Himoya o’chirish qurilmasi(uzo)ning montaji sxemalarini yig‘ish



Download 221,4 Kb.
Sana29.03.2022
Hajmi221,4 Kb.
#516092
Bog'liq
10-laboratoriya (1)


Himoya o’chirish qurilmasi(UZO)ning montaji sxemalarini yig‘ish.

Ishning maqadi: Himoya o‘chirish qurilmasining ulanish sxemalari orqali yerga oquvchi tokdan himoyalashni o‘rganish.


Nazariy qism
Ishlab chiqarish va sanoat korxonalari, mahalliy qishloq xo‘jaligi xonadonlarida qurilmalarning o‘tkazuvchi kabellarining izolyatsiyasining yemirilishi yoki tashqi tasirlar natijasida izolyatsiya qobig‘ining ochilib qolishi kutilmagan holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Izolyatsiya qobig‘ining ochiq bo‘lishi qurilma yoki kabel bilan ishlovchi personal hodimning hayotiga havf tug‘diradi. Ma’lumki, inson hayoti uchun havfli bo‘lgan elektr tokining miqdori 50 mA hisoblanadi. Inson hayotiga zomin bo‘ladigan elektr tokining qiymati bu 100 mA hisoblanadi. UZO qurilmasi aynan shu qiymatdagi toklardan insonni yoki personal ishlovchi hodimning hayotini saqlab qolish ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma o‘ta yuklanish va qisqa tutashuvlardan himoya qiluvchi avtomatlardan farqli o‘laroq, UZO tarmoqni yoki alohida elektr liniyasini uzib, yerga oquvchi toklarni mavjudligini darhol aniqlash uchun mo‘ljallangan.

1-rasm.UZO qurilmasning konsriktiv sxemasi.
1 – differensial tok transformatori, 2 – uzuvchi element, 3 – ijro mehanizmi, 4 – sinov qarshiligi, 5 – kontakt, 6 – sinov zanjiring himoya kontakti.
Qurilma kiruvchi va chiquvchi tok qiymatlarini taqqoslash va nomuvofiqlik aniqlanganda ishga tushadi. Avtomatik qurilmaning korpusida turli yo'nalishlarga yo'naltirilgan magnit oqimlari ega bo'lgan bir o‘zakli transformator va cho‘g‘amlar mavjud. Agar odam qurilmaga va elektr zanjiriga tegsa yerga oquvchi tok oqimi sodir bo‘ladi va chiqishdagi magnit oqimi pasayadi, buning natijasida elektr relesi ishga tushadi va quvvat manbai uziladi. Bu holat o‘rtacha 0,2 dan 0,4 soniyagacha davom etadi.
Bugungi kunda UZO o‘chirish qurilmasining foydalanuvchiari soni ortib bormoqda. Quyidagi laboratoriya sxemasi orqali UZO qurilmasining fizik jihatdan ishlash prinspini ko‘rib chiqamiz.
Ushbu qurilma o‘ta yuklanish va qisqa tutashuvlardan himoya qiluvchi avtomatlardan farqli o‘laroq, UZO tarmoqni yoki alohida elektr liniyasini uzib, yerga oquvchi toklarni mavjudligini darhol aniqlash uchun mo‘ljallangan.
1 – rasmda loboratoriya ishining ishchi sxemasi keltirilgan. Ushbu sxemada elektr hisoblagich, UZO 25 A ga mo‘ljallangan o‘chirish qurilmasi, ikki qutbli 16 A ga mo‘ljallangan avtomat, 2 ta 12 W ga mo‘ljallangan yoritish chirog‘i, indikator, voltmetr va ampermetrlar mavjud.

Ishning bajarish tartibi:

  1. Barcha qurilmalarning ishga sozligi tekshiriladi.

  2. Berilgan sxema bo‘yicha laboratoriya qurilmalar o‘tkazgich kabellar orqali ulanadi.

  3. Birinchi holda izolyatsiya butun bo‘lgan kabellardan ulanish sxemalari yig‘iladi va sxema ulanadi.

  4. Ulangan sxemadagi tok va kuchlanishning qiymatini o‘lchab olinadi.

  5. Ikkinchi holatda izolyatsiyasi 1 sm ochilgan kabellar orqali sxema yig‘iladi va ochiq bo‘lgan qismida reostat ulanadi.

  6. Reostatning ikkinchi uchi yerlatgichga ulanadi.

  7. Reostat qarshining dastlabki qarshiligi o‘tkazgich kabelining qarshiligidan katta tanlandi va asta sekin qiymat kamaytirilib boriladi.

  8. UZO qurilmasi ishlagunga qadar qiymat kichiklashtirilib boriladi.

  9. Qiymatlar quyidagi jadvalga yoziladi.

Kabelning izolyatsiya holati

Resiztor qarshiligi (om)

Voltmetr (V)

Apermetr (A)

Izolyatsizali










Izolyatsiyasi ochiq










Nazorat savollari

  1. UZO ning ishlash prinspini tushuntirib bering.

  2. Kabel izoyatsiyasi deganda nimani tushunasiz?

  3. UZO ning uzish vati nimaga teng deb o‘ylaysiz?

Download 221,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish