Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti Sirtqi ta’lim Tarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi Chilinger Karina Viktorovnaga
TAVSIFNOMA
Chilinger Karina Viktorovna 2011-yilda Chirchiq shahri 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabini hamda 2018-yilda Chirchiq texnika kasb-hunar kollejini tamomlagan. 2018-2021 yillarga qadar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir necha marotaba rag‘batlantirilgan va hozirgacha agentlik faoli hisoblanadi. 2021-yil natijasiga ko‘ra “Yil volontyori” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan. 2021-yilda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining Gumanitar fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishi bakalavriat sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshirib belgilangan test savollaridan o‘rta ballni to’plab o‘qishga qabul qilingan. O‘qishga qabul qilingach darslarga chaqirilgan ilk kunlaridan boshlab o‘z qobiliyatlarini ko’rsatib, darslarda o‘z vaqtida qatnashib kelmoqda. O‘qishga chaqirilgan vaqtida tashkillashtirilgan jamoat ishlarida faol qatnashgan. U tarix va ma’naviyat sohasiga qiziqadi.
Tavsifnoma so‘ralgan joyga taqdim etish uchun berildi.