O’zbekiston budjet qonunchiligi tarkibi12
12 Sirojiddinova.Z.X. O’zbekiston Respublikasi Budjet tizimi. Darslik.T.: infoCOM.uz.2010. 47-bet
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. Ushbu kodeks budjet tizimini budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjat hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Ushbu Kоdeks sоliqlar va bоshqa majburiy to’lоvlarni belgilash, jоriy etish, hisоblab chiqarish hamda
O’zbekistоn Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg’armalarga to’lash bilan bоg’liq munоsabatlarni, shuningdek sоliq majburiyatlarini bajarish bilan bоg’liq munоsabatlarni tartibga sоladi.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonuni. Ushbu qоnunning maqsadi O’zbekistоn Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilоtlarining budjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrоsi sоhasidagi munоsabatlarni tartibga sоlishdan ibоrat.
Bizning fikrimizcha, egri soliqlarga faqat soliq to‘lovchilar nuqtai nazaridan yondoshish unchalik ham to‘g‘ri emas. Aholini davlat byudjeti hisobidan ijtimoiy himoya qilish an’anasining yildan yilga o‘sib borishi, uni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash muammosini qo‘yadi. Va egri soliqlar, ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar byudjetida, ana shunday barqaror moliyaviy manba hisoblanmoqda.
O’zbekiston budjet tizimi budjetlarining faoliyat yuritishining qonunosti hujjatlarini prezident farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis va Hukumat qarorlari, O’zbekiston Respublikasining hokimyat ijro etuvchi organlarining xujjatlari, eng avvalo quyidagi hujjatlar tashkil etadi:
Oliy Majlis tomonidan har yili qabul qilinadigan "Davlat budjeti to’g’risida”gi qarorlari hamda ular asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan keyingi moliya yili uchun qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat buudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorlari ;
O’zbekiston Respublikasi Bavlat budjetini tuzish va ijro etish Qoidalari (Moliya vazirligining 2001-yil 29-dekabrdagi 130-son buyrug’i, Adliya vazirligida 2002-yil 14-martda 1111-son bilan ro’yhatga olingan
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 16-sentabrda 2007-son bilan ro’yhatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi-ning 2009-yil 4-avgustdagi 69-son buyrug’iga ilova – “Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari”;
Daromadlar tasnifi, xarajatlarning funksional va iqtisodiy tasniflari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti darajalari hamda mablag’lar manbalarining tasniflari. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008-yil 16-maydagi 80-son buyrug’i;
Boshqa hujjatlar.
Bizning fikrimizcha, egri soliqalarga faqat soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan yondashish unchalik ham to’g’ri emas. Aholining davlat budjeti hisobidan ijtimoiy himoya qilish an’anasining yildan yilga o’sib borishi, uni barqaror daromad manbai bilan taminlash muammosini qo’yadi. Va egri soliqlar, ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar budjetida, ana shunday barqaror moliyaviy manba hisoblanmoqda.
Xulosa qilib egri soliqlarga tarifa beradigan bo’lsak, egri soliqlar- bu soliq hajmiga teng bo’lgan, narxga ustama shaklda o’rnatish yo’li bilan Tovar va xizmatlar istemolchilaridan olinadigan soliqlardir. Ho’sh, ushbu soliqqa tortish shaklining afzallik tomoni nima bilan izohlanadi? Birinchidan, egri soliqlar, bu yirik soliq tushumlarini ham amaliy, ham barqaror ravishda olish imkoniyatlarini beruvchi, budjetga daromadni jalb qilishning eng qulay shakli bo’sa, ikkinchidan, ularda iqtisodiyotga tasir eta olish, yani u yoki bu yo’nalishda ishlab chiqarishni rag’batlantirish yoki istemolni tartibga solish imkoniyatlarini ham mujassamlashtirgandir. Ushbu mexanizmdan amalda foydalanishda milliy iqtisodiyot xususiyatlarini hisobga olish hamda tadbiq qilish oqibatlarini kompleks tahlil qilish muxim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, rivojlangan davlatlarda
bilvosita soliqqa tortishning salbiy tomonlari mavjudligiga qaramasdan, ular iqtisodiyot yuksalishiga to’sqinlik qila olmasligi tasodif emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |