Hisob stavkasi


Xo‘sh, bu real hayotda nimani o‘zgartiradi?



Download 25,72 Kb.
bet3/3
Sana10.07.2022
Hajmi25,72 Kb.
#768996
1   2   3
Bog'liq
Hisob stavkasi

Xo‘sh, bu real hayotda nimani o‘zgartiradi?
- Bu birinchi navbatda kredit foizlarini oshishiga sabab bo‘ladi. Endi siz ipoteka, biror buyum xarid qilish uchun yoki boshqa maqsadda kredit oladigan bo‘lsangiz, ushbu kredit foizlari hozirgiga nisbatan oshib boradi. Stavkaning oshishi hozirgacha olingan kreditlarga ta’sir qiladimi yoki yo‘qmi, bu haqida hali ma’lumot berilmadi va manimcha yaqin kunlarda tijorat banklari orqali buni bilib olsak kerak. - Boshqa tomondan bu omonat foizlarining oshishiga xizmat qiladi. Siz o‘z omonatingizni bankka qo‘ygan taqdirda, bank sizga ma’lum bir foiz va qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib foiz qo‘shib beradi. - Keyin, bu davlat oldida turli xil qarzi bor shaxslarga ta’sir qiladi. Masalan, siz jarima yoki bir necha yildan qolib kelayotgan bank yoki davlat oldidagi qarzingizni to‘lamoqchisiz, kechiktirilgan muddatga qayta moliyalashtirish stavkasi foizlari umumiy summaning ustiga qo‘shiladi. - Bizda qonunchilikni bilmadimu, ko‘plab davlatlarda, masalan Qozog‘istonda agar ish beruvchi xodimning maoshini kechiktirsa, unga qayta moliyalashtirish foizlarini ham qo‘shib to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu borada biror huquqshunoslikni yaxshi biladigan hamyurtimiz ma’lumot bersa tashakkur izhor etardim. - Bu omonat foizlari oshgandan so‘ng aholini o‘z pulini banklarda saqlashga chorlashi mumkin. Endilikda, siz bankda omonat saqlab, hech bo‘lmaganda yillik 14 foiz daromad olish kafolatiga ega bo‘lasiz. Hozirda fuqarolarimiz asosan o‘z pullarini AQSh dollarida saqlab turadilar va katta miqdordagi pul qora bozor orqali yoki ikkilamchi iqtisodiyotda ayblanadi. Agar banklar kafolat bersa va erkin konvertatsiya evaziga AQSh dollarining kursi stabillashsa bu aholining o‘z pulini banklarga qo‘yishga chorlashi mumkin. Mamlakatdagi banklar orqali mablag‘larning aylanishi bank tizimining rivojlanishiga, bank xizmatlari yaxshilanishiga olib keladi va bundan umumiy tarzda mamlakat iqtisodiyoti yutadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu biz uchun qilinishi kerak bo‘lgan qadam edi va endilikda Markaziy Bank muammoni tan olib, harakatlarni boshlab yubordi. Umid qilamizki, bu mamlakat iqtisodiyoti, inflatsiyaning pasayishi, so‘mning qurbini oshishi uchun ijobiy rol o‘ynaydi.
Agar bu borada qo‘shimcha ma’lumot bera oladiganlar bo‘lsa, kommentariyalarda ma’lumotlaringizni kutib qolaman.
Biroz wikipediadagi ma’lumotlar asosida qayta moliyalashtirish stavkalirini solishtirib chiqdim:
- AQSh: 0.75 % - Yevropa Ittifoqi: 0.00 % - Rossiya: 10 % - Daniya: -0.5 % - Yaponiya: -0.1 % - Ukraina: 12.5 % - Belorussiya: 13 % - Uzbekiston: 14 %
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri – bu, hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko‘zda tutilmagan zarurat tug‘ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo‘lgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo‘shimcha zahiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O‘z navbatida, bu tijorat banklarining zahiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko‘paytiradi. Yana shunday hollar mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini ko‘tara borib, tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha zahiralarni olish yo‘lidagi to‘siqlarni biroz ko‘targanday bo‘ladi va kreditlar berish bo‘yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo‘l bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo‘lsa, unda tijorat banklari ko‘proq kredit olishga harakat qiladilar. Natijada banklarning ortiqcha zahiralari ortib boradi va muomaladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori bo‘lsa, unda banklar kamroq kredit olishga, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank zahiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi. Ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli. Mazkur usulda berilgan kreditlar hisob yoki diskont kreditlari hisoblanadi, ularning foiz stavkasi esa, hisob yoki diskont stavkasi deyiladi. Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, ya’ni uzatma tijorat veksellarini o‘zida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qayta hisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul massasining o‘sish sur’ati, inflatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Trattalarni qayta hisobga olish kontingentini mamlakatdagi tijorat banklari soniga bo‘lish yo‘li bilan har bir bank uchun belgilanadigan qayta hisobga olish limiti summasi aniqlanadi. Bu esa, limitni aniqlashning adolatli usuli hisoblanadi. Chunki, ushbu usulda barcha tijorat banklariga, ularning katta yoki kichikligidan qat’iy nazar, bir xil limit belgilanadi. Ammo ushbu usulning kamchiligi shundaki, bunda tijorat banklari aktivlari miqdori o‘rtasidagi farq natijasida yuzaga keladigan likvidli mablag‘larga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq hisobga olinmaydi. 2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli. Ushbu usulda berilgan kreditlar lombard kreditlari bo‘lib, ularning foiz stavkasi esa, lombard stavkalari deyiladi. 3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri kreditlash usuli. Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli kreditlar shaklida bo‘ladi. Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi “Nostro” vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablag‘lari yetishmasligi muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Overnayt kreditlari bir sutkaga beriladigan kreditlar bo‘lib, ular tijorat banklarida favqulodda yuzaga keladigan juda qisqa muddatli likvidlilik muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Kunli kreditlar bir operatsion kun davomida beriladi. 101 Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya va boshq.) kunlik kreditlar Markaziy banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni garovga olgan holda foizsiz beriladi va ular milliy to‘lov tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida beriladi19 . Qayd etish joizki, taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy bankning hisob stavkalarini o‘zgarishi makroiqtisodiy barqarorlikka, o‘sish sur’atlariga bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, AQShda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayib borishiga barham berish maqsadida Federal Zahira Tizimi (FZT) tomonidan hisob stavkasining yillik darajasi 2004-yilning 30-iyunidan boshlab 1 % qilib belgilangan edi. Ushbu pasayish iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishiga olib keldi, ammo muomaladagi pul massasining ham oshishiga sabab bo‘ldi. Natijada, FZT hisob stavkasini keskin oshirish, uning yillik darajasini 2007-yilning 10-may kuni 5,25 % qilib belgilashga majbur bo‘ldi20 . O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida qayta moliyalash siyosatining qator instrumentlaridan foydalanish amaliyoti mavjud. Masalan, Rossiya Markaziy banki tomonidan overnayt, overdraft, lombard va muddatli kreditlar berish qo‘llanilmoqda. Qayd etish joizki, Rossiya Markaziy banki tomonidan berilayotgan lombardli kreditlar, respublikamiz amaliyotidan farqli o‘laroq, nafaqat yuqori likvidli hukumat qimmatli qog‘ozlari bilan, balki reputatsiyasi yuqori bo‘lgan Rossiya kompaniyalarining qarz qimmatli qog‘ozlari bilan ham ta’minlanmoqda. Bu esa, Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining lombard kreditlari hajmini oshirishga imkon bermoqda. Respublikamiz tijorat banklarining yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilgan investitsiyalari miqdori darajasining past ekanligi Markaziy bankning lombard kreditlari hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini bermayapdi. Buning ustiga, taraqqiy etgan mamlakatlarda hukumat qimmatli qog‘ozlarning yirik emitenti hisoblanadi. Masalan, AQShda qimmatli qog‘ozlarning emitentlari ichida hukumat, emissiya hajmiga ko‘ra, birinchi o‘rinda turadi. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasini belgilashda asosiy e’tibor inflatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasiga qaratilmoqda. O‘zbekiston misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Markaziy bankning valyuta siyosati uning an’anaviy pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, valyuta siyosatining pirovard maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Ular quyidagi operatsiyalardan iboratdir: 1. valyuta interventsiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiyalar. 2. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. 3. Markaziy bankning balansidagi oltin-valyuta zahiralarini boshqarish operatsiyalari. Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o‘sishini rag‘batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Download 25,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish