Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar. Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi. Reja



Download 44,5 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2022
Hajmi44,5 Kb.
#520843
  1   2
Bog'liq
hujayra markazi va mikronaychalar pl


Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar.
Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi.


Reja:

  1. Hujayra markazi (sentrosoma) va mikronaychalar

  2. Plastidalar, tarkibi, tuzilishi, funksiyasi.

  3. Yadroning tuzulishi

1.Hujayra markazi, sentrosoma. Hozirgi vaqtda hujayra markazi deb nomlanuvchi tuzilmani 1875 yili Gertvig ochgan. Hujay­ra markazi deb, u bo‘linish dukining ustki qismidagi tuzilma­ni atagan. Hujayra markazi hamma hayvon hujayralarida topilgan bo‘lib, faqatgina tuxum hujayrasida yetilish davrida yo‘qoladi.


Turli hujayralar Geydengayn temir gematoksilini bilan bo‘yalganda sentrosoma ikkita sentrioladan iborat ekanligi ko‘riladi. Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa sentroplazma yoki sentrosfera deb ataladi. Sentriolalar zich donachalar (kattaligi 0,2–0,8 mkm) holida ko‘rinib, o‘zaro ingichka tortma – sentrodesmoza bilan bog‘langan. Interfaza holatidagn hujayralarda hujayra markazi ikkita sentrioladan (diplosomadan) iborat. Bo‘linsh davrida esa uning tuzilishi murakkablashib, atrofida nurafshon zona-astrosfera hosil bo‘ladi.
Hujayra markazining tuzilishi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar elektron mikroskopik tadqiqotlar natijasi to‘laroq olingan. Sentriola silindrsimon tanacha bo‘lib, uzunlign 0,3–0,6 mkm, diametri 0,1–0,15 mkm . Tanachaning devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan tashkil topgan bo‘lib, tanacha­ning ichi bo‘sh. Naychalar hamma hujayralarda bir xil bo‘lib, bir-biridan gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh bo‘lib joylashadi. Har bir guruh 3 ta mikronaychadan tashkil topgan bo‘lib, ularni triplet deb yuritiladi. Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha) diametri 25 nm, devor qalinligi 5 nm bo‘lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Har bir triplet uzunligi sentriola uzunligiga teng. Ikkinchi va uchinchi B va S mikronaychalar A mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 emas, balki 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi. Sentriolada mikronaychadan tashqari yana qo‘shimcha tuzilmalar bor. A mikronaychadan ikki o‘siqcha (qo‘lcha) lar chiqib, ularning biri qo‘shni tripletning S mikronaychasiga, ikkinchisi esa sentriola markaziga yo‘nalgan. Sentriola silindrining markazida «arava g‘ildiragi» singari tuzilma bo‘lib, «o‘q qism» va 9 ta spitsadan tashkil topgan. Spitsaning har biri tripletning A mikronaychasiga qarab yo‘nalgan.
Sentriolalar juft bo‘lib, o‘zaro bir-biriga perpendikulyar joylashadi va bunday joylashishi sentriolalarning bo‘linishi vaqtida qutbga tortilganida ham saqlanadi. Sentriolalar o‘qi bo‘linish o‘qini belgilaydi. Elektron mikroskopik tekshirishlar sentriolalar atrofida diametri 70 nm li strukturalar – «satellitlar» borligini ko‘rsatadi. Taxminlar bo‘yicha, «satellitlar» sentriolalar aktivligiga bog‘liq bo‘lib, doimiy bo‘lmagan tuzilmadir.
Ko‘ngina tadkiqotchilar sentriolalarni bazal tanachalar bi­lan o‘xshashligi bor deb ta’riflashadi. Bazal tanachalar oddiy hayvonlarda va ko‘p hujayrali organizmlarda xivchin va kiprikchalarning hosil bo‘lishi bilan ko‘rinadi. Odam embrioni yuqori nafas yo‘llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan rivojlanadi. Spermatogenez davrida yadroga nisbatan distal joylashgan sentriola bazal tanachaga aylanib, undan esa spermatozoid dumi hosil bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan dalillar asosida o‘tgan asr oxirida hujayra markazi, xivchin, kiprikchalar va bazal tanachalar bir xil tuzilmadan iborat degan fikr ilgari surildi. Elektron mikroskopik tekshirishlar sentriola va bazal tanachalarning ultrastrukturasi bir xil ekanligini tasdiqladi. Bazal tana­chalar silindrsimon bo‘lib (uzunligi 0,5 mkm, diametri 0,1–0,2 mkm) sentriola singari 9 zich tuzilmadan iborat.
Kiprikchalar hujayra sitoplazmasining ingichka silindrsi­mon o‘sig‘i bo‘lib, diametri 200 nm ga teng. Bu o‘siq asosidan ustki qismigacha plazmatik membrana bilan qoplangan bo‘lib, kiprikcha markazida mikronaychalar sistemasi joylashadi. Kiprikchadagi mikronaychalar sistemasini aksonema deyiladi. Kiprikchalar aksonemasi bazal tanacha va sentriola mikronaychalar sistemasidan farqli ravishda 9 tripletdan iborat bo‘lmay, balki aksonema devorini hosil qiluvchi 9 juft periferik va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat.
Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish hujayra markazi tomonidan bajariladi. Kutblar hujayra markazlarining bir-biridan qochishi natijasida hosil bo‘lib, dukning va xromosomalarning joylashishini belgilaydi.
Ba’zi tadqiqotchilar sentriola naychalarn va duk fibrillalari diametrining bir xilligiga asoslanib, fibrillalar sent­riola naychalaridan hosil bo‘ladi deb fikr yuritadilar.
Sitoplazmaning fibrillyar tuzilmalari. Sitoplazmaning fibrillyar tuzilmalariga yo‘g‘onligi 10 nm keladigan mikrofibrillalar va yo‘g‘onligi 5–6 nm bo‘lgan mikrofilamentlar kiradi.
Mikrofibrillalar (oraliq filamentlar) yoki tayanch fibril­lalar hayvon hujayrasi uchun xarakterli bo‘lib, u asosan epite­liy hujayralarida va ba’zan glial hujayralarda uchraydi. Mik­rofibrillalar oqsil tabiatlidir. Ular bir necha yuz fibrillalardai tashkil topgan tutamlar hosil qilishi mumkin, mikronaychalar singari tayanch funksiyasini o‘taydi.
Mikrofilamentlar sitoplazmaning chetki yuzalarida tutam­lar hosil qilib joylashadi. Ularni amyobalar psevdopodiylarida yoki harakatdagi fibroblastlarning o‘siqlarida ko‘rish mum­kin. Oxirgi vaqtlarda mikrofilament tutamlarida mushak to‘qimasining qisqaruvchi elementlaridagi singari aktin, miozin, tropomiozin, α-aktinin topilgan. Mikrofilamentlar qisqarish vazifasini bajaradi.
Maxsus organoidlar. Ko‘pgina qo‘llanmalarda maxsus organoidlar ham farqlanadi. Maxsus organoidlar hamma hujayralar uchun taalluqli bo‘lmay, faqat ba’zi hujayralarda uchraydi. Ularga epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar, mushak hujayralaridagi yoki tolalardagi miofibrillalar va nerv hujayralaridagi neyrofibrillalar kiradi. Hozirgi vaqtda max­sus organoidlarni ajratishning hojati yo‘qdir. Chunki maxsus organoidlarni hosil qiluvchi tuzilmalar boshqa hujayralarda ham uchraydi. Epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar boshqa hujayralarda ham uchrovchi mikrofibrillalarning katta bir to‘plamidir. Elektronmikroskop ostida ular nozik ipchalar shaklida bo‘lib, desmosomalarda tugaydi. Tonofibrillalar epiteliy, hujayrasining mustaxkamligini belgilasa kerak.
Miofibrillalar mushak to‘qimasida uchrab, ular aktin, mio­zin, tropomiozin, α-aktinin kabi oqsillarni tutadi. Bu oqsil­lar boshqa hujayralarda ham topilgan. Mushak to‘qimasida bu oqsillar juda ko‘p bo‘lib, tutamlar – miofibrillalarni hosil qiladi.
Neyrofibrillalar nerv hujayralarida uchrab elektron mik­roskopik tadqiqotlar neyrofibrillalarning nozik mikrofibrillalaridan tashkil topganligi va bu sohada mikronaychalar borligini ko‘rsatdi.
2. Plastidalar – (plastidos – hosil qiluvchi, yaratuvchi so‘zlaridan olingan) o‘simlik hujayralarining asosiy organoidlaridan biri bo‘lib, ularda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Ular murakkab membranalar siste- masidan tashkil topgan bo‘lib, tashqaridan ikki qavat membrana bilan o‘ralgan membranali organoidlarga kiradi. Hayvonlar hujayrasida plastidalar bo‘lmaydi. Plastidalar shakli, tuzilishi, o‘lchami, funksiyalariga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Rangiga ko‘ra ularning, asosan 3 ta turi mavjud: yashil – xloroplastlar, qizil, tuq sariq, sariq – xromoplastlar, rangsiz – leykoplastlar. Plastidalar kelib chiqishi jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ontogenez davomida biri ikkinchisiga aylanishi mumkin. Odatda hujayrada plastidalarning bir turi uchraydi, uning o‘lchami 4–6 mkm gacha yetadi. Elektron mikroskopda tekshirilganda xloroplastlarning ikki qavat membrana bilan o‘ralganligini ko‘rish mumkin. Xloroplastlarning ichki qismi stroma deyiladi, unda juda ko‘p fermentlar joylashadi. Xloroplastlarning mitoxondriyalardan asosiy farqi shundaki, ularning ichki membranasi kristalarni hosil qilmay yassi tolali lamellalar va membranali tilakoidlar hosil qiladi.
Lamellalar yassi naychalar bo‘lib, stromada o‘zaro parallel joylashadi, ammo o‘zaro birlashmaydi. Tilakoid membranali bo‘shliqlar bo‘lib, tangachani eslatadi. Tilakoidlar o‘zaro ustma-ust joylashib, granlarni hosil qiladi. Xloroplastlar ham mitoxondriyalarga o‘xshab, o‘z avtonom oqsil sintezlovchi apparata, ya’ni DNK, RNK, ribosomalar, fermentlarga ega. Xloroplastlarda yorug‘lik energiyasi ta’siridagi reaksiyalar natijasida fotosintez jarayoni amalga oshadi, energiyaga boy birikma ATF sintezlanadi, SO2 uglevodlarga aylanadi.
Vakuolalar ham o‘simlik hujayralariga xos organoid bo`lib , membrana bi­lan o‘ralgan. Ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membranalari hisobiga hosil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik birikmalar va tuzlar uchraydi.

Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish