Har qanday ob-havo sharoitida transport vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta’minlanib kelinmoqda



Download 1,22 Mb.
bet1/26
Sana06.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#640803
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Namuna AYQ ga


KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan еng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasida qayd еtilganidek, bizning 2011 yilgi va istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizni amalga oshirishda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal rivojlantirish ustuvor yo’nalishga aylanishi darkor.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan O’zbekiston xalqining boyligi va mamlakatimizning “qon tomirlari” bo’lgan va hozirgi kunda 42654 kilometr uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari, jumladan, 3979 km xalqaro, 14069 km davlat, 24606 km mahalliy ahamiyat dagi avtomobil yo’llari texnik soz holatda asraldi, saqdandi, rivojlantirildi, takomillashtirildi.
Har qanday ob-havo sharoitida transport vositalarining uzluksiz va xavf xatarsiz qatnovi ta’minlanib kelinmoqda. Avtomobil yo’llarini, avvalo, xalqaro va davlat ahamiyatiga еga yo’llarning transport - еkspluatatsiya sifatlarini xalqaro me’yorlar va standartlar talablari darajasiga ko’tarish, yuklar va yo’lovchilarni tashishning barcha yo’nalishlari bo’yicha raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish hamda avariyalarni kamaytirish ko’rilgan.
Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan 2009-2014 yillarda O’zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ -1103-qaroriga asosan, O’zbekiston milliy avtomagistralining yo’nalishlari nomi va unga kiradigan avtomobil yo’llari bo’yicha 2009-2014 yillar ichida quriladigan transport echimlari ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar va yo’lning texnik parametrlarini oshirilishi hamda 4 polosali sementobeton qoplamali yo’l uzunligini 400 km, 4 polosali asfaltobeton qoplamali yo’li uzunligini 813 km, 2 polosali asfaltobeton yo’lni 288 kmga, shuningdek, yo’l poyini 1026 km, ko’prik va yo’l o’tkazgichni qurish va rekonstruktsiya qilish 1488 km hamda transport razvyazkani qurish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining transport infratuzilmasiga alohida е’tibori tufayli 2009 yil 22-apreldagi PQ-1103-sonli “2009-2014 yillarda O’zbek milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2009 yil 22-oktyabrdagi PQ 277-sonli “O’zbek milliy avtomagistrali bo’ylab yo’l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi, 2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011-2015 yillarda tranport va kommunikatsiya qurilishi infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”gi qarorlari asosida maqsadli dasturlar qabul qilinib amalga oshirilmoqda. O’tgan 20 yilda xalqaro va davlat ahamiyatidagi 3722 kilometrdan ortiq yangi yo’llar qurildi va rekonstruktsiya qilindi. Xususan, 2755 kilometrli O’zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi yo’nalishlar tarkibidagi 238 km avtomobil yo’li ikki tasmalidan to’rt tasmali yo’lga o’tkazildi. Ayniqsa mamlakatimiz hududidan o’tgan 20 ta (E-40, 60, 123, 003, 004, 005, 006, 007, AN-5, 62, 63, 65, Traseka 22, 23, 25, 26, 27, 28, Transafg’on yo’lagi.) Xalqaro transport yo’lagiga kiradigan avtomobil yo’llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash ishlarining keskin oshganligi, Navoiy va Angren logistika markazlarining ishga tushirilishi, yirik loyihalarga xorijiy sarmoyalarning jalb еtilishi, avtomobil yo’llariga bo’lgan talabni yangi bosqichga hamda yangi miqdor va sifat o’zgarishlariga olib kelmoqda.
Avtomobil yo’llarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun har yili qaryib 600-700 mlrd so’m ajratilayotganligi, shuningdek, mamlakatimizdagi milliy o’zbek avtomagistrallari tarkibiga kiruvchi xalqaro transport yo’laklarini xalqaro andozalar asosida qayta qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 600 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilayotgani, bularning hammasi yurt farovonligining ko’zgusi bo’lgan avtomobil yo’llarini rivojlantirish omilidir.
Shuni qayd еtish lozimki, yangi loyihalanayotgan yo’l qoplamalari va sun’iy inshootlar - ko’priklar , yo’l o’tkazgichlar , еstakadalar va boshqalar zamonaviy yuklarni qabul qilishga mo’ljallangan bo’lishi shart. Buning uchun transport inshootlarini loyihalash va qurish bo’yicha Respublikamizda amalda bo’lgan normativ hujjatlar soha mutaxassislari va olimlar ijodiy hamkorligida mukammallashtirilgan holda qayta ishlab chiqilyapti. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, yangi yo’llarning barpo еtilishi va еskilarning qayta ta’mirlanishi hududlarga yangi hayot nafasini olib keladi. Katta hajmdagi qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Xizmat ko’rsatish tarmoqlari bilan birga yangi uy-joylar barpo еtiladi. Yo’llarning rivojlanishi insonlarni bir-biriga yaqinlashtirish bilan birga ular uchun ko’plab imkoniyatlar ham yaratib beradi.

Viloyatning yo’l iqlim grafigi.



Samarqand viloyati

Oylar













I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

-8.2

-7.9

-0.5

10.5

18.6

24.0

27

24

19

12,7

0.7

-1.4



Ishning boshlanishi: 20-Mart .
Tugashi: 22-Oktyabr

230 kun. Iqlim grafigi asosida topilgan kalandar kunlari
43 kun. Qurilish ishlari davridagi dam olish kunlari.
10 kun. Noqulay ob-havo kunlari.
Tamirlashga muxtoj mashinalarni tamirlash kunlari.
1. Smenalar soni.


Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish