Hayoti va ijodi



Download 64 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi64 Kb.
#289162
Bog'liq
Hayoti va ijodi


Nizomiy Ganjaviy hayoti va ijodi

Hayoti va ijodi. Ulug` ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy o`z salaf va xalaflari Hoqoniy Shirvoniy, Qatron Tabriziy, Imoniddin Nasimiy, Muhammad Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov kabi dunyoga mashhur so`z ustalari qatorida sharafli o`rinda turadi. Nizomiyni shoirlarning shoiri, shoirlarning ustodi shohsupasiga ko`targan uning “Xamsa”si bo`ldi.”Panj ganj”-“Xamsa” nomlari bilan mashhur bo`lgan besh dostondan iborat bu asar buyuk badiiy tafakkur va hududsiz iste`dod hosilasi sifatida Sharq adabiyotining nodir hodisasiga aylandi. Navoiy Nizomiy “Xamsa”sini yuksak baholab, uni el qulog`iga ma`naviy gavharlar yetkurib, so`ngra qalbga yo`l olib, uni ham labo-lab to`ldiruvchi mo`jizbayon asar deb ataydi. Navoiy o`zining “Majolisun-nafois” asarida turli xalqlarga mansub bo`lgan, lekin Hirot adabiy muhiti bilan bog`liq holda “Xamsa” yozishga ahd qilgan Marog`ali Ashraf,Ali Osiy, Fasih Rumiy, Xoja Imodiddin Loxuriy, Abdullo Xotufiy, Kotibiy Turshuziy kabi shoirlarni xarakterlab o`tadi. Ilyos Yusuf o`g`li Nizomiy 1141 yilda Ozarbayjonning Qadimiy Ganja shahrida tug`iladi. Ota-bobolari o`z davrining ma`rifatli kishilaridan edilar. Ilyosning bobosi Zaxi Muayyaddinni olim va shoir bo`lganligini naql qiladilar. Ilyosning onasi Ganjada yashovchi kurd oilasiga mansub bo`lgan. Nizomiy shoirning taxallusidir. Navoiy: Bebaho so`z durlarini o`z o`rniga qo`ya olganligi uchun takdir uni Nizomiy deb atashga axd qildi, deb yozadi:

Nozim o`lub so`z duru serobiga,

Charx «Nizomiy» yozib alqobiga.

Navoiy Nizomiy taxallusiga «Shayx», «Hakim» kabi sifatlovchi

so`zlarini qo`shib aytadi. Bu esa uning ma`naviy rahnamoligiga va

faylasuf shoirligiga ishoradir.

Nizomiy o`z davrining hamma ilmlarini egallagan nodir iste`dod sohibi bo`lib yetishadi. O`z ijodini lirik asarlar yozish bilan boshlagan Nizomiy ustozlar og`ziga tushdi. Hoqoniyning yuksak bahosiga sazovor bo`ldi. Shuhrati bugun O`rta va Yaqin Sharqqa yoyildi. Nizomiy iste`dodini payqagan, uni tan olgan o`sha davr hukmdorlari saroyga taklif etdilar. Lekin u saroyga bormadi. Nizomiyning ijod bobidagi shon-shuhratidan xabar topgan Darband hokimi izzat-hurmat yuzasidan shoirga Ofoq ismli cho`ri qizni tortiq qiladi. Lekin Ofoq Nizomiyning cho`risi emas, hayotining eng mo`tabar kishisi, turmush yo`ldoshiga aylanadi. Ofoq juda qisqa umr ko`rdi. 1180 yilda vafot qildi. Lekin Nizomiyga Muhammad ismli o`g`il yodgor bo`lib qoldi. Hayotdagi eng yaqin kishisini yo`qotgan Nizomiy umr davomida Ofoqni unutolmadi. 1188 yil «Hisrav va Shirin» dostonida Shirin obrazi orqali Ofoq siymosini jonlantirishga ahd qildi. Shirin obrazi Nizomiyning Ofoq uchun qo`ygan haykali edi.

Keksalik yillarida yaratgan «Iskandarnoma»sida ham Ofoqqa bo`lgan muhabbatini dard bilan yozadi. Yolg`iz yodgori bo`lgan Muhammadni har jihatdan yetuk va donishmand bir kishi bo`lishini istaydi. Nizomiy uyida shoir va she`riyat muxlislari to`planar edilar. Bu yerda bo`ladigan adabiyot haqidagi suhbatlar Muhammadni adabiyot olamiga yetakladi.

Muhammad 14 yoshidan boshlab qo`liga qalam oldi. Lekin Nizomiy o`g`lidagi bu hohishni rad etadi. Muhammadga pand-nasihatlar beradi. Nihoyat, Muhammad huquqshunoslik va tibbiyot bilan shug`ullana boshlaydi. Nizomiyning hayoti haqidagi bir lavhaga murojaat qilaylik: «Xamsa»ning birinchi dostoni “Maxzanul-asror”ni yozib tugatgach, uning dovrug`i keng yoyildi. Saljuqiylardan Iroq hokimi Turg`ul II (1154-1194) shoirga muhabbat haqida bir asar yozishni tavsiya etadi va unga katta hadya va`da qiladi. Nizomiy «Hisrav va Shirin» dostonini yozib, yakunladi. Yillar o`tgach, Ganjada bir necha kunlik shohlik qilgan Qizil Arslon Nizomiyni huzuriga chaqirdi. Shoir yo`lga chiqib shohning muvaqqat o`rdasiga yetib keldi. Shoh bu vaqtda o`z chodirida Nizomiy g`azallari bilan aytiladigan qo`shiqlarni tinglab, bazmu-jamshid qilib o`tirardi. Shoirning yetib kelganligini eshitgan Qizil Arslon dasturxonlarni yig`ishtirib, xonandalarning ketishiga ruxsat beradi. Nizomiy shoh chodiriga kirishi bilan Qizil Arslon shoirga quchoq ochib, yonidan joy ko`rsatadi. Roviy Nizomiyning Qizil Arslonni madh etgan qasidasini o`qiydi. Shoh qo`lini Nizomiy yelkasiga qo`yar ekan, unga tasanno aytadi va gap «Hisrav va Shirin» dostoniga kelib taqaladi. Akasi Jahon Paxlavon qilgan in`omni esga oladi. O`sha in`omlar orasida sizga tortiq qilingan qishloq ham bor edi. Qizil Arslon yorliqni olganmisiz, deb so`raydi. Nizomiy chuqur o`yga toladi. Chunki u va`dadan boshqa hech narsa olmagan edi. Qizil Arslon Nizomiyga hurmat yuzasidan to`n kiydirdi. HAMDUYON qishlog`i uning nomiga yorliq qilib berildi. Nizomiy minnatdorchilik bildirib, ketishga ruxsat so`radi. Otga minayotganida uning qo`liga yorliqni keltirib berdilar. Yarim Farsang (4 kilometr) keladigan bu qishloqning yillik daromadi Nizomiy harajatlariga yetmas edi. Shuning uchun yorliqni to`g`ri kelgan kishiga berib, otga qamchi urdi.

Professor Bertels: «Qizil Arslon hech qanday daromad keltirmaydigan yerni shoirga tortiq qilar ekan, shayx e`tiroz bildirishga jur`at etmaydi,» deb yozadi.

Nizomiy 1209 yil 68 yoshida Ganja shahrida vafot etdi.

Nizomiy sharq adabiyotida xamsachilik an`anasini boshlab bergan buyuk allomalardandir. Navoiy” Layli va Majnun” dostonining muqaddimasida Nizomiy «Panj ganj» asari haqida gapirib: «Uni Sharqda yer-suv va boshqa boyliklari bilan mashhur bo`lgan Muso Payg`ambar zamonasining eng badavlat odami, afsonaviy Qorin ganji bilan taqqoslab «Ganji Qorin aning «Panj ganji» qoshida vayronadek ko`ringay»,- deb yozadi.

“Panj ganj” dostonlari:

«Mahzanul-asror» (sirlar xazinasi) dostoni.

«Xusrav va Shirin» dostoni.

«Layli va Majnun» dostoni.

«Haft paykar» dostoni.

«Iskandarnoma» dostoni.

«Mahzanul-asror» 1170 yilda yaratilgan. Doston shoirning hayotiy kuzatishlari asosidagi falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlarining badiiy majmuasi deb aytish mumkin. Asar muqaddimasida xudoning yakkayu-yagonaligi haqidagi munojotlar,payg`ambar haqidagi hamd sanolar bilan boshlanadi.Nizomiy hayotda nima muqaddasu, nima fahsh, inson nima uchun intilmog`i, nimani rad qilmog`i kerak degan savollarni o`rtaga qo`yar ekan,bu savollarga javob berishda Qur`on suralariga murojaat qilib, xadislarni asos qilib oladi.” «Mahzanul-asror»” da adolat va zulm tushunchalari jiddiy ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo`yiladi. Shoir zulm hukmron bo`lgan yerda mamalakat xarobaga aylanadi, el xonavayron bo`ladi. Asarda «Sulton Sanjar va kampir» hikoyati mavjud. Kunlardan bir kuni Sulton Sanjar huzuriga jabrlangan bir qariya kampir kirib keladi. Shohning etagidan mahkam ushlab, uning hukmronligida ro`y berayotgan bedodlikdan faryod chekadi. Shohning kecha tinchligini saqlash kerak bo`lgan mirshablari mast holda ko`chama-ko`cha tentirab yuradilar. Hohlagan uylariga kirib, beboshlik qiladilar. Tunda ro`y bergan qotillikni tag-tomirini surishtirmasdan kampirning uyiga bostirib kiradilar va azob beradilar. Kampirning sochlaridan sudrab yuz-ko`zlariga tepadilar. Kampir bu sitamga chiday olmay to`g`ri shohning huzuriga boradi va qilmishini fosh etadi.

Bu hikoyat orqali Nizomiy shohlar jabr-zulmini fosh etibgina qolmasdan, ularga ta`sir etish qayta tarbiyalash yo`llarini qidiradi.

«Nushirvon o`z vaziri bilan» degan hikoyasida Nushirvon o`z vaziri bilan ovga chiqadi. Bir xaroba qishloqqa tushadilar. Ikki boyo`g`li suhbatini eshitgan shoh vazirdan ular nima deya yotganini so`raydi. Ikki qush bir-biri bilan quda bo`lmoqchi. Qiz tomon qalin evaziga xaroba berishni shart qilib qo`ymoqda. Yigit tomon esa shu podshohimiz hukmronligi davom etsa bu talab ortig`i bilan ado etilur deb aytmoqda. Bu suhbatdan shohning vijdoni uyg`onadi. xalqda nima eksang shuni o`rasan, osmonga tupirsang betingga tushar, birovga choh qazisang, o`zing yiqilursan, odam har bir qilmishi uchun qiyomat kuni javob beradi degan hikmatlar mavjud.

“Mahzanul-asror” Sharq xalqlari adabiyotida falsafiy-ta`limiy dostonning yangi va ajoyib namunasi bo`lib qoldi. O`zbek adabiyotida «Mahzanul-asror» an`anasiga birinchilardan bo`lib murojaat qilgan shoir XU asrda yashab ijod etgan “Gulshanul-asror” asari muallifi Haydar Xorazmiydir. XU1 asr o`zbek shoiri Xojaning “Maqsadul-atvor”asari ham Nizomiy “Maxzanul-asror”idan bahramand bo`lish bilan yaratilgandir.Xuddi shuningdek, Navoiyning “Hayratul-abror” asari ham bahramandlikning mevasidir.

«Xusrav va Shirin». Jahon adabiyoti juda ko`p muhabbat dostonlarini biladi. Uning xazinasidan Sharqning “Layli va Majnun”, “Vomiq va Uzro”, “Yusuf va Zulayho qissalari munosib o`rin olgan. Sharqning yana bir nodir ishqnomasi bor,bu Xusrav, Farhod va Shirin kabi qahramonlari haqida hikoya qiluvchi asarlaridir. “Xusrav va Shirin ”yoxud “Farhod va Shirin” Sharq xalqlari aql va tafakkurining moziyga daxldor mo`jizasi sifatida yuzaga kelgan. Bu doston 1181 yidda yaratilgan bo`lib, asarning muqaddimasi Xudo va payg`ambar nomiga yozilgan hamd-sanolardan iborat. Doston

Madoyin hukmdori farzandsiz Xurmuz xonadonida Xusrav Parvizning tug`ilishi bilan boshlanadi.Bola tarbiyasiga alohida e`tibor bilan qaraydilar. U yoshlikdan favqulotda aql- idrok, kuch-g`ayrat egasi bo`lib ulg`ayadi. Xusrav besh yoshidayoq barkamolligi bilan tomosha qilgudek va ibrat olgudek edi. Uning bosh barmoqlari sherning panjasiga o`xshardi.Nizomiy Xusrav xarakterini tasvirlar ekan, unga yoshlikdan boshlab hamroh bo`lgan yengiltaklik, beqarorlik sifatlarini ham ta`kidlab o`tadi.Bu odatlar unga umrini oxirigacha yo`ldosh bo`ladi va oqibatda qator fojialarga uchraydi.

Xusrav balog`at yoshida o`z yaqinlaridan bo`lgan Shopurdan Bardada hukmronlik qiluvchi Mexinbonuning go`zal jiyani Shirin haqida hikoya qiladi. G`oyibdan oshiq bo`lgan Xusrav Shopurni Bardaga yuboradi. Shopur Shiringa uchrashib Xusravga moyillik uyg`otadi. Shupun Xusrav huzuriga Madoyinga kelganida shahzoda otasi bilan urishib mamlakatdan qochib ketgan edi. Panoh istab Mehinbonu huzuriga boradi, lekin Shirin bilan uchrasholmaydi. Xusrav ota taxtiga o`tirganidan keyin bir vaqt Xurmuz hukmronligi yillarida sarkarda bo`lib turgan Bahrom Chubinning quvg`iniga uchraydi. Madad istab Rumga yo`l oladi. U yerda Rum qaysarining qizi Maryamga uylanadi. Madoyin taxtini qayta egallaydi. Bu vaqtda Shirin Madoyin atrofidagi bir qo`rg`onda yashar edi. Shirin obrazi doston davomida go`zallik va iroda ustivorligining yorqin ramzi sifatida gavdalanadi. U bir umr ilk muhabbatiga sodiq yashaydi. Xusravni unutolmaydi. Shirin yoshligidan sutga o`rgangan. Sut tanqisligi uchun juda qiynalar edi. Chorva o`tlaydigan yerdan sut arig`i qazdirish kerak edi. Shu munosabat bilan Farhod obrazi kirib keladi. Farhod sut arig`ini kovlashga tushadi. U butun borlig`i bilan Shiringa ko`ngil qo`yadi. Shu muhabbat uning kuchiga kuch qo`shardi. Biroq, o`rtada Xusrav bilan to`qnashuv turar edi. Butun borlig`i bilan sevgan Shirinning ko`ngli Xusravda edi. Xusravning nasl-nasabi yuqori ekanligini bilib, bemahal tug`ilgan muhabbatdan iztirob chekib tog`u-toshlarga chiqib ketadi. Jahl otiga mingan Xusrav Farhodni makr bilan o`ldiradi.

«Layli va Majnun» asari 1188 yilda yozilgan. Arab qabila boshlig`i Bani Omir farzandsiz bo`lib, ollohdan farzand so`raydi. Iltijolari ijobat bo`lib o`g`il ko`radi. Unga Qays deb ism qo`yadilar. Aql zakovatli Qaysni maktabga berdilar. Maktabda qizlar ham o`qir edilar. Layli ismli qiz ham bor edi. Qays bilan Layli bir-birlarini sevadilar. Tez orada ularning muhabbatlari oshkor bo`lib, Qaysga Majnun deb laqab qo`yadilar. Majnunning hayoti mashaqqat bilan kechar edi. Odamlardan o`zini olib qochar va bozorlarda qo`shiq aytib sahroga chiqib ketardi. Laylini sog`inib u yashayotgan qabilaga kelardi. Bir lahza diydorlashuvdan so`ng yana firoq o`tida yonardi.

Qaysning otasi Bani Omir o`z o`g`li uchun Laylini qo`lini so`rab yo`lga chiqdi. Laylining otasi boy- badavlat bo`lganligi uchun ham katta dabdaba bilan uni kutib oldi. Lekin o`rtaga Majnun bilan Laylining nikohlariga oq fotiha berish istagi tushushi bilan Laylining otasi o`zgaradi. Sovchilar ilojsiz qaytadilar. Bu xabar Majnunni telba qilibqo`yadi, endi u qarindosh urug`larini tark etib vahshiy hayvonlar sahrosida ular bilan ittifoq bo`lib yashay boshlaydi.Vahshiylar Majnunning oldiga hech kimni yaqinlashtirmas edilar.Uning oldiga ota-ona huzuridan ovqat olib kelgan odam yemishni ma`lum bir joyga qo`yib ketar edilar.Majnun vaqti-vaqti bilan bu joyga kelar, o`zi emas, hayvonlarning qornini to`g`izar edi.Bu voqealar Majnunning ota-onasini qattiq iztirobga soldi. Laylining omacu qizini Ibn Salomga uzatmoqchi bo`ladi. U og`ir iztiroblarni boshdan kechiradi. Lekin dardini ota-onasiga aytolmaydi.

Dostonda Navfal obrazi paydo bo`ladi.

Majnunning maqsadga yetishuvi uchun ko`makdosh. Navfal dashtda ov paytida Majnunni uchratib, unga madad qo`lini cho`zmoqchi bo`ladi. Laylining otasiga chopar yuboradi, rad etiladi. Ikki hukmron o`rtasidagi jangda Navfal qo`shinlarining qo`li baland keladi. Laylining otasi Navfal oyoqlariga tiz cho`kadi. U o`z niyati yo`lida qizini qurbon qilishga tayyor ekanligini aytadi. Bu esa kitobxonda nafrat uyg`otadi.

Majnun onasining vafotini eshitib tosh ustiga tushgan shishadek chilparchin bo`ladi. Majnunning vafotidan keyin umr daraxti xazon bo`lib borayotganligini anglagan Layli onasiga o`limi kuni o`ziga kelin libosini kiydirib dafn qilishlarini iltijo qiladi. Layli og`ir xastalanib hayotdan ko`z yumadi.Nizomiy Layli obrazi orqali Sharq ayollarining xayo, ibo, nazokatli fazilatlarini ifoda etadi.

«Haft paykar» “Panj ganj”ning to`rtinchi dostoni “Haft paykar”dir. Dostonning bosh qahramoni Bahrom Go`r bo`lib u 1197 yilda yozilgan. Sharq adabiyoti tarixida Bahrom nomiga ega bo`lgan qahramonlar ko`p. Masalan, Bahrom, Bahrom Go`r, Bahrom Chubin va boshqalar.Bahrom urush, tala-to`p ramzi sifatida qabul qilingan.Bahrom obrazi yozma adabiyotga dastlab Firdavsiy tomonidan olib kirildi.

Bahromni sasoniy shohlaridan Yazdigirdning o`g`li bo`lib uni avaylab o`stiradilar, yomon ko`zlardan asraydilar. Odobli va bilimli qilib tarbiyalash, harbiy hunarga o`rgatish choralarini qidiradilar. Shu maqsadda Bahromning tarbiyasini o`zining Yamandagi vassali Nu`monga topshiradilar.Nu`mon Bahrom uchun maxsus qasr qurdirib Havarnaq nomi bilan atay boshlaydilar.

Bahrom yoshligidan kulon oviga o`ch bo`lib o`sadi Shunga ko`ra ham u Bahrom Go`r laqabini oladi. Bahrom qulon quvib yurib katta xazinalarni qo`lga kiritadi.Bu orada otasi Yazdigird ham vafot etadi va toj-taxt uchun kurashlar boshlanadi.Bahrom do`shmanlari tomonidan taxtga chiqarilgan shohni tadbir bilan bartaraf etib hokimiyatni qo`lga kiradi. Bahromning Fitna ismli go`zal cho`risi bor edi.Bahrom uni nihoyatda sevar va ov safarlariga birga olib yurar edi.Bahrom sarguzashti yettita qissa uchun qoliplovchi hikoya vazifasini o`taydi.Bahrom rum, hind, eron, xorazm malikalarini o`z nikohiga oladi va ular uchun alohida qasr qurdiradi.Shanba kunidan boshlab juma kunigacha kechalari malikalardan qissa tinglaydi. Shu tariqa yettita qistirma qissa paydo bo`ladi. Bir zamonlarda yashagan Xayr va Sharr degan ikki kishi uzoq safarga otlanibdi.Birining oti Xayr-yaxshilik, ikkinchisi esa Sharr-johillik ekan.Ikkilari ham yo`lda yemak-ichmakni g`amlab olgan ekanlar. Xayr ochiq ko`ngillik bilan topganini o`rtaga qo`yar, Sharr esa o`z molini yashirar edi.Xayr hali yo`lda suvsiz sahrolar kelishini bilmas, Sharr esa hamma narsadan voqif edi.Yo`lda suvsizlikdan azob chekayotgan Xayr hamrohiga ikki yoqutni hadya qilib bir qultum suv so`radi. Sharr behayolik, vijdonsizlik yo`liga o`tib shu suvga tashna ikki ko`zini o`yib olishga rozi bo`lsagina suvimdan bahramand qilaman deb aytadi.Dahshatli voqea ro`y beradi.Sharr Xayrni ikki ko`zini o`yib oladi va bir qultum ham suv bermasdan ikki yoqutni olib yo`lga ravona bo`ladi. Shu atrofda bir cho`pon bo`lib uning nihoyatda go`zal qizi bor edi. Buloqdan suv olgani kelgan qiz ingragan ovozni eshitib shu tomonga oshiqadi. Qonga belanib yotgan Xayrni ko`radi. Daraxt barglaridan malham tayyorlab Xayrning ko`zini o`z holiga qaytaradi. Ota-onalarning roziligi bilan ularning to`yi bo`lib o`tadi.Afsonaning oxirida Sharr tasodifan Xayrga duch keladi. U hali ham yomon odatlarini tark etmagan edi.Xayr uning gunohlaridan o`tadi. Afsonada odamiylikka xos muruvvat g`olib chiqadi.

«Iskandarnoma» beshinchi doston bo`lib, dostonda Iskandar Zulqarnayn obrazi gavdalantirilgan. Sharqda juda ko`p afsonalar mavjud bo`lib, bu afsonalarinng ko`pchiligi Iskandar nomi bilan bog`liq.. Iskandarni xalq tafakkurida rahnamo va madadkor sifatida xizr bilan yonma-yon tilga olinadi. Qadimda ko`plab Iskandarnomalar yaratilgan.

A.Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida ham Iskandar oynasi

masalasi,Iskandar tilsimini yechish maqsadida Farhodning Yunonga

qilgan safari tasvirlanadi. Firdavsiy shohnomasida ham Iskandarning Eronga yurishi Doro bilan to`qnashuvi va Iskandar devorining bunyod etilishi lavhalari tasvirlangan.

«Iskandarnoma» 1197-1204 yillar oralig`ida yozilgan asar bo`lib, «Sharafnoma» va «Iqbolnoma» kabi ikki qismdan iborat. Iskandarning harbiy yurishlari mamlakatni aql idroki bilan boshqarishi hikoya qilinadi. Iskandar juda erta ota taxtiga o`ltiradi.

Misr, Eron janglarida mohir sarkarda sifatida dong taratadi. Iskandarning tadbirkorligini bilgan yaqin-yiroq mamlakatlar hokimlari uni madadga chaqiradilar. Iskandar xalqning oromini buzgan Ya`juj va Ma`juj ustiga zafarona yurish qiladi. Xalqni bu zulm va zo`rovonlikdan ozod etadi. Dostonda Iskandar donishmand sifatida tasvirlanadi. U Arastudan boshlab zamonasining buyuk donishmandlari bilan suhbatlashgan. Shohu-gadoning so`zlariga quloq tutadi. U har doim rost gapirishga harakat qiladi. Bu gal yolg`on gapirib, hiyla ishlatib mulzam bo`ladi.



Ozarbayjon hukmdori malika Nushoba bilan bo`lgan muloqati bor. Iskandar Ozarbayjon hududidan o`tar ekan, odil va oqila Nushoba haqida ko`p yaxshi fikrni eshittan edi. U Nushoba huzuriga bormoqchi bo`ladi. Lekin to`satdan borishdan o`zini tiyadi.

Iskandar hiyla ishlatib ust-boshini almashtirib elchi sifatida Barda` hokimasi Nushoba huzuriga kirib boradi. Lekin Iskandar o`zining xatti-harakati, muomalalari bilan o`zini sezdirib qo`yadi. Nushoba uni qattiq uyaltiradi. Nushoba uchun kim bo`lishidan qat`iy nazar u mehmon edi. Unga izzat-ikrom ko`rsatar edi. Nushobaning aql-idrok bilan ish yuritishi Iskandarni hayratga soladi.
Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish