Guruh talabasi anarboyev shohjahon ning kimyo o


Innavatsion texnologiyalarning kimyodagi o’rni



Download 79,5 Kb.
bet10/15
Sana17.05.2023
Hajmi79,5 Kb.
#939923
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
anarboyev shahjohon

2.2. Innavatsion texnologiyalarning kimyodagi o’rni
Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun asosida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning hayotiyligini ta’minlash, ta’lim tizimini tubdan isloh etishni taqozo etuvchi muhim hujjat hisoblanadi. «Milliy dastur» ta’lim tizimida o‘ziga xos, o‘ziga mos yangicha yondoshuvni, yangicha metodika (uslub)ni va yangicha kasb mahoratini talab etadi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» -bu yangicha pedagogik texnologiyaning o‘zi. Ijodkor mutaxassis, ijodkor tarbiyachi va kimyo o‘qituvchisi o‘zining sohasi, yo‘nalishi bo‘yicha yangicha pedagogik texnologiyani amaliy, ilmiy va uslubiy o‘rganishi hamda hayotga tadbiq eta bilmog‘i lozim.
Ma’lumki, «pedagogik texnika» va «pedagogik texnologiya» tushunchalari ilgaridan ishlatilib kelingan so‘zlardan.
«Texnologiya» so‘zi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, ikki so‘z birikmasidan iborat, ya’ni «techno» va «logos» so‘zlaridan iborat. Uning ma’nosi quyidagicha: «techno» (texno) mohirlik, ustalik, uddaburonlik tushunchalari. «logos» esa bilim, tushuncha, fikr, operatsiyalar, ishlar yoki jarayonlarni bajarish usullari, qonuniyatlari, vositalari va navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui.
Ma’lumki, hozirgi iqitisodiy qiyinchilik tufayli ta’lim jarayonini isloh etishda bir qator o‘ziga xos muammo, yechimini kutayotgan ilmiy, uslubiy fikrlar mavjud. Mavjud muammolarning bir qismini ijobiy hal etishda har bir o‘qituvchidan ta’lim jarayonida tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va ijodkorlik talab etadi.
Agar chuqurroq tahlil etadigan bo‘lsak, atrof-muhit, ishlab chiqarish, turmush hayotimiz tinimsiz o‘zgarmoqda, rivojlanmoqda. Hayotimizda yangi-yangi texnikalar, texnologiyalar mehnat maydonlariga kirib kelmoqda. Oddiygina bir misol. Hozirgi kunda o‘zimiz yashab turgan joydagi transport va tabiatdagi barcha harakatlar majmuini tahlil qilsak, ularning barchasi ilgaridan farq qiladi. Yangi ta’lim jarayonida ham yangicha uslub, ilg‘or pedagogik tajribalardan, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyasidan foydalanish, mohirlik va ustalik bilan o‘quvchi – yoshlarga katta hajmdagi kunlik,hayotiy, amaliy axborotlar to‘plamini yetkazish haqida ijodiy izlanishimiz, fikrlashimiz zarur.
Buni qanday tashkil etish maqsadga muvofiq!.. Har bir tarixiy sharoitda, har bir yangi mustaqil jamiyatda, yangi mafkura, ma’naviyat bo‘lganidek, o‘qitishning ham yangicha uslubi bo‘lishi shart. Bu bir qisqa vaqtda shakllanmaydi, albatta.Ilg‘or pedagogik tajriba, o‘zligimiz, qadriyatlarimiz shakllanishi borasida ta’lim tizimida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Endi lozim bo‘lsa, ilgarigidan farqli o‘laroq, ta’lim jarayonini erkinlashtirish, qat’iy qilib qo‘yilgan, muhrlangan etaplardan voz kechishi lozim. Eng asosiysi esa ta’lim jarayonida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘qishga, u yoki bu masalani hal etishni bosh maqsad qilib olib, uni eng oson, oddiygina uslublar bilan hal qilishga kirishishdir. Buning uchun ishni avvalo sinf o‘quvchilarining ruhiyatini, mijozini o‘rganishdan boshlash lozim. Darsga kirib, salomlashgandan so‘ng, bolalardan hol-ahvol so‘rashib, ya’ni pedagogik-psixologik jarayonni tashkil etib, yangi mavzunitng maqsadini reja asosida boshlashni maslahat bergan bo‘lar edik. Buni ko‘p tomonlari borki, har bir yangi darsda ma’lum axborot, xabar, tushuncha, yangi fikr, his-tuyg‘u, bilim beriladi. Har bir darsda mustaqil fikr, tushuncha, tafakkur bilimlar to‘plamiga ega bo‘ladi. Bu o‘qituvchining pedagogik mahoratiniga, san’ati, o‘z kasbiga layoqati va mayllariga bog‘liq.
Dastlab yangi dars mavzusini bayon etishni yana nozik bir tomoni, har bir yangi mavzu bayoni davomida bolalarga notansh so‘zligi, formula, tarixiy sana, tushuncha, fikr, axborot va hokazo. Ular xotirasidan mustaqil o‘rin olishi bosh maqsad qilib qo‘yiladi. Bu tajribalarda bir necha marta sinalgan. Ayniqsa, kimyoni o‘qitishda – bu uslub qo‘l keladi. Qayd etish lozimki, pedagogik-psixologik jarayondan so‘ng, birdaniga yangi mavzuga o‘tish osonlikcha kechmaydi. O‘qituvchidan katta mahorat, qunt, chidam va izlanuvchanlikni talab etadi.
Hozirgi ilm-fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytda maktablarda kimyo fanini mazmun jihatidan yangicha o‘qitish, bir tomondan, zaruriyat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabidir. Pedagogik texnologiya, ya’ni ta’limning yangi shakllarini shunday tanlash kerakki, kimyo bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari talablari bajarilsin, ko‘zlangan maqsadga erishilib, samaradorligi yuqori bo‘lsin. Shuning uchun o‘qituvchi kimyo fanining o‘ziga xos xususiyati, o‘quvchilar yoshi, bilim darajasi va mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda ta’lim usulini tanlash zarur. Hozirgi zamon darsi uchta maqsadni: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Ammo, o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda texnika va mehnatning roli tobora ortib borayotir.
Hozirgi zamon darsiga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo‘lishidir, ya’ni darsdan ko‘zlangan maqsad hamdja o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o‘rganilgan mavzu bilan bog‘lash, o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo‘ladigan jihozlarni belgilash va qo‘shimcha ko‘rgazmali qurollar bilan boyitish, qo‘shimcha axborot texnologiya (kompg‘yuter)laridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.
Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – ta’lim metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog‘lab olib borish samaradorligini oshirishdir. Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan yana biri, barcha didaktik vazifalar darsning o‘zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo‘lishi kerak. Dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O‘tilgan har bir darsning o‘quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija bermoqda.
Darsning tahlil qilinishida ko‘zlangan maqsadga erishildimi, o‘quvchilar qanday bilimga ega bo‘ldilar, qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi? Bunday tahlil darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etilishiga yordam beradi.
Quyida yuqoridagi darsga bo‘lgan talablarni hisobga olgan holda takomillashgan dastur va darslik asosida mazkur dars ishlanmasining blok-chizmasi bayon qilinadi.



Dars bosqichlari

vaqt

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O‘rganilgan materialarni takrorlash

15 minut

3

O‘qituvchining o‘quvchilar bilan suhbat asosida yangi mavzuni tushuntirishi

11 minut

4

Guruhlarda ishlash «Aqliy hujum» asosida yangi mavzuni tahlil qilish

7 minut

5

Guruhlarda ishlashni yakunlash

5 minut

6

Darsni yakunlash

3 minut

7

Uyga beriladigan topshiriqlar

2 minut

1.Tashkiliy qismda dars mavzusi va mazmuni haqida axborot beriladi.
2.O‘tilgan darsni takrorlash uchun beriladigan savollardan o‘qituvchi darsning boshlanishida muammoli vaziyatni vujudga keltirish uchun foydalanadi.
3.Yangi mavzuni tushuntirishda dars suhbat asosida olib borilib, o‘quvchilar mavzuni «Aqliy hujum» asosida o‘qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar.
4.Guruhlarning har birida o‘quvchilar «Aqliy hujum» asosida javob beradilar va boshqalar bilan birga dars yakunini chiqaradilar.
5.Uyga topshiriqlar bosqichida berilgan mavzu, masala yoki mashq qisman o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi.
Biz quyida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalanib dars o‘tishni tavsiya qilmoqdamiz (ko‘pchilik o‘qituvchilar foydalanadigan yoki endigina kirib kelayotgan metodlar).

Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish