Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga EGA



Download 155,39 Kb.
Sana18.04.2023
Hajmi155,39 Kb.
#929667
Bog'liq
Ma\'lumot-axborot hujjatlari. Ishonchnoma. Tilxat



Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.


Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.

Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi.


Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, bo‘lim va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningaek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning hujjati bo‘lmaydi.
Ariza bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, yoki keng jamoatchilikni o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi—fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo'llaniladi

Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o'quv yurtlariga kirish yoki muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo'lish haqidadir.


Ish jarayonida ham xodimiar o'zlari ishlab turgan muassasasnning rahbariyatiga turli mavzularda arizalar yozadilar. Ular ish sharoitini yaxshilash, boshqa ishga o'tkazish, nafaqa belgilash, qo'shimcha ta’til berish, moddiy yordam ko‘rsatish, yashash sharoitini yaxshilash haqida iltimos mazmunida yoki ish sharoitini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish haqida taklif mazmunida yozilishi mumkin.
Mehnatkashlar va boshqa toifadagi aholi ish joyidan tashqari ko'plab rasmiy va jamoat tashkilotilariga turli mavzudagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar vositasida fuqarolar davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqali o‘zlariga ega bo‘lgan muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar, shu bilan birga shikoyat mazmunidagi arizalar fuqarolarning haq-huquqlarini, qonun yoli bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish haqida murojaatlar o‘z aksini topadi. Arizalar mahalliy (viloyat, tuman, shahar, qishloq) kengashlarning boshliqlariga, ijtimoiy ta’minot idoralariga, sud va prokuratura idoralariga, notarial idoralarga, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va arxiv bo‘limlariga, qurilish boshqarmalariga va boshqa idoralarga yozilishi mumkin.

Da’vo arizasining matni (mazmuni) matinda nizoning mohiyati, da’voga ming nizoni ko'ngilli ravishda hal qilish yo'lidagi chora-tadbirlari va uning natijalari, da’vogarning javobgarga qo‘ygan talablari, talablaming haqqoniyligiga dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi.


Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar sanaladi).
Da'vo arizalari fuqarolar tomonidan ham yoziladi. Bunday arizalar ko'pincha sud idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan faqat to'rtburchak muhrning bo'lmasligi bilan farqlanadi. Fuqarolarning da’vo arizalari aliment undirish, mol-mulkni bolish, bolani qaytarib olish, qo'shimcha ishlaganlik uchun haq undirish, turar joydan ko‘chirish, qarzni undirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin.
Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi) lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi.

Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma‘lumot beruvchi hujjat.


Hisobotlar keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kerak.
Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak.
Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi.
Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llanadi.
Hisobot shakl jihatidan ham, mazmun jihatidan ham bildirishnomaga o‘xshaydi.
Hisobotning zaruriy qismlari:


  1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilyapti. 2. Hujjatning nomi (hisobot). 3. Hisobotning matni. 4. Lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi, imzosi. 5. Sana. 6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.

Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va kеng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, mеnеjеr va agronom yoki fеrmеr, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab dirеktoriga, oliy o‘quv yurti rеktoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.

Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.

Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavеrmaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdеk, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.

Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:

- ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota ismi va familiyasi;

- ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi;

- hujjat nomi (Ariza);

- ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);

- zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;

- qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);

- qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.

Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolisliktlir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.

Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi lalablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni “harakat nomi” deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi. “….tayyorgarlikning borishi haqida”, “….qarorning baiarilishi to‘g‘risida”, “….yordam berish maqsadida”, qabul qilishingizni so‘rayman” kabi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq rarvishda, ularda so‘roq va
Undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilining ikki vazifasi – xabar berish va buyurish vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada esa ham axborot (“eshitildi” ,“qaror qilindi…”) o‘z ifodasini topadi. Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:


  1. Sodda hujjatlar muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi;



  1. Murakkab hujjatlar ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.

Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli (yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi.


Hujjat turlari va xususiyatlari
Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir and zada bo‘lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar).Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da,
Bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunaviy
Hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan
Bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar
Yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan)
Va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlari doirasini kengaytirish – ish yuritishni takomillashtirishdagi maqbul yo‘llardan biridir. CHunki bu tadbir hujjat matnlarini bir xil qilish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi.
Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki joyi
Haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat
Safari guvohnomalari va boshqa ko‘plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki
Rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi.
Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra, muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka
Shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan
Bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi
Ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra
Hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Ushbu qo‘llanmada ish yuritishda ko‘p uchraydigan asosiy hujjatlar mazkur tasnif asosida berildi. Bularni yorittishga o‘tishdan oldin aksariyat hujjatlarga xos bo‘lgan zaruriy qismlar ustida to‘xtalib o‘tish joizdir.

Rasmiylashtirilgan oddiy varaq oddiy qog'oz turi bo'yicha qog'oz. Mashinadan o'qiladigan usulda rekvizitlar takrorlanadi: strukturaviy birlik nomi – muallif, hujjat turi (memorandum), sana. Belgilar ichkitug'ilganlik to'g'risidagi memorandum. Tashqaridaoliy organlarga yuborilgan memorandum institutning umumiy shaklida tuzilgan va u rahbariyat tomonidan imzolangan.

Izohlar - asosiy hujjatning (reja, hisobot, loyiha va hokazo) muayyan qoidalarining mazmunini tushuntirib beradigan yoki voqea, fakt yoki ishning sabablarini tushuntiruvchi hujjat. Kontentga oid tushuntirishlar ikki guruhga bo'linadi. . Birinchisi, boshqa hujjatlarga (reja, hisobot) va asosiy hujjatning muayyan qoidalari mazmunini tushuntirib beradigan hujjatlardir. Ular institutning umumiy shaklida chiqariladi. Ikkinchi guruh har qanday hodisalar, vaziyatlar, shaxsiy ishchilarning xatti-harakatlari va xatti-harakatlari to'g'risida tushuntirish yozuvlaridan iborat. Bunday yozuvlarning matni ishonchli bo'lishi kerak, tasdiqlanmagan dalillar, ichki memorandumlar bo'lishi kerak, ular bir xil tafsilotlarni qayta ishlab chiqadigan va imzolagan shaxs tomonidan imzolangan qog'oz blankalarida tuziladi.

Axborot va hujjatlarning mohiyati shundan iboratki, ular tashkiliy-huquqiy hujjatlarga nisbatan rasmiy rolni bajaradilar, ko'rsatmalarga ega emaslar va ma'muriy hujjatlar sifatida qat'iy belgilangan tartibda ishlashga majbur qiladilar. Ushbu hujjatlar boshqaruv qarorlarini boshlaydi, ya'ni ular ma'lum qarorlar qabul qilishni talab qiladigan ma'lumotni taqdim etadi.

Axborot-ma'lumotnoma – bu axborotni boshqarishning bir darajasidan boshqasiga o'tkazishning shaklidir, shuningdek boshqaruv qarori qabul qilish, normativ hujjat berish uchun asosdir.

Filial faoliyatida foydalaniladigan axborot va ma'lumotnomalarning asosiy turlari va turlari 7-rasmda keltirilgan.



ISHONCH XATI
Bu hujjat ish qog‘ozlari yuritish jarayonida ishonch xati, ishonchnoma, vakolatnoma kabi atamalar bilan yuritilib kelinmoqda. Bizningcha, ish yuritish sohasida mazkur hujjatni bir atama bilan nomlash zarur. Xuddi tilxat kabi ishonch xati atamasi bilan yuritish maqsadga muvofiqroq ko‘rinadi. Shunga ko‘ra biz bu hujjatni ishonch xati deb nomlanishi tarafdorimiz. Ishonch xati biror bir korxona, muassasa, tashkilot yoki shaxs nomidan ish ko‘rish huquqini beradigan rasmiy hujjatdir. Ishonch xati xizmat vazifasi yuzasidan yoki shaxs tomonidan berilganligiga ko‘ra xizmat ishonch xati va shaxsiy ishonch xati turlariga bo‘linadi. Xizmat ishonch xati bilan vakolatga ega bo‘lgan shaxs uni bergan korxona, muassasa, tashkilot nomidan mol-mulkni boshqarishi, pul, qimmatbaho buyumlar, jihozlar, asbob–uskunalarni olishi, sud idoralarida ish olib borishi va berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni bajarishi mumkin. Shaxsiy ishonch xati orqali maosh, stipendiya, pensiya, nafaqalarni olish, hovli-joy, xonadon, transport vositalaridan foydalanish va ularning oldi–sotdisi bilan shug‘ullanish hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqi beriladi. Har ikkala turdagi ishonch xatlari ham ma’lum muddatga berilib (masalan, bir necha kundan uch yilgacha), ishonch xati beruvchi kishining imzosi u ishlayotgan korxona yoki notarial idoralar tomonidan muhr bilan tasdiqlanadi. Ishchi, xizmatchi xodimlar, talabalar, keksa kishilar tomonidan kundalik turmushda shaxsiy mazmundagi ishonch xatlarini yozish ko‘proq kuzatiladi. Shunga ko‘ra har bir savodxon kishi shaxsiy mazmundagi ishonch xati matnini to‘g‘ri yoza bilishi lozim.
Shaxsiy ishonch xatining zaruriy qismlari:
– hujjat nomi – ishonch xati;
– ishonch xati beruvchi shaxsning ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– ishonch xati oluvchi shaxsning ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– ishonch xati berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad, bajariladigan vazifalar, ishonch bildirilgan muddat;
– ishonch xati beruvchining imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi, hujjat yozilgan sana;
– ishonch xati bergan shaxsning imzosini tasdiqlovchi tashkilot, notarial idora nomi, mansabdor shaxsning imzosi, familiyasi, ismi.
– hujjat tasdiqlangan sana va muhr.
Download 155,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish