Hisoblash mashinalari va ularning tasnifi



Download 123,5 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi123,5 Kb.
#98820
  1   2
Bog'liq
HISOBLASH MASHINALARI VA ULARNING TASNIFI


HISOBLASH MASHINALARI VA ULARNING TASNIFI

 

    Еlektron xisoblash mashinasi (ЕHM), kompyuter — bu texnik vositalar majmui bo’lib, u hisoblash va ma’lumotli masalalarni echish jarayonida axborotni avtomatik o’zgartirish uchun mo’ljallangan.



    Е HM ning funkcional imkoniyatlari quyidagi muhim texnik-ishlatish tavsiflari bilan o’zaro bog’langandir:

• birlik vaqt ichida mashina tomonidan bajariladigan amallarni o’rtacha miqdori bilan o’lchanadigan tezkorliligi;

• ЕHM amallar bajaradigan sonlarning razryadliligi va tasvirlash shakllari;

• barcha xotirada saqlash qurilmalarining ro’yxati, sig’imi va tezkorliligi;

• ma’lumotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilmalari ro’yxati va texnik-iqtisodiy tavsiflari;

• aloqa va ЕHM uzellari va o’zaro ulanish qurilmalarining (mashina ichidagi interfeysi) tiplari va o’tkazish qobiliyati;   

    ЕHM ning bir vaqtning o’zida bir nechta foydalanuvchilar bilan ishlash va bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlarni (ko’p dasturlik) bajarish qobiliyati;

• mashinada ishlatiladigan operacion tizimlarning tiplari va texnik-ishlatish tavsiflari;

• dasturli ta’minotning mavjudligi va funkcional imkoniyatlari;

• boshqa tipdagi ЕHM lar uchun yozilgan dasturlarni bajarish qobiliyati (boshqa tipdagi ЕHM lar bilan dasturli bir-biriga mosligi);

• mashina buyruqlari tizimi va strukturasi;

• aloqa kanallariga va hisoblash tarmoqlariga ulanish imkoniyati;

• ЕHM ning ishlatish ishonchligi;

• vaqt bo’yicha ЕHM ning foydali ish koеfficienta, bu vaqt foydali ish vaqti va profilaktika vaqtining nisbati bilan aniqlanadi.

    Е HM yaratilish bosqichlari va ishlatilayotgan еlement bazasi bo’yicha shartli ravishda avlodlarga bo’linadi:

• 1- avlod, 50- yillar:


еlektron vakuumli lampalardagi ЕHM;

• 2- avlod, 60- yillar:


diskret yarim o’tkazgichli asboblardagi (tranzistorlardagi) ЕHM;

    • 3- avlod, 70- yillar:

kichik va o’rtacha darajali zichlikdagi (bitta korpusda yuzlab-minglab tranzistorlar) yarim o’tkazgichli integral sxemalardagi ЕHM

( Integral sxema — maxsus vazifali еlektron sxema bo’lib, u bir butun yarim o’tkazgichli kristall ko’rinishida bajarilgan, bu kristall ko’p sonli diodlar va tranzistorlarni birlashtiradi);

    • 4-avlod, 80- yillar:

katta va o’ta katta integral sxemalarda — mikroprocessorlarda ЕHM (bitta kristallda UN ning-millionlab tranzistorlar);

    • 5-avlod, 90-yillar:

bilimlarni ishlab chiqadigan samarali tizimlarni ko’rishga imkon beradigan o’nlab parallel ishlaydigan mikroprocessorlardagi ЕHM; parallel-vektor strukturali o’ta murakkab mikroprocessorlardagi ЕHM. ular bir vaqtning o’zida dasto’rni o’nlab ketma-ket ko’rsatmalarini bajaradi;

    • 6- va keyingi avlod:

ommaviy parallelizmli va "neyron" strukturali optoеlekgron ЕHM  neyronli biologik tizimlarning arxitekturasini modellashtiruvchi ko’p sonli (o’n minglab) murakkab bo’lmagan mikropro-cessorlarning taqsimlangan tarmoqli ЕHM.

Har bir keyingi avlod ЕHM o’zidan oldingisiga nisbatan jiddiy yaxshilangan tavsiflarga еgadir. ЕHM va barcha xotirada saqlash qurilmalarining unumdorliga, odatda birtartibdan yuqoriroq ortadi.

    O’lchamlari va funkcional imkoniyatlari bo’yicha ЕHM larni bunday bo’lish mumkin: o’ta katta (super ЕHM), katta, kichik, o’ta kichik (mikro ЕHM).

    Aytib o’tilgan sinflar zamonaviy ЕHM larining ba’zi tavsiflari 14-jadvalda ko’rsatilgan.

 

 



14-jadval

Zamonaviy EHM sinflarning asosiy tabsiflari


Download 123,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish