H. T. Tursunov, T. U. Raximov ekologiya o’quv qo’llanma Toshkent


Nazorat savollari va topshiriqlar



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/89
Sana13.05.2023
Hajmi3,1 Mb.
#938080
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Bog'liq
Ekologiya. Tursunov H.T. Raximov T.U.

Nazorat savollari va topshiriqlar
1 .Qanday hayot muhitlarini bilasiz ?
2. Qanday ekologik omillami bilasiz?
3. Cheklovchi omillar nima?
4. Fotoperiodizm nima?
5. Suv ekologik omiliga nisbatan o’simliklar va hayvonlar qanday 
ekologik guruhlarga bo’linadi?
6. Poykiloterm va gomoyoterm organizmlar to’g’risida nimalami 
bilasiz?
7. Edafik omil nima?
8. Galofit nima?
9. Hayot formasi yoki shakli deganda nimani tushunasiz?
10. Qanday hayot formalari klassifikatsiyalari mavjud?
11. O’simlik va hayvonlaming qanday hayot formalari bor ?
12. Suvda yashovchi hayvonlar nima deb ataladi ?
30


4-Bob. POPULYATSIYALAR EKOLOGIYASI
4.1 Populyatsiya haqida tushuncha
Populyatsiya deganda biz ma’lum territoriya yoki akvatoriyani 
egallagan bir tur doirasidagi individlaming birlashmasini tushunamiz.
Populyatsiyalar ekologiyasining ob’ekti qilib butun ekosistema, 
ya’ni o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyatsiyalarining 
barqaror kompleksi va ular egallab turgan territoriya yoki akvatoriyasi 
olinadi. Bu esa sistemali yondashish deyiladi. Ekologiyada bir necha 
yondashish mavjud bo’lib, ular ichida qabul qilingani ekosistemali va 
populyatsiyalami o’rganib yondashishlaridir. Ulardan birinchisi asosiy 
e’tibomi ekosistemaga, ikkinchisi esa populyatsiyaga qaratadi. Demak, 
ular orasidagi farq ob’ektida. Populyatsiyali yondashishda asosiy 
ahamiyat turga, ayniksa xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan turga beriladi. 
Bu turlar qishloq xo’jalik zararkunandasi, yoki kasallik tarqatuvchi 
yoki muhofaza qilinishi lozim bo’lgan noyob turlar bo’lishi mumkin. 
Populyatsiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch. Elton bo’lib, 
populyatsiyalar ekologiyasi fani 1930-yilda vujudga keldi. Ch. Elton 
o’zining «Hayvonlar ekologiyasi» kitobida ayrim organizmlami 
o’rganishdan populyatsiyalami o’rganishga o’tish kerakligini aytgan. 
Chunki bu darajada moslashish va boshqarish yaqqol ko’rinadi, bunda 
asosiy masala populyatsiya sonining dinamikasi hisoblanadi. 
Populyatsiyalar to’g’risidagi ma’lumot populyatsion genetikada paydo 
bo’lib, sistematikada tur murakkab sistema deb qaralganidan key in 
rivojlana 
boshladi. 
Amaliy 
ehtiyojlar 
ham 
populyatsiyalar 
ekologiyasining 
rivojlanishiga 
sabab 
bo’ldi. 
Populyatsiyalar 
ekologiyasining 
rivojlanishiga 
S.A.Severtsov, 
S.S. 
Shvarts, 
N.P.Naumov, 
G.A. Viktorov katta hissa qo’shdi. 
O’simliklar 
populyatsiyasini o’rganishga Sinskaya Y.N. (1948), T.A.Rabotnov., 
A.A.Uranov asos soldi. S.S.Shvartsning «Hozirgi ekologiyaning 
uslublari» nomli asarining birinchi qismida «Ekologiya populyatsiyalar 
to’g’risidagi fan» deyilgan, populyatsiya esa hayvonlar uchun asosiy va 
birdan bir yashash formasidir deyilgan. 
Populyatsiyani 
o’rganishda ikkita metodologik yondashish mavjud: birinchisiga 
muvofiq, dastlab organizmlaming xususiyatlaridan kelib chiqdi, keyin 
ular populyatsiyaning xususiyatlari bilan bog’lanadi. Ikkinchisiga 
binoan populyatsiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bog’lanadi 
deb ta’kidlanadi. 
Populyatsiya, bir butun sistema shaklida, tashqi
31


omillar bilan bog’langan holda o’rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada 
«populyatsiyalar biologiyasi» sohasi mavjud. Bunda, populyatsiyaning 
joydagi roli konsument, produtsent va redutsentlar, har xil yoshdagi 
jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli o ’rganiladi. 
Ekologik yondashish populyatsiyalaming muhit fizikgeografik 
omillariga moslashishini o ’rganish bilan birga, biotik bog’lanishlarga 
bog’liq organizmlaming ko’payish va boshqa organizmlar bilan 
ekosistemada birga yashashini ham o’rganadi.
Ekologik yondashishda quyidagilar o ’rganiladi:
1) populyatsiyaning ekologik strukturasini maxsus o’rganish;
2) populyatsiyalaming tur ichidagi bir-biroviga bog’liqligi va 
ta’sirini o’rganish;
3) tashqi muhit o ’zgarishiga bog’liq makon va zamonda 
populyatsiyadagi genotipik tarkibining o’zgarishini o’rganish.
Populyatsiya - bu tabiiy tarixiy, genetik evolyutsion sistemadir. 
Populyatsiyalar ekologiyasi katta ahamiyatga ega bo’lgan hayvon va 
o’simliklami ko’paytirish yo’llarini topish maqsadida vujudga keldi. 
Bunda, har xil parazitlar, kasal tarqatuvchi organizmlar hisobga olinadi.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish