Gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi



Download 280,35 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2022
Hajmi280,35 Kb.
#427779
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-машғулот

Funksional qolip olish
Protez maydoni shilliq qavatining turli qolip oluvchi materiallar ta'sirida ezilish darajasi turlichaligi tajribalarda isbotlangan: alginat xom ashyolar 20%, silikon teokol va rux oksid gvayakol 40- 60%, termoplastik 80% gacha (Varonov A.P, Abdurahmonov A.Sh 1985) tayyorlangan protezlarning sifati va ularning fiksatsiya darajasi tahlili shuni ko'rsatdiki, qolip olish jarayonida shilliq qavatni 5o% ezilishi ro'y beradigan xom ashyolar eng yaxshi xom ashyolar hisoblanadi. Shu sababli tishsiz jag’lardan qolip olishda eng samarali xom ashyolar sielast, teodent va dentol sanaladi. Hammaga ma'lumki qolipni bosim ta'sirida va bosimsiz olish mumkin, ammo bu bosimni boshqarish, qanday kuchli bosim qo'llash juda murakkab savoldir. Bizning fikrimizcha bemorning o'zining chaynov bosim kuchi ta'sirida qolip olish eng samarali uslub hisoblanadi. Shu maqsadda bemorning o'zida mujassam bo'lgan tish protezidan foydalaniladi yoki qattiq qolip oluvchi qoshiqda chaynov bolishchalari tayyorlanadi. Yuqori jag' to'liq adentiyasi og'ir darajadagi atrofiyasida tish protezlarining yuqori funksional yopishib turishiga dentol yoki xohlagan rux oksid evgenolli qolip oluvchi xom ashyolar yordamida erishish mumkin. Uning yana bir afzal tomoni shundaki, qotgan qolip yuzasiga qayta yangi qavat xom ashyoni sura olish imkoniyati mavjudligidur. Shu bilan birga dastlabki va ikkinchi qavatning mustahkam birikishi kuzatiladi. Usul quyidagicha o'tkaziladi: qoshiq o'rnatib korilgandan keyin uning chetlari aktiv va passiv usulda shakllantirilib, dentol xom ashyosi bilan qolip olinadi (aktiv funksional harakatlardan foydalaniladi) qolip og'iz bo'shlig'idan chiqariladi yana ozgina dentol aralashtiriladi va qolip chetlariga hamda A chiziq soxasiga yupqa dentol suriladi. So'ngra qolip qaytadan og'iz bo'shlig'iga kiritiladi, uning chetlarini aktiv va passiv usulda shakillantirilgan holda shu soxaga kuch bilan bosiladi. Bu usul bilan qolip olinganda klapan soxasi shilliq qavati biroz eziladi, qolip cheti bilan shu soxani to'qimalari bilan kontakti yaxshilanadi, funksional yopishish sifati 3-5 martagacha oshiriladi ( 2, 3-rasm).


2
-rasm. Ikkinchi qavat yoki mumni surtish soxalari


3-rasm. Rux oksid evgenol yordamida olingan qolip

Qolip cheti (keyinchalik protez) bilan shu soxa to'qimalari orasida optimal aloqaga erishish uchun diametri 3mm bo'lgan sim ko'rinishidagi maxsus mumdan foydalaniladi. Keng qo'llaniladigan asos mumni bu maqsadida qo'llab bo'lmaydi, chunki u qattiq (4-rasm).




4-rasm. Qoshiq chetlarini maxsus mum yordamida shakllantirish

Mumli tuzilma qoshiq chetiga gellanadi, qizdiraladi va so'ngra bemor og'iz bo'shlig'iga kiritiladi va chetlarini shakllantiriladi. Shundan keyin yakuniy qolip olinadi. Tanglayning orqa 1/3 qismida tanglay bolishchalari mavjud bo'lgan to'liq adentiyasida qolip olishdagi vrach taktikasiga alohida to'xtatilishi lozim. Bunda butun protez maydonidan kompression qolip olish mumkin emas. Umumiy qolip olish zarur. Kompressiyani faqat klapan soxasida yaratish zarur, aks xolda protezga okklyuzion bosim tushganda orqa klapan ochiq qoladi va protez fiksatsiyalanmaydi. Protezning mustahkam fiksatsiyasiga dentol yoki sielast yordamida qolip olib erishish mumkin. Pastki jag'ga sifatli protez tayyorlashda dentafol termoplastik qolip oluvchi xom ashyosidan foydalaniladi (5-rasm).




5-rasm. Termoplastik xom ashyosidan olingan qolip.

Shu maqsadda indivudual qoshiq o'rnatib korilgandan keyin dentafol xom ashyoli yostiqchasi yumshatiladi va uni protezning ichki yuzasiga yelimlanadi. Yostiqchani qayta issiq suvda yumshatilgandan keyin, uni qoshiqga solinadi, og'izga kiritiladi va bemorga tilni oldinga, yuqoriga va yonga harakatlantirish so'raladi. Ushbu harakatlarni ogiz bo'shlig'i tubi yumshoq to'qimalari harakatlariga mos ravishda shakllangunicha bir necha marta takrorlash mumkin. Qoshiq ichki chetlari shakllantirilib bo'lgandan keyin yakuniy qolipni olishga kirishiladi. Shu maqsadda metall idishda joylashgan xomashyodan foydalaniladi. Uni 50-55°gacha qizdiriladi. Eritilgan xomashyoni avvalroq quritib qo'yilgan qoshiqga solinadi, so'ngra uni og'izga kiritiladi, va uni jag'ga bosiladi. Hamda bemordan lab, til yordamida turli funksional harakatlar bajarishi so'raladi. Zarur bo'lgan hollarda qolip yuzasi protez maydoni relefini to'liq aks ettirmagunicha suyuq dentafolni qoshiqga qaytadan surish mumkin. Dentafolni og'iz bo'shlig'ida to'liq qolmasligini hisobga olgan holda qolipni og'izdan chiqarish oldin qoshiqni sovuq suv yordamida sovutiladi. Madel odatdagidek usulda qo'yiladi, qolipni ajratib olish maqsadida modelni bur necha daqiqaga qaynoq suvga solib qoyiladi. Bunda dentafol eriydi va suv yuzasiga ko'tariladi. Keller bo'yicha birinchi va uchinchi darajali atrofiyali pastki jag'ning to'liq adentiyasida dentafil yordamida qolib olinganda taxminan 3-4 kg 3- va 4- darajali atrofiyada 400-600 gramm funksional surilovchanlikga erishish mumkin. Dentafolni afzalligi shundan iboratki u uzoq davom etuvchi ta'sirga ega xomashyo bo'lib, shu sababli undan foydalanib qolip chetlarini funksional shakllantirish mumkin. Bundan tashqari korreksiya maqsadida qolipni yangi qismini qoshish uchun qolipni og'iz bo'shlig'ida qayta qayta kiritish mumkin. Supple bo'yicha "harakatchan do'nglik"li tishsiz jag'larga protez tayyorlashda vrach taktikasini o'zgartirishi kerak. Yuqorida anatomik qolip olish bayon etilgandi.Qoshiq og'iz bo'shlig'iga o'rnatib ko'rilgandan kiyin,"harakatchan do'nglik" chegarasida 1-2mm plastmassa qavati sayqallanadi va qolip oluvchi hom-ashyo qirrani ezib qo'ymasligi va uni yonga siljitmasligi uchun fissur bor yordamida bir nechta teshiklar hosil qilinadi,dushku teshiklardan ortiqcha massa erkin chiqip ketadi. Bunday hollarda alginat, dentol yoki suyuq silikon xomashyolaridan foydalaniladi. Bosim faqat qolip chetlariga tushiriladi. Qolip olingandan so'ng uni baholashga o'tiladi ( 6-rasm).






6-rasm. “Harakatchan tizma” qolipini olish


Qoplama chetlarini sifatli shakillantirilganligi va ayrim soxalarida qolip oluvchi xomashyo ezilmaganligiga e'tibor beriladi. Havo g'ovaklari hosil bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. So'ngra qolipni soriluvchanlik kuchi o'rganiladi. Agar qolip hamma talablarga javob bersa laboratoriyaga yuboriladi. N.V Kolenin (1979 yilda) tegishli soxa to'qimalariga differensial bosim tushirish natijasida qolip olish usulini izohlab bergan. Bu quyidagilarni o'z ichiga oladi: izchil tanlangan tishsiz jaglarga mo'ljallangan standard qoshiq yoki eski tish protezi yordamida korreksiyalangan termoplastik xomashyo bilan dastlabki qolip olinadi. Bunda qalin shilliq qavatlida vaynshteyn termoplastik xomashyosidan, boshqa turdagi shilliq qavatda rux oksid evgenol pastasidan foydalaniladi. Protez maydoni to'qimalarini o'ta darajada siqilishini oldini olish yaxshi qizdirilgan termoplastik massadan foydalaniladi. Qoshiqni ortiqcha massasiz to'ldiriladi. Dastlabki qolipni yechib olishda keyinchalik indivudual qoshiqlarni o'rnatishni sezilarli darajada yengillashtirish maqsadida funksional sinamalardan foydalaniladi. Dastlabki modelda shilliq qavatni to'ldirishi kerak bo'lgan joylarga yupqa folga qog'ozi joylanadi, periferiyada folga qalinligi kamaytiriladi va yoqotib boriladi. Bunday izolyatsiya tanglay yostiqcha(torusi) va harakatchan shilliq qavat soxasidagi ekzostozlar, shuningdek qon tomirlar va nervlar chiqadigan tegishli darajadagi jagning atrofiyalangan soxalarida tashkil etiladi. Aytib o'tishimiz lozimki yuqorida ko'rsatib o'tilgan shilliq qavatlarni izolyatsiyalash, qolip olgunga qadar o'tkaziladi. Protezning to'liq yopishmasligi uning fiksatsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari shilliq qavat giperplaziyasi shakllanishiga ham olib kelishi mumkin. Qoshiqni tayyorlab va o'rnatib bo'lgandan keyin uning chetlarini termoplastik massali yostiqcha yordamida shakllantirishga o'tiladi. Buning eng ko'p mushaklar aktivligi namoyon bo'ladigan soxadan boshlanadi. Ketma ket termoplastik massani qizdirgan holatda qoshiqning barcha soxalari alohida shakllantiriladi. Qolip chetlarini dastlabki shakllantirish va Yu. Kurlyandski (1964) taklif etgandek nafaqat til osti va tanglayning distal soxasi chegarasida, balki protez maydoni butun periferik maydoni bo'ylab shakllantirilishi kerak. Funksional qolip olishdan oldin yuqori jag’ning qoshiqi qattiq tanglay o'rtasiga to'g'ri keladigan chiziqning ikkala tomonida ikkita qator teshiklari teshib qo'yiladi. Teshik qatorlari tanglayning o'rta qismi bosilganda oqib chiqadigan ortiqcha qolib oluvchi xomashyoni olib tashlash uchun talab etiladi. Yakuniy qolip rux oksid evgenol pastasi yordamida olinib, u minimal bosim berilganda ham ezilgan soxalar yaxwi korinadi. Alveolar o'siq soxasida qolip sezilarli darajadagu barmoq bosimi bilan olinadi. Olingan funksional qolip mum yoki boshqa biron bir termoplastik massadan shakllantiriladi. 3 mm.lik qalinlikdagi va 5mmlik kenglikdagi mum tasmasi qolipga butun sathi bo'ylab chetidan kamida 3- 5mm masofada yopishtiriladi. Model olingandan keyin mum olib tashlanadi. Modeldan aniq chegara funksional shakllantirilgan protezning klapan soxasi aks etadi. Qolip olishning protez sathi to'qimalariga tanlab bosim berish usuli shu sohaning shilliq qavatini barcha turiga ko'rsatma bo'lib hisoblanadi. M.A.Napadov A.L.Sapujnikov (1964) P. Tangriquliyev (1975) nafaqat funksional soruvchi qolip olishni balki, shu bilan birga qolip oluvchi xomashyoni protez yoki qoshiqning tashqi yuzasiga joylashtirib, shu yo'sinda protez asosi yuzasini shakllantirishni taklif etishgan. M.A.Napadov va Sapujnikov o'zlarining usullarini funksional tonik usul deb nomladi va shu maqsadda uzoq ta'sirga ega ortoko'r qolip oluvchi xomashyosidan foydalanishgan. Tangriquliyev ushbu usulni hajmli modullashtirish deb nomladi, muallifllar bu usulni qo'llash orqali protezni qolip olingan maydonga optimal mos tushadigan shaklda yasashga imkon berishini ko'rsatib o'tishgan. Funksional tonik usuliga ko'ra tayyorlangan protez asosining shakli noodatiy bo'lib, protez asosining shakli haqidagi tasavvurimizga to'g'ri kelmaydi. Ammo bemorlar protezni og'izga kiritgandan so'ng unga yuqori baho berishadi va moslashish jarayoni tezroq va asoratlarisiz davom etadi. Asosning funksional tonik shakli pastki jag' protezining funksional soriluvchanlik mavjud bo'lmagan va yopishqoqlik kuchiga teng yetarli bo'lmagan holatlarda ham fiksatsiyani ta'minlab beradi. Oxirgi yillarda tishsiz jag’larda protez barqarorligini va fiksatsiyasini yaxshilash maqsadida turli shakldagi va turlicha xomashyodan tayyorlangan suyak ichi implantlari keng qo'llanilmoqda






Download 280,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish