Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxsni so'roq qilish psixologiyasi reja


GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHINI HIMOYA HUQUQI BILAN TA’MINLASHGA OID QONUNLARNI QO‘LLASH BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA



Download 39,19 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi39,19 Kb.
#751847
1   2
Bog'liq
GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHI SHAXSNI SO\'ROQ QILISH PSIXOLOGIYASI

GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHINI HIMOYA HUQUQI BILAN TA’MINLASHGA OID QONUNLARNI QO‘LLASH BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va oqlangan shaxsning (bundan buyon matnda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb yuritiladi) himoya huquqi jinoyat-sudlov ishlarini yuritishda asos qilib olinuvchi prinsiplardan biri bo‘lib, ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli qaror qabul qilinishini kafolatlaydi.
Sud amaliyotini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini asosan ta’minlab kelmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda, ushbu huquqiy institut ish bo‘yicha qonuniylikka rioya etish va haqiqatni aniqlashda juda muhim omil ekanligiga yetarli darajada e’tibor berilmayapti. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ham, sud muhokamasi borayotganda ham qo‘pol tarzda buzish hollari barham topmagan.
Qonun talablariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlash, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini buzish hollariga barham berish maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarga tushuntirilsinki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir kishiga shaxsiy erkinlik va daxlsizlik ta’minlanishini kafolatlovchi normalaridan kelib chiqadi.
2. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqi — yuzaga kelgan gumon, qo‘yilgan aybni rad etish yoki javobgarlik va jazoni yumshatish uchun unga qonun bilan berilgan protsessual imkoniyatlar (vosita va usullar) yig‘indisidir.
3. Himoya huquqi jinoyat-sudlov ishlarini yuritishning barcha bosqichida ta’minlanadi.
Qonunga ko‘ra (JPK 24, 64-moddalari), jinoyat ishini yuritishga mas’ul barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlarini tushuntirishlari va o‘ziga tegishli himoya huquqidan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berishlari shart.
4. Sudlar ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar albatta sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirilishi zarurligi haqidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya etishlari, ayblanuvchini nafaqat fosh etadigan, balki oqlaydigan, shuningdek, uning javobgarligini yengillashtiradigan va og‘irlashtiradigan holatlarni ham aniqlashlari shart.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillardangina foydalanish mumkin. Protsessual qonun talablari buzilgan holda to‘plangan dalillar ayblov asosiga qo‘yilishi mumkin emas.
5. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashning muhim kafolati — uning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmasligi haqidagi Konstitutsiyada belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga qat’iy amal etilishidadir.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish majburiyati yuklanishi mumkin emas, o‘z aybsizligini yoki ish bo‘yicha biror-bir holatni isbotlash mas’uliyatini yuklashga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunga asosan bunday majburiyat jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilgan.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qo‘llashda kelib chiqqan har qanday shubha ham uning foydasiga hal etiladi.
6. Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi talablariga, ya’ni ishlar sud majlisida taraflarning o‘zaro tortishuvi prinsipi asosida ko‘rilishi shartligi haqidagi qoidaga so‘zsiz amal qilinishini ta’minlashlari kerak.
Tortishuv prinsipi ayblov va himoya funksiyalari bir-biridan ajratilgan holda amalga oshirilishini taqozo etadi. Bunda sud ayblov yoki himoya tarafida turmasligi hamda ularning biron bir manfaatlarini ifoda etmasligi lozim. Sud xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda faqat ishni hal etish funksiyasini amalga oshirishi, ya’ni taraflarga protsessual huquqlarini amalga oshirish yo‘li bilan o‘z nuqtai-nazarlarini himoya qilishlari uchun teng imkoniyat yaratib berishi kerak.
Qonunga binoan, sud protsessida taraflar dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi, qonuniy va asoslantirilgan qaror chiqarilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, sudda ishlarni yuritishda tortishuv sud majlisida prokuror va himoyachining uzluksiz ishtiroki ta’minlangan holdagina ro‘yobga chiqadi (sudlanuvchi qonunda belgilangan tartibda himoyachidan voz kechgan hollar bundan mustasno).
7. Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashning muhim elementlaridan biri qonun tomonidan unga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya)ning protsessual harakati yoki qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish huquqining berilishidir.
Jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari va mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan ham berilishi mumkin..
8. Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasiga muvofiq jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa, uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ishda himoyachining ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, shaxs JPK 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ushlangan hollarda, garchi qonunda bu haqda tegishli bayonnoma shaxs ichki ishlar organi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga keltirilgandan so‘ng rasmiylashtirilishi belgilangan bo‘lsa-da, uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab gumon qilinuvchi deb hisoblanadi. Aynan shu paytdan boshlab ushlab turilgan shaxs gumon qilinuvchiga berilgan barcha huquqlardan, shu jumladan, himoyachi olish, yaqin qarindoshlariga yoxud advokatiga telefon qilish yoki xabar yuborish, ko‘rsatuv berishdan bosh tortish, shuningdek o‘zi bergan ko‘rsatuvlari jinoyat ishi bo‘yicha unga qarshi dalil sifatida ishlatilishi mumkinligini bilish huquqidan foydalanadi. Shu tufayli, bunday hollarda u guvoh sifatida so‘roq qilinishi, jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi haqidagi qaror unga e’lon qilinmasdan hamda tegishli huquq va majburiyatlari tushuntirilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi mumkin emas.
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz bilan tegishli davlat organiga murojaat qilgan shaxs ham shunday huquqiy holatga ega (JPK 113-moddasi).
9. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real ta’minlash maqsadida, shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 221, 227-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ushlangan yoki ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan (JPK 242-moddasi) hollarda jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari mahbus saqlanayotgan joy haqida uning yaqin qarindoshlariga yoki uning iltimosiga ko‘ra boshqa shaxslarga, voyaga yetmaganlar to‘g‘risida esa, shuningdek, uning qonuniy vakiliga JPK 217-moddasining 1-qismida belgilangan tartib va muddatda xabar berishlari shart.
10. Sudlarning e’tibori Jinoyat-protsessual kodeksining gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning himoyachi olish, aynan nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini, mahkumga esa, u qanday jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilganligini bilish huquqini kafolatlovchi 46, 48-moddalari talablariga qat’iy rioya qilinishi zarurligiga qaratilsin..
Shuning jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov dalolatnomasida, ayblov xulosasida va sud hukmida Jinoyat-protsessual kodeksining 360, 361, 379, 38112, 467-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniq bayon etilishi kerak.
Agar shaxs bir necha jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, bu holatlar har bir ayblovga nisbatan alohida bayon etilishi lozim.
11. Ish bo‘yicha himoyachi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifasi JPK 49-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan. Ular jumlasiga, xususan, advokatlar hamda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlaridan biri yoki qonuniy vakillari kiradi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakili ish bo‘yicha himoyachi sifatida faqat advokat bilan birga qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Qonunga binoan, belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olgan va advokatlar tuzilmalarining: advokatlar hay’ati, advokatlik firmasi, byurosi a’zosi bo‘lgan shaxslar advokat hisoblanadi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari deganda, uning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukasi va opa-singillari, eri(xotini), farzandlari (farzandlikka olinganlar), bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek, er(xotin)ining ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukasi va opa-singillari nazarda tutiladi.
Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va uning muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ishda himoyachi sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshi yoki qonuniy vakiliga surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud tomonidan qaror, ajrim berilib, unda himoyachining JPK 53-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Qaror (ajrim) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud (sudya) tomonidan himoyachi sifatida tanlangan shaxsning qarindoshligi yoki vakillik vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng darhol chiqarilishi va unga berilishi lozim.
12. Himoyachi qonunga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan, shuningdek, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi asosida boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ish bo‘yicha bir necha himoyachi taklif etishi mumkin.
Bu o‘rinda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachini erkin tanlash huquqiga ega. Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya) ish bo‘yicha tayinlov asosida davlat hisobidan himoyachi ishtirok etayotgan taqdirda ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan taklif etilgan himoyachining ishda qatnashishiga monelik qilishga haqli emas.
Himoyachining jinoyat ishiga kirishishini rad etish to‘g‘risida surishtiruv, tergov organi, sud (sudya) tomonidan chiqarilgan qaror ustidan jinoyat-protsessual qonunida ko‘rsatilgan (JPK 27-moddasi) tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqiga oid qonun normalari mazmuniga ko‘ra, ish materiallarida davlat siri bilan bog‘liq ma’lumotlarning mavjudligi bunday ma’lumotlar bilan ishlashga maxsus ruxsati bo‘lmagan himoyachining ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday hollarda himoyachi davlat siriga aloqador ma’lumotlar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanishishi mumkin.
Shuni nazarda tutish lozimki, himoyachining sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasligi ham uning ishda ishtirok etishiga monelik qilmaydi. Bu holda u JPK 20-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tarjimon bilan ta’minlanishi kerak.
13. Qonunga muvofiq, ish bo‘yicha JPK 51-moddasida ko‘rsatilgan hollar mavjud bo‘lganda, unda himoyachining ishtiroki shart ekanligi belgilangan bo‘lib, bu talabga rioya etmaslik jinoyat-protsessual qonuni normalarini jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Tushuntirilsinki, “jismoniy nuqsoni yoki ruhiy kasalligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan shaxslar” deganda, jumladan, aqli raso deb topilgan bo‘lsa-da, ammo ruhiy faoliyati doimiy yoki vaqtincha buzilgan, nutqida, ko‘rishida, eshitishida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan yoki boshqa og‘ir xastalik bilan kasallangan shaxslar tushunilishi lozim.
14. Jinoyat ishi bo‘yicha himoyachi yordamidan foydalanish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining huquqi hisoblanadi. Shu tufayli ham u ish yurituvning istalgan paytida himoyachidan voz kechishi mumkin.
Himoyachidan voz kechganlik to‘g‘risida sabablari ko‘rsatilgan holda yozma murojaat taqdim etiladi.
Himoyachidan voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining tashabbusi bilan va ushbu masala muhokama etilayotganda himoyachining real ishtiroki ta’minlangan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda ish materiallariga himoyachining ishda ishtirok etishga vakolati borligini tasdiqlovchi hujjat (advokatning orderi, qonuniy vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.) qo‘shib qo‘yiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachidan voz kechishiga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmasligi mumkin, agar u:
voyaga yetmagan bo‘lsa;
jismoniy nuqsoni (kar, soqov, ko‘r va h.k.) yoki ruhiy kasalligi tufayli o‘zini o‘zi himoya qilishga qiynalsa;
sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmasa;
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan bo‘lsa.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudida ko‘rilayotgan ishlarda, shuningdek himoyachidan voz kechish to‘g‘risida noilojlikdan (himoyachining mehnatiga haq to‘lash imkoniyatining yo‘qligi, ish bo‘yicha himoyachining hozir bo‘lmasligi va h.k.) arz qilingan hollarda ham himoyachidan voz kechish qabul qilinmasligi mumkin.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachidan uning mehnatiga haq to‘lash imkoniyati yo‘qligi sababli voz kechmoqchi bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari JPK 50-moddasining to‘rtinchi qismi qoidalariga binoan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini bunday xarajatlardan to‘liq yoki qisman ozod etish chorasini ko‘rishlari kerak.
Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya), ishning murakkabligi va boshqa holatlari gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini o‘zi amalga oshirishiga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin degan xulosaga kelsa, himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi arizani rad etishi mumkin.
Biron bir sababga ko‘ra muayyan himoyachidan voz kechish hollari umuman himoyachi xizmatidan voz kechish deb qaralmasligi kerak.
Himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi haqida belgilangan namunada bayonnoma tuziladi hamda u gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi va surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadi. Sud majlisida bu haqda majlis bayonnomasiga tegishli yozuv kiritiladi.
15. Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishini talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Bunday talab barcha hollarda qanoatlantirilishi lozim.
Himoyachining ishga yangidan kirishishi o‘sha paytga qadar amalga oshirilgan protsessual harakatlar takrorlanishini taqozo etmaydi.
Sud majlisi davomida himoyachining ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi. Biroq, bu holda sud unga ish materiallari bilan tanishib chiqish va himoyasida bo‘lgan shaxs huquq va manfaatlari himoyasiga kirishishga tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat berishi kerak. Himoyachining u protsessga kirgunga qadar sud tomonidan so‘roq qilingan shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomasi JPK 448-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtdan boshlab, advokat o‘z vazifalarini bajarishni rad etishga haqli emas, JPK 79-moddasida belgilangan hollar bundan mustasno.
16. Himoyachi qonunga ko‘ra (JPK 53-moddasi) o‘z himoyasi ostidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli huquqlar bilan ta’minlangan bo‘lib, uning bu huquqlarini jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlari tomonidan biror bir tarzda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi..
Himoyachi o‘z himoyasi ostidagi shaxs ishtirokida o‘tkaziladigan barcha tergov harakatlarida, shu jumladan, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning huquqlari tushuntirilayotganda va u so‘roq qilinayotganda, qamoqqa olish, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi hal qilinayotgan, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda, eksperiment o‘tkazilayotganda, tanib olish uchun ko‘rsatilayotganda, yuzlashtirilayotganda, guvohlantirilayotganda, eksgumatsiya jarayonida, olib qo‘yish va tintuvda, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishda, mol-mulkni xatlashda, prokuror tomonidan so‘roq qilinayotganda qatnashishga haqlidir.Himoyachi jinoyat ishida qatnashishga ijozat olgan paytdan boshlab, ushlab turish haqida tuzilgan bayonnoma, ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalari, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga e’lon qilingan (yoki e’lon qilinishi shart bo‘lgan) boshqa hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega. Himoyachining bunday huquqi uning himoyasi ostidagi shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi deb e’tirof etilgunga qadar o‘tkazilgan tergov harakatlariga oid bayonnomalar bilan tanishishga nisbatan ham amal qiladi.Surishtiruv, tergov organi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ishtirokida o‘tkaziladigan tergov harakatlari kuni, vaqti va joyi haqida uning himoyachisini oldindan xabardor etishi shart.
17. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan bo‘lsa, himoyachi u bilan qonunga ko‘ra (JPK 53-moddasining ikkinchi qismi, 215-moddasining uchinchi qismi) soni va davomiyligi chegaralanmagan holda yakkama-yakka (holi) uchrashish huquqiga ega.Himoyachiga qamoqda saqlanayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan uchrashuv berilishi uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
advokat uchun — advokatlik tuzilmasi tomonidan unga muayyan ishni yuritish uchun berilgan order;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakili uchun — uni himoyachi sifatida ishda ishtirok etishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi surishtiruv, dastlabki tergov organi, sudning qarori (ajrimi).
Himoyachiga o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashishga, o‘zining yoki himoyasi ostidagi shaxsning talabiga ko‘ra, jinoyat protsessining har qanday paytida darhol, gumon qilinuvchi bilan esa, JPK 48-moddasiga muvofiq ruxsat berilishi shart.
Muassasa ma’muriyati himoyachiga o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan uchrashuv berishni rad etgan taqdirda, himoyachi bunday harakat ustidan prokurorga “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 30-32-moddalarida belgilangan tartibda shikoyat berishi mumkin.
18. Qonun talabiga ko‘ra (JPK 17, 88-moddalari) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga haqli emas.
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qo‘riqlanishi ta’minlanishi kerak.
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jarayonida qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish qat’iyan man etiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1984-yil 10-dekabrda qabul qilgan “Qiynoqlarga solishga va muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya”ga ko‘ra “qiynoq” har qanday tusdagi shunday harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun jazolash, shuningdek, uni yoki uchinchi shaxsni qo‘rqitish yoki zo‘rlash maqsadida yoki bunday og‘riq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitishga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha qasddan kuchli og‘riq yoki jismoniy yoxud ma’naviy azob beriladi.
19. Qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash hamda insonga nisbatan boshqacha shafqatsiz yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shuningdek, qonunga xilof boshqa choralar qo‘llash, shu jumladan, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini buzish natijasida olingan dalillar ayblov asosiga qo‘yilishi mumkin emas.
Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya) qamoq joylaridan keltirilgan shaxsdan har doim surishtiruv, tergov harakatlari o‘tkazilgan paytda unga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishganligi hamda saqlash sharoiti to‘g‘risida so‘rashlari shart. Surishtiruvning yoki tergovning qiynoqqa solish yoxud qonunga xilof boshqa usullari qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi har bir murojaat fakti bo‘yicha arz qilingan vajlarini sinchiklab tekshirish, shu jumladan, tibbiy guvohlantirish o‘tkazish orqali sinchiklab tekshirishlari va natijasiga qarab, tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga qadar protsessual yoki boshqa huquqiy choralar ko‘rishlari shart.
20. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, isbotlash jarayonida tergov harakatlarini o‘tkazish, shu jumladan, so‘roq qilish tartibi va shartlari qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlanganidan, qamoqqa olinganidan, chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha so‘roqqa kelganidan yoki majburan olib kelinganidan so‘ng darhol yoki yigirma to‘rt soat ichida birinchi marta so‘roq qilishning (JPK 111-moddasi)da belgilangan qoidalariga rioya etilgan holda so‘roq qilinishi kerak.
Umuman tergov harakatlari, faqat, soat 6 dan 22 ga qadar o‘tkazilishi kerak, JPK 88-moddasi ikkinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tergov harakatlarini yuritish tartibi va shartlarining buzilishi prokuror va sud tomonidan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ruhiy ta’sir o‘tkazish deb baholanishi mumkin. Bunday ta’sir ostida to‘plangan ma’lumotlar dalil kuchiga ega bo‘lmaydi va ular ayblov hukmi uchun asos qilib olinishi mumkin emas.
21. Qonunga muvofiq (JPK 20, 51, 487-moddalari) quyidagi hollar gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishi deb baholanadi, agar:
uning o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan bo‘lsa;
qonunga ko‘ra himoyachining ishtiroki shart bo‘lgan ish himoyachining ishtirokisiz tergov qilingan yoki sudda ko‘rilgan bo‘lsa;
manfaatlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan bir necha shaxsning huquqlari bitta himoyachi tomonidan himoya qilingan bo‘lsa;
dastlabki tergov tamomlangandan so‘ng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan bo‘lsa va qoidabuzarlik sud tomonidan bartaraf etilmagan bo‘lsa;
ayblanuvchiga ayblov xulosasi topshirilmagan bo‘lsa;
himoyachisi bo‘lmagan sudlanuvchiga himoya nutqi so‘zlash uchun imkoniyat, shuningdek, oxirgi so‘z berilmagan bo‘lsa;
ish sudlanuvchining ishtirokisiz ko‘rilgan bo‘lsa (JPK 410-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
ishni yuritishni istisno etadigan holatlar mavjud bo‘la turib, dastlabki tergov va sud muhokamasi o‘tkazilgan bo‘lsa.
Ish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning aniqlanishi sud qarorining bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
22. Sud taraflar ayblov mohiyati va ish holatlari yuzasidan o‘z vajlarini bayon qilayotganda ularning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qo‘ymasligi kerak.
Shu bilan bir qatorda, raislik qiluvchi ko‘rilayotgan ishning mohiyatiga aloqasi bo‘lmagan holatlar bo‘yicha gapirayotgan muzokara ishtirokchisi so‘zini bo‘lishga haqli.
23. Jinoyat-protsessual kodeksi 473-moddasi talabiga ko‘ra, hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, e’lon qilinganidan so‘ng, hukm tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan boshqa tilda o‘qib eshittiriladi.
Mahkumga, oqlangan shaxsga taqdim etilishi shart bo‘lgan hukm va boshqa sud (tergov) hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak (JPK 20-moddasi).
Agar ushbu talablarga rioya etilmaganligi natijasida mahkum, oqlangan shaxs sud hukmi ustidan shikoyat berish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsa, bu holat apellatsiya shikoyati berish uchun belgilangan muddatni tiklash yoki apellatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
24. Raislik qiluvchi hukm e’lon qilingandan so‘ng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatlarini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va unga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqini tushuntiradi.
Agar sudlanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, unga afv so‘rab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.
25. Sud mahkumga, oqlangan shaxsga, ularning himoyachilari va qonuniy vakillariga sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratishi shart. Bayonnomaning qonunda belgilangan muddatdan kechikib imzolanganligi haqida protsessning manfaatdor ishtirokchilari o‘z vaqtida xabardor qilinishi lozim.
Agar mahkumdan, oqlangan shaxsdan sud majlisi bayonnomasi bilan himoyachi ishtirokida tanishish istagi borligi to‘g‘risida belgilangan muddatda ariza kelib tushgan bo‘lsa, sud bu haqda himoyachini xabardor qilishi va ularga ushbu huquqdan birgalikda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratib berishi kerak.
Agar bayonnoma hajmining kattaligi va boshqa uzrli sabablar tufayli protsess ishtirokchilariga u bilan tanishish va e’tiroz bildirish uchun besh sutkadan ortiq vaqt talab etilsa, bu muddat sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan taqdim etilgan e’tirozlar muhim protsessual ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli sud (sudya) tomonidan sinchiklab va xolisona ko‘rib chiqilishi lozim.
E’tirozlar to‘liq yoki qisman rad etilgan hollarda sud (sudya) bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi va u e’tirozlar bilan birga ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar ko‘rib chiqilganligi haqida manfaatdor shaxslar xabardor qilinadi.
26. Sud berilgan shikoyat va bildirilgan protestlar to‘g‘risida mahkumlarni, oqlangan shaxslar, himoyachilar hamda ushbu shikoyat va protest boshqa shaxslardan qaysi birining manfaatiga taalluqli bo‘lsa, shu shaxslarni xabardor qilishi hamda ularning protest yoki shikoyat ustidan e’tiroz berish huquqini tushuntirishi shart. Shu bilan bir paytda mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga apellatsiya, kassatsiya shikoyatining hamda apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida berilgan protestning nusxasi yuboriladi (JPK 479-moddasi ikkinchi qismi).
Qonunning bu talabi buzilgan taqdirda, sud uni bartaraf etish chorasini ko‘rishi kerak.
27. Sud ishning apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasida ko‘rilishi kuni to‘g‘risida Jinoyat-protsessual kodeksi 53-moddasi talabiga ko‘ra, mahkumning himoyachisini va qonuniy vakilini xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilishiga sabab bo‘ladi.
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi tomonidan ishning himoyachi ishtirokisiz ko‘rilishi, agar u sud majlisi vaqti to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan va bu uning sud majlisida ishtirok etishi imkoniyatidan mahrum qilgan bo‘lsa, bu holat jinoyat-protsessual qonun talablarining jiddiy buzilishi deb hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasida nazarda tutilgan hollarda apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudi majlisida himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart.
Mahkum himoyachidan voz kechgan hollarda, agar bu sud tomonidan JPK 52-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda qabul qilingan bo‘lsa, apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudida ishni himoyachi ishtirokisiz ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi.
28. Mahkumning apellatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishi uning o‘z himoya huquqini amalga oshirishi nuqtai nazaridan ham, shikoyat va protestlar xolis hal etilishi nuqtai nazaridan ham juda muhimdir. Shuning uchun sudlar qamoqda saqlanayotgan mahkumning uni apellatsiya sudi majlisiga tushuntirish berish uchun chaqirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirishlari kerak (JPK 479-moddasi to‘rtinchi qismi).
29. Mahkumga (oqlangan shaxsga) berilgan himoya huquqi ta’minlanishining jiddiy kafolati, bu qonunga ko‘ra (JPK 494, 513-moddalari) yuqori instansiya sudi tomonidan jazoning kuchaytirilishiga, og‘irroq jinoyatga doir qonun normasi qo‘llanilishiga, shuningdek, kassatsiya va nazorat tartibida sud qarorlarining qayta ko‘rib chiqilishiga, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining og‘irlashishiga olib kelsa, ayblov (oqlov) hukmi yoki ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim (qaror) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, bir yil o‘tgandan so‘ng yo‘l qo‘yilmasligidir.
30. Sud hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni JPK 532, 542-moddalari tartibida hal qilishda himoyachining ishtirok etishiga, agar bu haqda mahkum, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimos qilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yishi mumkin.
Voyaga yetmagan mahkumga nisbatan, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy kasallikka chalingan mahkumga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalar himoyachi ishtirokida ko‘rilishi shart.
31. Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud (sudya) gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yuridik yordam uchun haq to‘lashdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir.
Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat hisobidan qoplanadi.
JPK 50-moddasiga asosan yuridik yordam uchun haq to‘lashdan oilasida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan yalpi oylik daromad ushbu masala ko‘rilayotgan vaqt uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravaridan ortiq bo‘lmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ozod qilinadi. Yalpi oylik daromad to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 2-dekabrda 1878-son bilan ro‘yxatga olingan Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandida belgilangan tartibda hal etiladi.
32. Sudlar har bir jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv, tergov olib borishda, shuningdek, sud muhokamasi davrida gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ularning Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida himoya huquqini ta’minlashga oid talablarga rioya qilinganligi masalasini sinchiklab tekshirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari shart.
33. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 41-sonli qarori hamda 1999-yil 24-sentyabrdagi “Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 41-sonli “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi to‘g‘risida”gi 17-sonli qarori (unga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Download 39,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish