Giltuproqli sement ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 479,1 Kb.
bet1/11
Sana25.09.2021
Hajmi479,1 Kb.
#184680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




GILTUPROQLI SEMENT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI


REJA:

1Kirish


2.Giltuproqli sementlar. Kengayuvchi sement.

3.O‘zbekistonda ssement ishlab chiqarish sanoati.

4.Sementni kuydirmay olish texnologiyasi.

5.Xulosa.


6.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

2017 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida arxitektura va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yuzasidan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi rahbarlarining hisoboti eshitildi. 

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibiy tuzilmasi tubdan o‘zgartirildi va yangi vazifalar qo‘yildi. Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari qo‘shimcha shtat birliklari bilan kengaytirildi. Jumladan, 11 hududda “O‘zshaharsozlik” va Samarqand shahrida “Toshkentboshplan” loyiha instituti filiallari, shuningdek, 13 hududda 26 yetakchi loyiha tashkiloti ochildi. Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari hamda 14 qurilish kasb-hunar kolleji qo‘mita tasarrufiga o‘tkazildi. 

Qabul qilingan maqsadli davlat dasturlari doirasida hamda davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq, joylarda qator ijtimoiy soha obektlari bunyod etilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkent shahrining Islom Karimov, Furqat, Navoiy va Olmazor ko‘chalari oralig‘idagi hududda “Toshkent-siti” zamonaviy xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etilmoqda. 

Xuddi shu kabi konsepsiya asosida Samarqand shahrida ham “Samarqand-siti” markazi qurilmoqda. 

Shuningdek, Toshkent viloyatining ma'muriy markazi – Nurafshon shahrini mutlaqo yangicha yondashuv asosida va ilg‘or xorijiy me'morchilik yutuqlarini qo‘llagan holda barpo etish belgilangan. Ushbu shaharning bosh rejasi xalqaro miqyosdagi xorijiy arxitektorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. 


Xalq xo'jaligida qurilish materiallarining ahamiyati juda katta. Sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o'sib borishi qurilish materiallariga bo'Igan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Shuning uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi, ulardan yasaIgan buyumlar tarkibini bilish va o'rganish har bir quruvchimutaxassis uchun muhimdir. Shuning uchun quruvchi-mutaxassis

avvalo quyidagilarni yaxshi biIishi lozim:

a) materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyoni;

b) xomashyoni ishlash va buyum tayyorlash jarayonini;

d) qurilish materiallarining xossalari, ularni sinash usullari

va qabul qiIishni;

e) tashish va saqlash usullarini;

f) materiallarning qurilishda va kerakli joylarda ishlatilishini;

g) materiallarni tejash yo'llarini.

Qurilish materiallaridan tayyorlangan mahsulot qurilish buyumlari yoki konstruksiyalar deb ataladi. G'isht bIokIari, temirbeton buyumIar va konstruksiyaIar, yog'och fermalar va boshqalar shular jumlasidandir. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularni xalq xo'jaligida ishlatishning o'ziga xos tarixi bor. Qadimda ko'p tarqaIgan qurilish materiallari gil hisobIangan. Gil qurilish materiali sifatida insoniyat taraqqiyotining boshlang'ich davridayoq ishlatiIgan. Inson giIdan har xiI shakIdagi buyumlar tayyorlagan ekan, vaqt o'tishi biIan ularning mustahkamligini oshirish maqsadida uni quritish hamda kuydirishni ham kashf etgan. Bog'lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yiJ avval sun'iy yo'l bilan hosiI qilinganligi ma'Ium. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik qo'shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Bunday inshootlarning ichki va tashqi qismini bezashda metall chiqindilardan yasalgan naqshdor koshinli buyumlar ishlatilgan. Muhandislik inshootlari uchun - gil, tosh, yog'och to'sinlar; turar joy uchun - qamish, palma shoxlari va boshqalar ko'plab ishlatilgan. Qadimgi Misr va Mesopotamiyada bundan 5- 6 ming yil ilgari yasalgan shisha buyumlar topilgan. Mamlakatimizda ham turli binokorlik materiallari ishlab chiqarishning tarixi uzoq moziyga borib taqaladi. Binokorlar o'rtasida asta··sekin g'isht teruvchilar, toshtaroshlovchilar,

ohak tayyorlovchilar va boshqa kasb ustalari yetishib chiqqan. Shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar (masalan, Buxoro, Samarqand, Xiva yodgorliklari) kabi inshootlar qurilish materiallariga bo'lgan ehtiyojni oshirgan. Eramizdan oldingi to'rtinchi asrda Xorazmning chor atrofi qalin devorlar bilan o'rab

chiqilgan to'rtta silindrsimon minoradan iborat bo'lgan. Minoralarning usti tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni barpo etishda qO'shilmalar bilan birga ganch qorishmasi, giltuproqdan pishirilgan yapaloq g'ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan. Qorishma tayyorlashda quruvchilar vulqon shishasi, oq gil (kaolin)dan keng foydalanganlar. Bunda hayvon qoni, tuxum sarig'i, suyak yelimi, shirali moddalar qorishmalaming mustahkamligi va chidamliligini oshiruvchi moddalar vazifasini o'tagan. Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi, Qo'qondagi Xudoyorxon

saroyini qurishda bunday qorishmalar bilan birga chang-g'isht qorishma va ohak-g'isht qorishmalaridan iborat betonlar ko'p miqdorda ishlatilgan. XIX asming oxiri va XX asming boshlariga kelib sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi. Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, qurilish texnikasida esa yangi davr ochilishiga olib keladi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bo'lgan bog'lovchi moddalar izlashni talab etsa, temir-beton konstruksiyalarining qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug'dirdi. Sementning dengiz suvi ta'sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi - sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilinadi. Natijada qurilish materiallari ishlab chiqarish bir necha marta ortdi. Mahsulotning sifati yaxshilandi, turlari ko'paydi va yangi texnologik usullar joriy qilindi.


Download 479,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish