«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana14.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#363865
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

rivojlantirish sharoiti 

Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish har bir 

hududning  ichki  imkoniyatlariga  bevosita  bog‘liqdir.  Xususan  bunda  

hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari asosiy omillardan sanaladi. 

Mazkur  shart-sharoitlar  va  imkoniyatlar  mintaqalarda  turli  tadbirkorlik  faoliyatini 

shakllanishiga  sabab  bo‘ladi.  Zero,    Namangan  viloyatining  tabiiy  geografik 

imkoniyatlari,    aholi  joylashuvining  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  xo‘jalik 

ixtisoslashuvining tarixiy geografik asoslari hamda aholi urf odatlari va mentaliteti 

mazkur  tadbirkorlik  sohasining  rivojlanishiga  o‘z  ta‘sirini  ko‘rsatgan.  SHunga 

ko‘ra,  aholi  punktlarida  azaliy  hunarmandchilik  va  savdo  bilan  shug‘ullanish 

o‘ziga  xos  xususiyatga  ega.  Tabiiy  geografik  imkoniyatlariga  baho  beriladigan 

bo‘lsa, viloyat yer usti tuzilishiga ko‘ra tekislik, adir, adirorti tekisliklari, tog‘oldi 

etaklari  va  tog‘li  hududlardan  iborat.  Rel‘ef  tuzilishiga  ko‘ra  xilma-xillik 

viloyatning  tabiiy  va  iqtisodiy  resurslari  salohiyati,  ulardan  foydalanishda  turli 

xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Viloyatning asosiy suv resurslari manbai daryolar, 

soylar,  suv  omborlari,  kanallar  va  yer  osti  suvlari  hisoblanib,  ular  tadbirkorlik 

faoliyatini  amalga  oshirishda  ahamiyatga  egadir.  Bundan  tashqari,  viloyat  hududi 

yerlarini  sug‘orishda  keng  foydalaniladigan  mahalliy  suv  omborlari  ham  mavjud. 

Ularga Kosonsoy (160,0 mln. m

3

), Qorasuv (6,5 mln. m



3

), CHortoq (19,0 mln. m

3

), 


Ko‘ksereksoy (5,4 mln. m

3

), Varzik (10,0 mln. m



3

), Eskier (18,0 mln m

3

),  Beshtol 



(0,5 mln. m

3

), Yertikan (12,4 mln. m



3

), Kengko‘l (2,4 mln. m

3

), Zarkent (12,5 mln. 



m

3

), Qizsoy (0,7  mln.  m



3

) kabi suv omborlari kiradi. Namangan viloyati bo‘yicha 

282780  ga  sug‘orish  maydoni  bo‘lib,  shu  maydonga  asosan  18  ta  sug‘orish 

manbalari suv yetkazib beradi. Bunda kanallarning ham ahamiyati katta, jumladan, 

SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan, CHap qirg‘oq, Katta Farg‘ona, Oxunboboev 

nomli kanallar viloyat tumanlari yerlarini sug‘orishda asosiy suv manbalari bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Bu  vaziyat  mintaqada  tadbirkorliknip  muhim  shakllaridan  bo‘lgan 



38 

 

dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlanishiga asos bo‘ladi. 



Umuman olganda, viloyat hududida Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, shuningdek 

23  ta  kanal  va  soylar,  16  ta  yirik  suv  va  sel  suvlarini  yig‘ish  omborlari  mavjud 

bo‘lib, ularda yiliga o‘rtacha 6,7 mlrd m

3

 suv yig‘iladi. SHundan 3,3  mlrd m



3

 suv 


qishloq xo‘jaligiga, 13,6  mln m

3

  sanoat  sanoat  ishlab  chiqarishga,  18  mln  m



3

  suv 


ichimlik ehtiyoji uchun ishlatiladi. 

Viloyat hududi o‘ziga xos geologik tuzilishiga va paleogeografik tarixga ega 

bo‘lib,  hududda  turli  tabiiy  ma‘danlar  uchraydi.  Viloyat  hududida  uchraydigan 

tabiiy  ma‘danlarni  quyi-dagicha  tasniflash  mumkin:  1)  yoqilg‘i–  energetika  

boyliklari,  2)  rudali  foydali  qazilmalar, 3) qurilish materiallari, 4) gidro-mineral 

boyliklar. 

Mingbuloq  va  Namangan  tumanlarida  olib  borilgan  geologik  tadqiqotlar 

natijasida 1992 yil 2 martda yirik neft zahirasi topildi va Namangan viloyatida neft 

koni  mavjudligi  tasdiqlandi.  Bu  konning  ochilishi  respub-likamiz  mustaqilligini 

mustahkamlashga,  xalqimizning  farovon  hayot  kechirishida  muhim  omil  bo‘lishi 

tabiiy.  Dastlab,  1965  yildan  boshlab  Chortoq  tumani  hududida  neft  qudug‘idan 

qora oltin qazib olish boshlandi. 1973 yilda Kosonsoy tumaniga qarashli Tergachi 

qishlog‘idan neft quvurlar orqali Chortoqqa yuborildi. Viloyatda yiliga 15-20 ming 

tonna  atrofida  neft  qazib  olindi.  Ishlab  chiqarishga  keng  joriy  qilingan  hamda 

respublika miqyosda zahirasi bo‘yicha alohida o‘ringa ega bo‘lmasada, viloyat tog‘ 

yonba-g‘irlarida  joylashgan  hududlarda  tabiiy  gaz  va  qisman  ko‘mir  qazilmasi 

mavjud. 

Namangan  viloyati  hududidan  qadim  zamonlardan  boshlab  oltin  qazib 

olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Sanoat ahamiyatiga molik oltin birikmalari 

Qurama  tog‘ining  janubiy-sharqida,  Chodaksoy  havzasida  paleozoy  erasiga 

mansub effuziv-otqindi jinslarda keng tarqalgan. Bundan tashqari Varzikda neogen 

davriga xos qum, toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan mis konlari topilgan. Ayni paytda, 

ushbu  mis  konlarini  foydalanishga  tadbiq  qilish  respublikamizning  boshqa 

hududlaridagi xuddi shunday konlarga nisbatan bir muncha ko‘proq mablag‘ talab 

qiladi.  



39 

 

SHu  bois  bu  konlar  hozirgi  paytda  foydalanishga  tadbiq  qilinmagan. 



Qurilish  materiallari,  viloyat  hududida  keng  tarqalgan,  ular  soz  tuproq,  qum, 

shag‘al,  ohaktosh  kabilarga  boy.  G‘isht  va  boshqa  qurilish  materiallari  sifatida 

foydalanib  kelayotgan  soz  tuproq  (lyoss)lar  viloyatning  tog‘li  va  tog‘oldi 

hududlarida uchrasa daryo vodiylarida qum va shag‘allar keng tarqalgan. Tog‘ va 

tog‘oldi hududlarida ohaktoshlarning ko‘plab zahiralari joylash-gan. Viloyatda 30 

dan  ortiq  qurilish  hom  ashyosi  konlari  mavjud  bo‘lib,  ularni  qayta  ishlash 

natijasida  hosil  bo‘lgan  mahsulotlardan  qurilish  materiallari  sifatida  xalq 

xo‘jaligida  foydalanib  kelinmoqda.  Mazkur  konlardan  18  tasi  g‘ishtbop  lyoss,  2 

tasi  g‘ishtbop  gil,  2  tasi  granit  bezaktosh,  2  tasi  ohaktosh  va  6  tasi  qum-shag‘al 

kar‘erlaridir.  Ushbu  konlar  To‘raqo‘rg‘on,  Chust,  Kosonsoy,  Chortoq, 

Yangiqo‘rg‘on,  Namangan,  Uchqo‘rg‘on  tumanlarida  ochilgan.  Mazkur 

hududlarda qurirlish sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish 

imkoniyatlar mavjud.  

Viloyat  hududi  shifobaxsh  xususiyata  ega  bo‘lgan  mineral  buloqlarga 

boyligi  bilan  ajralib  turadi.  Chortoq,  Shaxand,  Kosonsoy,  Uchqo‘rg‘on  mineral 

suvlari  tarkibida  oltingugurt,  vodorod,  yod,  radiy  hamda  minerallashgan  ishqorli 

termominerallar  mavjudligi  sanatoriy-kurortlar  tizimining  yuzaga  kelishiga  sabab 

bo‘lgan.  

Viloyat  mehnat  taqsimotida,  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  yetishtirishda, 

yer resurslaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.  

Mustaqillik  yillarida  Namangan  viloyaida  mamlakatimizda  bo‘lgani  kabi 

qishloq  xo‘jaligida  chuqur  islohotlarni  amalga  oshirish  davri  boshlandi. 

Iqtisodiyotning  yetakchi  sohalaridan  biri  bo‘lgan  qishloq  xo‘jaligida  bozor 

munosabatlarini shakllantirish,  mulkchilikning  nodavlat shakllariga o‘tish,  mulkni 

davlat tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  dehqon  va  fermer  xo‘jaliklarini 

tashkillash  hamda  ularning  samarali  faoliyat  ko‘rsatishini  ta‘minlash  strategik 

vazifa sifatida qaraldi. 

Iqtisodiy  islohotlar  davomida  Namangan  viloyati  qishloq  xo‘jaligi  ishlab 

chiqarishida  islohotlarni  chuqurlashtirish  dasturining  bajarilishini  ta‘minlash, 



40 

 

mulkdorlar  sinfini  shakllantirish,  qishloqda  fermerchilik  harakatini  kengaytirish 



ya‘ni jamoa  va shirkat xo‘jaliklari o‘rnida dehqon  va  fermer  xo‘jaliklarini tashkil 

etish,  ko‘p  ukladli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  asosida  qishloq  xo‘jaligida  yangi 

agrar munosabatlarni qaror toptirish ustuvor vazifa bo‘lib qoldi. 

Qishloqlarda  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  agrar  siyosatning  ustuvor 

yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar qishloq xo‘jaligida xo‘jalik 

yuritish  mexanizmini  asta-sekin  takomillashtirib  borishga,  xo‘jaliklarning 

moliyaviy-iqtisodiy  holatini  mustahkamlashga,  qishloq  aholisi  turmush  darajasini 

yaxshilashga  hamda  qishloq  joylarida  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  qayta 

ishlashga  asoslangan  xorijiy  investitsiya  negizidagi  sanoat  korxonalarini 

rivojlantirishga  turtki  berdi.  Natijada,  mamlakatimizda  bo‘layotgani  kabi 

Namangan viloyatida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish sur‘atlaridagi 

pasayish jarayonlariga barham berildi. 

Mamlakat mehnat taqsimotida Namangan viloyati, eng avvalo, dehqonchilik 

(paxta,  pilla,  meva,  uzum  yetishtirish),  yengil  va  oziq-ovqat  sanoatiga 

ixtisoslashgan. U respublika yalpi hududiy mahsulotining 4,2, sanoat mahsulotining 

2,7, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 7,9, chakana savdo hajmining 6,1 foizini beradi 

(Soliev,  2014).  Viloyat  yalpi  hududiy  mahsulotining  10,8  foizini  sanoat,  36,8 

foizini  qishloq  xo‘jaligi  beradi.  Bu  yerda  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari 

mavjud,  ularning  rivojlanganlik  holati,  ixtisoslashuvi  va  muammolari  viloyatning 

geografik  o‘rni,  tabiiy  sharoiti  va  resurslari,  demografik  vaziyati  va  mehnat 

salohiyati, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ta‘sirida shakllangan  

Mintaqaning  yer  maydoni,  uning  agroiqlimiy  resurslari,  soylar  va  qator 

irrigatsiya infratuzilmasi ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga xizmat 

qiladi.  Xususan,  viloyat  hududi,  uning  qator  adirlarini  quyoshga  ro‘para  turganligi 

ham  ijobiy  ahamiyatga  ega.  Bu  yerda  Shimoliy  Farg‘ona  kanali,  Katta  Andijon, 

Katta  Namangan  va  Katta  Farg‘ona  kanallari  asosiy  sug‘orish  manbalari 

hisoblanadi.  



41 

 

Bugungi  kunda  qulay  agroiqlimiy  sharoit  va  omillar  ta‘sirida  mintaqa 



qishloq  xo‘jaligida  o‘ziga  hos  tarmoqlar  va  hududlar  ishlab  chiqarishi  vujudga 

keldi.  


Viloyatda 235   ming  gektar  sug‘oriladigan  yerlar bo‘lib,  qishloq xo‘jaligida 

foydalaniladigan yerlarning 60,9 foiziga teng. Pichanzorlar va yaylovlar ulushi o‘rtacha 

39,1  %  bo‘lgan  holda,  uning  kattaroq  ko‘rsatkichlari  Pop  va  Kosonsoy  tumanlarida 

qayd etiladi. Ekin yerlari 196,2 ming ga ni, ko‘p yillik daraxtzorlar 36,1 ming ga ni, 

bo‘z  yerlar  3,4  ming  ga  ni,  987  gektarni  esa  meliorativ  qurilish  holatidagi  yerlar 

tashkil etadi. 

Yalpi  mahsulot  ishlab  chiqarishda  qishloq  xo‘jaligining  ulushi  36,8  foizga 

teng  bo‘lib,  mingaqada  asosan  obikor  dehqonchalik  rivojlangan.    Paxtachilik, 

donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. 

Aholining umumiy soni, shahar va qishloq aholisi, uning hududlar bo‘yicha 

taqsimlanishi,  zichligi  va  shuningdek  demografik  jarayonlardagi  o‘zgarishlar 

ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  qaysi  bosqichlarda  qanday  rivojlanganligi, 

bugungi  holati  va  iqtisodiy  salohiyatini  belgilab  beruvchi  va  tadbirkorlikni 

rivojlantiruvchi omillar tizimida muhim o‘rin tutadi.  

Viloyatda 2017 yil holatiga  ko‘ra 955,9 ming kishi yoki ularning 35.4 foizi 

qishloq  joylarida,  1743,1  ming  kishi  yoki  64,6  foizi  shahar  va  shaharchalarda 

joylarida istiqomat qiladi. Aholining tabiiy o‘sishi 46 602 kishini tashkil etdi . 

Viloyatda aholi sonining ortishi bilan uning tarkibida kichik shaharchalar va 

qishloq aholisi salmog‘ining yuqoriligi bois bunday joylardagi mehnatga layohatli 

aholi  o‘rtasida  ishsizlar  soni  ortib  bormoqda.  Bunga  bevosita  aholi  tabiiy 

o‘sishining  yuqoriligi,  tarixiy-milliy  an‘analarning  kuchliligi,  ko‘p  bolalilik 

yo‘nalishi  saqlanib  qolganligi,  o‘rtacha  umr  ko‘rish  darajasini  sezilarli 

o‘zgarganligi  va  qishloqlarda  aholining  milliy  tarkibi  ko‘pligi  kabi  omillar  ta‘sir 

ko‘rsatgan. 

Hisob-kitoblarga  ko‘ra,  2017  holatiga  viloyatda  mehnat  resurslari  soni 

o‘tgan  yilga  nisbatan  101,0  foizga  ko‘payib,  1549,3  ming  kishini  yoki  umumiy 

aholini 57,4 foizini tashkil qildi.   



42 

 

Ma‘lumotlarga    ko‘ra,  2017  yilda  iqtisodiyotda  band  bo‘lgan  aholi  soni 



1022,0 ming kishini tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan.  

2017  yilda  bandlikka  ko‘maklashuvchi  markazlariga  murojaat  qilgan 

fuqarolardan  26849  nafari  ishga  joylashtirilgan.  Ushbu  ko‘rsatkich,  Namangan 

(4355  kishi)  shahrida,  Norin  (2426  kishi),  Uchqo‘rg‘on  (2366  kishi)  va  CHust 

(2250  kishi)  tumanlarida  yuqori  daraja  qayd  etilgan.  2017  yilda  bandlikka 

ko‘maklashuvchi  markazlarida  ro‘yxatga  olingan  fuqarolardan  3768  nafari  ishsiz 

deb  e‘tirof  etilgan.  2017  yilda  viloyatda  iqtisodiy  faol  aholi  soni  10081.8  ming 

kishini  tashkil  etgan  bo‘lib,  mintaqa  aholisining  40.3  foiziga  teng  bo‘lgan. 

Mehnatda  bandlarning  84,7  foizi  nodavlat  sektr  tarmog‘larida  faoliyat  yuritgan    

(1-rasm).  




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish