Gistologiyaga kirish. Gistologiya va embriologiyaning tekshirish usullari. Mikroskopik texnikaning asosiy qoidalari



Download 203,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.03.2022
Hajmi203,89 Kb.
#503092
  1   2   3   4


Gistologiyaga kirish. Gistologiya va embriologiyaning tekshirish usullari. Mikroskopik 
texnikaning asosiy qoidalari. 
 
Gistologiya (yunon. histos — to‘qima, logos — ta’limot, fan) fani hujayra, to‘qima va a’zo 
(organ)larning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini o‘rganuvchi ta’limotdir. 
U boshqa fanlarning so‘nggi yutuqlaridan foydalanib, o‘ta tez rivojlanib bormokda. Gistologiya 
anatomiya, fiziologiya, bioximiya, patologik anatomiya kabi tibbiyot fanlari va biologiyaning 
turli sohalari bilan uzviy bog‘langan. Hozirgi paytda gistologiya sitologiya, embriologiya, 
umumiy va xususiy gistologiyani o‘z ichiga oladi. 
Sitologiya hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o‘rgansa, embriologiya 
(yunoncha qo‘shma so‘z bo‘lib, em - ichida, brio – qobiq, birgalikda esa embrio — pusht, 
o‘suvchi) odam va xayvonlar taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganadi. Umumiy gistologiya, ya’ni 
to‘qimalar haqidagi ta’limot turli a’zo to‘qimalarining taraqqiyoti, tuzilishi hamda vazifalarini 
chuqur talqin qiladi. Xususiy gistologiya esa odam va hayvonlar ma’lum bir a’zolari va ular 
tashkil etgan sistemalarning taraqqiyoti, tuzilishi va hayot faoliyatini o‘rganadi. 
Gistologiya fanini bunday alohida kurslarga bo‘lib o‘rganish shartli hisoblanadi. CHunki
organizm bir butun bo‘lib, uning barcha qismlari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. 
Hujayralar va hujayralararo modda to‘qimalarni tashkil etsa, bir necha to‘qimalar majmuasi 
ma’lum bir organ (a’zo) hosil qiladi, o‘z navbatida organlar kelib chiqishi, tuzilishi va 
vazifasiga qarab ma’lum bir tizim (sistema)larga kiritiladi. 
Gistologiyani 
o‘rganishda, asosan, mikroskopik usuldan foydalaniladi. Elektron 
mikroskopning yaratilishi to‘qima va a’zolarning nozik tuzilishini o‘rganish uchun keng yo‘l 
ochib berdi. Oxirgi yillarda fan va texnologiyalarning rivojlanishi hujayra va to‘qimalarda 
kechadigan jarayonlarni molekulyar-genetik darajada o‘rganish imkoniyatlarini yaratdi.
To‘qilmalarning tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganish CH. Darvnnning evolyusiya ta’limotiga 
asoslanib olib boriladi. Odam tanasini hosil qiluvchi hujayra, to‘qima va organlar tarixiy 
taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka — oliy shakl ifodasiga etishgan, organik tabiat 
yaratgan evolyusiey jarayonning mahsuli deb qaraladi. 
To‘qimalarni o‘rganish tashqi muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan organizmning bir butunligi 
nuktai-nazaridan olib boriladi. Organizmning yaxlitligi esa barcha organ va sistemalar 
faolnyatinipg uygunligi hamda neyro-endokrin sistemalarning asosiy etakchilik roli bilan 
belgilanadi. 
To‘qimalarni funksional tomondan yondoshib o‘rganish zamonaviy gistologiyaga xosdir. 
Hujayra, to‘qima va a’zolar tuzilishinipg ular faoliyatiga bog‘liq tomonini yorituvchi 
gistologiyadagi bu yo‘nalish gistofiziologiya yoki funksional gistologiya deb ataladi. Struktura 
(tuzilma) va funksiya (faoliyat)ning chambars bog‘liqligi qonuniyati gistologiyada yaqqol 
namoyondir. Tuzilma (struktura) — bu har qanday faoliyat (funksiya) ning material asosini 
(substratini) tashkil etadi. Masalan, nerv hujayralari va to‘qimasidan tashkil topgan bosh mnya 
inson tafakkurining moddiy substrati hisoblanadi. Hujayralar yadrosi va organellalari
organizmada kechadigan turli xil moddalar almashinuvi jarayonining struktur asosini tashkil 
etadi. Zamonaviy gistologiya, sitologiya va embriologiyada qo‘llaniladigan gistokimyoviy
molekulyar-genetik va immuno-gistokimyoviy usullar faqatgina hujayra, to‘qpma va a’zolarning 
tuzilishini, ular faoliyati darajasini ko‘rsatibgina qolmay, balki ro‘y berayotgan jarayonlar 
qonuniyatlarini ochib berish va ularni boshqarish imkoniyatlarini yaratadi. . Gistologiya, 
sitologiya va embriologiya fani hal qilayotgan ilmiy muammolar nazariy va amaliy tibbiyotning 
ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega. 
Gistologiya, sitologiya va embriologiya fani oldiga qo‘yilgan muhim va hal etilpshi lozim 
bo‘lgan vazifalar quyidagilardir: 

odam va hayvonlar hujayra, to‘qima va a’zolarining taraqqiyoti, differensiallanishi, 
tuzilishi va faoliyatining umumiy qonuniyatlarini ochib berish;

yaxlit organizm miqyosida to‘qima va a’zolar hayot faoliyatini boshkaruvchi 
mexanizmlarning struktur-funksional asoslarini o‘rganish;



turli xil to‘qimalarning fiziologik va patologik holatlarda qayta tiklanish yoki 
regeneratsiya qilish qonuniyatlarini o‘rganish hamda regeneratsiya jarayonlarining 
boshqarilish mexanizmlarini ochib berish;

odam to‘qimalari va a’zolarining yoshga qarab va turli sharoitlarga moslashuvida 
kuzatiladigan xususiyatlarini aniqlash; 

odam hujayralari, to‘qimalari va a’zolarining embrional taraqqiyoti qonuniyatlarini 
va rivojlanish nuqsonlari kelib chiqishining struktur-funksional mexanizmlarini 
o‘rganish; 

tashqi muhitdagi turli biologik, fizik va kimyoviy omillarining hujayra, to‘qima va 
a’zolarga ta’sirini o‘rganish. 
Gistologiya, sitologiya va embriologiya fani, anatomiya, fiziologiya va biokimyo fanlari 
bilan bir qatorda, nazariy tibbiyotning asoslaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy 
tibbiyotning aksariyat yutuqlari (o‘zak hujayralarni ajratib olish va tibbiyotda qo‘llash, turli xil 
o‘smalarni tashhislash va davolash, ekstrakorporal urug‘lantirish va boshqalar) ko‘p jihatdan 
ushbu fanda ochib berilgan yangiliklar bilan bog‘liqligi uning shifokor uchun naqadar muhim 
ekanligini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda gistologik tekshirish usullari klinik meditsinada keng 
ko‘lamda qo‘llaniladi. Har xil klinik usullar bilan bir qatorda turli morfologik metodlar — qon 
va suyak ko‘migi hujayralarini, me’da-ichak shilliq pardasiii, jigar, taloq va boshqa a’zolar
olingan bioptatlarni o‘rganish bemorga aniq va to‘g‘ri tashhis qo‘yishda o‘ta muhim ahamiyatga 
ega. 
Klinik praktikada so‘nggi yillarda me’da, ingichka va yug‘on ichak shillliq pardasining turli 
o‘zgarishlarini aniqlashda morfologik va sitologik diagnostika o‘z o‘rnini topdi. Turli egiluvchan 
fibroskoplarning paydo bo‘lishi va ularning keng ko‘lamda ishlatilishi har xil patologik 
holatlarning o‘z vaqdida aniqlanishiga imkoniyat beradi. Jarohat ustidan olingan surtmalarni 
tekshirish jarohat bitayotganda hosil bo‘layotgan granulyasion to‘qima hujayralari va bu erdagi 
mikroblar holatlarini ko‘rsatib beradi. Bu usulning qo‘llanilishi jarohat regeneratsion holatini 
aniqlash, organizmning qarshilik kuchini belgilab olish va yarani davolash omillarini hal 
kilishda muhim rol o‘ynandi. 
Hujayralarda 
ro‘y beradigan murakkab ximik, fizik jarayonlarning o‘rgaiilishi 
gistologiyaning ximiya va fizika fanlari bilan bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. SHunday qilib, 
gistologiya, sitologiya va embriologiya normal va kasal odam organizmining hayot faoliyatining 
morfofunksional xolatlarini chuqur ilmiy o‘rganib, tibbiyot fanida muxim o‘rin tutadi. 

Download 203,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish