Hujayra organoidlari –Golji apparati va lizosoma tuzulishi Reja Golji apparatining tuzilishi. Golji majmuasining vazifalari


Lizosomalarning hosil bo„lishi va ularning hujayradagi jarayonlarda ishtiroki



Download 1,04 Mb.
bet2/4
Sana21.05.2022
Hajmi1,04 Mb.
#606602
1   2   3   4
Bog'liq
Golji apparati va lizosoma tuzulishi maruza

Lizosomalarning hosil bo„lishi va ularning hujayradagi jarayonlarda ishtiroki.
1-endoplazmatik to„rda gidrolitik fermentlarni sintezlanishi; 2-ularni Golji apparatiga o’tishi; 3-birlamchi lizosomalarning hosil bo„lishi; 4-gidrolazlarning chiqarib tashlanishi va ularni hujayradan tashqari parchalanishlarda ishlatilishi (5); 6-endotsitoz vakuolalari; 7-ular bilan birlamchi lizosomalarning birikishi; 8-ikkilamchi lizosomalarning hosil bo„lishi; 9-telolizosomalar; 10- qoldiq tanachalarning ekskretsiyasi; 11-birlamchi lizosomalardan autofagosomalar (12) ning hosil bo„lishi
Birlamchi lizosomalar 100 nm kattalikdagi mayda membranali strukturalardir. Ular faol nordon fosfataza ushlovchi strukturasiz modda bilan to„lgandir. Birlamchi lizosomalarni Golji apparatining periferik qismidagi mayda vakuolalardan amalda ajratish qiyin. Bundan tashqari, ular ham nordon fosfataza tutadi. Bu ferment donachali endoplazmatik to„rda sintezlanadi, keyin diktiosomaning proksimal qismlariga o„tadi va oxiri birlamchi lizosomalarda to„planadi. Birlamli lizosomaning hosil bo„lishi zimogen donachalarning hosil bo„lishiga juda o„xshaydi. Gol‟ji apparati bilan funksional munosabatda bo„lgan silliq endoplazmatik to„rning maxsus qismlaridan birlamchi lizosomalarni mayda pufakchalar holida uzilib chiqishi kuzatilgan. Olimlar tomonidan olib borilgan tajribalar, gidrolaza fermentlarini granulyar endoplazmatik to„r devoridagi ribosomalar tomonidan sintez qilinishi va silliq retikulum kanallari orqali dastlab Gol‟ji apparatiga va undan birlamchi lizosomaga o„tishini ko„rsatdi. Birlamchi lizosomalar, odatda yumaloq, oval shaklda bo„lib, qalinligi 50-90 nm keladigan membrana bilan o„ralgan. Tajribalar, birlamchi lizosomalarni fagotsitoz yoki pinotsitoz vakuolalari bilan quyilishib, ikkilamchi lizosomalar yoki hujayra ichi ovqat hazm qilish vakuolasini hosil qilishini isbotladi. Hujayraga kirishi zarur bo„lgan moddalarning plazmolemma yuzasiga adsorbsiyasi va sitoplazmaning ichkariga invoginatsiyasi orqali, endotsitoz yo„li bilan geterofag tipidagi ikkilamchi lizosoma hosil bo„ladi. Shu bilan birga birlamchi lizosomalarning passiv gidrolaza fermentlari faollashadi, ular ekzogen moddalarni parchalay boshlaydi. Lizosoma ichida boradigan hazm jarayonining oxirgi mahsulotlariaminokislotalar, nukleotidlar va boshqalar geterofagolizosoma membranasi orqali diffuziya qilinib, sitoplazmaga chiqadi. Bu moddalar hujayraning nafas olishiga sarflanadi yoki zarur makromolekulalarning biosintezida ishtirok etadi. Qiyin hazm bo„ladigan yoki hazm bo„lmaydigan moddalar qoldiq tanalarda to„planadi, plazmolemma orqali ekzotsitoz qilinadi. Birlamchi lizosomaning tarkibidagi moddalar endotsitoz vakuola bo„shlig„i bilan birikib, birlamchi lizosoma gidrolazalari substratni parchalay boshlaydi. Agar sichqon organizmiga yot oqsil peroksidazani kiritilsa, u endotsitoz vakuolalarida (fagosomalarda) to„plana boshlaydi. Gistokimyoviy reaksiyalar yordamida elektron mikroskopda peroksidazani bunday vakuolalarda aniqlash mumkin. Birlamchi lizosomalar bu vakuolalarga yaqinlashadi, ularning membranalari birlashib ketadi va hosil bo„lgan yangi vakuolada peroksidaza va fosfataza faolligi kuzatiladi. U vakuola, o„zining morfologik tuzilishiga ko„ra endotsitoz yo„li bilan kirgan komponentlarni tutgan ikkilamchi lizosomalar hisoblanadi. Hujayra lizosomalarining kattaligi va strukturasidagi turli-tumanlik birinchi navbatda, birlamchi lizosomalarning endotsitoz vakuolalarining quyilishi mahsuloti bo„lgan ikkilamchi lizosomalarning har xilligi bilan bog„liq. Shunday qilib, ikkilamchi lizosomalar hujayra ichi ovqat hazm qilish vakuolalaridan boshqa narsa emas. Ularning fermentlari birlamchi lizosomalar orqali yetkazib beriladi. Shuning uchun bunday lizosomalarning kattaligi va tarkibi yutiladigan modda yoki tanachalarga bog„liq bo„ladi.
Lizosomalar bir-biri bilan quyilishib yiriklashishi mumkin. Lizosoma tarkibiga kiruvchi yutilgan modalarning keyingi taqdiri gidrolazalar bilan ularni monomerlargacha parchalash va gialoplazmaga o„tkazilishi bilan xarakterlanadi. Gialoplazmada ular parchalanib sintetik va almashinish jarayonlariga kirishib ketadi. Ammo, biogen makromolekulalarni parchalanishi-hazm bo„lishi oxirigacha yetmasligi mumkin. Bu holda lizosoma bo„shliqlarida hazm bo„lmagan mahsulotlarni yig„ilishi, ikkilamchi lizosomalarni telolizosomalarga yoki qoldiq tanachalarga o„tishi yuz beradi. Bu tanachalar endi ko„p gidrolitik fermentlarni tutmaydi, ularning moddalari zichlashadi va qayta tuziladi. Shu yo„l bilan qarigan odamlarning hujayralarida “
Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish