Guruh talabasi mutalibova saodatning


I BOB. BADIIY SAN'ATLAR JILOSI. TAZOD



Download 111 Kb.
bet3/4
Sana15.08.2021
Hajmi111 Kb.
#148346
1   2   3   4
Bog'liq
NAVOIY LIRIKASIDA TAZOD SAN’ATI

I BOB.

BADIIY SAN'ATLAR JILOSI. TAZOD.

She’riy san'atlar mumtoz adabiyotimizda qofiya ilmi kabi alohida ilm sifatida o'rganib kelingan. V.Belinskiy shunday degan edi: “She'riyat- bu, olam hayotining tirik tomiri , uning qoni, uning olovi, uning shu'lasi va quyoshidir"8. Bu ilm arablarda “baloğat ilmi", turkiy va forsiylarda “ilmi sanoye"- san'at ilmi deb o'rganilgan. She’riy san’atlarga she'rni ta'sirchanligini, badiiyligini, qimmatini oshiruvchi vosita sifatida qaralgan. Bu haqida alohida ilmiy asarlar ham yaratilgan. Jumladan, Rashididdin Votvotning “Haqoyiq us-sehr fiy dahoyiq ush-she'r" asarida bu haqida alohida to'xtalib o'tilgan. Xudoydot Taroziyning “F“unun ul-balog'a" asarida 100ga yaqin she’riy san’atlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

She’riy san’atlar 3ta tavsifiy guruh bo'yicha o'rganiladi:

1. Lafziy san'atlar.

2.Ma'naviy san’atlar.

3. Lafziy-ma'naviy san'atlar. (Harfiy san'atlar).

Lafziy san’atlar- so'zning shakli bilan boğliq holda vujudga keladigan san'atlar.

Ma'naviy san’atlar-so'zning mazmuni va ichki o'ziga xos xususiyatlari asosida vujudga keladi.

Lafziy-ma'naviy san’atlar. She'riy san'atning ushbu turida so'zning shakliga ham, uning mazmuniga ham e'tibor beriladi.

Lafziy san'atlar, she'riy nutqdagi so'zning tovushi bilan boğliq bõlib, ko'proq shakl hodisasi sifatida namoyon bo'ladi. Ammo uning ham o'z shartlari mavjud. “Bilginki,lafziy go'zalliklarning asosi uldirkim, albozni ma'noga tobe qilgaylar", deb ta'kidlaydi Atoulloh Husayniy.



9

Lafziy san’atlarga quyidagilar kiradi:

1. Tajnis.

2. Iyhom.

3. Tanosub.

4. Ishtiqooq.

5. Tazod.

6. Ta'dil.

7. Radd ul ajuz.

8. Tardu aks.

9. Jam'.

10. Taqsim.

11. Tafriq.

12. Takrir.

13. Mukarrar.

14. Talmi'.

15. Muvozana.

16. Tarix.

17. Raddi matla'.

18. Insho.

Ma'naviy san’atlarga esa quyidagilar kiradi:

1. Mubolag'a.

2. Tashbeh.

3. Tamsil.

4. Husni ta'lil.

5. Tajohili orif.

6. Tashxis.

7. Intoq.

8. Talmih.

9. Laff va nashr.

10. Ruju'.

11. Istiora.

12. Muqobala.

13. Kinoya.

14. Irsoli masal.

15. Tazmin.

16. Savolu javob.

17. Iqtibos.

18. Iltifot.

19. Muammo.10

Yuqoridagilar adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmedov tasnifi hisoblanadi. U she'riy san’atlarni faqatgina 2ga: ma'naviy va lafziy san’atlarga bo'lgan. Atoulloh Husayniy esa yuqorida aytib òtganimizdek, she’riy san’atlarni 3ga: lafziy, ma'naviy va lafziy-ma'naviy san'atlarga bo'lgan. Shunga mutanosib ravishda she’riy san’atlarni guruhlarga bo'lishda ham ko'zga ko'rinarli farqlar mavjud. Masalan, Atoulloh Husayniy “Kitobat" ya'ni harfiy san'atni alohida guruh- lafziy-ma'naviy deb tasniflagan11 bõlsa, Anvar Hojiahmedov esa uni lafziy san’atlar guruhiga kiritib ketgan.12 Bunga o'xshagan misollar yana talaygina. Badiiy san'atlarni o'rganish sohasida Atoulloh Husayniy, Anvar Hojiahmedov, V. Rahmonovlarning hissalari juda katta.

V. Rahmonov “O’zbek tili va adabiyoti “ jurnali 2014-yil 5- sonida “Jajji tadqiqot “ rukni ostida “ Munisning badiiy mo'jizasi" hamda “Til va adabiyot ta'limi” jurnalining 2019-yil 5-sonida “ Alisher Navoiyning badiiy mo'jizasi" nomli maqolalarni e'lon qildi. “Unda Alisher Navoiy badiiy san’atlarning deyarli barchasidan oqilona foydalangan”13 deb yozilgan.

Ming yillik tarixga ega bõlgan adabiyotimizda badiiyat masalasi har doim she'r ahlining diqqat markazida bo'lgan. U yoki bu san'atkor haqida so'z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga

e'tiborqaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she'riy san’atlardan foydalanish mahorati hamma davrlarda ham badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.

She'riy san’atlar badiiy asarda ifodalangan g'oyalarning hayotiyroq, ta'sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalanishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta'minlashga xizmat qilgan. U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu asarga baho berilar ekan,ijodkor ifodalayotgan g'oya o'z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, ma'rifiytarbiyaviy muammolar mohiyati va ko'lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qo'llangan she'riy san’atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi o'rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida e'tibor qilingan.

Badiiy san’atlardan tazod ham she'rga o'zgacha badiiy nafosat baxsh etuvchi san'atlardan biri hisoblanadi. Endi u haqida to'liqroq ma'lumotga ega bõlsak. TAZOD (qarshilantirish) - zid tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarni (ma'lum maqsadda) bir-biriga bog'lab qo'llash usuli.14

Tazodda bir-biriga zid narsa va tushunchalar to'qnashtiriladi, ayni chog'da, bir-biriga zid tushunchalarni o'zida mujassamlashtirgan ob'yektning mohiyatini g'oyatda ochish va unga nisbatan kishi qalbida faol munosabat uyg'otish ko'zda tutiladi. Tazod qisman antiteza usuliga ham o'xshaydi- ularning har ikkalasida ham birbiriga zid tushunchalar yuzlashtiriladi, ayni paytda, ularning bir-biridan farqli jihatlari bor: antitezada to'qnashuvchi bir-biriga zid narsalar ikki mustaqil manbadan kelib chiqsa, tazoddagi to'qnashuvchi bir-biriga zid narsalarning kelib chiqish manbayi yagona: bir narsa ham yaxshilikning, ham yomonlikning kelib chiqishini o'z ichiga qamrab oladi. Chunonchi, mashuqa mujgonlaridan o'q otib oshiqni halok etsa, la'l lablari bilan unga hayot baxsh etadi, deylik. Demak, yomonlik (o'ldirish) va yaxshilik (hayot baxsh etish) bir-biriga zid tushunchalar to'qnashadi, ammo, ayni paytda, har ikkala xislatning ham manbayi bir - ma'shuqa. Tazod mana shudir. Tazod sheriyatda ham nasrda ham qo'llanaveradi. Tazod yana “mutoqiba" , “ mutazod" deb ham yuritiladi. Tazod asosan, tilshunoslikda antonimlar deb yuritiluvchi guruh so'zlaridan hosil qilinadi. Yoki aksincha, ma'nosi bir-biriga zid so'zlar bo'lmasa ham matnda yoki she'rda bir-biriga zid tushunchalar sifatida qõllanishi mumkin. Bu esa yuqorida ⁶ta'kidlaganimizdek, yozuvchi mahoratiga, obrazni qanchalik ta'sirchan qilib chiqarib berishiga bog'liq. Tazod ham boshqa she'riy san’atlardan farq qilmagan holda, she'rning badiiy qimmatini, jozibasini, nafosatini oshirishga xizmat qiladi. Buni quyidagi misollar orqali ko'rib o'tamiz.

Navoiyning quyidagi baytiga nazar solsak:

Gahe topdim falakdin notavonlig`,

Gahe ko'rdum zamondin komronlig'.

Base issig'-sovug' ko'rdim zamonda,

Base achchiq-chuchuk totdim jahonda.15

“Notavonlig`-komronlig' “, “issiq-sovuq", “achchiq-chuchuk" so’zlari vositasida tazod yaratilgan. Tazod dastlab folklor va qadimiy badiiy adabiyotda ishlatilgan. Navoiy asarlarida yuksak she'riy san’at sifatida taraqqiy etgan. Keyingi davrlarda ham bu badiiy san’at ham boshqa badiiy san'atlar qatori shoir va yozuvchilar qalamida rivojlanib yanada sayqal topib borgan.

II BOB

NAVOIY ASARLARIDA “TAZOD" SAN'ATINING TUTGAN O’RNI

Alisher Navoiy lirikasi o'rta asrlar o'zbek lirikasining eng yuksak bosqichini tashkil qiladi. Ulug' shoir o'zigacha rivojlanib kelgan lirik she’riyatni mavzu, g'oya, vazn badiiy uslub jihatlarini ulkan mehnat va mahorat bilan misli ko'rilmagan darajada takomillashtirdi.

Navoiy turkiy va forsiy tillarda birday mahorat bilan qalam tebratgan zabardast zullisonayn shoir edi. Ammo turkiy tilda she'r bitishda hech kim Navoiydek kamolot qozonmagan. Navoiyning:

“Orazin yopqoch ko'zimdin sochilur har lahza yosh, Bo'ylakim, paydo bo'lur yulduz nihon bo'lg'och quyosh”16

bayti bilan boshlanuvchi g'azaliga mavlono Lutfiy bergan bahodan kelib chiqadigan bo'lsak, shoir bu davrda 14-15yoshlarda edi. Demak, Alisher 1455-1456- yillardayoq shoir bo'lib yetilgan.

Shoirning sakkizta devoni mavjud. Shulardan yettitasini rasmiy devon uslubida bevosita Navoiyning o'zi tuzgan. Dastlabki devonni uning mashhur bo'lib ketgan she'rlarini jamlab, shoirning zamondoshlari, muxlislari tuzgan.

Alisher Navoiy o'zi tuzgan birinchi rasmiy devonini “Badoe ul-bidoya" (“Go'zallikning boshlanishi"deb nomlagan. Bu devon 1469-yildan keyin ya'ni Husayn Boyqaro saltanatni qo'lga kiritgandan so'ng, uning topshirig'i bilan tuzilgan.

Ikkinchi rasmiy asarini Alisher Navoiy “Navodir un-nihoya" (“Nihoyasiz nodirliklar") deb atadi. 1480-1487-yillar oralig'ida tuzgan bu devoniga shoir birinchi devoni yozilganidan keyingi yozgan barcha o'zbekcha she'rlarini kiritdi.

Alisher Navoiy 1492-1498-yillar mobaynida oldingi rasmiy devonlariga kirgan va keyinchalik yaratilgan she'rlarini hamda muayyan sabablarga kõra, avvalgi devonlariga kirmagan o'zbekcha she'rlarini jamlab, to'rt mustaqil devondan iborat lirik kulliyoti- “Xazoyin ul-maoniy" (“Ma'nolar xazinasi")ni yaratdi. Ushbu lirik kulliyot ulug' shoirning butun umri mobaynida yozgan, 16 ta lirik turga mansub ellik ming misradan ortiq qariyb hamma o'zbekcha she'rlarini qamrab oldi.

Alisher Navoiy umrining oxirlarida “Foniy” taxallusi bilan forsiy tilda yaratgan o'n ikkiming misradan ortiq she'rlarini to'plab, “Devoni Foniy” (Foniy devoni)ni yaratdi.

Alisher Navoiy lirikasida haqiqat, jamiyat, vatan, komil inson, ma'naviyat, axloq sohalarining sanoqsiz muammolari chuqur badiiy tahlil etilgan. Uni o'qib-o'rganish boy mumtoz adabiyot bulog'idan qonibqonib ichmoqlik biz, yoshlarning burchidir.

Navoiy lirikasi, umuman, Navoiy sheriyatini ulkan bir ummonga o'xshatsak bo'ladi. Uning tubiga hech qachon yetib bo'lmaydi. Qancha tubini kovlagan sari hech qachon tubiga yetib bo'lmaydi. Uning tubida rang-barang dur-marvaridlar jilosi odamni o'ziga tortadi. Biz ham shu dur-marvaridlar jilosiga maftun bo’lib, ummon tubiga bir nazar tashlamoqni xohladik.

O'zbek mumtoz adabiyotida necha xil she’riy san’at mavjud bo'lsa, ularning barchasini Navoiy lirikasida uchratishimiz mumkin. Jumladan, eng ko’p qo'llangan she’riy san'atlardan biri-bu, tazoddir. Masalan, quyidagi misol ham fikrimizning yaqqol dalilidir:

Shahlar, demangki, qullug'ima bo'ldi munxarit,

Gar qullaringning o'rtasida topsam inxirot.

Ma'nosi: “Shohlar, agar men qullaringning orasida makon topsam, u menga qulluq qilmoq uchun qullar bilan aralashdi demagin”117

Ushbu baytda Navoiy “shahlar-qullaring" so'zlari orasida o'zaro zidlash orqali tazod san’atini yuzaga keltirgan. Ya'ni shoh-mamlakat hukmdori, boy shaxs va gado-hech vaqosi yo'q kimsalar orqali tazod yuzaga kelgan.

Agarchi dardsiz o'lmas davo valek mening Bu dard istagimdin emas davo malhuz.

Ma'nosi:

“Bu dunyoda davosiz dardning o'zi bo'lmaydi, lekin men dardimning davosi haqida eslashni ham xohlamayman”.18

Navoiy “Devon'ining “ Ze” harfining zariflarining zuhuri” bobidan olingan ushbu parchada Navoiy agar tilshunoslik nuqtayi nazaridan oladigan bo'lsak, “dard” va “davo" so'zlari orqali antonimlikniyuzaga chiqargan va bu o'z-o'zidan tazod san'atini shakllantirgan.

Navoiy nafaqat g'azallari, balki barcha lirik janrlarida tazodning go'zal namunalarini yarata olganki, biz quyida barchasiga guvoh bo'lamiz. U nafaqat o'zbek tilida, balki, fors-tojik tilida ham barakali ijod qilganligi hech kimga sir emas. U “Devoni Foniy" dagi g'azallaridan birida shunday baytni qo'llagan:

Gar dam zadani mo buvad az mehri tu chun subh,

Sad shom siyahro'z shavad az nafasi mo.

Ma'nosi:


Biz bamisoli tong misol sening mehringdan nafas olamiz

Shuning uchun yuz qora shom nafasimizdan yorigay.19

Bu fors-tojikcha baytda Navoiy “tong" va “shom" so'zlari orqali “tazod" san'atini yuzaga keltirgan.

Navoiyning ruboiylariga to'xtaladigan bo'lsak, ruboiylarida ham tazodning bir-biridan ajoyib namunalariga duch kelamiz. Masalan,

Ko'k po'yav-u sayr ila talabgor sanga Kun sorg'oribon ishqda bemor sanga,

Oy dog’ ila qulluq aylab izhor sanga,



Tun anjumi naqdidin xaridor sanga.20

Ushbu ruboiy a-a-a-a shaklida yozilgan bo'lib, Navoiy “kun" va “ tun" so'zlari orqali antonimlikni yuzaga chiqargan va tazod san'ati shakllangan.

Tuyuqlar! Navoiy barcha janrlarda yarata olganidek, ushbu janrda ham tazod yaratishda ustomonlikni qo'ldan boy bermagan.

La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur, Qoshi qaddimni jafodin yo qilur. Men vafosi va'dasidin shodmen, Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur?21

Ushbu tuyuqda Navoiy “jafo” hamda “vafo" so'zlari orqali tazodning go'zal namunasini yarata olgan desak, hech mubolag'a bo'lmaydi. Tuyuq o'zi boshqa janrlarga qaraganda murakkabroq janrdir. Uning murakkabligi shundaki, u yozuvchidan qanchalik ustomonlikni, topqirlikni (ya'ni, so'zlarni o'rnida bir-biriga o'xshash va mosini topib qo'llash lozim) talab qilsa, o'quvchidan ham shunchalik zukkolikni, hozirjavoblikni talab qiladi. Boshqacha qilib tuyuqni “so'z o'yini” desak ham bo'ladi. Tuyuqda tazodni ham qo'llash uning murakkabligini yanada oshiradi, o'quvchini fikrlashga undaydi.

Endi esa Navoiyning fardlariga yuzlanamiz. Quyida bir misolni ko'rib o'tsa

Tindirur boy-u chig'oyni hokimi ravshan zamir, Yoritur obod ila vayronani mehri munir.

Ma'nosi: Yaxshi hokim boyni ham, kambag'alni ham norozi qilmaydi, Quyosh nuri ham obod joyni ham vayronani ham yoritadi.22

Navoiy aytmoqchiki, agar hokim adolatli bo'lsa, boyga ham, kambag'alga ham birdek qaraydi, xuddi quyosh obod joyga ham, vayrona joyga ham birdek nur sochgani kabi. Ushbu fardda Navoiy “boy" va “chig'oy" so'zlari hamda “obod" va “vayron" so'zlari orqali tazod san'atini yuzaga keltirgan. Navoiyning qit'alari ham o'ziga xos ohangga, o'ziga xos musiqiylik va nafosatga ega.

Agar oqil ersang, uzgin jahon ahlidin ulfatkim, Alardin juz jafo kelmas, agar yuz yil vafo qilsang. Biriga yuz Xito mulki xirojin aylasang isor, Xatosiz qasdi joning qilg’usidur, gar xato qilsang.23

Qit'a taomilga ko'ra, ixcham shaklda yozilgan. Tegishli talablarga ko'ra mazkur ikki baytning toq misralari ochiq qolgan, juft misralari esa o'zaro qofiyalangan. Qofiyada “vafo" hamda “xato" so'zlari ishtirok etgan. Bu qofiyalar radif (“qilsang") bilan birga qo'llangan. Agar radiflarda takrorlanayotgan so’zning poetik mantiqni ta'kidlash vazifasiga egaligini hisobga oladigan bo'lsak, shoirning muddaosini anglash oson kechadi.

Eng avvalo, she'rning mavjud ijtimoiy muhitdagi alohida kishilarga mo'ljallanganini e'tirof etish kerak. Bu tasodifiy emas. Gap olam va undagi insonlar hayoti, o'zaro munosabatlari ustida bormoqda.

Bu olamdagi odamlarning aksariyati bir xil xususiyatga ega. Ularni farqlash, ajratish uchun esa insondan boshqacharoq xislat va fazilatlar talab etiladi. Mutafakkir adabining nazarida bu “oqillik" bilan belgilanadi. “Oqil" so’zining kelib chiqishi aql bilan aloqador. Demak, uni “aql egasi” deb tushunishimiz mumkin. Shuning uchun ham adib aynan shu toifaga murojaat qilgan.

Albatta, qit'ada shoirning o'ziga xos bir kayfiyati, ozurda qalbning iztirob chekayotgan lahzalari aks etgan. Shuning uchun ham u ko'ngilga ozor yetkazadigan ulfatlarning biri yoki ko'prog'i tufayli barchadan ham ko'ngli qolgan holatni tasvirga tortgan. Jahon ahli bilan ulfatchilikdan ko'ngil uzish kerakligi haqida xulosa jiddiy, qat'iy va shafqatsiz bir tus olgan.

“Tazod” san’atining qo'llanganligiga kelsak, “jafo" hamda “ vafo" so'zlari orqali o'zaro qarama-qarshilik hosil bo'lgan va “tazod “ san'ati vujudga kelgan.

Biz Navoiyning ba'zi bir lirik asarlarini tahlilga tortdik. Ammo, uning barcha asarlarini tahlil qilish uchun bir insonning umri judayam qisqalik qiladi.

Navoiy asarlari har doim tahlil talab qiluvchi asarlardir chunki, Navoiy asarlarini hech kim hech qachon tahlil qilib tugata olmagan va oxiriga yeta olmagan. Navoiy asarlarini eski o’zbek tilidan tabdil qilgan hech bir olim yo’qki, uning oxiriga yeta oldim degan. Yoki bir nechta, hatto 2ta olim yo’qki, Navoiyning asarlarini bir xil tabdil qilgan. Chunki, uning shunchalik serqirra ma’noga ega mazmuni borki, bu holat 2ta bir xil tabdilning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaydi.

O’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bevosita Navoiy hazratlarining izdoshi Zahiriddin Muhammad Bobur Turkiy tilni qayta tiriltirgan shoir haqida shunday degan edi:

“Turkiy til bila to she’r aytibdurlar,hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas”-deb yozgan.

Navoiyning zamondoshi, uning do’sti, mamlakat hukmdori, “Husayniy” taxallusi bilan qalam tebratgan ijodkor Husayn Boyqaro esa shunday deb yozgan edi:

“Mir Alisher turk tilining o’lik jasadiga Masih nafasi ila jon ato etdi” deb ta’kidlagan.

Navoiy tom ma’noda tiriklik davridayoq afsonaga aylanib ulgurgan buyuk shaxsdir. Bugungi kungacha ham unga qanchadan ancha ta’rifu tavsiflar berilgan bo’lasa-da, hech biri mukammal emas.

Navoiyning boy ijodi bugungi kunda yosh avlod uchun hayot maktabi vazifasini o’taydi. Uning asarlarini lingvistik, badiiy jihatdan tahlil qilar ekanmiz, biz talaba yoshlar Navoiy ijodi naqadar betakror va jozibali ekanligini anglay boshlaymiz. Qalbimizda buyuk ajdodlarimiz ijodiga bo’lgan mehr yana bir bor oshadi.

Taniqli akademik olim, tasavvufshunos, qaysidir ma’noda navoiyshunos olim Ibrohim Haqqulov Navoiyning ijodi haqida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan edi:

“Hazrat Navoiyning asarlarini- g’azallari, tuyuqlari, qit’alari, ruboiylari, dostonlari, umuman uning ijodini to’la tahlil qilish, barcha ma’nolarini ochish- ignaning teshigidan tuyani o’tkazish bilan tengdir”24.

XULOSA.

Millatimizning g'ururi va iftixori bo’lgan o’zbek tilining sofligini saqlab, xalqaro maydondagi nufuzini oshirib dunyo miqyosida rivojlantirish uchun davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati kattadir.

So'nggi yillarda milliy qadriyatlarni tiklash, ona tili va adabiyot tarixi bilan bog'liq ma'naviy kamolotga erishish masalalariga katta e'tibor berilmoqda.

Ulug' shoir va mutafakkir Alisher NavoiySharq Renessansi yirik namoyondasi sifatida jahon svilizatsiyasi tarixida, ayniqsa turkiyzabon xalqlar madaniy va ma'naviy hayotining rivojida alohida o'rin tutadigan yorqin shaxs bo'lib, u o'z asarlarida ma'naviy poklik, xalqparvarlik va ma'rifatparvarlikni kuylab, o'z avlodlariga katta adabiy-falsafiy va ilmiy meros qoldirdi. Alisher Navoiy lirik poeziyani nafaqat tematika va g'oyaviy mazmun, balki badiiy jihatdan ham yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'tardi. Poetik asarlarining har birida shakl va mazmunuyg'unligini ta'minladi. Xilma-xil janrlarda sho'rolar bitdi va takomiliga katta hissa qo'shdi.

Shoirlar sultoni shu ta'rifga munosib ravishda badiiy tasvir va tavsifni oliy ko'rinishlarini yaratdi. Lirik hissiyotini to'laroq va mukammalroq ifodalash, asarning kompozitsion izchilligini, mantiqiy va she'riy tafakkurning uzviyligini yuksak maqomga yetkazish maqsadida tazod san’ati vositasidan ham mohirona foydalandi.

Tazod san'ati ma'naviy san'atlar ichida izchil va mudom murojaat etiladigan leksikstilistik vositalardan biridir. Ishbu san'at klassik adabiyotda-mutohiba, tiboq, takofu, ittizod, muttazod kabi nomlar bilan ham atalib kelingan. Tazod san’atining hozirgi adabiyotshinoslikka oid lug'atlarda antiteza degan ta'rifi ham bor. Bu san'at haqida poetikaga doir yozilgan asarlarda va shu mavzuga bag'ishlangan maxsus ilmiy maqolalarda qimmatli ma'lumotlar berilgan. Tazod san'ati-zid ma'noli so'zlar asosida yaratilgan kuchli emotsional-ekspressiv va stilistik vositadir. Bu she'riy san'at voqea-hodisalarning, predmet va narsalarning belgi-xususiyatlari, harakatning bajarilish holatini bir-biriga qarshi qo'yish demakdir. Tazod san’ati tasvirni bo'rttirib ifodalash, fikrni ixcham va ta'sirli bayon qilishda muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, biror bir nazm yoki nasr san'atkorining so'z qo'llash mahorati, badiiy uslubini o'rganishda tazod san’atining o’rni benihoya ulkandir. Tazod san’ati barcha Sharq klassiklarining ijodidan o'rin olgan. Navoiy ham bu san'atni asarlarida alohida muhabbat bilan ifoda etgan.

Sharq adabiyotida poetik san'atlar asarning badiiy qimmatini oshirishga xizmat qiladi. She'riy asarlar g'oyaviy yetuk, mazmunan rang-barang bo'lishida undagi poetik san'atlarning o'z o'rnida ishlatilishi ham juda muhim. Inchunun, badiiy vositalar so'z san'atkorlarining maqsadini aniq, yorqin, jozibali va obrazli tasvirlashga, ayni paytda asar yadrosiga yashiringan fikratni kitobxonga shuuran tez yetib borishini ta'minlaydi. Shunday ekan, Navoiyning sehrli va sirli olamiga zavq-u shavq, kayhoniy lazzat, adabiy hikmatlar qidirib tashrif buyuruvchilar safi yildan yilga, davrlardan davrlarga kengayaveradi.


Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish