«Havo,suv va yer usti transporti» nomli ochiq mashg’ulot ishlanmasi



Download 19,51 Kb.
Sana27.03.2022
Hajmi19,51 Kb.
#512947
Bog'liq
transport


«Havo,suv va yer usti transporti» nomli ochiq mashg’ulot ishlanmasi
Sana:__________
Guruh:” Kamalak “ nomli 1-katta guruhi
Faoliyat turi:Umumiy guruh bilan ishlash (Nutq o’stirish,badiiy adabiyot,matematika,jismoniy tarbiya,musiqa,qurish-yasash.)
Mashg’ulot maqsadi:Ta’limiy: Bolalarga havo,suv va yer usti transporti haqida ma’lumot berish,ularning bir-biridan farqini anglashga o’rgatish,ularning nima dan tayyorlanishini tushuntirish,tashlandiq material lardan narsa yasay olishni o’rgatish,so’z boyliklarini oshirishda davom etish.
Tarbiyaviy: Yo’l harakati qoidalariga rioya qilishga o’rgatish,jamoat transportida o’zini qanday tutish lozimligini tushuntirish,kattalarga joy berish kerak ligini tushuntirish,ishlayotganda bir-biriga xalaqit bermaslikka o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: Bolalarni jismoniy jihatdan rivojlanti rishda davom etish,mayda va yirik qo’l motorikalarini shakllantirish.
Kerakli jihozlar:,Havo,suv va yer usti transporti turlari,kartochkalar,gugurt qutisi,kinder idishi,oq qog’oz,ko’rgazmalar,yelim,salfetka.
Mashg’ulotning borishi:
Kirish qismi:
Tarbiyachi: Kelinglar avvalo mehmonlar bilan salom lashib olamiz.
Bolalar: Assalomu alaykum,Zdrastvuyte,Good morning teachers.
Tarbiyachi: Barakalla.Biz hozir sizlar bilan mashg’u lotimizni boshlab olamiz.Qani aytinglarchi bizning vatanimiz qayer?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Bolalar bizning vatanimiz qayer?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Hozir o’lkamizda qaysi fasl?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Kuz faslida tabiatimizda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi:Bugun haftamizning nechanchi kuni?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Bir haftada necha kun bor edi?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Biz vatanimiz haqida,Toshkent shahri haqida va ramzlarimiz haqida she’r yodlagan edik. Qani Nodira,Nuriddin,Munisa,Mustafo kelinglar she’rlaringizni aytib beringlar.
Bolalar she’rlarini yodlab beradilar.
Tarbiyachi: Barakalla, bolajonlar biz kuz fasli haqida ham she’r yodlagan edik.Qani Izzat,Ibrohim,Xasan va Xusan aytib beringlar.
Bolalar she’rlarini yodlab beradilar.
2.Asosiy qism.
Tarbiyachi:Mana bolalar mashg’ulotimizni ham boshlab oldik.Men hozir sizlarga topishmoq aytaman.
Chorrahada uch chiroq,
Xizmat qilar hammaga,
Bir-bir yonib,bir o’char
Ish qolmas muammoga.
Bu nima?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Barakalla bugun biz sizlar bilan “Havo, suv va yer usti transporti” mavzusida mashg’ulot olib boramiz.Men bejizga svetafor haqida topishmoq aytganim yo’q.Svetafor kundalik hayotimiz uchun juda ham keraklidir.Qani kim svetafor haqida she’r aytib beradi?
Ibrohim o’z she’rini aytib beradi.
Tarbiyachi:Bolalar kelinglar biz hozir sizlar bilan o’rgangan yo’l qoidalari haqidagi she’rlarimizni takrorlab olamiz.
Omina: Katta yo’lga bir qarang,
Go’zal,tekis,yap-yalang.
Yo’l ustida uch o’rtoq
Unda yurar mashina,
Avtobus-u neksiya.
Nodira: Yonida kichik yo’lak
Piyodalarga kerak.
Xavf-xatardan narimiz
Piyoda yursak agar.
Shu tariqa qolgan bolalar ham o’z she’rlarini aytib beradilar.
Tarbiyachi: Mana she’rlarimizni ham aytib oldik. Bilasizlarmi transport turlari ko’p turlarga bo’linadi.ya’ni, havo transporti,suv transporti va yer
usti transporti.Havo transportiga nimalar kirardi?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Suv transportiga nimalar kiradi?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: yer usti transportigachi?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Bilasizlarmi biz hozir sizlar bilan bilimlarimizni mustahkamlab olish uchun ta’limiy o’yin o’ynaymiz.Bu ta’limiy o’yinimizda havo,suv va yer usti transporti mavjud.Sizlar ushbu kartochkalarni to’g’ri joylashtirib chiqishingiz kerak.
Ta’limiy o’yin tashkil etiladi.
Tarbiyachi: Barakalla o’yinimizda faol ishtirok etganingiz uchun kattakon rahmat.Bolalar charchadika kelinglar jismoniy daqiqamizni bajarib olamiz.
Jismoniy daqiqa:Sen xohlasang mashinani
Xayday qol,xayday qol.
Sen xohlasang samolyotdek
Uchaqol ucha qol.
Sen xohlasang qayiqlardek
Suza qol,suza qol.
Tarbiyachi: Juda ham yaxshi bolajonlar,kelinglar biz sizlar bilan hozir mehmonlarimizga tashlandiq mate- rallardan transport turlarini yasab beramiz.Avvalo guruhlarga bo’linib olamiz.
1-guruhimiz bo’shagan gugurt qutilaridan yuk tashish mashinasini yasaydilar.
2-guruhimiz esa kinderning bo’shagan tuxumchasi dan vertolyot yasaydilar.
3-guruhimiz esa qog’ozdn qayiqni yasab beradilar.
Tarbiyachining ko’rsatmalari ostida bolalar oldilaridagi tashlandiq materiallardan o’zlariga berilgan vazifani bajaradilar.
Tarbiyachi:Mana transportlarimizni ham tayyorlab oldik.Mehmonlarimiz zerikib qolganga o’xshaydi- lar.Kelinglar oldindan tayyorlab qo’ygan sahna ko’rinishimizni qo’yib beramiz.
Saxna ko’rinishi tashkil etiladi.
3.Yakuniy qism.
Tarbiyachi: Bolalar mana mashg’ulotimiz ham yakunlanib qolay dedi.Men hozir sizlarga bilimlaringizni mustahkamlash uchun savollar beraman.
Mustahkamlash uchun savollar:
Qanday transport turlarini bilasiz?
Havo transportiga qanday transportlar kiradi?
Suv transportiga qanday transportlar kiradi?
Yer usti transportlari nomini ayting.
Havo transporti bizga nima uchun kerak?
Suv transporti nima uchun kerak?
Yer usti transportida qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
Tarbiyachi shu kabi savollarni beradi hamda faol ishtirok etgan bolalarni rag’batlantirib mashg’ulotni yakunlaydi.
Download 19,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish