Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o'zgarishlar: a) qadimgi turkiy tilda r, 1, v, g' (g), z, d. p undoshlari so'z boshida qo'llanmagan. Eski o'zbek adabiy tili va hozirgi o'zbek adabiy tilida esa bu tovushlar («р» dan boshqalari) so'z boshida ham ishlatiladi; b) m undoshi qadimda so'z boshidagi «Ь» ning varianti sifatida qo'llangan, BEN — «теп» [ 105, -94], MEN - «men» [105, -340], Bip — «rning» [105, -101 ], Mip - «ming» [105, -344| kabi; so'z o'rtasida va oxirida esa mustaqil fonema bo'lgan: Qabaq - «qovoq» [105, -399], Qamaq — «butun», «barcha», «to'la» [105, -414); TAM - «devor» [105, -523|, «uy» [107, 3-t., -151 [, TAB - «Тор» [105, -5251. Lining mustaqil fonema sifatida so'z boshida qo'llanishi eski o'zbek tilida birqadar uchrab turadi, hozirgi o'zbek adabiy tilida esa uning so'z boshida qo'llanishi ancha keng tarqalgan;
qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar so'z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o'zbek tilida ham saqlangan, ammo hozirgi o'zbek adabiy tilida esa undoshlaming so'z voki bo'g'in boshida qatorlashib kelishi me’yoriy holatga aylangan; bu hodisa o'zbek tiliga ms tilidan o'zlashtirilgan so'zlarga xos (brom, professor, shkaf traktor, trolleybus, tramvay kabi);
qadimgi turkiy tilda undosh tovushlarning so'z oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp («mergan ovchi»), art («yelka») kabi. Eski o'zbek tilida undosh tovushlarning so'z oxirida qatorlashib kelishi biroz ko'paygan (fors-tojik va arab tillaridan so'z o'zlashtirish hisobiga): do'st (forscha o'zlashma), hamd(arabcha o'zlashma: «maqtov»), g'isht (tojikcha o'zlashma), go'sht (tojikcha o'zlashma) kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bo'g'in yoki so'z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi ms tili orqali
Qarang: Abduazizov A. O zbek tili lonologivasi va inorfonologivasi. — T.: «O'qituvchi». 1992. 19-20-b. ' '
o‘zlashgan so'zlar hisobiga ancha ko'paygan: boks, kodeks, kort, iks kabi;
qadimgi turkiy va eski o'zbek tillarida so'z oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi (geminatsiya) bo'lmagan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning so‘z oxirida qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ball kabi ruscha-baynalmilal o'zlashmalar buning dalilidir;
qadimgi turkiy tilda so'zning birinchi bo'g'inidan keyingi bo'g'inlari faqat undosh bilan boshlangan: o-na, o-ta, o-g'a, i-ni, bo-la kabi. Bu hoi so'z tarkibida ikki unlining yonma-yon kela olmasligiga sabab bo'lgan. Eski o'zbek tilida arab tili o'zlashmalarining paydo bo'lishi bu qonuniyatga chek qo'ygan: saodat, oila, maorif, soar, foil, mutolaa kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik o'zlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan: biologiya, zoologiya, geometriya, geografiya kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |