarning ko’rsatishicha, yakuniy bosqichda antibiotiklarni quritish, elash, tabletkalash, qadoqlash va idishlarga joylashda atrof muxit tayyor maxsulotning kichik dispersli changlari bilan ifloslanishi bilan kuzatiladi. Bundan tashqari, tayyorlov sexlari, quritish, fermentatsiyalash bo’limlarining ishchilari kimyoviy omildan tashqari, bir vaqtning o’zida teploizolyasiyasi yetarlicha puxta bo’lmagan inokulyatorlar, fermenterlar, quritish agregatlari, hamda kommunikatsion tarmoqlarining yuzasidan ajraladigan ortiqcha issiqlik ta’siriga duchor bo’ladilar.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish