Hayot bebaho ne’mat, yashash baxt



Download 29 Kb.
Sana24.04.2022
Hajmi29 Kb.
#579312
Bog'liq
Hayot bebaho ne\'mat


HAYOT BEBAHO NE’MAT, YASHASH BAXT

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 2 fevralda e’lon qilingan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni endilikda ushbu qatlam vakillarining turmushi, faoliyatida yangicha burilishlar yasadi. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy va jismoniy sog‘ligini ta’minlash, yosh avlodni Vatanga sadoqatli, bilimli va zukko qilib tarbiyalashda, oilalarni mustahkamlashda ayollar, onalarning rolini oshirish davlat siyosatining asosiy bo‘g‘inlaridan biriga aylandi. Biroq, bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlarga bepisandlik bilan qarab, oilaning qadriga yetmayotgan ayollar ham oramizda uchramoqda. Xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchiliklarni o‘rganib chiqqan holda, ularning oldini olish va bartaraf etish maqsadida, Zangiota tumani Nurafshon mahallasida joylashgan “Izumrud” to‘yxonasida tadbir tashkil qilindi. “Baxtli yashash o‘z qo‘limizda” shiori ostidagi “Hayot bebaho ne’mat, yashash baxt” mavzusida tashkil qilingan mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, otinoyilar, mahalla maslahatchilari hamda shahar va tumanlarning tegishli mutasaddi vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Parpiboyeva Ozoda Abduqodirovna so‘zga chiqib, ayollar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, nosog‘lom oiladagi muhitni, ayniqsa, qaynona-kelin, er va xotin, farzand hamda ota-ona munosabatlarini tartibga solish orqali suitsid holatlarning oldini olish mumkinligi xususida so‘z yuritdi.


Davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlarga e’tibor hamma vaqt barcha sa’y-harakatlarimiz markazida bo‘lishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak. Oilaga e’tibor aslida bu o‘zligimizga e’tibordir” deya, ta’kidlagan gaplari bugun joylarda o‘z isbotini topishi lozimligini namoyon etmoqda. O‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgan mutasaddilar ayollar o‘rtasidagi jinoyat holatlari o‘tgan yilga nisbatan ortgani, bu esa davlat idoralaridan xotin-qizlar xatti-harakatlariga yanada e’tiborliroq bo‘lgan holda, joylarga chiqib, ularning muammolarini atroflicha o‘rganishi, salbiy holatlarning oldini olishi lozimligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Oilalar mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, bu boradagi kamchiliklar muhokama qilindi. Tadbir so‘ngida yosh tomoshabinlar teatri san’atkorlari ishtirokida “Kelin ham o‘z qizingiz” mavzusidagi sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Yig‘ilganlar bugungi kunda Toshkent viloyati miqyosida xotin-qizlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bu yo‘nalishda mahalla maslahatchilari va otinoyilarga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejadagi ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir doirasida barchaga ibrat tariqasida, mazkur hududda istiqomad qiluvchi xotin-qizlar tomonidan oilaviy tadbirkorlik asosida ishlab chiqarilgan ko‘rpa-to‘shak va kiyim-kechak mahsulotlari ko‘rgazmaga qo‘yildi.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish