Har qanday texnik qurilma yoki biologik mavjudot ma’lum bir turdagi energiyadan foydalangan holda ishlaydi. Kompyuter ham ana shunday. Ko‘chma ma’noda aytganda, uning ham o‘ziga yarasha «oshqozon»i bor



Download 113,5 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2022
Hajmi113,5 Kb.
#629934
  1   2   3
Bog'liq
Har qanday texnik qurilma yoki biologik mavjudot ma


Har qanday texnik qurilma yoki biologik mavjudot ma’lum bir turdagi energiyadan foydalangan holda ishlaydi. Kompyuter ham ana shunday. Ko‘chma ma’noda aytganda, uning ham o‘ziga yarasha «oshqozon»i bor.
O‘zimizdan misol. Odamning har bir jismoniy harakati nimaning hisobiga bajariladi? Albatta, mushaklarning kengayib-qisqarishi sababli bo‘ladi. Mushaklar ishlashi uchun esa ularga energiya, ya’ni ovqat kerak. Ovqat iste’mol qilinganidan keyin kelajakda energiya manbai bo‘ladigan undagi foydali moddalar ichaklardan qonga asta-sekin so‘riladi va qon tomirlari orqali mushaklarimizga yetib boradi. Agar odam keragicha ovqat yemay qo‘ysa nima bo‘ladi? Tabiiyki mushaklarga energiya yetib bormaydi va odam kamquvvat, kamharakat bo‘lib qoladi. Avtomobil ham shunday, u ham energiya sarflash evaziga harakatga keladi. Faqat uning energiya manbai suyuq yoqilg‘i – benzindir. Agar yoqilg‘i bo‘lmasa, avtomobil ham yurmaydi.

Kompyuter elektron qurilma bo‘lganligi uchun, elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Kompyuter, aslida, umumlashgan tushuncha. Uning ichidagi har bir qurilma, har bir mikrosxema elektr energiyasi hisobigagina mavjud. Har qancha konfiguratsiyasi zo‘r bo‘lgan kompyuterga ega bo‘lmaylik, agar uyimizda elektr ta’minoti bo‘lmasa, kompyuterdan karton qutichalik ham foyda bo‘lmaydi.
Tizim blokining ichidagi hard disk (HDD), tezkor xotira (RAM), videokarta (VGA), markaziy protsessor (CPU), ona plata (Motherboard) va undagi chipsetlar turli miqdorda elektr energiyasini iste’mol qiladi. Qaysi qurilmaning qancha energiya iste’mol qilishi uning nima ish qilishiga qarab, qanday qurilma ekanligiga qarab belgilanadi.
Do‘kondan kompyuter sotib olayotganimizda biz e’tiborimizni asosiy konfiguratsiyalarga qaratamiz. Ko‘pchilik korpusni eng oxirida, asosan uning tashqi ko‘rinishiga qarab xarid qiladi. Korpusga o‘rnatilgan ozuqa bloki haqida deyarli surishtirib o‘tirmaydi. Tabiiyki, sotuvchi ham bu haqda indamaydi, chunki unga ortiqcha «bosh og‘riq» savollarning keragi yo‘q-da!
Lekin ko‘pchilik bilmaydi yoki e’tibor qilmaydiki, yig‘dirayotgan kompyuterimizning konfiguratsiyasi har qancha zo‘r bo‘lmasin, uning barqaror va uzoq muddat ishlashi aynan mana shu ozuqa blokiga bog‘liq bo‘ladi. Sifatsiz yoki kam quvvatli ozuqa blokini xarid qilib qo‘ysak, kompyuter o‘zidan-o‘zi o‘chadigan bo‘lib qoladi, tushunarsiz xatolar haqida xabar beradi yoki shartta o‘chfdi-qo‘yadi (Bular haqda o‘tgan sonimizda gaplashgandik). Biz esa bularning sababini dasturiy ta’minotdan, viruslardan qidiramiz. Eng yomoni, ozuqa blokining kompyuter konfiguratsiyalariga mos kelmasligi uning ichidagi qimmatbaho qurilmalarning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun har bir foydalanuvchi kompyuterining tizim blokiga qanday ozuqa bloki o‘rnatilganligiga qiziqib ko‘rishi lozim. Maslahatimiz, kompyuter yig‘dirayotgan bo‘lsangiz, o‘zingiz tanlagan konfiguratsiyalariga mos keladigan ozuqa blokini alohida xarid qiling. To‘g‘ri, korpusning ichida tayyor ozuqa bloki bor, lekin siz puldan qochmang. Axir siz kompyuterdan bir hafta yoki bir oy foydalanishni rejalashtirmagansiz-ku, to‘g‘rimi? U sizga kamida 5-6 yil xizmat qilishi kerak. Shuning uchun ozuqa blokining yaxshisini tanlang.
So‘zimizda boshidagi misolga qaytadigan bo‘lsak, ozuqa bloki misoli inson oshqozonidek gap. Oshqozon sog‘lom bo‘lsa, baquvvat bo‘lsa, qolgan a’zolar ham salomat bo‘ladi. Xuddi shunday, ozuqa bloki kuchli bo‘lsa, kompyuter qismlari ham nuqsonsiz ishlaydilar. Bu xulosamizga nima deysiz? Agar qo‘shilsangiz, suhbatimizni davom ettiramiz.
Ozuqa blokining yaxshisini xarid qilish kerakligini bildik. Xo‘sh, uning yaxshisi qanday bo‘ladi? Sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish