Homila qon aylanishi



Download 164,86 Kb.
bet1/5
Sana03.01.2022
Hajmi164,86 Kb.
#316828
  1   2   3   4   5

HOMILA QON AYLANISHI

Yurak homila ichi rivojlanishining 3-haftasida mezodermadan hosil bo`lib, 22- kundan boshlab qisqaradi.

Homila qon aylanish tizimi onaning qon aylanish tizimidan ajralib turadigan yopiq aylana sistemadan iborat.

Homila qonining harakatlanishi yurakning qisqarishi va uning oqibatida yuzaga keladi, 11-12- xaftada qon aylanishi homilaning nafas olish harakatlari bilan ta`minlanadi, chunki ko`krak bo`shlig`ida salbiy bosim davrlari o`pka ishlamaganida, homila yo`ldoshidan yurakning o`ng yarmiga qon oqishini ta`minlaydi.



Homila (fetal) qon aylanishining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:

plastentar qon aylanishining mavjudligi;

ishlamayotgan kichik qon aylanish doirasi;

qon oqimining katta qon aylanasiga qon oqimini ikki o`ng va chap shunt orqali (yurakning o`ng va chap qismlari va katta qon tomirlari o`rtasidagi aloqa) o`tib ketishi;

kichik qon aylanishining (ishlamaydigan o`pkaning) daqiqali hajmidan katta aylanma qon aylanishining (o`ng-chap shuntlar mavjudligi) daqiqali hajmining sezilarli ortiqligi;

homilaning barcha a`zolarini aralash qon bilan ta`minlash (ko`proq oksigenli (kislarodga boy) qon jigar, bosh miya va qo`llarga kiradi);

o`pka arteriyasi va aortada deyarli bir xil past arterial qon bosimi (AB).





Quyidagi omillar homilaning barcha homilaichi davrda yo`ldosh (plastenta) qon aylanishi sharoitlariga moslashishiga yordam beradi:

yo`ldoshda (platsentada) nafas olish yuzasi katta;

qon oqimining tezligi katta;

homila qonida Nb va eritrotsitlar miqdori ko`p;

ko`proq kislorodga boy bo`lgan Hb F bor;

homila to`qimalarga kislorodning ehtiyoji nisbatan kam.



YANGI TUG`ILGAN CHAQALOQNING QON AYLANISHI

Tug`ilgandan so`ng, bolaning qon aylanishi tizimining sezilarli darajada qayta qurilishi sodir bo`ladi (8-2rasm).

Platsentar (yo`ldosh ) qon aylanishi to`xtaydi, uning tomirlari (kindik venasi, venoz kanal, kindikning ikki arteriyasi) faoliyati to`xtab qoladi va hayotning 2-haftasi oxirida ligamentumga(boylam) aylanadi.

O`pka nafasi boshlanishi bilan o`pkada qon oqimi taxminan 5 barobar ko`payadi va hayotning 2 chi oyida kichik qon aylanishida tomirlar qarshiligi 5-10 barobar kamayadi. Yurakdan haydaydigan qonning hamma miqdori o`pka orqali o`tadi (homila ichi davrida faqat 10%). SHu bilan birga, yurakning chap qismiga venoz qon qaytishi kuchayadi va chap qorincha haydashi kuchi ortadi..

O`pka nafasining boshlanishidan so`ng (sog`lom Tug`ilgan chaqaloqlarda hayotining 10-15 chi soatida ) silliq mushaklar qisqarishi tufayli arterial kanal (Batalov) funkstional ravishda yopiladi, keyinchalik (bolalarning 90% da taxminan 2 oyligida) uning anatomik yopilishi yuz beradi. Arterial kanalni yopilishi va kichik qon aylanish doirasi tomirlarining qarshiligini pasayishi o`pka arteriyasi va o`ng qorinchada bosimning pasayishi bilan birga kechadi.

Bo`lmachalarga bosimning qayta taqsimlanishi natijasida oval teshik funksiyasi to`xtaydi. Taxminan 3 oyligida mavjud klapan bilan funkstional ravishda yopiladi, keyin klapan oval teshigning chetlariga uzayadi va to`liq bo`linmachalar aro to`siq hosil bo`ladi. Oval teshikning to`liq yopilishi odatda, hayotning birinchi yilining oxirida sodir bo`ladi, ammo bo`lmachalar aro to`siq bolalarning taxminan 50% iga va kattalar 10-25% iga gemodinamikaga sezilarli ta`sir qilmaydigan ingichka zond o`tkazishga imkon beruvchi ochiqlik teshik bo`ladi.

Fetal teshiklarning yopilishi (arterial kanal va oval teshik) kichik va katta qon aylanish doiralarini alohida ishlay boshlashiga olib keladi.

Kislorodga bo`lgan talabning yuqoriligi, yurakning qon haydashi va tizimli qon bosimi(A/B) oshiradi.



BOLALARDA YURAK QON TOMIR TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Bolalarning yurak-qon tomir tizimi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi

Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda yurakning anatomik va fiziologik xususiyatlari


Yurak parametrlari

Xususiyatlari

Og`irligi va o`lchamlari

Chaqaloq yuragi og`irlik o`lchamlari kattalarga nisbatan ko`proq bo`ladi (0,8—0,9% tana massasiga ko`ra kattalarda 0,4— 0,5%).

chaqaloq yuragi katta yoshdagi bolalar yoki kattalarga ko`ra ko`krak qafasida nisbatan katta hajmni egallaydi.



Shakl

Yurak shakli homilada sharsimon bo`lib, qorinchalarni etarlicha rivojlanmaganligi va bo`lmachalarni nisbatan katta hajmda bo`lishi,yurak cho`qqisini yumaloqligi bilan tushuntiriladi.

chaqaloq yuragining o`ng va chap qorinchalari taxminan bir xil o`lchamda, lekin keyinchalik chap qorincha miokardi o`nga nisbatan tez rivojlanadi.Bu qon tomirlar qarshiligi va arterial bosimni ortishiga bog`liq



Tuzilishi


chaqaloq yuragidagi miokard ingichka mushak tolali ko`p sonli yadrolardan iborat; biriktiruvchi to`qima kuchsiz rivojlangan.chaqaloq endokardi mo`rt tuzilgan bo`lib, nisbatan o`zida elastik elementlar kam tutadi; bo`lmacha- qorincha klapanlari elastik, .

chaqaloq perikard shakli sharsimon bo`lib, yurakni zich yopib turadi. Perikard hajm yuzasi kam. U harakatchan, to`sh –perikard boylamlari kuchsiz rivojlangan.



Yurak hajmlari ortishi hayotning dastlabki 2 yilida, 5-9 yoshda va balog`atga etishish davrida eng tez sodir bo`ladi. Yurakning turli qismlari tartibsiz ravishda oshib boradi: 2 yoshga qadar yurak bo`lmachasi rivojlanadi, 2 yoshdan 10 yoshgacha butun yurak qismlari va 10 yoshdan keyin asosan qorinchalar rivojlanadi. Olti yoshdan keyin yurakning shakli kattalarnikiga o`xshash ovalsimon (noksimon) shaklga yaqinlashadi. 10 yoshga kelib yurakning gistologik tuzilishi kattalarnikiga o`xshash bo`ladi.

Yurak topografiyasi (holati)

Chaqaloq yuragi joylashishi yuqori (yurak proeksiyasi umurtqa pog`onasi TIV va TVIII umurtqalari oralig`ida joylashgan) va ko`ndalang holatda yotadi (8-4, a rasm).

Chaqaloq yuragining pastki chegarasi kattalarnikiga ko`ra 1 qovurg`alaro yuqorida joylashgan, yurak cho`qisi esa chap IV qovurg`alararo sohada joylashgan; yurakning yuqori chegarasi I qovurg`lararo sohaga to`g`ri keladi (hayotning birinchi oyidan boshlab ikkinchi qovurg`a sohasiga to`g`ri keladi).

Yurakning chap chegarasi o`rta o`mrov chizig`idan chiqadi, o`ng chegarasi esa o`ng to`sh qirrasi bo`ylab yotadi, yurak anatomik o`qi gorizontal joylashgan.

Yurak cho`qisi proeksiyasi bola hayotining 1,5 -2 yillarida beshinchi qovurg`alararo sohaga to`g`ri keladi, yuqori chegarasi bola 2 yoshligida II qovurgalararo sohagacha tushadi. 2 -3 yoshlarga kelib yurak joylashishi davomiy gorizontaldan qiyshiq formaga o`tib boradi, bu o`z navbatida diafragma to`liq qisqarishiga, o`pkalar hajmi va ko`krak qafasi kattalashishiga shu bilan birga ayirsimon bez o`lchamlarini kichiklashishiga sharoit yaratadi,

Keyinchalik yurakning joylashuvi kattalarnikiga yaqinlashib boradi

Qon tomirlar tuzulishi

Chaqaloq qon tomirlari yupqa devorli, mushak va elastik tolalar kuchsiz rivojlangan, faqat 12 yoshga kelib homila qon tomirlari strukturasi kattalarnikiga o`xshash bo`ladi. Arteriyalar ichki yuzasi nisbatan keng va venalar ichki yuzasi bilan deyarli o`xshash. Keyinchalik venalar arteriyalarga nisbatan tez o`sadi, 16 yoshga kelib venalar ichki yuzasi arteriyalarga ko`ra 2 marta ko`p bo`ladi.

Bola katta bo`lgan sari ichki organlar tomirlari uzunligi, ularni diametri, tomirlar aro anastomozlar miqdori, ma`lum bir organga tegishli bo`lgan qon tomir miqdori ko`payadi. Chap va o`ng koronar arteriyalar o`rtasidagi anastomozlarning ko`pligi, atrofdagi qon tomirlar,yaxshi rivojlanmangan kletchatka va vaskulirizatsiyani ko`pligi bolalarda miokarddagi yallig`lanish va distrofik o`zgarishlarga moyillik yaratadi.

Yillar o`tib bolada vena qon tomirlar uzunligi va diametri kattalashadi. Tug`ruqdan so`ng tana yuzi va muchalar venalarini topografiyasi o`zgaradi: homilada teri osti vena chigallari yaxshi rivojlangan, yirik venalar esa yomon rivojlangan. Ular faqatgina 1 -2 yoshlardan yaxshi ko`rinadi.

Bolalarda kapillyarlar keng, noto`g`ri formaga ega (qisqa, qayrilgan,), ularni o`tkazuvchanligi kattalarga qaraganda yuqori.

Arteriyalar va venalar tarmog`i deffirinsirovkasi ularda kollateral qon tomirlar rivojlanganligi, venalar klapan apparat tuzulishi kapilliyarlar uzunligi va sonini oshishi bilan tushuntiriladi.

Yurak qon tomir tizimini nerv bilan taminlanishi

Chaqaloq va erta yoshdagi bolalar yurak qon tomir tizimi ko`pincha simpatik nerv bilan, kamroq esa adashgan nerv bilan taminlanadi. Shuning uchun YUQS(yurak qisqarish soni) erta yoshdagi bolalarda ko`proq bo`ladi. Adashgan nerv tolalari mielinizatsiyasi faqatgina 3-4 yoshlardagina shakllanadi.Uning tasiri ostida YUQS kamayadi,sinusli aritmiya paydo bo`lishi mumkin (nafas tipidagi).

Yurak qon tomir tizimini funksional xususiyatlari

YUQS(yurak qisqarishlar soni) qanchalik katta bo`lsa (kattalar bilan solishtirgand 8-2 jadval), bola shunchalik kichkina, modda almashinuvi intensivligi yuqori va simpatik nervni yurakka tasiri katta bo`ladi.Yoshga bog`liq YUQS kamayishi kameralar hajmiga,yurak zarb hajmiga,parasimpatik nervni(vegetativ sistema ) yurakka ta`siri ortishiga bog`liq.

YUQS soni bolalarda juda labil bo`lib, hatto tana holati o`zgarishi, qichqirsa, tempratura ko`tarilishi va boshqa faktorlar tasiri ostida oshishi mumkin. Bolalar uchun nafas aritmiyasi xos (nafas olganda YUQS oshishi,chiqarganda kamayishi) 15 yoshdan katta bolalarda nafas aritmiyasi kamroq kuzatiladi.

Erta yoshli bolalarda yurak qisqarishlar soni


Yosh

YUQS daqiqasiga

Chaqaloqlik davri

140-160

1 yosh

120

5 yosh

100

10 yosh

80-85

15 yosh

70-80

AB — bu arteriyalar devoridagi qon bosimi

Sistolik AB — chap qorincha sistolasi vaqtida arteriyalardagi maksimal bosim, yurakni zarb hajmi aorta va katta qon tomirlar elastikligiga bog`liq.

Diastolic AB— yurak diastolasi vaqtidagi minimal bosim bo`lib perefirik arteriolalar tonusiga bog`liq.

AB jinsga , yoshga va bolani biologik etilganligiga,yurakni zarb va minutlik hajmiga, perefirik qon tomirlar qarshiligi va elastikligiga, aylanib yuruvchi qon hajmiga, qon quyuqligi va boshqa sabablarga bog`liq .

Quyidagi jadvalda bilak arteriyasidan o`lchangan AB ni o`rtacha ko`rsatkichlari keltirilgan (8-3 jadval ).

Arterial bosimni bolalarda yoshga bog`liqligi




Yosh

Sistolik bosim, mm sim.ust.*

Diastolic bosim, mm sim.ust*

Chaqaloq

60


Sistolik bosimni 1/2 yoki 2/3 qismini tashkil qiladi

1 yosh

80-84

5 yosh

100

10 yosh

110

15 yosh

120

Qizlarda arterial bosim o`g`il bolalarga qaraganda 5 mm sim ust past bo`ladi.

Bir yoshdan katta bolalarda AB ni topishda quyidagi formuladan foydalansa bo`ladi:

AB sist q 90 + 2p (mm simb.ust.),

AB sist q 60 + 2p (mm simb.ust.),

p — yosh yillarda.

Sog`lom bolalarda AB o`ng va chap qo`l arteriyalarida farq qilmaydi. Oyoqlarda AB qo`lga nisbatan 10-15 mm simb. ust baland.

Puls bosimi — sistolik va diastolik AB farqi (qon miqdori,har bir sistoladagi yurakdan otilgan qon hajmiga proporsional).Yosh o`tgan sari puls bosimi oshib boradi: chaqaloqda u o`rtacha 42 mm simob ust. bolalarda 5 -6 yoshlarda—44 mm simb ust, 14 -15 yoshda -52 mm simob ust. ga teng.

YURAK QON TOMIR SISTEMASINI

TADQIQOT USULLARI

So`rab surishtirish

Bolalarda quyidagi shikoyatlar yurak-qon tomir sistemasiga oid bo`ladi:

Jismoniy zo`riqishda holsizlik va tez charchash;

Bo`g`ilish (nafas olish tezligi ,chuqurligi va ritmini buzulishi, nafas etishmovchiligini subektiv his qilish) jismoniy zo`riqishda hatto tinch holatda ham;

Lablar , tirnoqlar, teri umumiy sianozi-jismoniy zo`riqish hatto tinch holatda ham;

Oyoq, bel, yuz shishlari;

Yurak urishini his qilish (bemor o`z yuragi urayotganlgini sezadi);

Hushdan ketishlar;

Yurak sohasida og`riqlar(katta yoshli bolalarda). Bunday holatda og`riq lokalizatsiyasi, vaqti va davomiyligi,sodir bo`lish tezligini, intensivligi, irradiatsiya, olib keluvchi faktorlar,og`riq harakteri, dori vositalariga beriluvchanligini aniqlash muhim ;

O`tib ketuvchi cho`loqlanish (boldir mushaklarida og`riq, jismoniy zo`riqishda paydo bo`luvchi va tinch holatda o`tib ketuvchi), pastki muchalarda aniq ifodalangan va surunkali arterial qon aylanish etishmovchiligi.

Fizikal tershiruvlar

Umumiy ko`rik bemor hushi, ahvoli og`girligi va bemor holatini o`z ichiga oladi. Bemor ahvoli og`irligini AB ga, hansirash, sianoz, yaqqol shishlarga qarab bilish mumkin.

Bemor holati -yurak etishmovchiligida majburiy holatda bo`lishi mumkin.

Aniq ifodalangan yurak etishmovchiligida odatda bemor o`zini boshini baland ko`targan holatda yotishda yaxshi sezadi, o`ng yonboshga yotishni maqul ko`radi.

Yaqqol ifodalangan yurak etishmovchiligida bemor yarim o`tirgan holatni egallaydi yoki oyoqlarini tushurgan holatda (ortopnoe). Bunday holatda hansirash kamayadi.

O`tkir qon tomir etishmovchiligida bemorlar odatda yotadilar, bosh qismini past holatda bo`lishini va kamroq harakat qilishni maqul ko`radilar.

Hansirash nafas olish soni ko`payishi NOS (taxipnoe) va yordamchi mushaklar ishtiroki hisobidan kelib chiqishi mumkin. Yurak kasalliklarida hansirash odatda ekspirator yoki aralash,yotgan holatda kuchayadi va bemor o`tirganda susayadi. Hansirash xurujsimon bo`lishi va sianozlar bilan kuzatilishi mumkin. Hansirash ko`proq surunkali chap qorincha etishmovchiligida yuzaga keladi (yurak astmasi xurujida).

Rangparlik yoki sianoz (teri va shilliq osti qavatlarni ko`kimtir rangi) tanani u yoki bu qismlarida perefirik qon oqimini sekinlashishi va mayda qon tomirlarda parchalangan Hb miqdori bilan ifodalanadi. Sianoz og`iz atrofida (perioralniy sianoz), oyoq va qo`l barmoqlari uchida, burun uchi va yanoqlarda, lablarda, til uchi yoki quloqlarda (akrotsianoz) yoki umumiy tana bo`ylab total tarqalgan bo`lishi mumkin .Teri va shilliq qavatlar rangi och havorang, ko`k, to`q qizil va boshqa ranglarda bo`lishi mumkin. Sianoz jismoniy zo`riqishda paydo bo`lishi yoki doimiy saqlanishi mumkin.

Shishinqirash yoki shishlar—O`ng qorincha etishmovchiligi belgilari: oldin shishlar oyoq panjalarida va boldirlarda paydo bo`ladi, kechga yaqin kuchayadi, ertalab esa yo`qoladi (kamayadi). SHish sindromi vaqtida shishlar gavda qismida, belda, yuzda, jinsiy organlarda (o`g`il bolalarda) va tana yuzasida(qorin, plevra). Yurak shishlari bemor yotgan tarafida ko`proq ifodalangan bo`ladi.

QON tomirlar pulsatsiyasi sog`lom bola bo`yin qismida vertikal holatda odatda tomirlar pulsatsiyasi ko`rinmaydi yoki sust ifodalangan bo`ladi, kasallik vaqtida to`sh o`mrov so`rg`ichsimon mushagidan tashqarida bo`yin venalarni dimlanishi va pulsatsiyasini ko`rish mumkin .Epigastral sohada va o`ng qovurg`a ostida patologik pulsatsiya aniqlanadi.

«Baraban tayoqchalari» (qo`l barmoqlari falangalari uchlarini qalinlashuvi, kamroq- oyoqlarni) va «soat oynasi» (tirnoqlarni sferik formasi). Surunkali qon aylanish etishmovchiligi yoki nafas a`zolari kassalliklarini belgisi bo`lishi mumkin. (8-5 rasm).

Prekapillyar bosim aortal etishmovchilikda kuzatiladi. Tirnoq sohasiga engil bosilganda uni o`rtasidagi dog`ni puls bilan bog`liq holda kengayib, torayib turushi. Bunday kasallarni og`iz bo`shlig`ini ko`rganda nim pushti rang shilliq qavat va ritmik pulsatsiyani ko`rish mumkin.

Yuqori va pastki tana qismini nomutanosibligi (Disproporstiya) («atletik» elka kamari va oyoqlarni sust rivojlanganligi) aorta koarktatsiyasi borligini bilishga imkon beradi.

Yurak sohasi ko`rigi

Yurak sohasini ko`zdan kechirayotgan vaqtda cho`qqi zarbi, ko`rinarli yurak zarbi, ”yurak bukriligi”ni ko`rish mumkin.


Download 164,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish