Guruh talabasi xolmirzayeva marjona


Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа оrаliq xоtirа



Download 42,25 Kb.
bet5/9
Sana07.07.2022
Hajmi42,25 Kb.
#753342
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XOLMIRZAYEVA MARJONA kurs ishi

1. 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа оrаliq xоtirа.
Izchil obrazlar. Sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuzilgandir: agar subyekt (shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan, 10—15 sek. yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiriluvchi oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday geomet-rik shakl izini ko‘rishda davom etadi, asosan, bu shakl ko‘k-yashil rangda tovlanadi. Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15 sekunddan to 45—60 sekundgacha o‘sha obyektda sakdanib turadi, shundan so‘ng u asta-sekin oqara boshlaydi; natija-da o‘zining aniq konturini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi, goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan paydo bo‘lishi mum-kin. Odamlarning individual-tipologik xususiyatlariga qarab, iz-chil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatdan izchil obrazlar sal-biy va ijobiy turlarga bo‘linadi. Agar izchil ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u holda obyektda ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday tuyuladi. Izchil obrazlar-ning ushbu turi salbiy izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘i xonada ko‘z oldida bir narsa, masalan, qo‘l yaqinlashtirilsa, so‘ngra qisqa muddatli (0, 5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davo-mida narsalarning aniq obrazlarini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi. Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Ushba ruhiy holatni ong bilan boshqarib bo‘lmaydi, chunonchi, xohishlarga qarab uzaytirish, ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mum-kin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihati bilan farq qiladi. Izchil obrazlarni eshitish, teri orqali sezishda kuzatish mum-kin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishi va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi. Eydetik obrazlar. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eyde-tik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan («eydos» — yunoncha «obraz» degan ma’noni anglatadi). Xotiraning bu turi, ya’ni eyde-tik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixologiya maktabining namoyandala-ri aka-uka Yyenishlar tomonidan ta’riflab berilgan. Ba’zi odam-larda, ayniqsa, bolalik va o‘smirlik, o‘spirinlik davrlarida kuza-tilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega. Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarini ku-zatish mumkin. Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tek-shirilib ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 daqiqa davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonda ayrim tekshiriluvchilar bironta savolga javob bera olma-gan bo‘lsalar, aniq eydetik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasm-ni ko‘rishda davom etayotganday har bir savolga aniq javob berishga erishganlar. Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning izlari yo‘qo-lib ketgan bo‘lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siy-mosi qayta tiklanishi mumkin. Sobiq sho‘ro psixologiyasi fanida eydetik obrazlarning namoyon bo‘lishi hodisasi (yorqin eydetik xotiraga ega bo‘lgan kishining psi-xologik xususiyatlari) A. R. Luriya tomonidan ko‘p yillar davomida o‘rganilgan. Eydetik xotiraning individual-tipologik xususiyatla-ri chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatchanlik xusu-siyatiga ega bo‘lib, subyektning oldiga qo‘yilgan vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Aka-uka Yyenishlar tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eyde-tik xotiraga ega bo‘lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzokroqda joylashgan ilgak tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm o‘rtadan bo‘lib qo‘yilgandan keyin tekshiruvchidan olmani olish istagi kuchayib borayotganligi so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshi-riluvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilgak olmaga yaqin-lashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obraz harakatchan bo‘lib, subyektning ruhiy ko‘rsat-masi ta’siri ostida sifat va mikdor o‘zgarishga yuz tutadi. Eydetik obrazlar, ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalik va o‘spi-rinlik davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan uning izlari asta-sekin so‘na boradi.


Download 42,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish