HAYDAROV MUHAMMAD O‘FF 403
E’TIBOR UCHUN, DARS UCHUN KATTA RAHMAT, USTOZ!
8-SIMENAR
“Omonim, antonim, sinonimlar lug’ati” mavzusi yuzasidan savol va
topshiriqlar
1. Omonim lug’atlar haqida ma’lumot bering.
2. “O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati”da berilgan, hozirgi kunda
eskirgan omonimlarga misollar yozing va izohlang.
3. Antonim lug’at haqida ma’lumot bering.
4. “O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati”dagi eskirgan va yangi kirib
kelgan antonimlarga misol yozing va izohlang.
5. Sinonimlar lug’ati haqida ma’lumot bering.
6. “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”dagi kirgan va yangi kirib kelgan
sinonimlarga misollar yozing va izohlang.
JAVOBLAR
1. Omonimiya xuddi sinonimiya va antonimiyada bo’lganidek, minimum
ikki til birligi orasida yuzaga keladi. Bunday munosabatlarni belgilashda til
birliklarinig har ikkala tomoni ham – ifoda pani hamda mazmun plani ham inobatga
olinadi.
“O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” omoifoda bilan boshlanadi.
Omoifoda talaffuzi va yozilishi bir xil bir necha leksema borligini ko’rsatadi.
Omoifoda satr boshidan kata harflar bilan yozilgan.
Lug’atda berilgan 497 omoifodaning 372 tasi ikki omoleksemali, 93 tasi
uch omoleksemali, 21 tasi to’rt omoleksemali, 7 tasi besh omoleksemali va 4 tasi
omoleksemali bo’lib, 1160 dan ortiq leksemani birlashtiradi.
Omoifoda ostiga birlashuvchi har bir omoleksema satr boshidan qora
harflar bilan yozilgan va rim raqamlari qo’yib farqlqngan.
Agar omoleksema boshqacha shaklda ham ishlatilsa, yonida shunday
shakli ishlatilgan.
Ushbu lug’atda omoleksemalarning ketma-ket joylashishida quyidgi
qonuniyatga amal qilingan:
1) asli bir leksemaning taraqqiyoti natijasida paydo bo’lgan, biri
ikkinchisidan o’sib chiqqan bo’lsa, ular ana shu taraqqiy etish
izchilligi asosida joylashtirilgan;
2) biri ikkinchisidan o’sib chiqmagan, asli o’zaro bog’liq bo’lmagan
leksemalar bo’lsa, bularni joylashtirishda turkumlarni sanashdagi
an’anaviy tartibga amal qilingan: avval ot leksema, so’ngra sifat
leksema, fe’l leksema va boshqalar.
Omoleksemalarga avval tarixiy-etimologik izoh berilgan:
1) o’zbekcha leksemalarda imkon boricha quyidagilar ta’kidlanadi:
asli fonemalar ( tovushlar) tarkibida farq bo’lganligi;
yasama bo’lsa, qaysi leksemadan ( sememadan) qaysi affiks bilan
yasalganligi, omoleksemalarning yasalish asosi va yasovchiga har xil
ajralishi;
asl ma’nosi va boshqalar.
2) o’zlshma leksemalarda imkon boricha quyidagilar ta’kidlanadi:
asli qaysi til leksemasi ekanligi;
o’sha tildagi tovush tizimi, grafik shakli;
asl ma’nosi va boshqalar.
Tarixiy-etimologik
izohdan
keyin omoleksemaning leksik ma’nosi
ta’riflangan, o’rni bilan sinonimlari keltirilgan, qavs ichida ruscha ekvivalenti berilgan.
Omoleksemalarni farqlab olishga yordamlashuvchi belgi sifatida ular qatnashuvi bilan
hosil qilingan leksemalar keltirilgan,, bunda, avval, soda, keyin qo’shma, so’ngra esa
juft va takroriy leksemalar keltirilgan.
Shundan so’ng omoleksemalarning boshqa leksemalar bilan bog’lanish
imkoniyatini va bunda qaysi Grammatik shalkda bo’lishini aks ettiruvchi birikmalar,
ba’zan gaplar berilgan. Undan keyin esa omoleksemalarning nutqda qo’llanishini
namoyish qiuvchi matn parchalari keltirigan, ushbu matn parchalari original o’zbek
adabiyoti asarlaridan olingan.
Lug’atda polisem leksemalarning leksik ma’nolari, avvalo, biri ikkinchisidan
o’sib chiqqan omoleksemalar maqolalarda berilgan. Bundan tashqari omoleksemalar bir
leksemaning boshqa-boshqa sememasidan yasash natijasida yuzaga kelgan bo’lsa,
bunday leksemalarda ham ularning zarur leksik ma’nolari keltirib o’tilgan.
2. “O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” da tilimizda mavjud
deyarli barcha omonim so’zlar keltirilgan. Ularning ba’zilari bugungi kunga kelib,
eskirgan so’zlar qatoriga kiritilgan. “O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati” dagi
omonim so’zlardan namunalar: