Hech sezilmay unsiz sevganlar uchun



Download 15,97 Kb.
Sana27.04.2022
Hajmi15,97 Kb.
#585457
Bog'liq
Sevara


Siz men uchun erishib bo‘lmas orzuyimsiz. Siz dunyolardan kechsamda kechib bo‘lmas ishqimsiz. Borligingiz- baxtim
E‘tiboringiz- omadim, quvonchingiz-istagim, ovozingiz- ilhomim, so'zlaringiz- hayajonim, xotiralaringiz- hayotim tirikligimdir. Umrimning bahori, qalbimning ardog‘i ko‘nglimning gulbog‘i OYBEGIM MENING!!!

Hech sezilmay unsiz sevganlar uchun.


Bu yozganlarim tunda yostiqga boshini quyib tezda uxlab qoladigan beg‘amlar uchunmas, baxti to‘kislar uchun ham emas, qayta qayta ishonch berilib oxiri alam va xom xayollar bilan qolganlar uchun, sariq chaqaga chiqganlar uchun va shuningdek tark etilib shunga ham qaramay sevganlar uchun. Ishonganlar uchun sevgi uchun qulayotganlar uchun yarim yo‘lda tashlab ketilganlar uchun, O‘zi yarim bo‘lsada kimnidir to'ldirishga harakat qilganlarga uchun.
Oxir oqibat baribir sezilmay unsiz sevganlarga uchun. Men ham sevdim sevilganimni bilolmadim. Inson sevishni boshlaganida yashashni boshlaydi shunday degan edi Velliam Shakespeare. Unutish va kechirish aqilli insonlarning intiqomidir Fredrik Scherville. Bazan qasos olish ham yaxshi chunki insonlarga asl haqiqat ko'rinadi. Biroq qasos o'ti sizni o'z jiloviga olmasligi darkor. Intiqom tuyg'usi sizni emas siz uni boshqarishingiz kerak.
Eng avvalo meni odamdek ezozlab hurmat qilgan insonlarim qattiq ranjitishdi, ko'nglimni og'ritishdi hayollarimni chippakka chiqarishdi hattoki bularni amalga oshirishganidan zavq olgandek ko'rinishardi. Oddiy bir inson bunday hodisalardan kiyin jim saqlasa nafrati qo'zg'ar ekan. Ammo bularning barchasi mening qalbimda hech qanday nafrat urug'ini socholmadi. Chunki men menga ozor bergan insonlardan birozgina bo'lsada farqim bo'lishi kerak edi. Ular kabi birovni ranjitib chilparchin qilib yarim yo‘lda qoldirib ortimga qayrilib qaramasdan tashlab keta olmasdim. Tangrining bergan kuni doim bir xil bo'lmaydiku deya o'zimni ovutib bir kuni quyosh qalbimdagi ezgulik mehr shafqat tuyg'ularim qaytadan porlatadi deb ishontirardim. Meni ranjitgani uchun bir insondan hech qachon nafratlanmadim aksincha o'zimni qilgan ishlarini unutganday ko'rsatib sabr qildim va kechirdim. Chunki men bir insondan qasos olishning eng yaxshi usuli uni kechirish deb hisoblayman.
Agar bir kishidan qasosingni uni kechirgan holatda oladigan bo'lsang ham qilgan xatosini o'zi tushunib yetadi ham ichida aybdorlik hissi uyg'onadi. Ammo kechirishinga qaramay hanuz bir narsalarni tushunib yetmayotgan bo'lsa u insonni ollohga havola qilishdan o'zga chorang qolmas ekan. Men o'zimdek bo'ldim ichimdagi mayda zarralarimgacha xafa qilib ranjitganlarga xuddi ulardek muomalada bo'lmadim, ularga bunday imkoniyatni bermadim. Nafrat ham bir tuyg'udir uni hammaga ham sarflab arzimas insonlar uchun hatto nafrat deb atalmish tuyg'uyimni zoyi ketkazmadim menga qilinganlarni unutdim demayman zotan buning imkoni yuq bor yug'i o'zimni unutganday ko'rsatdim va kechirdim bu meni pastga urmaydi yuksakka chiqaradi chunki men menga dardi xasrati bilan kelgan insonni kechirib yuboradigan darajadagi bag'ri keng va muruvvatli bo‘ldim chunki men ular kabi emasman. Chunki men hamma qatori emasman chunki men menman va mening ulardan eng katta farqim ham shunda.
Inson qismatim deb o'ylagani ajali ham ishqqa bog'liq ekan. Endi sizga men kabi sevadiganlar uchramaydi ketishingiz mumkin meni yo'q deb hisoblashingiz ham mumkin barchasiga nuqta quyishingiz ham mumkin sevmasligingiz mumkin behuda umid berishingiz mumkin jonimga azob berishingiz ham mumkin so'z berib ustidan chiqmaslikingiz ham mumkin qo'ynimni puch yong'oqga to'ldirishishingiz mumkin faqat shuni yoddan chiqarishmangki ketgan joyingizda men sizni sevganimchalik boshqa birov muhabbat quya olmaydi chunki men undan avval hech kim sevolmaydiganchalik guzal va dunyolarga teng kelmas besarhad sevdim, chunki men ulardek o'tirgan joyimdan sevishimni ishor qiladiganlardan emasdim chunki men asl oshiqlarning qanday ekanliklarini juda yaxshi bilardim.
Qalbimdagi ishqga buyuk bir ehtirom ko'rsatdim. Ehtimol sariq chaqaga chiqgangandurman balki og'ir yaralangandurman ammo men baribir sevdim. Ketish o'z ixtiyoringizga xavola men sizni isitish uchun jonimga o't qalar ekanman siz borib o'zgalarning yonida sovuq qotishingiz tayin to‘xtatmayman keting lekin men sevganchalik borgan joyingizda zarracha ham sevilmaganligingizni ko'ring va buni suyak suyaklaringizgacha his qiling mayli o'zingiz yashab ko'ring. Ketish o‘z ixtiyoringizga havola men sizni isitish uchun o‘z jonimga o‘t qalar ekanman o'zgalar sizga seni sevaman deydi lekin siz sovuqqotasiz.
O'rganmang, O'rganmang deganda ko'cha boshidagi itingizni yoki o'qiyotgan kitobingizni nazarda tutmayapman insonlarni aytyapman insonlarga o‘rganmang azob chekasiz.
Yarim qolasiz hayollaringizla puch qolasiz pushaymon bo'lasiz keyin esa boshqa biror insonga ishonishni qo'yib turing eng yaxshi ko‘rgan hayvoningiz boshini silab yurgan mushugingizga ham ishonchingiz qolmaydi insonlarga ishonishning har doim badalini eng og'ir shaklda to‘laysiz sevasizu sevilmaysiz sog‘inasiz biroq sog'ingan insoningiz tomonidan sezilmaysiz ham qadrlaysiz lekin qadrlaganingiz tomonidan qadrsizga aylanasiz butun borlig‘im deb bilgan insoningiz hayotida zarracha o‘rningiz qolmaganini ko‘rib uning azobini suyak suyagingizgacha his qilasiz. Endi bundan buyog'iga insonlarga qattiq o‘rganmayman. Chunki o‘rganib qolsam yana avvalgidek aldamanam bulaklarga bo‘linaman keyin parchalarimni yig‘olmay qiynalaman. Bularga giriftor bo‘lgandan hech kimga bog‘lanmayman. Siz ham shunday qiling insonlarga o‘rganmang ular o'ta shafqatsiz undan ko‘ra birorta mushukka o‘rganing o'qiyotgan kitobingizga ovuning ana shunga o‘rganing masalan o‘tirganda orom oladigan o‘rindig‘ingizga o‘rganing. Agar sevishni istasangiz moychechaklarni seving osmonni seving quyosh chiqishini kuzatishni, issiq non hidinida seving yoki bo‘lmasa ko‘chadagi daydi itni seving ammo zinhor va zinhor insonlarni sevmang. Sevishga arzigulik shuncha go‘zalliklar bor bo‘la turib ichingizdagi toza sevgini noloyiqlar uchun isrof qilmang. Hamma narsa o‘z yo'lida ketayotgan paytda ishonganing ishonchingni poymol qiladi. Insonni eng ko‘p qiynaydigon narsa mana shu. Hayot qisqa siz esa qalblarni chil chil sindirmoqdasiz. Tangrim kechirmasin mening aslo insonlarni qarg‘aydigon odatim yo‘q. Lanatlashga loyiq bo'lganlarga ham ko‘z yumaman. Menda bir odat borki Qalbimni sindirganlarga ayni ishni takrorlay olmayman, menda hech qachon mening jonimga azob berdi endi men ham qalbini parchalayman degan qasos tuyg'ularim bo'lmaydi. Men hamisha ilohiy odillikning borligiga ishonib yashayman. Dilimni og‘ritib ketganni qarg‘ash o‘rniga uni dilimning egasi hukmiga havola qilaman chunki u hammasining afzalini biladi deyman. Chunki biror insonni qarg‘agan kunimning tunida ko'zimga uyqu kelmaydi ko‘nglim g‘ashlanadi har doim o‘zgalar ranjimasin deya o‘zimni xafa qilaman o‘sha meni ranjitganlar xafa qilganlar qalbimni tilka pora qilganlar bo‘lsa ham baribir ularga ozor yetmasin deb o‘zimni qalqon qilaman. Qarg‘amayman lekin pok qalbli insonlarning top toza tuyg‘ularini kirlatganlarni tangri kechirmasin sevgani uchun qo'lidan kelganini emas nafaqat qo'lidan ko'nglidan qalbidan kelganlarni ziyodasini qilganlarning barchasini oyoq osti qilganlarni ham tangri kechirmasin nima qilsam ham meni telbalarcha sevadi degan o‘yning bergan xotirjamligida tuyg‘ular bilan o‘ynashganlarni ham tangri kechirmasin qalbidagi muhabbat sabab u ichidagilarni to‘kib sochganlarni mensimaganlarni ham tangri kechirmasin hammadan qochib sevgan insonini o‘zining qalb ummonining sohibasi hisoblab birgina unga oshiqgan unga talpingan oxir oqibat esa daxshatli ummon qariga g'arq qilib yuborganlarni ham tangri kechirmasin sevgan insonlarini ko‘chada qoldirganlarni ham tangri kechirmasin. Hayotida yagona suyanadigan ustuni hisoblab suyangan ustunlarni qulatgan insonlarni ham tangri kechirmasin. Ranjigan ezilgan va tilka pora qilingan holda faqat sevgani sababli kechirib yuborgani uchun pushaymon qilganlarni ham tangri kechirmasin sevgan inson tark etmasin sevmaydigon inson aslo kelmasin sevadigon odam sevgisini his qildira olsin quruq ishor bilan kifoyalanmasin ey tangrim ko‘pgina insonlarni vijdonim sabab kechirdim ammo o‘tinaman sen kechirma chunki sen qo‘limga bergan senga ishongan bu qalbimga ziyon yetkazdilar men kechirdim ammo yolvoramanki sen kechirma. Minnatdorman menga aziyat yetkazgan insonlarning hayotimda bo'lganliklari uchun minnatdorman ular hayotimda mavjud bo‘lmaganlarida men minnatdorchilik nimaligini bilmagan bular edim. Nima uchun deb o‘ylayapsizmi chunki hozir ularning soyasidan ham ixtiyotkorman. Qadamlarimni yanada shaxdam bosishni o'rgandim. Avvalgidek insonlarga osonlikcha ishonmayapman, ishonolmayapman avvalgidek qiziqqon emasman hislarimni jilovlashni o'rgandim. Avvallari birgina sms meni hayajonlartirgan bo‘lsa hozir quchishlar ham hayajonga solmaydi. To‘g‘ri bularning barchasi azob berar lekin ulg‘aytiradi, ishonchimdan foydalanib insonlar meni tashlab ketishidan men g'azablanmayman nafratlanmayman balki ularga rahmat aytaman. Meni ulg'ayishim o'sishimda o'zimga munosibini tanlashimda bundan keyin ham ehtiyotkor bo'lishimda yordam berishdi beparvo bir tuda insonlarning orasiga o‘ylamay kirishning oqibati qanday bo'lishini o‘rgatgani uchun minnatdorman agar ular bo'lmaganida hech narsaning farqiga bormay qiymatsiz insonlarni deb qalbim bir umr sudralib o‘tib ketar edi. Yaxshiyamki menga ishonganidanmi yolg'iz yarim yo‘l tashlab ketishdi. Asosiysi shundaki kimning qanday ekanligini vaqtida anglashdir. Meni umuman ahamiyatga olmaganing uchun sizdan g‘azablanmadim xavotir olmang sizni qarg‘ash sira hayolimga kelgani yuq sizning soyangizda ham qalbingizning asl holatini ko‘ra olaman buning uchun sizdan qarzdorman. Bir paytlar sizga butun borlig‘im deya nazar solar edim endi esa sizdan sizning sharofatingiz ila vos kechishni
o‘rganyapman. Baribir ishonaman siz meni sevishdan sevilishdan boshqa narsa umid qilmaydigan inson edingiz. Qabimizni parchalashdi bir joyda o'qigan edim "ehtimol siz bilan doim birga bo‘lmasman ammo iforim hamisha siz bilan bo‘lsin qo‘llarimning taftini doimo qo‘llaringizda his qiling bilaklarimizni har on bir biriga tekgan deb faraz qiling va bularni ongingizga muhrlang sizni juda qattiq sevaman" shu jumla atab yozilgan insonning o‘rnida bo‘lishni va shu qadar kuchli sevilishni istardim ammo sezib turganingizdek kuchli sevilishni bir chetga qo'yib turing qarshimdan chiqib qalbimdagi tuyg‘ularni abadiy deb o‘ylab ahamiyatga ham olmadingiz. Boshida o‘zingizni hammadan boshqachaman deb o‘zingizga o‘rgatib aslida esa boshqalardan hech qanday farqingiz yo'qligini ko'rsatdingiz ehtimol bu siz uchun uddaburonlikdir lekin insonlarning tuyg‘ulari bilan o‘ynashish hech qanday insoniylik qonun qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini bilganingizda edi balki... Biroq hali hanuz bir joylarda qayerlardadur moychechak kabi nozik qalbli insonlar borligiga ishonaman agar bunday bo'lmaganida hayotimizdagi hozirgi go‘zalliklar hozirgidek bo'lmasdi bu go‘zalliklar ortida aniq sevgining muhabbatning tafti nafasi borligi aniq. Taasufki siz va men bir moychechak donasidek edik va mening ko‘z o'ngimda siz boshqa gulni hidladingiz bu esa mening eng katta chorasizligim sizning esa eng katta aybingiz edi.
Bu hayotda atrofimizga guzal nafis qalb egalarini yig‘ishimiz kerak ekan hayot sinovlari sizni sinayotgan bir paytda sizdan yuz o‘giradigonlarni emas aksincha senga bag‘rinini ochib taskin beradigan insonlar lozim bergan mehr muhabbatingni va qiymatingni his qilib o'zgaradigan emas yanada samiymiy munosabatda bo‘ladigan insonlar lozim, qilar ishni qilib quyib uzr so'raydigan emas o‘zini kechirim so'raydigan holatgacha olib kelmaydigan va qadrlagan insonni ko'klarga ko‘taradigan insonlar lozim biron joyda o'tirib ikkita choy buyurib choyni qachon tugaganini va o‘tgan vaqtni payqamay qoladigan darajada bir biri bilan jipslashib ketadigan insonlar lozim, faqatgina baxtiyor onlarda emas qayg'uli kunda ham mushtoq bo‘ladigan insonlar lozim eng mayda zarralardan bahona topib ketadigan emas barcha muammolarni birga yechishda yordam qiladigan insonlar lozim kishining yarasiga tuz bosadigan emas o‘sha yaraga malham bo‘ladigan insonlar lozim, sadoqat va vafoni idrok qila oladigan insonlar lozim.
Yaxshiyam borsan deb bir paytlar aytgan insonni yuqotish chinakamiga insonni charchatadi. Gohida hech narsadan umiding bulmaydi hech narsa hayollaringni chulg'amasligini istaysan faqatgina bir insonni orzu qilasan birgina shu inson bilan ovunishni ishtaysan. Faqat u bilan bo‘lganingda o'zingni xotirjam his qilasan birgina u bilangina o'zingni kuchli his qilasan mendagi his ham xuddi shunday edi. Uning yonida o'zimni juda kerakli ahamiyatli hamda xuddiki butun dunyo menikidek his qilar edim. Ilk sizni ko'rgan kunim hatto bu kunlar hayollarimning bir chetida ham bo‘lmagan, bu kunlar uchun avval aytganimdek sizdan minnatdorman lekin nima bo'lgandaham unutmangki pushaymonda emasman.
O'sha tun hali hamon esimda qorli qirovli kunlarning birida qorburon o'ynagani chiqdimu hayotimda yangi kunlar boshlandi. Esimda hali ham esimda o'shanda siz menga "Laylok qor" sherini junatgandiz shu payt taqdirimning qaysidur onlari shu Laylakqordagi qiznikiga o'xshashini o'ylab ham ko'rmabmana. Balki siz ataylabdan menga oldindan hayotimni ko'rsatmoqchi bo'lgansizu men payqamaganman.
Xotiralarni qo'zg'ab yog'ib berdi laylak qor
Yana esimga tushdi ul bevafo go'zal yor
Ho'p ajoyib dam edi qorli quroli kunlar
Masrur edim baxtimdan shirin tush ko'rib tunlar
Laylak qor yog'ganida uni ilk bor ko'rgandim
Ko'rib uni qalbimda sexrli xis tuygandim
U turardi qarshimda shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin yog'ar edi kuchayib
Men xech ko'z uzolmadim betakror ko'zlaridan
Maftun bo'lib qolgandim samimiy so'zlaridan
U juda dilbar edi kulib turardi yuzi
kulgichlarda yashirinch bor edi shirin nozi
Ilk muxabatim edi ul bevafo go'zal yor
Uchratkandim men uni yog'ganida laylak qor
Samimiy suxbatidan zavq olardim bir joxon
Uchratmagandim aval bundayin shirin zamon
Qo'l ushlashib yurardik bog'lar ichra ikkimiz
Xayolimda bir umur buzilmasdi sevgimiz
Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go'zal yor
Tanishgandim u bilan yog'ganida laylak qor
Ko'zimizga tikilib tinmay suxbat qurardik
Yoz oylari qirg'oqdan chig'anoqlar terardig
Axti paymon qilgandik ul bevafo yor bilan
Qasam xam ichganedik opoq nafis qor bilan
Tunlari yxlamasdan o'ylab chiqardim uni
U aslo sevmas ekan sezmasekanman buni
Afsus meni tark etidi ul bevafo go'zal yor
Sevgan edim men uni yog'ganida laylak qor

Kun o'tib bir birimizga o'rganib bordik. Hozir turgan joyimdan o'tmishimga sevgan insonlarimga qadrlagan insonlarimga bir nazar soldim. Shu qadar meni baxtli qilish uchun harakat qilgan insonga nimaga borimni bermas ekanman deb o'zimdan surardim. Sizni qayta topdim qayta yuqotarman ammo bu safar yuqotadigan men bulmasam yaxshi bular edi dedim o'z-o'zimga. Chunki insonlarni yuqotishdan juda charchadim shu boisdan yuqotish azobini yana totmaslik uchun hayotimga hech kimni kirita olmadim. Yarim yo‘lda tashlab ketilganim, nurab borayotganim og'riqlar ich ichimdan qalbimni yemirgani uchun yana yuliqmayin deb o'zimni muhofaza qilishni boshlayman. Va hech kimni hayotimni dahl qilishiga izn bermayman yaqin yulatolmadim ishonolmadim hattoki insonlardan hadiksirab qoldim. Ammo biroz vaqt o‘tib yana sizni ...... qolgandikman. Qo'rqaman sizga takror aytdim qo'rqaman deya. Qo'rqdim ammo yuragimni sevishdan mahrum qilolmadim.


Qanchalar sizni sevib boryapman. Qalbim sizga tomon Qanchalar ilib bormoqda menga kelishingizni istayman. Meni davolab ishonchimni va qalbimni o'rniga qo‘yishingiz xoxlayman qaytadan. Yana suyana olay. Jazavasi tutgan bir to‘da qarg'a misol ustimda qag‘illab turgan bir qancha ovoz ichidan ajrata oladigonim va sira hadiksiramaganim yagona narsani ya'ni ovozingizni puflab turib labimga suyang ammo to'satdan bo'lmasin bu avval dudoqlaringizni biroz sovuting, gudagiga ilk marta oshini berayotgan onaning lablarini qoshiqqa ohista tekkizib bolasining og‘zi kuymasligiga amin bo‘lishdik shafqat bilan qiling. Albatta bunga majbur emassiz ammo men tomon kelishingizni istayman chunki tashqarida yashamagan inson o‘zining ichida o‘zga bir olam yaratadi va har doim shu dunyosi bilan yashashda davom etadi. O‘zi qurgan dunyosi uni qurita boshlaganda o‘z dunyosidan chiqish uchun eshiklar izlay boshlaydi. Meni to'xtating yoki yo‘nalishimni o‘zingiz tomonga buring siz kelolmasangiz menga yo‘lni ko‘rsating o‘zim boray. Ichida siz yashamagan hayotning hech bir zarrasi bo‘lishni istamayman.
Bu ulkan dunyoyimdan bir deraza oching ko‘ngilsizliklarim ortida meni kuting bularni qanday amalga oshirasiz bilmayman ammo men yuqolib boryapman. Meni toping bag‘ringizga bosing mendan boshqalar titib yuborgan bu tanamni birgina siz ovozingiz bilan tiklay olasiz. Tilka pora qilindim izlari bor sirtimda. Tashqariga qiziqib ochiq qolgan eshikdan bir mushukning bor yug‘i bir kechani tashqarida o'tkazgani uchun
Butun bir umrini yarim kechaga o'tkazishi qanday tuyg‘u ekanligini bilolmaysiz. Bilaman ko‘p vaqt o‘tdi ko‘p voqealar kechirolmaysiz lekin kechirishni avval o‘zingizdan boshlang o‘zingizga quchoq oching o‘zingizni toping. Nega, nima sababdan deb surang o‘zingizdan va nima qanday qilishingizni bilmayman ammo ishonchimni qalbimni o‘rniga qo‘ying boshqatdan. Telbaga aylanmasimdan bu qarg‘alar galasining ovozini o'chiring. Meni toping bag‘ringizga bosing titilgan bu tanamni yolg'izgina siz ovozingiz bilan tiklaysiz.
Bir kun keladi va siz ham sevgan edim deysiz. Men kech bo‘lsada tushundim, nimani deysizmi? Kech Aytilgan haqiqatlar qanchalik to‘g‘ri bo‘lsada shunchalik samarasiz ekanligini kech tushundim. Tark etilganimni qanday tushuntirsam ekan lablarim bilan so‘zlarim orasiga bir pichoq sanchilganu men har gapirganimda tilimni kesib boradi. Menimcha bu yozganlarimni kimningdur yozganlaridan uzuq yuluq ko'chirib olingan so'zlariga o‘xshab ko‘rinyapti sizga. Men shunchaki sizga tark etilganligimni tushuntirishga harakat qilayapman xolos. Bilaman siz gapirmaysiz gapirsangiz dunyoning eng katta urushi boshlanishi mumkinligini bilsangiz ham gapirmaysiz faqatgina bu xarobalardan chiqish yo‘lini izlaysiz xolos. Kichik bir binoning tirqishidan kirib turgan nurdan so‘rashingizham mumkin tark etilish nima ekanligini chunki u bunga ko‘p bora guvoh bo‘lgan. Ikki kishilik yotoqda necha yillardan buyon ikki yostiqdan birining mehmonxonadagi devanga ko'chirilishining nimaligini yotoqxonada qolgan yostiqdan surab kuringga. Dush qilingandan sung bir begonaning yoniga chiqayotgandik hammomda ustiga kiyib azalda seni qattiq sevaman degan erkakga hozir tanasining hatto bir qismini ham ko‘rsatishni istamagan ayoldan. Bu bizning kuyimiz bo‘lsin deya tanlangan bo‘lsada o‘tgan kunlarni esga solgani uchun hech tinglanmaydigan ustiga ustak nafratlaniladigan bir kuydan. Va hatto uchi yirtilgani sababli ko‘chaga uloqtirilgan bir paytoqdan tark etilish nimaligini surab ko‘ringga.
Niyatlarim toza edi hamisha yoningdaman deganlaringizga aldandim. Ming shukurki sizni aldagan men bo‘lmadim chunki sizga aldanib bo‘lgan edim. Chunki men buni xohlamagan bular edim men sizga nisbatan moychechak gulidek qalbim nozik ko‘ngil quygan edim. Agar aldaganimda moychechakni sira yoqtirmay qolar edim. Sizga bir gapni aytsam sizni sevgan insonlarni aldaydigan darajada bu qadar subutsiz bo‘lmang qolganlarini tuzatsa bo‘ladi. Agar hammadan qochib bir inson uchun yashash ishq deyilsa mening hali hamon ana shu ishqim bor ishonamanki bu ishqim butun umr mening qalbimda hech kimga sezilmasdan yashaydi. Yashab turib o‘lish nimaligini bilasizmi agar inson chinakamiga sevsagina bu hisni tuya oladi yuragingiz urushiga qaramay tanangiz qora tuproqning tagida yotgan jonsiz tanadan farqi yo'qdek bo‘ladi guyo. Kurmaganim shu qolgan edi buni ham his qila oldi. Bu juda og‘ir yuk edi. Yana bir narsa men hayot ummonida suzishni bilmas edim bilmasligimni bilsangizda boshqa menga hech kim bo‘lmagan insonlar qatori cho‘kishimga tomoshabin bo‘lib kuzatganingiz qanchalar og‘ir ekanligini bilasizmi. Shunday bo‘lsada insonlar tomon bir qadam bosishgada madorim yuq edi siz tomon esa yugurishdan tolmadim.Sevishning o‘rniga bahonalar izlagan insonlar uchun ishq qalbi uchun torlik qiladi. O‘zingizni ovvoralar qilmang qalbi yuq inson ishqni tushunmaydi. O'rtadagi masofalarni rukach qilgan insondan yaxshilik chiqmaydi. Siz menga o'rtadagi masofalarni bahona qildingiz sevgi ishq bu xuddiki masofalarga go'yoki bog'liqdek. Yillar o‘tsada ilk m
Download 15,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish