Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O’zbekistonim!



Download 28,35 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi28,35 Kb.
#272651
1   2   3   4
Bog'liq
4-sinf mustaqillik darsishlanmasi

1-guruhga savol:

Dunyoda borki hayot,

Kimdir eng mo’tabar zot?

(Ona).


2-guruhga savol:

Yer yuzida yagona,

Bizga mehribon ona?

(Vatan)


1-guruh “Ona”, 2-guruh “Vatan” so’ziga klaster tuzadi.

(O’quvchilarning fiki jamlanib, haqiqatdan ham Ona bitta, Vatan yagona ekanligi izohlanadi va guruhlar rag’batlantiriladi)

  • Endi esa e’tiboringizni yana ekranga qarataman.

(Ekranda yurtimiz mustaqilligi e’lon qilingan kun va mustaqillik yililarida yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqidagi ikki daqiqalik videolavha namoyish etiladi).

  • Bolalar, kuni kecha mamlakatimizda qanday bayram nishonlandi?

  • Bu yil mustaqilligimizning necha yilligini tantana qilyapmiz?

(O’quvchilarning javobi tinglanadi).

  • Dunyo xaritasiga nazar solsak, Vatanimiz- O’zbekiston mustahkam chegarasiga ega davlat ekanligi bilan yaqqol ko’zga tashlanadi. Yurtimiz o’zining buyuk o’tmishi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, bobolari o’gitlari bilan dunyoni lol qoldirgan diyordir.

Qani, kim aytadi, ushbu Vatanda

Ne-ne ulug’ zotlar yashab o’tganin?

Ne uchun ularni dunyo xalqlari

Nomlarin tillarda doston etganin?

Su yurtning muqaddas gul tuprog’iga

Ne-ne azizlarning qadami tekkan.

Buyuk bobolarning buyuk ishlarin

Ta’rifi Mag’ribdan Mashriqqa yetgan.



(Shu o’rinda guruh o’quvchilariga yurtimizda yashab o’tgan buyuk bobolarimizning nomini ikki daqiqa ichida xatosiz va chiroyli yozuv asosida yozish topshiriladi. Bu musodaqada allomalar monlarini o’p yozgan guruh g’olib deb topiladi va rag’batlantiriladi).

1991-yil 31-avgust kuni Toshkentda bo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi xalqimiz qalbida bir umrga muhrlanib qoldi. Ana shu sessiyada bizning jondan aziz Vatanimiz o’zining mustaqilligini e’lon qildi va tarix sahifalariga 1-sentabr Mustaqillik kuni deya zarhal harflar bilan bitildi. Istiqlol bayrog’I hilpiraydigan ozod zamonni orzu qilgan qanchadan – qancha ulug’ zotlar bu kunlarga yetolmadilar. Ular Vatanimizning asl farzandlari edilar. Ozodlik ishqida yongan buyuk zotlar istiqlol yo’lida jonlarini fido etdilar. Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning mana bu satrlarida ularning dil tug’yonlari bitilgandek go’yo:

O’tar kunlar, o’tar zamon,

Ey, Vatanim, bo’lma hijron!

Men ketsam-da, sen bo’l omon!

Omon Vatan, Vatan omon!

-Shu aziz vatan barchamizniki, uning har bir giyohi, tog’-u toshlari, dala-yu bog’lari biz uchun qadirli. Uning har bir qarichini asrab-avaylamoq burchimizdir.

Shukirki, bugun bobolar orzusi ushalib, istiqlolgaerishdik. U bizga imkoniyatlar eshigini ochdi. Ayniqsa siz- yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko’zlarni quvnatib, dillarni yashnatadi.

Bolaligimni eslayman. Mahallamiz bolalari uchun bir parcha tashlandiq yer futbol o’ynash maydoni edi. O’yin jarayonida tuproqli yerdan ko’tarilgan chang bolalarni tanib bo’lmas holga keltirar, o’nqir-cho’nqirlikdakoptok bir tekis yumalamas edi. U paytlar sport va san’at tanlovlari degan gaplar yo’q edi.

Bugun-chi? Yurtimizning barcha go’shasida keng va ozoda sport maydonlari qad rostlagan. Sportning barcha turlari bo’yicha mashg’ulotlar qatnashish imkoni yaratilgan. Tengdoshlaringiz xalqaro tanlovlar g’olibi bo’lib, yurtimiz do’vrug’ini dunyoga doston qilayotir. Bu sizlarni hech kimdan kam bo’lmagan barkamol avlod bo’lishingiz uchun qilinayotgan ishlarning bir qismidir.

Shu o’rinda bir tarixiy yangilikni e’tirof etmasak bo’lmaydi. Mana, yaqinda viloyatimizni poytaxt bilan bo’g’lovchi Qamchiq tunnel va “Angren –Pop” yo’nalishidagi temir yo’l qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. Tarixiy deyishimning boisi shuki, bu yo’lni asrlar davomida xalqimiz orzu qilgan. Bu ham siz- kelajak vorislari uchun qilgan bunyodkorliklardan biridir. Bunga sizlar yaxshi xulqingiz va o’z bilimingiz bilan javob qaytarishungiz darkor.


  • Hozir sayohatga otlanamiz. Uni “Buyuk keljak sari” deb nomlaymiz

(Ekranda “Buyuk kelajar sari” yozuvi ko’rsatiladi).

  • Sayohatimizni “Orzular” bekatidan boshlaymiz. Bolajonlar, ayting-chi, kelajakda kim bo’lishni xohlaysiz?

  • Ustoz, men O’zbekiston bayrog’i, madhiyasi va gerbini butun dunyoga ko’z-ko’z qilib ko’rsatuvchi champion bo’lmoqchiman.

  • Men esa yetuk shifokor bo’lib, odamlarni davolasam deyman!

  • Kelajakda tarixchi bo’lib, yurtimizning o’tmishi, bobokolonlarimizning merosini o’rganish- mening orzum!

  • Barakalla, bolajonlarim! Meni xursand qildingiz. Endi keyingi – “Bilimdonlar” bekatiga o’tamiz.

“Vatan haqida maqollar”. Bu shartda guruhlar jadvallardagi bo’g’inlardan Vatan to’g’risidagi maqollarni topadi.

(G’olib guruh rag’batlantiriladi).


Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish