Gravimetriya. Analitik, torsion, mikroanalitik tarozilarda tortish va o’lchash



Download 227,62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.03.2022
Hajmi227,62 Kb.
#505128
Bog'liq
тарози



Gravimetriya. Analitik, torsion, mikroanalitik tarozilarda tortish va 
o’lchash. 
Gravimetriya (lot. gravis-ogʻir) — tor maʼnoda ogʻirlik kuchini oʻlchash usullari 
haqidagi fan. Keng maʼnoda (Nyuton mexanikasi doirasida) yerning ogʻirlik kuchi 
maydonini, yer shaklini aniqlash maqsadida uning fazoviy oʻzgarishini, yerning 
ichki tuzilishini, uning ustki qismi geologik tuzilishini, baʼzi navigatsiya 
masalalarini yechish va oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan.
Ogʻirlik kuchi — yerning sutkali aylanishidan hosil boʻladigan gravitatsion 
tortishuv va markazdan qochma kuchlaridan iborat. Ekvatorda markazdan qochma 
kuch gravitatsion tortishuv kuchiga qaraganda 288 baravar kichik, qutbda nolga 
teng . Shu sababli, tortishuv kuchining qiymati, asosan, yerning zichligiga, shakli 
va oʻlchamiga bogʻliq. Gravimetriyada tekshiriladigan asosiy fizik kattalik ogirlik 
kuchi tezlanishi - g dir. Ogʻirlik kuchi tezlanishini birinchi marta (taxminan 1590 
y.). G. Galiley aniqlagan. Bu kattalikning oʻzgarishi geografik kenglikka bogʻliq. 
Son qiymati jismning erkin tushish tezlanishi g ga teng boʻlgan ogʻirlik kuchi 
kuchlanganligi (kuchning massa birligiga nisbati) Gallarda oʻlchanadi: 1 Gal=10^2 
s/s2; uning 1000 dan bir ulushi milligal (mGal) deyiladi. Yer sirtida g ning qiymati 
978,0 Gal dan (ekvatorda) 983,2 Gal gacha (qutblarda) oʻzgaradi. Ogʻirlik kuchi 
tezlanishi asosan gravimetrlarda oʻlchanadi. Qulaylik maqsadida ogʻirlik kuchi 
(gravitatsiya) maydonini, sayyora sirti boʻyicha qonuniy oʻzgara boruvchi u 
normal qismga hamda real g va normal tashkil qiluvchilar orasidagi ayirmadan 
iborat boʻlgan anomal (ogʻirlik kuchi anomaliyasi deb yuritiluvchi) Ag = g—u ga 
ajratiladi. Normal qismini odatda real yer bilan birday massaga va aylanish 
tezligiga ega boʻlgan bir jinsli aylanish maydoni sifatida tasavvur qilinadi. 
1971 y.da Xalqaro gravimetrik sistema qabul qilingan. Unga koʻra ogʻirlik 
kuchining formulasi 1967 y.dagi gravimetrik va sunʼiy yoʻldoshlar kuzatishlari 
majmuasi asosida hisoblangan doimiylar bilan birga quyidagi koʻrinishga ega: u 
=978031,8(1+0,005302sin2(p -0,0000059sin22(p) mGal. 
Yer ogʻirlik kuchi maydoni normal tashkil qiluvchisining toʻliq oʻzgarishi - 5,2 
Gal. Yerda ogʻirlik kuchi anomaliyalari (2—4) 102 mGal ga yetadi, markazdan 
qochma kuch hisobiga ogʻirlik kuchi oʻzgarishi - 3,3 mGal, Yerning bosiqligi 
tufayli ogʻirlik kuchi oʻzgarishi - 1,8 mGal, ogʻirlik kuchinig balandlik boʻyicha 
oʻzgarishi 1 m ga 3-10~ mGal, Oy — Quyosh gʻalayonlanishlarining eng katta 
qiymati - 2,4-10 mGal. 
Gravimetriya yordamida neft-gaz tuzilmalari, boyliklari izlanadi va tekshiriladi. 
Yerning deformatsiyasi yerning qovushoqlik xususiyatlariga bogʻliqdir. Ushbu 
deformatsiyalarni oʻlchash orqali yer ichki qatlamlarining qovushoqligi hamda 
ichki tuzilishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Muayyan radiusning gravitatsion 
maydoni qiymatlarining oʻlchovlari yigʻindisi gravimetrik syomkadir. Gravimetrik 
syomkada mayatnikli asboblar, gravimetrlar, gravitatsiya variometrlaridan 
foydalaniladi. Toshkent astronomiya rasadxonasida 1901 y.dan boshlab gravimerik 
tadqiqotlar olib borilgan, natijada mingdan ortiq gravimetrik punktlar aniqlangan. 
Sayyoralararo kosmik apparatlarning paydo boʻlishi gravimetriyaning qoʻllanish 
sohasini kengaytirdi. Tushiriluvchi kosmik apparatlar ogʻirlik kuchini bevosita Oy 
sirtida, Mars va Veneraning sunʼiy yoʻldoshlari esa bu sayyoralar atrofida oʻlchadi. 


Keyingi yillarda Yupiter va Saturnning gravitatsion maydonlarini tadqiq qilish 
boshlandi. 
Tarozi — jismga taʼsir etuvchi og’irlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan 
asbob. Tarozilar qadimiy oʻlchash asboblaridandir. Ikki yelkali va tarelkasimon 
pallali oddiy tarozilar qadimdan mavjud bo’lgan. Tarozilar qadimiy Bobilda mil. 
av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo 
ishlari va fanning rivojlanishi bilan tarozilar asta sekin takomillashib borgan.
Analitik tarozi – moddalarni aniq tortadigan nozik tarozi; kimyoviy va biologik
analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida og‘irligi 2 g dan 200 g gacha bo‘lgan 
moddalar 0,04 mg gacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining: 

to‘liq analitik (100–500 g li, 1–5 mg aniqlikda tortadigan),

yarim mikroanalitik (20–50 g li, 0,2–0,25 mg aniqlikda),

mikroanalitik (20–30 g li, 0,01 mg aniqlikda),

probirkali (1–2 mg li, 0,04 mg aniqlikda);

teng yelkali va bir yelkali xillari bor.
Oldinlari analitik tarozining teng yelkali va ikki pallali turlari ishlatilingan, 
hozirda ko‘proq zamonaviy analitik tarozilar ishlatiladi. Bir yelkalida posangi 
bo‘ladi. Analitik tarozini chang, shamol, kishi nafasidan saqlash uchun u oynali 
shkaf ichiga o‘rnatiladi. 
1-rasm Turli xil tipdagi tarozilar ko’rinishi 
Mikroanalitik tarozi. Mikroanalitik tarozi mikroanaliz uchun eng muhim 
vosita hisoblanadi. Tahlillarning to'g'riligi tarozining aniqlik darajasiga bog'liq 
bo’ladi. Mikroanalitik tarozi analitik tarozidan ham ko’ra aniqroq ishlaydi va 
xatolik deyarli bo’lmaydi. O'rtacha og'irlik 3 mg dan va 0,01 mg aniqlikda 
(0,003%) tortiladi bu xato deyarli to’g’ri natijadan farq qilmaydi shuning uchun 
ham laboratoriyaning eng muhim va nozik tadqiqotlarida bu tarozidan keng 
foydalaniladi . 
Torsion tarozi. Torsion tarozi kichik kuchlarni o'lchash uchun sezgir 
jismoniy qurilma hisoblanadi. (kuchlarning kichik momentlari). Torsion tarozini 
1784 yilda Sh. Kulon tomonidan ixtiro qilingan (shuning uchun nham u Kulon 
tarozi deb ham ataladi). Kulon tarozi — nuqtaviy elektr zaryadlar va magnit 
qutblarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga moʻljallangan burama tarozi. 1789 yilda 


G. Kavendish Kulon tarozidan gravitatsion oʻlchashlarni va gravitatsion 
doimiylikni aniqlashda foydalangan. Kulon tarozi shisha idish ichida ingichka 
metall yoki kvars ipga (Kulon 76 sm li kumush toladan foydalangan) osilgan 
shisha shayindan iborat. Shayinning bir uchiga yengil metall sharcha va ikkinchi 
uchiga posangi mahkamlangan (2-rasm). Tarozi kallagi yordamida ipni va unga 
osilgan shayinni vertikal oʻq atrofida burish mumkin. Kulon tarozi koʻpgina yuqori 
sezgirlikka ega zavonaviy asboblarda: elektrometrlar, magnitometrlar, gravitatsion 
variometrlar va boshqalarda qoʻllanadi. Kulon qonuni - bir-biridan maʼlum 
masofada joylashgan ikkita nuqtaviy elektr zaryadning oʻzaro taʼsir kuchini 
ifodalaydigan elektrostatikaning asosiy qonuni. Sh. Kulon 1785 yilda kashf qilgan. 
Nuqtaviy elektr zaryad deb, oʻlchamlari oʻzaro taʼsiri oʻrganilayotgan jismlar 
orasidagi masofaga nisbatan juda kichik boʻlgan jismdagi zaryadga aytiladi.
Kulon tarozi mexanik, elektr, magnit va tortish kuchlarini va ularning o'zgarishini 
o'lchash uchun ishlatiladi. 
2-rasm torsion (Kulon) tarozi 
Tarozilar bilan ishlash qoidalari: 
1. Tarozini arretirlamaguncha uning pallasiga yuk qo’yish yoki olish va
qo’l tekkizish mumkin emas. 
2. Yuklarni pallalarga shunday qo’yish kerakki, ularning umumiy og’irlik markazi 
mumkin qadar pallaning o’rtasiga to’g’ri kelsin. (har qanday tarozi turida) 
3.Tarozi toshlarini qo’l bilan emas, balki pinset bilan olish lozim; yupqa tarozi 
toshlari (milligrammlar)ni ularning bukilgan yeridan pinset bilan qisib olinadi. 
4.Toshlarni tarozidan olgandan so’ng ularni qutichagao’z joylariga qo’yish zarur 
5. Tarozi pallalari butunlay muvozanatlashib bo’lmaguncha shayinni joyiga to’liq 
tushirmaslik kerak; strelkaning og’ishiga qarab qaysi pallaning yengil 
ekanligini bilish uchun, shayin bir oz tushiriladi; shu vaqt shayin arretirlanib, 
pallalarga mayda tarozi toshlari solinadi yoki olinadi. (tortiladigan jismning
og’irligi
bilan toshlar og’irligi orasidagi farq kichik bo’lib qolganda, shayin mayatnikka 
o’xshab tebrana boshlaydi).
6.Tarozining shayinini hamma vaqt ohistalik bilan arretirlash va tushirish
kerak; agar tarozi chayqalib tursa, uni strelka muvozanat vaziyatdan
o’tayotgan paytida ehtiyotlik bilan arretirlash lozim; aks holda shayin turtki yeydi. 

Download 227,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish