Hissiyotlar esperimental psixologiyasi



Download 69 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi69 Kb.
#675533
Bog'liq
Xissiyot




Xissiyot

Reja:




  1. Hissiyotlar vazifasi.

  2. Hissiyotning ekspressiv tomonini o`rganish.

  3. O`zining hissiyot holatlarini baholash metodi.

Emotsiyalar inson va hayvonlarning ular uchun ahamiyatli bo`lgan hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Hissiyotlar psixik faoliyatda uchta muhim vazifani: darak beruvchilik (signallik), baholash va boshqaruvchilik vazifalarini bajaradi. Hissiyotning darak beruvchilik vazifasi-sub`ektning tashqi qo`zg`atuvchilarning yoqimli yoki yoqimsiz ekanligini bildirib vokealar rivoji davomida o`z hatti-harakatini qanday davom ettirish kerakligini aks ettiradi. emotsiyalarda shaxsning alohida voqea va hodisalarga beradigan bahosi ham o`z aksini topadi. emotsiyalar motiv sifatida inson hatti-harakatlarini ham yo`naltirib turadi.
His-tuyg`ular emotsiyalarga nisbatan aks ettirishning murakkab shakli bo`lib, u faqat insonlarga xosdir.
Emotsiyalar inson organizmi vegetativ tizimi faoliyati bilan ham bog`lanadi: yurak qisqarishlari tezligi, qon bosimining o`zgarishi, qon tomirlarining kengayishi yoki torayishi bilan va boshqalar. Bunday jarayonlar simpatik va parasimpatik nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Hissiyotlarni o`rganish uchta yo`nalishi bo`yicha amalga oshiriladi.

  1. anglanmagan holda namoyon bo`luvchi asab tizimi, endokrin, ovqat xazm qilish va boshqa tizimlardagi o`zgarishlar bilan bog`liq jarayonlarni;

  2. anglangan sezgilar bilan bog`liq jarayonlarni.

  3. yuz ifodasi, imo-ishora va hatti -harakatlarda namoyon bo`luvchi hissiyotlar yig`indisini o`rganish.

Hissiyotlar o`zining kuchi, davomiyligi, sifati va mazmuniga ko`ra ham farq qilishi mumkin. Hissiyotlarni eksperimental yo`l bilan o`rganganda har bir kishining hissiy holatlari haqidagi nutqiy tavsiflaridan va vegetativ xususiyatlarni turli usullar yordamida yozib olishdan foydalanish mumkin.
Hissiy holatlarning ifodalanishi (ekspressiv tomoni)ni o`rganishning qulayligi, tarixiy xujjatlar, kinoxronika lentalari, fotosurat va boshqalardan ham foydalanish mumkin. ekspressiya deganda, insonning jismoniy va ruhiy holatlarining tashqi namoyon bo`lishi harakati-mimika, tananing ifodali harakati -poza, qo`lning ifodali harakati imo-ishora (jest) ularning barchasi umumlashtirib, pantomimika deb ataladi. Insonning ruhiy holati haqida eng ko`p axborotni mimika beradi.
Insonning pantomimik harakatlari yosh va individual xususiyatlariga bog`liq holda namoyon bo`ladi.
Pantomimik harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Ixtiyoriy pantomimika ixtiyorsiz harakatlar asosida, sub`ektning hayotiy tajribasi natijasi sifatida rivojlanadi. Ixtiyorsiz pantomimik harakatlar shaxsning ruxiy holati haqida ko`proq axborot berishi mumkin. G.de-Syupervil inson turli kechinmalar holatida yuzida bo`ladigan ifodalarni sxematik tarzda ko`rsatib berishga harakat qilgan. Bu chizma ko`z, burun, og`iz, holatlarining o`zgarishi bilan tushuntiriladi.

Emotsional holatlarning ifodalanishini o`rganish uchun quyidagi tajribadan foydalanish mumkin. Buning uchun insonning turli ruhiy holatlari aks etgan 15-20 ta fotosurat kerak bo`ladi. Uning orqasiga inson qanday hisni kechirayotganligi yozib quyiladi. SHu bilan birga bir xil uzunlikdagi turli kinosyujetlardan ham foydalanish mumkin.


Tajribaning birinchi qismida tekshiriluvchilar fotosuratga qarab-ixtiyoriy his-tuyg`ularni baholaydilar. Ikkinchisida esa kinosyujetdagi ixtiyorsiz kechinmalarni ta`riflaydilar. Har ikki tajriba natijalarini taqqoslash orqali hissiyotlarning ifodalanishidagi umumiy va farq qiluvchi tomonlarni aniqlash mumkin.

Anglangan his-tuyg`ular haqidagi ma`lumotni olish uchun o`zining hissiy holatlari haqida hisobot berish metodidan foydalanish mumkin. Bu metod hissiyotlarni paydo bo`lish sababi, sub`ekt tomonidan o`z ruhiy holatlarini idrok qilish xususiyati, hukmron hislar, psixik faoliyatda biror buzilishni his qilish yoki qilmasligi kabi holatlarni aniqlash imkonini beradi. Bu metodning afzalligi tekshiriluvchi o`zi lozim deb topgan barcha ma`lumotlarni etkazadi, kamchiligi esa hissiyotlarni o`lchash imkoniyati mavjud emas. SHunday paytda avvaldan belgilangan maxsus shkalalardan foydalanish maqsadiga muvofiq bo`ladi.


Emotsional holatlar shkalasi quyidagicha:

  1. Kuchli salbiy holatlar - kuchli qoniqmaslik, nafrat, afsuslanish, dahshatga tushish.

  2. Kuchsiz salbiy holatlar - kuchsiz norozilik, qayg`urish, xafa bo`lish, xavotirlanish, qo`rquv.

  3. Neytral holatlar: xotirjamlik, ishonchlilik.

  4. Kuchsiz ijobiy holatlar: kuchsiz zavqlanish, qoniqish hissi,

  5. Kuchli hissiy holatlar-kuchli suratdagi qoniqish, quvonch, shodlanish.

Tekshiriluvchi u yoki bu hisni qanchalik chuqur yoki kuchli his qilsa unga shunchalik yuqori ball qo`yish mumkin. Hissiy holatlarni laboratoriya sharoitida turli vegetativ sistemalar faoliyatini o`rganish orqali ham aniqlash mumkin. elektroentsofalogramma, elektrokardiogramma va boshqa usullardan foydanish juda katta natijalar olish imkonini beradi.


Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik gurmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kun-dalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat. vijdon, sevgi kabi yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodi-sa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muo-malasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taalluqli ruhiy holatdir. Hissiyot ijtimoiy muhitdagi kishilar tomonidan oʻzlashtirilgan gʻoyalar, meʼyorlar, qonunqoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, murakkab kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. Hissiyotda yuk-sak histuygʻular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Mas, mehnatdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat tuygʻulari hissiyotning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas. Hissiyotning fiziologik asosi bosh miya katta yarim sharlari poʻstida va poʻstloq osti qismida yuzaga keladigan nerv jarayonlaridir.
Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular (yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi. Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi. Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -birlari bilan qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot). I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan yoki buziladigan dinamik stereotiplar orqali biror hissiyotni va emotsional kechinmalarning ijobiy va salbiy sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda, tashqi taassurotlarning ma`lum tartibda qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelish natijasida dinamik streotiplarninng “o`zgarishi” salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak beruvchilik vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. emotsiya harakatlarda juda ko`p tana o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning o`zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv - ifodalanish).
Odamning o`z hissiyotining ob`ektiga qanday shaxsiy munosabat ifodalangani mazkur holda qanday munosabatda bo`lishi ifodalangani hissiyot mazmunining sifat tomonini tashkil qiladi. Odatda shaxsning hayot faktlariga nisbatan bo`lgan emotsional munosabatlari ikkita sifatga ijobiy va salbiy sifatlarga ajratiladi. Shaxsning o`z hissiyoti ob`ektiga ijobiy va salbiy munosabatlaridan tashqari ikqilanish holatlari va noaniq tushunish munosabatlari ham bo`ladi. Bularni rohatlanish va qanoatlanmaslik hislariga qo`shib bo`lmaydi. Ikki taraflama hissiyotda (ambivalent hissiyotda) rohatlanish va azoblanish qo`shilib va biri ikkinchisiga o`tib ketmaydigan emas, balki bunday birga bo`lish kechirilayotgan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan: rashk hissida muhabbat va nafrat. Suv ichish va neft hidi. Rohatlanish va yoqimsiz - noxushlik hissi. Sub`ektning hissiyot predmetlariga nisbatan emotsional munosabatlarning to`rtinchi sifati odatda qisqa muddatli hissiy munosabatning noaniqligidir, lekin ba`zan ayrim ularni tushunishiga bo`lgan ob`ektlarga nisbatan ancha vaqtga davom etgan hissiyotlarning ham hissiy munosabatlarining sifati bo`ladi. Odam hayotida yangi narsaga duch keladi, bu narsa ko`pincha uni to`lqinlantirib, idrokida mazkur narsani tevarak - atrofidagi muhitdan ajratib olib, unga nisbatan ajablanish, hayratlanish, havas va qiziqish hissiyotini kechiradi. Bu yangi taassurotlarni dastlabki anglashning hissiy tomonidir.

Adabiyotlar:



  1. Reykovskiy E.A. eksperimental’naya psixologiya emotsiy. M.1992

  2. Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii. M.1994

  3. Umumiy psixologiyadan amaliy mashg`ulotlar. A.I.SHcherbakov taxriri ostida. T.1992 .

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.wiki.arxiv.uz

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish