Hozirgi zamon psixologiya fanining dolzarb vazifalari



Download 144,5 Kb.
bet7/13
Sana24.06.2022
Hajmi144,5 Kb.
#701325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
xotira va xayol

Unutish – avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining mavjud emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik asosini vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi po‘stloqdagi tormozlanishning ba’zi turlari tashkil etadi. Ko‘pincha bu mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so‘nuvchi tormozlanishdan iborat bo‘ladi. Unutish ikki asosiy shakl: a) eslash yoki bilish imkoniyatining mavjud emasligida; b) noto‘g‘ri eslash yoki tanishda namoyon bo‘ladi. To‘liq eslash va to‘liq yoddan chiqarish o‘rtasida eslash va tanishning turli darajalari mavjud bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ularni «xotira darajalari» deb ataydilar. bunday darajalarga quyidagilar kiradi: a) eslash xotirasi; b) tanuvchi xotira; v) engillashtiruvchi xotira. Masalan, o‘quvchi she’rni yod oldi. Agar biroz vaqtdan so‘ng uni bexato aytib bera olsa, – bu xotiraning eng yuqori, birinchi darajasi, agar o‘quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’rni kitob bo‘yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, – bu xotiraning ikkinchi darajasi; agar o‘quvchi mustaqil holda she’rni eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin takroriy yod olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida erisha olsa,- bu uchinchi daraja. SHunday qilib, ifodalanish darajasi o‘zgarib turishi mumkin. Unutish materialni chizmalashtirishda alohida, ba’zan ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini olib tashlashda, yangi tasavvurlarni odatdagi, avvalgi tasavvurlarga keltirishda ifodalanadi.
Unutish ifodalarning bir qancha turli xil ko‘rinishlarini o‘rganib, insonning ayni damda eslay olmasdan, bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng esga tushirishi yoki tanishi kabi vaziyatlar haqida ham aytib o‘tish lozim. Vaqt o‘tgandan so‘ng xotiradan ko‘tarilgan materialni eslash reminissensiya (xira esga keltirish) deb ataladi. Reminissensiyaning mohiyati, biz to‘liq eslay olmagan material idrok qilinganidan bir-ikki kun o‘tgandan so‘ng materialni birinchi marta eslashda kuzatilmagan dalillar va tushunchalar bilan to‘ldirilishidan iborat. Bu hodisa ko‘pincha katta hajmli materialni so‘zlab berish orqali eslashda kuzatiladi, bunga nerv hujayralarining charchashi sabab bo‘ladi. Reminissensiya ko‘pincha maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda, va ayrim holatlarda kattalarda ham kuzatiladi.[2]
Unutishning boshqa shakllari xatolik bilan eslash va tanishdir. Barchaga ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o‘z yorqinligi va aniqligini yo‘qotib, rangsizlanib, noaniq bo‘lib qoladi. Lekin avval idrok qilingan materialning o‘zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin, bunda unutish aniqlikni yo‘qotishdan emas, esga tushirilganlarning haqiqatda idrok qilinganlarga muvofiq kelmasligidan iborat bo‘ladi. Bunda biz voqelikda mavjud bo‘lganlarni emas, boshqa narsalarni eslaymiz, chunki unutish jarayonida u yoki bu darajada idrok qilingan materialning chuqur qayta tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir bo‘lishi mumkin. Qayta ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo‘yicha noto‘g‘ri eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ma’lumdir.Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib etmagan bo‘lsa, unutish tezroq ro‘y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli bo‘lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar darajasiga bog‘liq: material hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yoki uni idrok qilish qiyinchilik tug‘dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. Unutish jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri – proaktivtormozlanish, va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri – retroaktivtormozlanishdir. Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga oshirilsa yoki keyingi faoliyat avvalgi faoliyat bilan o‘xshash bo‘lsa, shuningdek, keyingi faoliyat avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qonuniyatni maktabdagi o‘quv ishlarini tashkil etishda hisobga olish zarur.
Unutish jarayonini tezlashtiruvchi boshqa muhim omil yosh ko‘rsatkichidir. YOsh o‘tishi bilan xotira ko‘pchilik vazifalarining izdan chiqishi kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va mexanik shikastlanishlarda, aqliy va jismoniy toliqishda, tashqi seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo‘ladi. Xotira buzilishlariga: amneziya (xotiraning yo‘qolishi), retrograd amneziya (kasallikdan avvalgi voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi) va anterograd amneziya (kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O‘ta toliqishda paramneziya – xotira aldanishi hodisasi ro‘y beradi. So‘zlarni eslashda xatolikka yo‘l qo‘yish kontaminatsiya («ahamiyatga ega») deyiladi.
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko‘ra, harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy xotiralarga bo‘linadi;
- faoliyat maqsadiga ko‘ra – ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo‘linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko‘ra – qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo‘linadi.
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko‘ra tasniflanishini birinchi marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu faoliyatlarning har biri harakatlar va ularning mahsuloti bo‘lgan faoliyat, sezgi, obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.[1]
Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.

Download 144,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish