Guruh : 1910 Talaba; Najmuddinov Fazliddin



Download 15,8 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi15,8 Kb.
#925573
Bog'liq
Najmuddinov Fazliddin 1910


Guruh : 1910


Talaba ; Najmuddinov Fazliddin
Lutfiy ning «AYOQINGG‘A TUSHAR HAR LAHZA GISU...» g’azaali va uning tahlili
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim:1 «Charog‘ tubi – qorong‘u».
Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, – Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu».
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, –
Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa, hindu».
Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, – Ki ayturlar: «Tiloganni – tilogu».
Har bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqol- lar go‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbot- dek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta bir-biriga qofiyadosh so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. De- mak, g‘azal besh baytdan iborat ekan.
G‘azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni «mafoiylun – mafoiylun – faulun (yoki mafoiyl)» vaznida yozil- gan. Taqte’si: V – – – / V – – – / V – – (yoki V – ~).
Matla’ nihoyatda go‘zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog‘ozga tushgan: har lahza soching oyog‘ing ostiga tushadi, shuning uchun, maqolda aytilganidek, «Chirog‘ tubi – qorong‘u». Bu yerda yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib, yonib turgan chiroqqa qiyoslanyapti. Baytda keltirilgan maqol – juda mashhur. Biroq hozirgi zamonda shamchiroq deyarli ishlatil- magani uchun bu maqol kam qo‘llanadi. Holbuki, sham yoqil- ganda kuzating, rostdan ham uning tubiga nur tushmaydi, shu- ning uchun u yer qorong‘i bo‘ladi.
Ikkinchi baytda lirik qahramon yorning yuzini (orazini) ko‘rishga ko‘z tutayotganini aytadi, axir, maqol bor-ku: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Bu maqol hozir ham ko‘p ishlatiladi. Faqat endi u «Oqqan daryo oqaveradi» shaklini olgan.
Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi. Shoir uni Oy bilan Quyoshdan ham ortiq deb ta’riflaydi, chunki «Kishining ko‘zi – tarozi» degan maqol bor-ku.
Shu tariqa to‘rtinchi baytda tasvir yuzdan ko‘zga o‘tib oladi. Lirik qahramonning yor ko‘zi oshiq qonidan iymanmayotgani, ya’ni qo‘rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas, axir: «Hindi qayda qon ko‘rsa, qo‘rqadi» degan maqol bor edi-ku! Bu yerda «ko‘zing – hindi» deyilayotgani yo‘q, lekin ko‘z tasviri bilan maqolda «hindi» so‘zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqazgan.
Lutfiyning dardi – yor vasliga yetish, sababi u «Tiloganni tilogu» («Tilagan kishi tilagiga yetadi») degan maqolga umid bog‘layapti.
Ko‘rinib turganidek, asarda boshdan-oxir irsoli masal san’a- tidan mahorat bilan foydalanilgan. Buning badiiy-tab’iy (badi- iy-estetik) jozibasi bor.
Download 15,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish