Himoyalangan bank tizimlari fanidan mustaqil ishi qabul qildi: kabulov a. V


«MIJOZ-BANK» ELEKTRON HISOB-KITOB TIZIMI



Download 1,46 Mb.
bet5/7
Sana10.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#770400
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jo\'rayev S mustaqil ish H

«MIJOZ-BANK» ELEKTRON HISOB-KITOB TIZIMI
Bu tizim mijoz bilan bank o'rtasidagi hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish va bank tizimiga kirishga ruxsati bo'lgan uzoqdagi AIJ yaratish yordamida mijozlarga bank xizmatlarini bevosita idora-yashash joylariga taqdim etishga mo'ljallangan. Mijoz va bank o'zaro hamkorligini avtomatlashtirish pul vositalarini boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va har ikki tomonga ham bir muncha muvaffaqiyatlarga erishishiga imkon beradi:
- mijoz bevosita har kuni bankka kelishni tark etib, o'z vaqti va vositalarini tejab, ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirilishi natijasida buxgalterning mehnat ishlab chiqarishini o'sishiga olib keladi. Mijoz avtomat tarzda o'zining hisob raqamini boshqarib turish (to'lov toishiriqnomalarini mustaqil kiritish orqali) va uni holatini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.
- bank o'z mijozlariga taqdim etadigan xizmatlarida turli ma'lumotnoma axborotlariga tezkor kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Faks yoki telefonga nisbatan hisob varaqlari to'g'risidagi axborotlarni ishonchli himoyasini ta'minlaydi. Hududiy joylashganligiga e'tibor bermagan holda bankni tanlash imkoniyatini ta'minlaydi; - banklar masofadan pullarni boshqarish yangi imkoniyat va xizmatlariga o'tish evaziga yangi mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo'ladi;
- mijoz hujjatlarini qabul qilish va ishlov berish vaqtini iqtisod qilish hamda qog'ozsiz ishlab chiqarishga o'tish hisobiga operatsionistlarni mehnat ishlab chiqarish samaradorligi ortadi;
- to'lov hujjatlarini shakllantirishda bank xodimlari javobgarligini soqit qiladi;
- bank bilan teskari aloqaning mavjudligi.
Real vaqt tartibida Mijoz pochtasiga manzillashtirilgan hujjatlari bilan birga, to'lov hujjatlari va hisob raqamidagi qoldiqlar haqidagi axborotlarni olish imkonini beradi. Hisobdagi qoldiqlar, kiruvchi va chiquvchi hujjatlar bazalarini yuritilishi mijozga foydalanayotgan har qanday buxgalter dasturiga bog'lanish imkonini beradi. Bunday quyi tizimga mijoz sifatida bank xizmat ko'rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni kiritish mumkin.
Ma'lumotlar funksiyalarini kengaytirilishi bankning quyidagi bo’linmalari bilan uzoqdan turib hamkorlik qilishni ifodalaydi:
a) bank operati;
b) bank boshqa bo'limlari bilan;
v) boshqa tashkilotlar bilan. xetdagi tashkilotlar bilan bankni hamkorligi funksiyasi bank axborotlariga chetki tashkilotlarning kirishi imkoniyatini bank tomonidan ta'minlanishini ifodalaydi[6] .
Tizim mijoz va bank o'rtasida faylli ma’lumotlar ayirboshlash asosida faoliyat yurgizadi (OFF LINE tartibida). Bank tomonidan pochta yashiklari tashkil qilinadi. Bank pochta uzellarini tashkil qilish uchun bank tomonidan tanlangan va o'rnatilgan ixtiyoriy dasturiy vositalar bo'lishi mumkin. Fayl ayirboshlash alohidalangan yoki oddiy telefon tarmog'ida amalga oshiriladi. Mijozning bank serveriga uzoqdan kirishini ta’minlovchi vosita bank tomonidan tanlangan va o'rnatilgan ixtiyoriy dasturiy vosita, masalan, Windows dasturiy ta’minoti, unda bank bilan ulanuvchi telefon raqamlari ko'rsatilgan, bo'lish mumkin. Mijozning uzoqdan turib bank serveriga kirishi uchun dasturiy vositalar mavjud bo'lmagan taqdirda kommunikatsiya majmuasi o'rnatiladi. Har bir mijoz uchun tarmoq identifikatori (nomi) kommunikatsiya serveridagi pochta yashigiga uzoqdan kirishi uchun parol, bank kommunikatsiya serveri bilan hamkorligi limitlangan vaqti ajratiladi. TB kommunikatsiya serveri bilan mijoz kompyuterining ro'yxatga olingan bog'lanish vaqtida mijoz pochta yashigidan fayllarni tanlaydi va joylashtiradi. Mijoz tomonidan uzatiladigan va olinadigan fayllar elektron raqamli imzosi va shifrlashtirish vositalarini tanlov, shuningdek «shifrlash va deshifrlash» kalitlar generatsiyasi bank tomonidan mustaqil holda tanlanadi va himoya qilish sohasida bankning umumiy strategiyalaridan biri hisoblanadi. Mijoz pochta yashigiga kirish kommunikatsiyasi uchun xizmat qiluvchi OT yoki dasturlar darajasida TB tizimi administratori tomonidan aniqlanadi. Tizimda aylanib o’tgan fayllar turini identifikatsiya qilish fayllar «niqobi» va «nomi» bo'yicha oldindan aniqlangan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Fayllardagi yozuvlar formati ham oldindan aniqlanadi va faqat mijoz va bank tomonidan tushunarli bo'ladi. Elektron to'lov hujjatlarining ko'rsatkichlarini "Mijoz-Bank" tizimida kelishilgan formatda kiritilishini nazorati mijozning dasturiy qismida, shuningdek bank bazasiga kiritishda amalga oshiriladi. Mijozning barcha so'rovlariga avtomat tarzda ishlov beriladi.
"Mijoz-Bank"tizimi bankning xususiy mulki hisoblanadi. Tizim foydalanuvchilari tizimda ishlash texnik talablariga javob bera oladigan texnik vositalarga ega bo'lgan ixtiyoriy mijoz bo'lishi mumkin. Tizim foydalanuvchilari va qatnashchilarining huquq va majburiyatlari bank hamda mijozlar o'rtasida ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida boshqarib turiladi. Mijoz elektron pul hujjatlarini shakllantirish, shifrlashtirish va aloqa kanali yordamida bankka uzatish jarayonlarini to'g'riligiga javobgar bo'ladi. Mijozga har oyda bir marta o'tgan davr uchun "Mijoz-Bank" tizimi bo'yicha pul-hisob-kitob hujjatlarining bir nushasini bankka taqdim etib turishi majburiyati qo'yiladi. Bank buxgalteri taqdim etilgan birinchi nusxalarni bank elektron hujjatlari bilan taqqoslab, elektron hujjatlarga imzo hamda bank shtamilarini qo'yadi va ularni mijozga qaytarib beradi. Pul-hisob hujjatlarining birinchi nusxalari bank kuni hujjatlariga tirkab qo'yiladi [6].
Banklar faoliyatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri bu mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish va ularni individuallashtirishdir. Shu bilan birga, mijozlar ehtiyojlarini chuqur anglash asosida bank mahsulotlari va xizmatlariga talab va taklifning o‘zaro bog‘liqligi asosiy muammo hisoblanadi. Bu esa bankning barcha bo‘linmalarining aniq va muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlashni taqozo etadi. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish mijozlarning so'rovlari va ehtiyojlarini tushunish imkonini beradi va ularga xizmat ko'rsatishning iqtisodiy jihatdan samarali usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Shunday qilib, yanada faol biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Mijozning bank faoliyatiga yo‘nalishini avtomatlashtirish axborot texnologiyalari tizimini shunday qurishga asoslanadi, bu esa mijozlar haqidagi bilimlar bo‘lgan intellektual aktivlarni samarali yaratish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish kelajakda mijozlar bilimlaridan foydalanishdan qo'shimcha daromad olish imkonini beradi, ammo bu quyidagilarni talab qiladi:
· yagona axborot mijoz maydonini yaratish; · serverlararo almashinuv darajasida axborot texnologiyalari o'zaro ta'sirini integratsiyalash; · Mijoz menejerlari, ularning ishini qo'llab-quvvatlovchi bo'limlar va CRM-tizimining boshqa foydalanuvchilari ishining "shaffofligini" ta'minlash; · Mijozlarga yo'naltirilgan bo'limlar faoliyatini baholashning asosiy ko'rsatkichlarini joriy etish va boshqalar.

Onlayn xizmatlarimiz onlayn-banking tamoyiliga asoslangan zamonaviy aloqa uchun qo‘shimcha imkoniyatdir. Sizning vaqtingizni qadrlaymiz va shuning uchun biz ko‘pgina bank operatsiyalarini soddalashtirish va tezlashtiradigan uzoq masofali bank xizmatlari uchun turli xil variantlarni taklif qilamiz. 

Bugungi kunda firibgarlar fuqarolarning bank kartalaridagi mablagʼlarini turli yoʼllar bilan oʼzlashtirib olmoqdalar. 
Ularga aldanib qolmang.

Unutmang, bank xodimlari hech qachon: 




  •  qo'ng'iroq qilgan holda bank kartasi bo'yicha shubhali savollar bilan murojaat qilishmaydi;

  •  SMS orqali kelgan kodni soʼramaydi;

  •  telegram tarmog'i orqali aloqaga chiqib, kredit rasmiylashtirishni taklif etmaydi; 

  •  bank karta raqamlari va uni amal qilish muddatini soʼramaydi.

Telefoningizga bank kartangiz boʼyicha kelgan SMS kodni hech kimga aytmang va hech qanday saytga kiritmang.
Shunday hollarga guvoh bo'lsangiz: 78-150-11-22 yoki 1233 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qiling.
Mijozlarga masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish, yangi texnologiyalarni qo'llash telefon va kompyuter tizimlarini birlashtirishni talab qiladi, lekin pirovardida iste'molchilarga yangi xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Filiallar tarmog‘ining o‘sib borishi ularni umumiy avtomatlashtirilgan bank tizimiga integratsiya qilish zarurligini taqozo etmoqda. Masofaviy bank filialidagi mijoz markaziy ofisda mavjud bo'lgan barcha xizmatlarni olishi kerak; Oxir oqibat, mijoz atrofidagi ma'lumotlarni birlashtirish mijozlar ma'lumotlari va bilimlari bo'yicha amalga oshiradi. Bank biznes-jarayonlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini tanlash va ularni avtomatlashtirish ilmiy asoslangan, iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak[8].


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish